02.12.2004 yildagi 708-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, 02.12.2004 yildagi 708-II-son
Date of entry into force
24.01.2005
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XALQ DEPUTATLARI MAHALLIY KENGASHI DEPUTATINI, O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATINI VA SENATI A’ZOSINI CHAQIRIB OLISH TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosini (bundan buyon matnda senator deb yuritiladi) chaqirib olish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatini chaqirib olish tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.
(muqaddimaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Chaqirib olish asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatni, senatorni chaqirib olish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatning, senatorning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini jinoiy, fuqaroviy, ma’muriy hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa turdagi javobgarlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan tarzda buzganligi;
(1-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatning, senatorning axloq, deputatlik odobining umum e’tirof etilgan normalarini qo‘pol ravishda buzuvchi va deputat, senator nomiga dog‘ tushiruvchi hamda davlat hokimiyati vakillik organlarining obro‘siga putur yetkazuvchi harakatlar, nojo‘ya ishlar sodir etganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatning, senatorning qonunchilikda nazarda tutilgan o‘z vazifalarini muntazam ravishda, uzrli sabablarsiz bajarmaganligi, shu jumladan tegishli xalq deputatlari Kengashlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi), ular organlarining topshiriqlarini bajarmaganligi;
(1-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 2-iyuldagi O‘RQ-934-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 03/24/934/0469-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatning uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi.
(1-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Deputatni, senatorni chaqirib olish zarurligi to‘g‘risidagi qaror
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikni, axloq va deputatlik odobi normalarini buzgan, o‘z vazifalarini muntazam ravishda bajarmayotgan deputatni, senatorni chaqirib olish zarurligi to‘g‘risidagi qaror tegishincha xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, Qonunchilik palatasi yoki Senat (Senat Kengashi) tomonidan qabul qilinadi.
(2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatni, senatorni chaqirib olish masalasini ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qonunchilikda belgilangan tartibda kiritilgan so‘rovi, shuningdek uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiyaning taklifi asos bo‘lishi mumkin.
(2-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatning, senatorning qonunchilikni buzganligi dalillariga oid materiallar xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, Qonunchilik palatasi yoki Senat (Senat Kengashi) tomonidan tegishincha viloyat, tuman, shahar prokuroriga yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va ushbu masala yuzasidan xalq deputatlari Kengashining, Qonunchilik palatasining yoki Senatning deputatlik odobi qo‘mitasiga (komissiyasiga) xulosa taqdim etish uchun topshiriladi.
(2-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, Qonunchilik palatasi yoki Senat (Senat Kengashi) deputatlik odobi qo‘mitasining (komissiyasining) va prokurorning xulosalarini eshitish yakunlari bo‘yicha deputatni, senatorni chaqirib olish haqidagi masalaning qo‘yilishi asosliligi yoxud asossizligi to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chaqirib olish to‘g‘risidagi masalasi qo‘yilgan deputatning, senatorning hamda mazkur masalaga doir materiallarni o‘rgangan va tayyorlagan prokurorning fikri xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining, Qonunchilik palatasining yoki Senatning (Senat Kengashining) majlisida eshitilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chaqirib olish to‘g‘risidagi taklif asosli deb e’tirof etilgan taqdirda davlat hokimiyati vakillik organining tegishli qarori deputatni, senatorni chaqirib olish bo‘yicha ovoz berishni tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Tegishli davlat hokimiyati vakillik organlarining qo‘shma majlisida saylangan senatorni chaqirib olish tartibini tashkil etish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli davlat hokimiyati vakillik organlarining qo‘shma majlisida saylangan senator eng avvalo tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining deputati bo‘lib, u tegishli davlat hokimiyati vakillik organining deputati sifatida chaqirib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi Senatning senatorni chaqirib olish zarurligi to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq senator tegishli davlat hokimiyati vakillik organi deputati etib saylangan saylov okrugida ovoz berishni tashkil etadi. Bunda ovoz berish deputatni chaqirib olish bo‘yicha o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli davlat hokimiyati vakillik organlarining qo‘shma majlisida saylangan senator deputatlik maqomini yo‘qotganidan keyin, tegishincha deputatni chaqirib olish bo‘yicha ovoz berish natijalari ro‘yxatga olingan paytdan e’tiboran senatorlik maqomini ham yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Deputatni chaqirib olish bo‘yicha ovoz berishni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikka muvofiq deputatni chaqirib olish u saylangan okrug saylovchilarining yashirin ovoz berishi yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(4-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatni chaqirib olish bo‘yicha ovoz berishni Markaziy saylov komissiyasi deputatni saylash uchun belgilangan tartibda tashkil etadi.
(4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi davlat hokimiyati vakillik organlarining deputatni chaqirib olish masalasi bo‘yicha ovoz berishni o‘tkazish zarurligi to‘g‘risidagi qarorini olgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida qonunga muvofiq xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining deputatini, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatini chaqirib olish bo‘yicha okrug komissiyasi tuzilishini ta’minlaydi hamda ovoz berish vaqti va joyini tayinlaydi. Markaziy saylov komissiyasi bu haqda tegishincha xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashini, Qonunchilik palatasini yoki Senatni xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Chaqirib olish haqidagi masalasi ko‘rib chiqilayotganda deputatning, senatorning huquqlari kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, Qonunchilik palatasi yoki Senat (Senat Kengashi) deputatni, senatorni chaqirib olish uchun ushbu Qonunning 1-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘lgan materiallar tushgan kundan e’tiboran uch kunlik muddatdan kechiktirmay deputatga, senatorga tushgan hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda yozma xabarnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chaqirib olish haqidagi masalasi qo‘yilgan deputat saylovchilar bilan uchrashishga, saylovchilarning yig‘ilishlarida, davlat hokimiyati vakillik organlarining sessiyalari va majlislarida chaqirib olinishi haqidagi masala ko‘rib chiqilayotganda ishtirok etishga hamda o‘zini himoya qilib so‘zga chiqishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatni, senatorni chaqirib olish haqidagi masala qo‘yilishiga sabab bo‘lgan yolg‘on axborotni bilaturib taqdim etgan shaxslar qonunga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Deputatni chaqirib olish bo‘yicha ovoz berishni o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatni chaqirib olish ishlarini tashkil etish tegishli okrug komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatni chaqirib olish bo‘yicha ovoz berishni o‘tkazish uchun ovoz berishga kechi bilan yigirma besh kun qolganida ovoz berish uchastkalari va kechi bilan yigirma kun qolganida uchastka komissiyalari tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli saylov okrugi saylovchilarining ro‘yxatlari ovoz berish kuniga kechi bilan o‘n kun qolganida hamma tanishib chiqishi uchun taqdim qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish uchastkalarini va komissiyalarni tuzish, komissiyalarning vakolatlari, saylovchilarning ro‘yxatlarini tuzish, ovoz berishni o‘tkazish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(6-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatni chaqirib olish bo‘yicha yashirin ovoz berish byulletenida uning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, lavozimi (mashg‘ulotining turi) ko‘rsatiladi. Byulletenga alohida-alohida gorizontal qator qilib quyidagi matn joylashtiriladi: “Deputatning chaqirib olinishini yoqlayman” va “Deputatning chaqirib olinishiga qarshiman”. Har bir qatorning ro‘parasida, o‘ng tomonga bo‘sh kvadrat joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchi deputatni chaqirib olish bo‘yicha ovoz berish chog‘ida deputatning chaqirib olinishini yoqlashidan yoki uning chaqirib olinishiga qarshi ekanligidan kelib chiqib tegishli bo‘sh kvadratga belgi-krestik qo‘yadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Okrug va uchastka komissiyalarining vakolatlari muddati deputatni chaqirib olish bo‘yicha ovoz berish yakunlari chiqarilganidan keyin tugaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Deputatni chaqirib olish bo‘yicha ovoz berish natijalarini aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish natijalari deputatni chaqirib olish bo‘yicha okrug komissiyasining majlisida, ovoz berish o‘tkazilgan kunning ertasiga aniqlanib, bayonnomaga kiritiladi, bayonnoma tegishincha Markaziy saylov komissiyasiga, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning yarmidan ko‘pi deputatning chaqirib olinishini yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, u chaqirib olingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning yarmidan kami deputatning chaqirib olinishini yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, shuningdek ovoz berishda ovoz berish ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning o‘ttiz uch foizidan kami ishtirok etgan bo‘lsa, deputatni chaqirib olish rad qilingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatning chaqirib olinishini yoqlab va chaqirib olinishiga qarshi berilgan ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, deputat o‘z vakolatlarini saqlab qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi yoki tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi ovoz berish yakunlariga ta’sir qilgan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilganligi tufayli ovoz berish natijalarini haqiqiy emas deb topishi mumkin. Bunday holda takroriy ovoz berish tayinlanib, u ushbu Qonun talablariga rioya etilgan holda kechi bilan ikki haftalik muddat ichida o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi, tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi okrug komissiyasidan olingan bayonnoma asosida deputatni chaqirib olish bo‘yicha ovoz berish natijalarini besh kunlik muddat ichida ro‘yxatga oladi hamda bu haqda ommaviy axborot vositalari orqali xabar qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi deputatini chaqirib olish bo‘yicha ovoz berish yakunlari to‘g‘risida Markaziy saylov komissiyasi Qonunchilik palatasini xabardor qiladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatini chaqirib olish bo‘yicha ovoz berish yakunlari to‘g‘risida tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tegishli davlat hokimiyati vakillik organini va Markaziy saylov komissiyasini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatning vakolatlari, agar ovoz berish natijasida deputat chaqirib olingan bo‘lsa, uni chaqirib olish bo‘yicha ovoz berish natijalari ro‘yxatga olingan paytdan e’tiboran muddatidan ilgari tugatilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(71-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan senatorning chaqirib olinishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan senatorni chaqirib olish ushbu Qonunning 1-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan senatorni chaqirib olish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Deputatni, senatorni chaqirib olish bilan bog‘liq xarajatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatni, senatorni chaqirib olish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Ushbu Qonun buzilganligi ustidan shikoyat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun buzilganligi ustidan Markaziy saylov komissiyasiga, tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 2-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
708-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 8-9-son, 64-modda; 2008-y., 52-son, 510-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 04.07.2024-y., 03/24/934/0469-son)