1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Qishloq xoʻjaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qishloq xoʻjaligi sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, yetishtirilgan mahsulotlar boʻyicha dolzarb maʼlumotlarni shakllantirish, zamonaviy interaktiv xizmatlar, shuningdek, uchuvchisiz uchadigan apparatlar yordamida xizmatlar koʻrsatish koʻlamini kengaytirish orqali qishloq xoʻjaligi tashkilotlari faoliyatiga koʻmaklashish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar ushbu Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan 4 mln gektardan ortiq yer maydonlarida ekinlarni ekish va sugʻorish jarayonlarini raqamlashtirish;
(b) mahsulot yetishtirish jarayonlarini monitoring va prognoz qilishda inson omilini qisqartirish, maʼlumotlar aniqligini oshirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash;
(v) qishloq xoʻjaligi sohasida joriy etilgan 30 tadan ortiq axborot tizimlarini “yagona nuqta”ga birlashtirish orqali foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish hamda maʼlumotlarning oʻzaro muvofiqligi va ishonchliligini taʼminlash;
(g) 100 ga yaqin raqamli xizmat va servislar koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish, jumladan, robototexnika, uchuvchisiz uchadigan apparatlar (keyingi oʻrinlarda — dronlar) va boshqa “aqlli” qurilmalar yordamida xizmat koʻrsatish orqali qishloq xoʻjaligi tashkilotlari uchun qulay sharoit yaratish;
(d) sohada koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishda qulayliklarni taʼminlash, imtiyozli kredit va pul mablagʻlari aylanmalari boʻyicha maʼlumotlarni onlayn taqdim etish;
(j) qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini raqamli texnologiyalar yordamida kafolatlash hamda axborot tizimlaridagi maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash.
II. Sohada raqamli texnologiyalardan foydalanish koʻlamini kengaytirish
2. Belgilansinki, qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan ekinlarni mustaqil joylashtirish va yetishtiriladigan mahsulotlar hisobini yuritish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(a) birinchi bosqichda — 2026-yil hosilidan boshlab fermer xoʻjaliklari, klasterlar va boshqa yuridik shaxs maqomidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar (keyingi oʻrinlarda — qishloq xoʻjaligi tashkilotlari) oʻzlariga tegishli yer uchastkalariga ekish rejalashtirilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasiga (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) konturlar kesimida mustaqil joylashtirib boradi. Bunda:
(i) qishloq xoʻjaligi tashkilotlari oʻzlariga tegishli yer uchastkalariga ruxsat etilgan foydalanish turlariga asosan (asosiy, takroriy, toʻqsonbosti usulida) ekinlarni joylashtirishga oid maʼlumotlarni Agroportalga kiritib boradi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.03 Suvdan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]
(ii) Agroportalda belgilangan tartibda maʼlumotlari joylashtirilmagan ekinlarning sugʻorilishi suv resurslaridan ruxsat beruvchi hujjatlarsiz foydalanish deb baholanadi;
(iii) 2027-yil hosilidan boshlab ruxsat etilgan foydalanish turlariga asosan bir nechta turdagi ekinlarni ekish rejalashtirilgan taqdirda, Agroportalga yer uchastkasining 90 foiz qismiga belgilangan ekin turlarini joylashtirish boʻyicha maʼlumotlar, paxta va boshoqli donni yetishtirish rejalashtirilgan taqdirda — yer uchastkasining 45 foiz qismiga paxta, qolgan 45 foiz qismiga boshoqli don joylashtirishga oid maʼlumotlar kiritiladi. Bunda yer uchastkasining qolgan 10 foiz qismiga qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga istalgan ekinlarni ekishga ruxsat beriladi (2026-yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan ekin turlarini joylashtirish mustaqil ulushlarda amalga oshiriladi);
(2-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PF-181-sonli Farmonitahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2025-y., 06/25/181/0919-son)
(iv) qishloq xoʻjaligi yerlarida ekiladigan ekinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kelgusi yil hosili uchun har yili 1-avgustga (2025-yilda 1-oktabrga) qadar Agroportalga mustaqil joylashtirilmaganda, tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimlari 15 kunlik muddatda qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga ekinlarni joylashtirish boʻyicha maʼlumotlarni Agroportalga kiritishga koʻmaklashadi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.04.00 Suv xoʻjaligi balanslari. Suvdan foydalanish uchun limitlar]
(v) qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga paxta va gʻalladan tashqari ekinlarni joylashtirish boʻyicha koʻrsatkichlarga har yili asosiy ekinda — 15-apreldan 1-maygacha, takroriy ekinda — 15-iyuldan 1-avgustgacha, toʻqsonbosti usulida — 15-avgustdan 1-sentabrgacha belgilangan suv hajmi boʻyicha limitlarni hisobga olgan holda oʻzgartirish kiritishga ruxsat beriladi;
(vi) ekinlarni joylashtirish boʻyicha shakllangan batafsil va geografik nuqtalarga bogʻlangan maʼlumotlar hududlarning qishloq xoʻjaligi geoportallarida onlayn rejimda aks ettirib boriladi;
(vii) Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi resurslari hisobidan tijorat banklari orqali imtiyozli kreditlarni ajratish jarayonlarida tuman (shahar) hokimliklari va tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimlari bilan kelishish hamda ulardan maʼlumotnoma olish talablari bekor qilinadi;
(b) ikkinchi bosqichda — 2027-yildan boshlab dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan yetishtiriladigan mahsulotlar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlar bazalarini Agroportalga integratsiya qilish orqali mahsulotlar, jumladan, kartoshka va meva-sabzavotlar hisobini yagona tizimda yuritish yoʻlga qoʻyiladi.
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(a) Agroportalni qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar uchun sohada xizmat koʻrsatishning “yagona nuqtasi” sifatida eʼtirof etish. Bunda Agroportal orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ham koʻrsatiladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(b) Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJni qishloq xoʻjaligi sohasini raqamlashtirish yoʻnalishida axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona operator (keyingi oʻrinlarda — Yagona operator) etib belgilash.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.14.00 Raqamli iqtisodiyot]
4. Agroportalda quyidagi qoʻshimcha raqamli xizmat va servislar koʻrsatish imkoni yaratilsin:
(a) qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan ekin maydonlariga ekinlarni mustaqil joylashtirish;
(b) qishloq xoʻjaligi yerlari foydalanuvchilari tomonidan ekin maydonlarining asosiy foydalanish turini belgilash va ularga oʻzgartirish kiritish;
(v) agrotexnik tadbirlarni bajarish jarayonlari va ekinlarning rivojlanish bosqichlarini monitoring qilib borish;
(g) Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi resurslari hisobidan tijorat banklari orqali ajratiladigan imtiyozli kreditlar boʻyicha toʻlov xizmatlarini koʻrsatish;
(d) qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari va mahsulotlari oldi-sotdisi, ekinlarni parvarishlash hamda boshqa yoʻnalishlarda shartnomalar tuzish xizmatlarini yoʻlga qoʻyish;
(j) qishloq xoʻjaligi sohasida xususiy sektor tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlardan foydalanish imkonini yaratish.
5. Quyidagilar:
(a) Agroportal tarkibiga kiruvchi axborot tizimlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
(b) Agroportal orqali koʻrsatiladigan raqamli xizmat va servislar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tashkil etilsin va uning tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Belgilansinki, Respublika komissiyasi:
(a) ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosini barqaror saqlash, oziq-ovqat balansidagi importga bogʻlangan yoki yetishmovchilik xavfi mavjud boʻlgan mahsulotlarni yetishtirishni koʻpaytirish boʻyicha kollegial maslahat organi hisoblanadi;
(b) ruxsat etilgan foydalanish turlariga asosan yer uchastkalarida ekin joylashtirish ulushlariga (foizlar) hududlar ixtisosligidan kelib chiqib oʻzgartirish kiritadi.
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq xoʻjaligi tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
(a) Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda:
(i) har yili 1-oktabrga qadar kelgusi yil uchun oziq-ovqat balansining prognozi va Agroportalda shakllangan ekinlarni joylashtirish boʻyicha maʼlumotlarni tahlil qiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
(ii) tahlil natijalari asosida yetishmovchilik kuzatilishi xavfi boʻlgan alohida mahsulotlarni tanlab oladi va ularni yetishtirish hajmini koʻpaytirish maqsadida Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan tijorat banklari orqali ajratiladigan imtiyozli kreditlar miqdorini eʼlon qiladi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
(b) Respublika komissiyasi (J. Qoʻchqorov) Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining taklifiga asosan alohida tanlab olingan mahsulotlarni yetishtirishni ragʻbatlantirish maqsadida ularni yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar va subsidiyalarni joriy qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritadi.
9. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston fermerlari kengashining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ taʼsischiligida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida quyidagilarga ixtisoslashgan korxonani tashkil etish va uning faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish uchun tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikni oʻrnatish haqidagi takliflari maʼqullansin:
(a) qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga robototexnika, dron va boshqa qurilmalar yordamida xizmatlar koʻrsatish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.05.00 Sanoat uskunalari, mashinalari va asboblariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash. Asosiy fondlarning amortizatsiyasi]
(b) xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda dronlar, ularning ehtiyot qismlari va boshqa “aqlli” qurilmalarni ishlab chiqarishni tashkil etish hamda taʼmirlash xizmatlarini koʻrsatish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
(v) oʻquv va malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
(g) iqlim oʻzgarishi, yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro va mahalliy loyihalarda ishtirok etish.
10. Belgilab qoʻyilsinki, qishloq xoʻjaligida raqamli xizmat va servis koʻrsatish koʻlamini kengaytirish maqsadida qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
(a) agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlarning mexanizatsiya yoʻnalishi hisobidan ham dron xizmatlaridan foydalanishga ruxsat beriladi;
(b) dron xizmatlaridan foydalanish uchun Agroportal orqali ariza berish, shartnomalarni tuzish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang)]
(v) Agroportal orqali uchish balandligi 30 metrgacha boʻlgan dronlar yordamida koʻrsatiladigan xizmatlar vakolatli idoralar bilan kelishilgan hududlarda ularning yillik ruxsatnomalari asosida taqdim etiladi.
11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Agroportalda quyidagi xizmat turlarini joriy qilsin:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
(a) 2025-yil 1-dekabrdan boshlab qishloq xoʻjaligi yerlarini ikkilamchi ijaraga berish yuzasidan:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.02 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish]
(i) ikkilamchi ijaraga beriladigan yerlarni belgilash, ijara shartnomasini tuzish, davlat roʻyxatdan oʻtkazish va toʻlovlarni amalga oshirish;
(ii) ikkilamchi ijaraga beriladigan yerlarda mahsulot yetishtirishga kreditlar olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish;
(b) 2026-yil 1-martdan boshlab qonunchilikda belgilangan tartibda yer toifasini oʻzgartirish va nobudgarchilik hisobini yuritish boʻyicha:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 9-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisida nizom.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
(i) qishloq xoʻjaligi yerlari toifasini oʻzgartirish yuzasidan arizalar berish, ularning holatini onlayn kuzatib borish va natijalarini taqdim etish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.13.00 Boshqa kafolatlar va kompensatsiyalar]
(ii) qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha belgilangan tartibda toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovini avtomatik hisoblash, toʻlovlarni amalga oshirish va undirilgan toʻlovlar hisobini yuritish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 28-moddasining ikkinchi qismi va 13-bobi, Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
III. Tashkiliy masalalar hamda Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
12. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
(a) davlat organlari va boshqa tashkilotlarga Agroportal tarkibiga kiruvchi axborot tizimlari hamda u orqali koʻrsatiladigan raqamli xizmat va servislarni joriy qilish hamda kengaytirish uchun tender (tanlov) savdolari oʻtkazmasdan loyiha va texnik hujjatlarni tayyorlash, axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish boʻyicha Yagona operator bilan shartnomalar tuzish huquqi beriladi;
(b) Yagona operator hisobiga quyidagi ajratmalar yoʻnaltiriladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar]
(i) Agroportal orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlanadigan davlat bojlari, yigʻimlar va barcha turdagi toʻlovlarning 11,25 foizi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar]
(ii) Agrobilling tizimi orqali xizmatlarni koʻrsatganlik uchun toʻlanadigan davlat bojlari va boshqa toʻlovlardan tushadigan mablagʻlarning 0,5 foizi.
13. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.03 Gʻallachilik]
(a) Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va tijorat banklari bilan birga 2026-yildan boshlab har yili mart — oktabr oylarida respublika boʻyicha paxta va gʻalla ekinlarini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish holatini kosmik suratlar va dron yordamida olingan maʼlumotlar asosida monitoring qilishni yoʻlga qoʻysin. Bunda surat va maʼlumotlarni tahlil qilish bilan bogʻliq xarajatlar Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.02.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat va boshqaruv. Foydali qazilmalarni qazib olish faoliyatini litsenziyalash;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
(b) kosmik suratlar va dron yordamida olingan maʼlumotlar asosida oʻtkazilgan tahlillar natijalarini Bosh prokuratura, Soliq qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda Kadastr agentligiga taqdim etib borsin. Bunda ushbu tahlillar asosida vakolatli organlar tomonidan undirilgan mablagʻlarning 10 foizi mazkur Agentlikka yoʻnaltirilsin.
14. Qishloq xoʻjaligi sohasida raqamli texnologiyalarni qoʻllashni yanada jadallashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 6-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
17. Bosh prokuratura qishloq xoʻjaligi tashkilotlari ekinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Agroportalga mustaqil joylashtirishi, belgilangan tartibda maʼlumotlari joylashtirilmagan ekinlarni sugʻorish holatlari boʻyicha oshirilgan soliq stavkalari undirilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
18. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
(a) Kadastr agentligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga tegishli yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlarini belgilash tadbirlarini amalga oshirsin;
(b) Suv xoʻjaligi vazirligi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va Oʻzbekiston fermerlari kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda sohada joriy qilinayotgan raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish boʻyicha qishloq xoʻjaligi tashkilotlari xodimlari uchun oʻquv seminar-treninglar tashkil qilsin;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.04.00 Suv xoʻjaligi balanslari. Suvdan foydalanish uchun limitlar]
(v) Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan ekin maydonlariga suv yetkazish boʻyicha limitlarni belgilash, shartnoma tuzish, yetkazilgan suv hajmini kosmik surat asosida baholash va hisobvaraq-fakturalarni imzolash jarayonini raqamlashtirish boʻyicha Xorazm viloyati Yangiariq tumanida pilot loyihani amalga oshirish, natijalarini boshqa hududlarga joriy qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
(g) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Suv xoʻjaligi vazirligi:
(a) Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.04.00 Suv xoʻjaligi balanslari. Suvdan foydalanish uchun limitlar]
(i) qishloq va suv xoʻjaligi tizimidagi tegishli ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb qilgan holda 2026-yil yakuniga qadar hududlar kesimida gidromodul rayon hududlari chegaralari va xaritalarini qayta koʻrib chiqib, ularni yangilasin hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish tartibi va meʼyorlariga oʻzgartirishlarni kiritsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
(ii) har yili Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi maʼlumotlaridan foydalangan holda bir xil sharoit va ekin turi boʻyicha suvdan samaraliroq foydalangan fermer xoʻjaliklarini aniqlab, ularning ijobiy tajribasini boshqa fermer xoʻjaliklariga ommalashtirish choralarini koʻrsin;
(b) Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan kelishilgan holda 2026-yil yakuniga qadar Suv xoʻjaligi vazirligiga raqamlashtirish uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida suv omborlariga (doimiy suv yigʻilmaydigan sel suv omborlari bundan mustasno) suv sathini oʻlchaydigan hisoblagichlarni oʻrnatsin, ularni Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining axborot tizimiga integratsiya qilsin.
20. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov, Agroportal va uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlari, sohadagi raqamli xizmat va servislarning oʻz vaqtida ishga tushirilishi va uzluksiz ishlashi uchun masʼul etib qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Q.A. Yuldashev belgilansin.
21. Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish, masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 12-avgust,
PF-130-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga 1-ILOVA
Agroportal tarkibiga kiruvchi axborot tizimlari
ROʻYXATI
T/r
Axborot tizimlari
Maqsadi
1.
Agroportal
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar uchun sohada xizmat koʻrsatishning “yagona nuqtasi”ni belgilash.
2.
Geoaxborot tizimi
Qishloq xoʻjaligida yer resurslaridan samarali foydalanish va hisobini yuritish, qishloq xoʻjaligi ekinlari monitoringini amalga oshirish.
3.
“E-ijara” AT
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ijaraga berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va vakolatli tashkilotlar bilan kelishish.
4.
“Agrosubsidiya” AT
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga subsidiyalar berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va vakolatli organlar bilan kelishish.
5.
“Qishloq xoʻjaligi texnikalari reyestri” AT
Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalari yagona davlat reyestrini shakllantirish.
6.
“CropAgro” AT
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini elektron joylashtirish, kelishish, maʼlumot va hisobotlarni shakllantirish.
7.
“Agroplatforma” AT
Paxta, boshoqli don, meva-sabzavot yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish.
8.
“Reagro” AT
Paxta-toʻqimachilik klasterlari boʻyicha avtomatlashtirilgan reytingni va qishloq xoʻjaligi kooperatsiyalari boʻyicha reyestrni yuritish.
9.
“AgroBI” AT
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda ishonchli va yagona maʼlumotlarni shakllantirish.
10.
“Oziq-ovqat mahsulotlarini zaxiralash” AT
Qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat zaxiralarini yaratish, zaxiraga olingan mahsulotlar hajmi boʻyicha maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish.
Oʻrmon fondi yerlarini ijaraga berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish hamda vakolatli organlar bilan kelishish.
12.
“E-urugʻ” AT
Elektron tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish, monitoring va aprobatsiya tadbirlari uchun zarur axborotni yuritish, qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari bazasini shakllantirish.
13.
“AgroDocs” AT
Qishloq xoʻjaligi korxonalari oʻrtasida shartnoma tuzish, shartnomaviy munosabatlarni tartibga solishga koʻmaklashish.
14.
“Ombor kitobi” AT
Qishloq xoʻjaligi sohasida ustuvor vazifalarni belgilash va ijrosini nazorat qilish.
15.
“Hosil qabuli” AT
Ayrim turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari miqdor va sifat koʻrsatkichlari, yetkazib beruvchi va qabul qiluvchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish va statistik hisobotlarni yuritish.
16.
“Agromonitoring” AT
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda agrotexnik tadbirlar monitoringini yuritish.
17.
“Agrotarozi” dasturiy taʼminoti
Paxta va boshoqli don yetishtiruvchilarga elektron tarozilar orqali xizmat koʻrsatish.
Paxta va boshoqli don yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni maqsadli yoʻnaltirganlik holatini oʻrganish boʻyicha masofaviy monitoring yuritish orqali xizmat koʻrsatish.
19.
Paxta xomashyosi va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlarida resurslarning maqsadli sarflanishini monitoring va xavflarni avtomatik tahlil qilish AT**
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlarida resurslarning maqsadli sarflanishini monitoring qilish.
20.
“Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi” AT
(ishlab chiqiladi)
Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasini ixtiyoriy sugʻurta kompaniyasi bilan elektron rasmiylashtirish.
Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi shartnomasi ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va koʻrsatilayotgan sugʻurta xizmatlari ustidan nazorat qilish, sugʻurta mukofoti uchun budjet subsidiyasini olishga oid arizalarni koʻrib chiqish.
* “Oʻrmon E-ijara” axborot tizimini ishlab chiqish va texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash xarajatlari oʻrmon fondi yerlaridan doimiy foydalanuvchi oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlari va Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
** Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan axborot tizimi toʻliq ishga tushirilganidan soʻng, u Qishloq xoʻjaligi vazirligiga begʻaraz oʻtkazib beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga 2-ILOVA
Agroportal orqali koʻrsatiladigan raqamli xizmat va servislar roʻyxati
T/r
Raqamli xizmat nomi
Masʼul vazirlik va idora
Davlat xizmatlari
1.
Davlat tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash uchun ajratiladigan imtiyozli kredit, subsidiya va kompensatsiyalar olishga ariza berish
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
tijorat banklari
2.
Ilgari hisobga olingan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini belgilash
3.
Paxta va toʻqimachilik klasterlarini tashkil etish uchun ariza berish
4.
Dron xizmatlarini koʻrsatish uchun ariza berish
5.
Bugʻdoy, paxta xomashyosi, meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, makkajoʻxori doni, dukkakli va moyli ekinlar, sholi ekinlarni yetishtirishni imtiyozli kreditlash
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi,
tijorat banklari
6.
Davlat tomonidan dehqon va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash uchun ajratiladigan subsidiyalar va kompensatsiyalar olishga ariza berish
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
7.
Davlat tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash uchun ajratiladigan subsidiyalar va kompensatsiyalar olishga ariza berish
Suv xoʻjaligi vazirligi
8.
Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlash
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
9.
Urugʻlik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash
10.
Donli ekinlar urugʻlarini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash
11.
Urugʻlar, dukkakli va moyli ekinlar hamda boshqa don ekinlarini qayta ishlashni sertifikatlash
12.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish
13.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish
14.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarish
15.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish
16.
Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini hisobga olish hamda traktorchi-mashinist guvohnomasini berish
17.
Veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish (laboratoriya-diagnostika ishlari va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha)
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,
Bojxona qoʻmitasi
18.
Veterinariya davolash-profilaktika faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma
19.
Ixtisoslashtirilgan soʻyish korxonalari hamda hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni ishlab chiqarish, saqlash va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi subyekt faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasini berish
20.
Veterinariya sertifikati
21.
Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar eksporti, importi va tranziti uchun ruxsatnoma berish
22.
Temiryoʻl vagonlari, kemalar, samolyot va boshqa transport vositalari veterinariya-sanitariya ishlovidan oʻtkazilgani haqida maʼlumotnoma rasmiylashtirish
23.
Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash
24.
Naslchilik xoʻjaliklari maqomini berish
25.
Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish
26.
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berish
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi,
Bojxona qoʻmitasi
27.
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnoma berish
28.
Karantin ruxsatnomasini berish
29.
Fitosanitariya sertifikatini berish
30.
Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish va roʻyxatga olish
31.
Transport birligini ochish dalolatnomasi
32.
Eksport va import qilinayotgan karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya)
33.
Davlat tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash uchun ajratiladigan subsidiyalar va kompensatsiyalar olishga ariza berish
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi
34.
Paxta xomashyosi, boshoqli don ekinlari va boshqa mahsulotlarni birja savdolariga chiqarish va sotish
“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ
35.
Yerdan foydalanuvchilar tomonidan ularga paxta va boshoqli don yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli yoʻnaltirilganligi yoki yoʻqligini (ekinlar imtiyozli kredit ajratilgan yerga muvofiq ekilganligi yoki ekilmaganligini) tasdiqlovchi xulosani berish
Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi
36.
Zaxira yerlaridan foydalanish holatini tasdiqlovchi xulosani berish
Xususiy sektor tomonidan koʻrsatiladigan raqamli xizmat va servislar
Buxgalteriya elektron hisob-kitob va auditorlik maslahat xizmatlari
4.
Agronomiya va konsalting xizmatlari
5.
Veterinariya xizmatlari
6.
Mexanizatsiya va texnika xizmatlari
7.
Sugʻorish va suv menejmenti xizmatlari
8.
Ombor va logistika xizmatlari
9.
Kimyoviy himoya vositalari va mineral oʻgʻitlarni sotish xizmatlari
10.
Urugʻlar va koʻchatlarni sotish xizmatlari
11.
Bank va lizing xizmatlari
12.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksportga yoʻnaltirish va ichki bozorga sotish
13.
Laboratoriya xizmatlari
14.
Agrosugʻurtalash xizmatlari
Izohlar.
1. Raqamli xizmat va servislarning roʻyxati qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hamda xususiy sektor vakillari bilan olib borilgan ish natijalariga koʻra kengaytiriladi.
2. Raqamli xizmat va servislar havola orqali Agroportalda joylashtiriladi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi va xizmat koʻrsatish uchun masʼul vazirlik va idoralar bilan tasdiqlanadigan reja-grafikka muvofiq bosqichma-bosqich integratsiya qilinadi.
* Xususiy sektor vakillari Qishloq xoʻjaligi vazirligiga ixtiyoriy ravishda murojaat qilgan holda Agroportal orqali oʻz xizmatlarini koʻrsatadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga 3-ILOVA
Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi
TARKIBI
1.
J.A. Qoʻchqorov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining — Respublika komissiyasi raisi
2.
Sh.M. Gʻaniyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari
3.
I.Yu. Abdurahmonov
—
qishloq xoʻjaligi vaziri — Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari
4.
T.A. Ishmetov
—
Markaziy bank raisi
5.
B.S. Hamrayev
—
Milliy statistika qoʻmitasi raisi
6.
B.E. Zaxidov
—
kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri
7.
Sh.R. Xamrayev
—
suv xoʻjaligi vaziri
8.
Sh.X. Shermatov
—
raqamli texnologiyalar vaziri
9.
A.J. Vaxabov
—
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi
10.
A.A. Xaitov
—
Oʻzbekiston fermerlari kengashi raisi
11.
M.M. Mirzayev
—
Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
12.
J.J. Xatamov
—
Bosh prokuror oʻrinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi
13.
D.A. Vahobov
—
Savdo-sanoat palatasi raisi
14.
N.N. Oblomurodov
—
Toshkent davlat agrar universiteti rektori
15.
Sh.E. Nomozov
—
Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori
16.
A.M. Qosimov
—
qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari — Respublika komissiyasi kotibi
Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga 4-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi sohasida raqamli texnologiyalarni qoʻllashni yanada jadallashtirish boʻyicha
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari hisobini yuritish jarayonlarini raqamlashtirish.
1.Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari hisobini yuritishdagi mavjud mexanizmlarni oʻrganish.
2. Jarayonlarni raqamlashtirish boʻyicha takliflar va tartib ishlab chiqish.
3. Yangi mexanizm asosida jarayonlarni raqamlashtirishni yoʻlga qoʻyish.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovlaridan Qishloq xoʻjaligi vazirligiga 10 foiz oʻtkaziladigan mablagʻlar
2026-yildan boshlab
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Kadastr agentligi,
“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ
2.
“CropAgro” axborot tizimida har bir ekin joylashtirilgan kontur boʻyicha suv yetkazib berish limitlari yuritilishini yoʻlga qoʻyish.
1. “CropAgro” axborot tizimini takomillashtirish.
2. Suv yetkazib berish xizmati boʻlinmalari tomonidan “CropAgro” axborot tizimida suv yetkazib berish limitlarini shakllantirish.
-
Doimiy
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Suv xoʻjaligi vazirligi,
“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ
3.
Agroportalda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni imtiyozli kreditlash xizmatini yoʻlga qoʻyish.
1. Agroportal va tijorat banklarining axborot tizimlarini integratsiya qilish boʻyicha texnologik yoʻriqnomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. Tizimlar integratsiyasini yoʻlga qoʻyish.
3. Imtiyozli kreditlarni taqdim etish uchun Agroportalda toʻlov topshiriqnomalarini shakllantirish va ijro etish.
-
2025-yil sentabr — dekabr
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
tijorat banklari,
“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ
4.
Agroportalda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga lizing xizmatlari koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.
1. Xizmat koʻrsatish reglamentini ishlab chiqish.
2. Xizmatni Agroportalga integratsiya qilish.
-
2026 yil noyabr
“Oʻzagrolizing” AJ,
manfaatdor vazirlik va idoralar
5.
Mahsulot yetishtirish uchun doimiy foydalaniladigan yerlarda dron parvozlarini amalga oshirish va xizmat koʻrsatish uchun soddalashtirilgan mexanizmni joriy qilish.
1. Dronlar yordamida tezkor xizmat koʻrsatish uchun parvozlarni roʻyxatdan oʻtkazish va yillik ruxsatnomalar rasmiylashtirishni yoʻlga qoʻyish.
-
2025-yil noyabr
Fuqaro aviatsiyasi agentligi,
Mudofaa vazirligi,
Davlat xavfsizlik xizmati,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
2. Agroportalda dron xizmatlarini koʻrsatuvchilar va mahsulot yetishtiruvchilar oʻrtasida shartnoma tuzish va buyurtma berish imkoniyatlarini yaratish.
2026-yil davomida
6.
Agroportalda xizmat va servislar koʻrsatish koʻlamini kengaytirish.
1. Agrar sohadagi davlat xizmatlari roʻyxatini shakllantirish.
2. Agroportalda xizmat va servislar koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha texnologik yoʻriqnomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
3. Tizimlar integratsiyasini yoʻlga qoʻyish.
-
2025-yil noyabr-dekabr
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Oʻzagroinspeksiya,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi,
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar,
tijorat banklari
4. Agroportal orqali xizmat koʻrsatishni rivojlantirish.
Doimiy
7.
Agroportalda foydalanuvchi tomonidan bajariladigan amallarni qoʻshimcha tarzda himoyalashni joriy etish.
1. Foydalanuvchilarning xohishiga koʻra elektron raqamli imzoga qoʻshimcha tarzda haq evaziga uchinchi tomonning biometrik identifikatsiya qilish xizmatini Agroportalda taqdim etish.
Foydalanuvchi mablagʻlari
2025-yil oktabr
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ
2. Agroportalda biometrik identifikatsiyalash texnologiyalarini joriy etish.
2026-yil iyun
8.
Qishloq xoʻjaligi yerlarini ikkilamchi ijaraga berish jarayonlarini raqamlashtirish.
1. Agroportalda xizmat koʻrsatish uchun Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.
-
2025-yil sentabr
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Adliya vazirligi,
Kadastr agentligi
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2025-yil dekabr
9.
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turlari va tuproq unumdorligiga oid maʼlumotlar bazasini yaratish.
1. Yer uchastkalari kesimida ruxsat etilgan foydalanish turlari va tuproq unumdorligiga oid maʼlumotlar bazasini yaratish.
Qishloq xoʻjaligi vazirligiga Davlat budjeti parametrlari doirasida ajratilgan mablagʻlar
2025-yil oktabr
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
ilmiy-tadqiqot institutlari,
“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ
2. Agroportalda maʼlumotlar bazasidan foydalangan holda ekin joylashtirish, yer uchastkalarining normativ qiymatini avtomatik aniqlashni yoʻlga qoʻyish.
2026-yil fevral
10.
Agroportal va uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlari barqaror ishlashini taʼminlash.
1. Data markaz xizmatlariga imtiyozli tariflarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. Xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnomalarni imzolash va Data markaz xizmatlaridan foydalanishni yoʻlga qoʻyish.
-
2025-yil sentabr
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ
11.
Qishloq xoʻjaligi sohasida axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha bilimlarni oshirish.
Axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi boʻyicha foydalanuvchilarning bilim va koʻnikmalarini shakllantirish.
-
2025-2026-yillar
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK
12.
Qishloq xoʻjaligi sohasi mutaxassislari, fermer va dehqon xoʻjaliklari vakillarining axborot tizimlaridan foydalanish boʻyicha malaka va koʻnikmalarini oshirish.
Soha mutaxassislari, fermer va dehqon xoʻjaliklari vakillarini yaratilgan axborot tizimlaridan foydalanish boʻyicha oʻqitish.
-
2025-2026-yillar
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Oʻzbekiston fermerlari kengashi
13.
Qishloq xoʻjaligi maqsadlarida dron xizmatlaridan foydalanish tartibini belgilash.
Qishloq xoʻjaligi maqsadlarida dron xizmatlaridan foydalanish tartibini belgilash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
-
2025-yil dekabr
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Transport vazirligi,
Mudofaa vazirligi,
Davlat xavfsizlik xizmati,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
14.
Agroportalning mobil ilovasini yaratish.
1. Portalda joriy etilgan xizmatlarni mobil qurilma orqali taqdim etish uchun loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazish.
Budjetdan tashqari mablagʻlar
2025-yil dekabr
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
2. Mobil ilovani ishlab chiqish va ishga tushirish.
2026-yil fevral
15.
Boshoqli don ekinlaridan boʻshagan (oʻrimdan soʻng) yer maydonlarida somonpoyalar va ularning qoldiqlarini yoqish (dalalar yoqilishi) holatlari yuzasidan taʼsirchan javobgarlik choralarini belgilash yuzasidan takliflar kiritish.
1. “Oʻzbekkosmos” agentligi maʼlumoti asosida boshoqli don ekinlaridan boʻshagan (oʻrimdan soʻng) yer maydonlarida somonpoyalar va ularning qoldiqlarini yoqish (dalalar yoqilishi) holatlari boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.
-
2025-yil sentabrdan boshlab
Ekologiya vazirligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Oʻzagroinspeksiya,
Adliya vazirligi,
Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi,
Bosh prokuratura
2. Boshoqli don ekinlaridan boʻshagan (oʻrimdan soʻng) yer maydonlarida somonpoyalar va ularning qoldiqlarini yoqish (dalalar yoqilishi) holatlari boʻyicha javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish.
2025-yil oktabr
3. Takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2025-yil noyabr
16.
Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.
1. Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish.
-
2025-yil sentabr
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Suv xoʻjaligi vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2025-yil sentabr
17.
Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan agronomik tahlillar bilan bogʻliq loyiha natijalarini tajribadan oʻtkazish.
1. Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan agronomik tahlillar bilan bogʻliq loyiha natijalarini Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq va Parkent tumanlarida tajribadan oʻtkazish.
2. Tajriba natijalaridan kelib chiqib, yangi turdagi raqamli xizmat va servislarni Agroportalda joriy qilish choralarini koʻrish.
-
2025 — 2027-yillar
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
18.
“UZKAD”, “E-Yer nazorat”, Agroportal va “Space Gov Monitoring” axborot tizimlarining oʻzaro integratsiyasini taʼminlash.
Kadastr agentligining “UZKAD” hamda “E-Yer nazorat” axborot tizimlarini tegishlicha Agroportal hamda “Space Gov Monitoring” tizimlariga toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiya qilish.
-
2025-yil sentabr
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi,
Kadastr agentligi
19.
Agroportalda oʻsimliklarni himoya qilish va dalaga biologik ishlov berish boʻyicha xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.
1. Biolaboratoriya mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzish, toʻlovlarni amalga oshirish, biomahsulotlarni dalaga tarqatish boʻyicha xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.
2. Agroportalda oʻsimliklarni biologik himoya qilish, hasharotlarga qarshi kurashishda ularning oʻrtacha haroratda rivojlanish fazalarini aniqlab berish xizmatini yoʻlga qoʻyish.
Hisob-kitoblarga koʻra aniqlanadi
2025-yil dekabr
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi,
Oʻzbekiston fermerlari kengashi,
“Biosifat” respublika markazi
20.
Gidromodul rayonlashuv hududlari chegaralari va xaritalarini qayta koʻrib chiqish.
Qishloq va suv xoʻjaligi tizimidagi tegishli ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb qilgan holda hududlar kesimida gidromodul rayonlashuv hududlarining chegaralari va xaritalarini qayta koʻrib chiqib, ularni yangilash hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish tartibi va meʼyorlariga oʻzgartirishlar kiritish.
-
2025-2026-yillar
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
21.
Ekin turlarining normativ hosildorligini takomillashtirish.
Ilmiy-tadqiqot institutlari yordamida normativ hosildorligi belgilanmagan ekin turlari normativ hosildorligini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
-
2026-yil yanvar
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Oʻzagroinspeksiya
22.
Suv omborlaridagi suv sathini oʻlchash tizimini takomillashtirish.
“Oʻzbekkosmos” agentligi bilan kelishilgan holda suv omborlariga (doimiy suv yigʻilmaydigan sel suv omborlari bundan mustasno) suv sathini oʻlchaydigan hisoblagichlar oʻrnatish va ularni mazkur agentlikning axborot tizimiga integratsiya qilish.
Suv xoʻjaligi vazirligiga raqamlashtirish uchun ajratilgan mablagʻlar
2025-2026-yillar
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
23.
Hududlarda kosmik maʼlumotlardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish.
1. “Oʻzbekkosmos” agentligi maʼlumotlaridan toʻliq foydalanishni yoʻlga qoʻyish va natijalari boʻyicha mazkur agentlikka maʼlumot kiritib borish. Bunda maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi uchun birinchi rahbarlar shaxsan javobgar hisoblanadi.
-
Har yili 15-dekabrga qadar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahri hokimliklari, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi
2. Raqamlashtirishga masʼul tuzilmalar tegishli xodimlarining “Oʻzbekkosmos” agentligi bilan shartnomaviy asosda malakasini oshirishni tashkil etish.
Yiliga 1-marta
(reja-grafik asosida)
2025-yil oktabr
24.
Qishloq xoʻjaligi sohasini raqamlashtirish boʻyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.
1. Quyidagi nizom va reglamentlarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihalarini ishlab chiqish:
(a) “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi toʻgʻrisidagi nizom;
(b) Paxta va boshoqli donni qabul qilish hamda elektron hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
(v) Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ijaraga berish shartnomalariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha xizmat koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti.
-
2025-yil oktabr
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Adliya vazirligi,
Kadastr agentligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Hukumat qarori loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2025-yil noyabr
25.
Qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun oʻquv seminar-treninglar tashkil qilish.
Sohada joriy qilinayotgan raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish boʻyicha qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun oʻquv seminar-treninglar tashkil qilish.
-
2025-yil oktabr
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Oʻzagroinspeksiya,
Oʻzbekiston fermerlari kengashi
26.
Qishloq xoʻjaligida maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish.
1. Soliq qoʻmitasining tegishli axborot tizimlaridagi fermer xoʻjaliklari tomonidan toʻlangan soliq turlari, mahsulot tannarxi, yaratgan ish oʻrinlari, faollik holati kabi maʼlumotlarni Agroportalga integratsiya qilish.
2. Milliy statistika qoʻmitasining tegishli axborot tizimlaridagi oziq-ovqat sanoatiga oid statistik maʼlumotlar, jumladan, mahsulotlarni qayta ishlash hajmi, qayta ishlash darajasi va oziq-ovqat yoʻnalishida oʻzlashtirilgan investitsiya loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ochiq portalda eʼlon qilish va Agroportalga integratsiya qilish.
Mablagʻ talab etilmaydi
2025-yil dekabr
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Soliq qoʻmitasi,
Milliy statistika qoʻmitasi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 06/25/177/0880-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-90-son Farmonida:
(a) 4-bandning uchinchi xatboshisidagi “rahbar oʻrinbosarlari va maslahatchilarini” soʻzlari “rahbar oʻrinbosarlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(i) “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi” bloki “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ” bloki bilan almashtirilsin;
(ii) “Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti” bloki chiqarib tashlansin;
(v) 3-ilova “Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti” bloki bilan toʻldirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-205-son Farmonida:
(a) 5-bandning “d” kichik bandidagi “Agroplatforma” axborot tizimi” soʻzlari “Agroportal” soʻzi bilan almashtirilsin;
(b) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Agroplatforma” axborot tizimiga” soʻzlari “Agroportalga” soʻzi bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-36-son Farmonining 9-bandida:
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “Paxta xom ashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qoʻllashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-7-son Farmonida:
(a) 1-bandning beshinchi xatboshisidagi “Agroplatforma” axborot tizimi” soʻzlari “Agroportal” soʻzi bilan almashtirilsin;
(b) 2-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “Agroplatforma” axborot tizimiga” soʻzlari “Agroportalga” soʻzi bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-16-son Farmonining 6-bandida:
(b) 16-ilovaning 9-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” PQ-2691-son qarori quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmasi va tumanlar qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻining quyidagi vazifalari bajarilishini taʼminlashda shaxsiy masʼuliyati belgilansin:
oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohalarini modernizatsiya hamda diversifikatsiya qilish, barqaror rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini koʻpaytirish orqali sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiya jozibadorligini oshirish mexanizmlarini joriy qilish;
respublika aholisining suvga muttasil oshib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish, suv resurslarini tejash va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash choralarini koʻrish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati boʻyicha infratuzilmani rivojlantirish, qulay investitsiya muhitini yaratish, eksport hajmini koʻpaytirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhiti va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish;
qishloq joylarni muvozanatli va barqaror rivojlantirishga koʻmaklashishni nazarda tutuvchi qishloq hududlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni taʼminlash;
qishloq xoʻjaligi sohasida raqamli (smart) texnologiyalarni keng joriy etish, yangi ish oʻrinlari va xizmatlarni tashkil qilish choralarini koʻrish”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PQ-3703-son qaroriga 1-ilovadagi “Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi” bloki chiqarib tashlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4576-son qarorining 13-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi:
Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti xodimlarini jalb qilgan holda, joylarda sut sogʻuvchilarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etsin”.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4699-son qaroriga 5-ilovaning 9.1-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5263-son qarorida:
“Har yili yil yakuni boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reytingni shakllantirishda Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat organlari va tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish faoliyatini baholash mezonlari (keyingi oʻrinlarda — baholash mezonlari) inobatga olinsin”;
(b) 4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-106-son qarorida:
(i) ikkinchi xatboshidagi “yetishtirishga ixtisoslashgan” soʻzlari “yetishtiruvchi subyektlar joylashgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) uchinchi xatboshidagi “urugʻliklar yetishtirishga ixtisoslashgan hududlardagi” soʻzlari “urugʻliklar yetishtiruvchi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “yerlarni” va “yetishtirishga ixtisoslashtirish” soʻzlari tegishlicha “yerlarda” va “yetishtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari har yili “E-urugʻ” axborot tizimida urugʻliklar yetishtiruvchi subyektlar tanlanishini hamda qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar joylashtirilishini taʼminlasin”;
(iii) “v” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
(iv) “d” kichik banddagi “ixtisoslashgan hududlardagi” soʻzlari “tanlovdan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(v) quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
“71. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi har chorakda urugʻliklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari uchun berilgan raqamli QR kodli yorliqlar hamda ekinboplik xulosalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligiga kiritib borishni taʼminlasin”;
(g) 8-bandning birinchi xatboshisidagi “ixtisoslashtirilgan urugʻchilik xoʻjaliklari” soʻzlari “urugʻchilik” soʻzi bilan almashtirilsin;
(d) 11-banddan “urugʻchilikka ixtisoslashtirilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
(iii) quyidagi mazmundagi izoh qism bilan toʻldirilsin:
“Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishgan holda jami urugʻliklar yetishtiriladigan maydon (gektar)larga hududlar kesimida oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi”.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-357-son qaroriga 2-ilovaning 28-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-yanvardagi “Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-23-son qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi “2023-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-113-son qaroriga 4-ilovaning 39-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi “Qishloq xoʻjaligi sohasiga ilgʻor raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-257-son qarorida:
(a) 1-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) 2026-yil hosilidan boshlab qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tijorat banklarining Agroportal orqali elektron tarzda shakllantirilgan buyurtmanomalari asosida moliyalashtirish amalga oshiriladi. Bunda:
kredit shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblarni Agroportali orqali real vaqt rejimida koʻrish imkoniyati yaratiladi;
toʻlov topshiriqnomalarini shakllantirish va tijorat banklari orqali ijrosini tashkil etish jarayonlari, sugʻurta polislari, buyurtmanomalar va dalolatnomalarni identifikatsiyalash hamda raqamlashtirish Agroportal orqali amalga oshiriladi;
mahsulot yetishtiruvchilarga Agroportaldagi shaxsiy kabinetlari orqali elektron xizmatlar koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi”;
(b) 1-ilovaning 8-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligi yerlari degradatsiyasiga qarshi kurashish, tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirishni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-71-son qarorining 5-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Belgilansinki, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, uning mintaqaviy filiallari va tarkibidagi “Tuproq tahlil markazi” davlat muassasasi tuproqqa oid tadqiqotlar, shu jumladan tuproqning sifatini baholash (bonitirovka), shoʻrlanish, eroziya xaritalari, agrokimyoviy va ekologik tahlillar oʻtkazish hamda ushbu yoʻnalishlardagi tematik tuproq xaritalarini tuzish boʻyicha Qishloq xoʻjaligi vazirligining Yagona yetkazib beruvchisi hisoblanadi”.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-fevraldagi “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-44-son qaroriga 9-ilovaning 83-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-57-son qarorida:
“7. Belgilansinki, Kengash tavsiyasiga asosan Xolding kompaniya va ixtisoslashgan kompaniyalarga tovar (ish, xizmat)lar eksportini rivojlantirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida zamonaviy issiqxona, plantatsiyalar, agrologistika markazlari (agromajmualar) loyihalarini amalga oshirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiquvchi va pudrat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish hamda mahalliy va xalqaro yuridik, auditorlik kompaniyalari, investitsiya maslahatchilari hamda investitsiya banklari, ilgʻor xorijiy va mahalliy taʼlim muassasalari, yuqori malakali agronom, texnolog, marketolog, usta dehqonlarni jalb etish, shuningdek, axborotlashtirish qurilmalari, dasturiy taʼminot va laboratoriya jihozlarini xarid qilish huquqi beriladi”;
“Izoh: Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatini rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha kengashga Bosh vazir oʻrinbosari — Iqtisodiyot va moliya vaziri bilan kelishilgan holda ushbu roʻyxatdagi ixtisoslashgan kompaniyalarning bazaviy (joylashgan), qamrab olinadigan tumanlari va ixtisoslashuv yoʻnalishlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati beriladi”.
19. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xoʻjaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 794-son qarorida:
(a) 1-band quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qishloq xoʻjaligi sohasida tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida raqamlashgan shartnomaviy munosabatlarini rivojlantirishga koʻmaklashish, bunda yagona elektron hujjat aylanish tizimini joriy etish”;
(b) 3-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Markaz qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish yoʻnalishida malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni ishga yollash va ularga munosib haq toʻlash uchun mehnatga haq toʻlash miqdorlarini oʻz daromadlaridan kelib chiqib, mustaqil belgilaydi”;
(i) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Raqamli qishloq xoʻjaligi” axborot tizimidagi barcha raqamli xizmat va servislardan foydalanish istagini bildirgan paxta va gʻallachilikka ixtisoslashgan qishloq xoʻjaligi tashkilotlari uchun yillik toʻlov Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan Raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi”;
20. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 130-son qarorida:
(a) 2-ilovaning 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Qarz oluvchi kredit olish uchun uning asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan tijorat bankiga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Agroportali orqali ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) fermer xoʻjaliklari va Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklari hamda yer uchastkasiga egalik huquqi boʻlgan gʻallachilik klasterlari tomonidan:
yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi yoki koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida davlat reyestridan koʻchirma);
boshoqli don ekinini joylashtirish toʻgʻrisidagi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma;
b) fermer xoʻjaliklari bilan fyuchers shartnomasi asosida faoliyat yuritadigan gʻallachilik klasterlari va kooperatsiyalari tomonidan:
fyuchers shartnomasi tuzilgan fermer xoʻjaliklarining tasdiqlangan roʻyxati;
boshoqli don ekinini joylashtirish toʻgʻrisidagi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma”;
21. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi “Qishloq xoʻjaligi sohasiga ilgʻor raqamli texnologiyalarni joriy qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 330-son qaroriga 1-ilova 6-bandining “d” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash hamda ularni realizatsiya qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 680-son qaroriga 1-ilovada:
(a) 11-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar, urugʻchilik xoʻjaliklari hamda yer uchastkasiga egalik huquqi boʻlgan paxta-toʻqimachilik klasterlari:
yer uchastkasiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjat (yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi);
gʻoʻza ekinini joylashtirish toʻgʻrisidagi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma”;
(b) 12-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
23. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-fevraldagi “Aholiga dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun ijara huquqi asosida ajratilayotgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 62-son qarorining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, jumladan, kichik xoʻjalik va aholi tomorqasida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini elektron savdo “UzexAgro” platformasida sotishni yoʻlga qoʻysin. Bunda:
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi dehqon, fermer va boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlarida, shuningdek, mahsulotni sotib oluvchi, qayta ishlovchi va eksportga chiqaruvchi hamda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarda “UzexAgro” platformasidan foydalanish boʻyicha tushuntirish va targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar bilan mahsulotni sotib oluvchi, qayta ishlovchi va eksportga chiqaruvchi agregatorlar oʻrtasida onlayn shartnoma tuzish, tomonlarning majburiyatlarini belgilash hamda mahsulotlar sotuvini yoʻlga qoʻyish;
tegishli elektron platformalarni integratsiya qilish orqali elektron maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, jumladan “Online mahalla” elektron platformasida hokim yordamchilariga dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun ijaraga berilgan yer maydonlarida yetishtirilgan mahsulotlarni sotish boʻyicha takliflar kiritish imkoniyatini yaratish choralarini koʻrsin”.
24. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi “Respublikada moyli ekinlar yetishtirishni rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 438-son qarori 2-bandi “g” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “Agroplatforma” axborot tizimi” soʻzlari “Agroportali” soʻzi bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-maydagi “Gʻallani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-262-son qarorining 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi “Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yoʻqotishlarini qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 574-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-oktabrdagi “2022-2023-yillarning qish-bahor mavsumida aholi va ijtimoiy soha muassasalarining asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 587-son qarorining 3-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son; 30.09.2025-y., 06/25/177/0880-son; 10.10.2025-y., 06/25/181/0919-son)