O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 31-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3566]
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 285-son “O‘zbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlariga va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
4. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 23-sentabr,
178-son
Soliq qo‘mitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 13-sentabr,
2024-17-son
Kelishildi:
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2024-yil 29-avgust
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 23-sentabrdagi 178-son va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 13-sentabrdagi 2024-17-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi
YO‘RIQNOMA
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Yo‘riqnoma aksiz markalarini berish, qayd etish, saqlash va qaytarish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan va uning hududiga olib kelinayotgan, aksiz markalari bilan majburiy markalanishi lozim bo‘lgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning aksiz markalari (bundan tabiiy va ko‘piklanadigan vinolar, pivo va pivo ichimliklari mustasno) bilan markalanishi ustidan nazorat o‘rnatish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qo‘mitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)
1-bob. Aksiz markalarini buyurtma qilish va ularni berish
Oldingi tahrirga qarang.
1. Aksiz markalari bilan markalanadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni ishlab chiqaruvchi korxonalar (bundan buyon matnda ishlab chiqaruvchi korxonalar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” MCHJga (bundan buyon matnda “Davlat belgisi” MCHJ deb yuritiladi) mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda aksiz markalarining turlari bo‘yicha zarur miqdorini xarid qilishga (alkogolli mahsulot bo‘yicha iste’mol idishiga quyiladigan mahsulotning hajmini litrda ko‘rsatgan holda) buyurtmanoma bilan murojaat etadilar.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qo‘mitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasiga aksiz markalari bilan markalanadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni olib kiruvchi importchilar (bundan buyon matnda importchilar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining (bundan buyon matnda Bojxona qo‘mitasi deb yuritiladi) hududiy organlariga aksiz markalarining turlari bo‘yicha zarur miqdorini xarid qilishga (alkogolli ichimlik bo‘yicha — iste’mol idishiga quyiladigan mahsulotning hajmini litrlarda ko‘rsatgan holda) mazkur Yo‘riqnomaning 1a-ilovasiga muvofiq shaklda buyurtmanoma topshiradilar. Bojxona qo‘mitasining hududiy organlari taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida aksiz markalari bilan markalanadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar uchun aksiz markalariga yig‘ma buyurtmanoma tuzadilar va yozma shaklda Bojxona qo‘mitasiga taqdim etadilar. “Davlat belgisi” MCHJga aksiz markalarini buyurtma qilish Bojxona qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda, yangi namunadagi aksiz markalarini xarid qilish uchun “Davlat belgisi” MCHJga import qiluvchilar mustaqil ravishda murojaat qilishlari ham mumkin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qo‘mitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)
3. Aksiz markalarini olish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
aksiz to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar “Davlat belgisi” MCHJga 3 nusxada buyurtmanoma taqdim etadilar. Buyurtmanomaning “Aksiz markalari uchun haq to‘langan” degan shtampi bosilgan va “Davlat belgisi” MCHJning mas’ul shaxsi imzosi bilan tasdiqlangan birinchi va ikkinchi nusxalari ishlab chiqaruvchi korxonalarga qaytariladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qo‘mitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)
aksiz to‘lanadigan mahsulot importchilari Bojxona qo‘mitasining hududiy organlariga 3 nusxada buyurtmanoma taqdim etadilar. Buyurtmanomaning Bojxona qo‘mitasi hududiy organining “Aksiz markalari uchun haq to‘langan” degan shtampi bosilgan va Bojxona qo‘mitasi hududiy organining mas’ul xodimi imzosi bilan tasdiqlangan birinchi va ikkinchi nusxalari importchilarga qaytariladi.
Bojxona qo‘mitasi hududiy organining xodimi markalarni xarid qilishga buyurtmanoma qabul qilganda importchini mazkur Yo‘riqnomaga 2-ilovaga ko‘ra shaklda importchining kodini ko‘rsatgan holda maxsus jurnalda ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Importchilar Bojxona qo‘mitasining hududiy organlariga “Davlat belgisi” MCHJning tegishli bank hisobvarag‘iga mablag‘lar o‘tkazilganligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatini taqdim etadilar.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qo‘mitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)
Aksiz markalarini sotib oluvchi importchining to‘lov hujjatida “To‘lovning maqsadi” ustunida “Aksiz markalari uchun to‘landi” degan yozuv bo‘lishi kerak.
5. Markalanadigan aksizli mahsulot ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi korxonalarga aksiz markalarini berish “Agrobank” ATBning mintaqaviy bo‘linmalari tomonidan buyurtmanoma asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Aksiz markalarini “Agrobank” ATBning mintaqaviy bo‘linmalari buyurtmanomada ishlab chiqaruvchi korxonalar bo‘yicha “Davlat belgisi” MCHJning va importchilar bo‘yicha Bojxona qo‘mitasi hududiy organlarining belgilari quyidagi hujjatlar mavjud bo‘lganida beradilar:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qo‘mitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)
alkogolli ichimliklarni mahalliy ishlab chiqaruvchilarga — aksiz markalarining buyurtirilayotgan miqdori nominal qiymatining 50 foizi to‘langanligi to‘g‘risida;
tamaki mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilarga — aksiz markalari buyurtirilayotgan miqdorining to‘liq nominal qiymati to‘langanligi to‘g‘risida;
alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini import qiluvchilarga — aksiz markalari buyurtirilayotgan miqdorining to‘liq nominal qiymati va aksiz solig‘ining butun summasi to‘langanligi to‘g‘risida.
Aksiz solig‘i to‘lanayotganida aksiz markalarining qiymati hisobga kiritilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiz markalarining nominal qiymatini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Davlat belgisi” MCHJning hisob-kitoblari bo‘yicha tasdiqlaydi.
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qo‘mitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar “Davlat belgisi” MCHJning belgisi qo‘yilgan aksiz markalarini xarid qilish uchun buyurtmanoma bilan “Agrobank” ATBning mintaqaviy bo‘linmasiga murojaat qiladilar. Bank xodimi ishlab chiqaruvchi korxonaga yoki importchiga buyurtmanomada ko‘rsatilgan miqdordagi aksiz markalarini beradi va bu haqda aksiz markalarini olish buyurtmanomasida qayd etadi. Buyurtmanomaning bir nusxasi bank xodimida qoladi, boshqasi esa ishlab chiqaruvchi korxonaga yoki importchiga qaytariladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qo‘mitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)
8. Aksiz markalarini “Agrobank” ATBning tegishli mintaqaviy bo‘linmasigacha tashish va ularni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar aksiz markalarining nominal qiymatiga kiritilmaydi va ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda importchilar tomonidan ustama tarzida aksiz markalari qiymatidan yuqori qiymatda to‘lanadi, ustama miqdorini “Agrobank” ATBning mintaqaviy bo‘linmalari tuzilgan shartnomaga muvofiq mustaqil ravishda belgilaydilar. Ustama summasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda importchilar tomonidan alohida to‘lanadi va aksiz markalarini olishda “Agrobank” ATBning bo‘limlari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Ushbu xarajatlar, shuningdek aksiz markalarining nominal qiymati va aksiz tovarlarni markalash bilan bog‘liq xarajatlar ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda importchilarning davr xarajatlariga kiritiladi.
9. Aksiz markalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish BYDni to‘ldirgan holda amalga oshiriladi. Import qilinadigan aksiz tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi ishlari uchun olib kelish importchilar tomonidan aksiz markalari sotib olingan va qayd etilgan hududdagina amalga oshiriladi.
10. Respublikaga keltirilayotgan, aksiz markalari bilan markalangan aksiz tovarlarni markalarni importchilar sotib olmagan va qayd etmagan boshqa hudud orqali bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish taqiqlanadi. Buning uchun javobgarlik Bojxona qo‘mitasi hududiy organlarining zimmasiga tushadi.
2-bob. Aksiz markalari bilan markalash tartibi
11. Aksiz tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar O‘zbekiston Respublikasi hududida sotish uchun mo‘ljallanayotgan tayyor mahsulotlarga aksiz markalarini ishlab chiqarish jarayonida yoki korxona hududining boshqa moslashtirilgan joyida markalash uchun belgilangan texnologiya asosida yopishtiradilar.
12. Import bo‘yicha keltirilayotgan aksiz tovarlarni aksiz markalari bilan markalash importchilar tomonidan amalga oshiriladi.
13. O‘zbekiston Respublikasining aksiz markalari bilan markalanmagan aksiz tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish va sotish man etiladi.
14. Quyidagi aksiz tovarlarni markalash majburiy emas:
respublikadan tashqariga eksport qilinayotgan;
bojsiz savdo qiluvchi do‘konlar uchun respublika hududiga keltirilayotgan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasi bo‘lgan taqdirda, ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun keltirilayotgan;
xalqaro tranzit bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinayotgan va olib chiqishga mo‘ljallangan;
jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga O‘zbekiston Respublikasining qonunida belgilangan aksizsiz olib kirish me’yorlari doirasida keltirilayotgan.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XI bo‘limi.
15. Ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun respublikaga keltirilayotgan aksiz tovarlar, agar ular O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan bo‘lsa, ko‘rgazmalar tugaganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining aksiz markalari bilan majburiy tarzda markalanadi va ular bo‘yicha umumiy belgilangan tartibda aksiz solig‘i to‘lanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XI bo‘limi.
16. Tamaki mahsulotining pachkasi ochilgan taqdirda aksiz markasi yirtilishi lozim.
Tamaki mahsulotlarining aksiz markasi quyidagi tarzda yopishtirilishi kerak:
1) yumshoq pachkaning yuqori tomonni yopuvchi aksiz markasidagi matn yoki rasm pachkaning old tomonidagi yo‘nalishda ko‘rinishi kerak va pachkaning o‘rtasida (o‘ng va chap chetidan, orqa va old tomonidan bir xil masofada) joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Pachka sellofan bilan qoplanishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, pachkaga yopishtirilgan aksiz markasi ustidan o‘ralishi lozim;
2) qopqog‘i ochiladigan pachkada aksiz aksiz markasi orqa tomonida joylashtirilgan bo‘lishi, burchakni yopishi va pachkaning yon tomoniga ham o‘tgan bo‘lishi zarur. Pachka sellofan bilan (agar shu narsa ko‘zda tutilgan bo‘lsa) pachkaga yopishtirilgan aksiz markasi ustidan o‘ralishi lozim;
3) konvert shaklidagi (masalan, “Saraton”, “Astra”, “Prima”) pachkada pachka ustidagi aksiz markasi ochiladigan qopqoqni birlashtirish markazi bo‘ylab orqa tomonida joylashtirilishi kerak, o‘ng va chap chetidan, orqa va old tomonidan bir xil masofada bo‘lishi lozim.
Yuqorida aytib o‘tilgan tartibni buzgan holda (masalan, sellofan plyonkani qirqib, uning ichiga aksiz markasi yopishtirilganda, marka sellofan ustidan yopishtirilganda, boshqa ishlab chiqaruvchilar yoki importchilarning markalari yopishtirilganda) aksiz markalari yopishtirilgan tamaki mahsulotlari markalanmagan hisoblanadi va ular belgilangan tartibda olib qo‘yiladi hamda yo‘q qilinadi.
17. Alkogolli ichimliklarni markalashda aksiz markasi idishning zich qilib yopiladigan qopqoqchalari (yoki polietilen tiqinlari) ustidan ochiladigan tomonga bir me’yorda yopishgan holda va qopqoq ochilganda yirtiladigan qilib yopishtiriladi.
18. Aksiz markalarini yopishtirishda tovardan olinganda uning yirtilmasligiga imkon bermaydigan yelimdan foydalanish lozim. Aksiz markalarini yopishtirish uchun qo‘llaniladigan yelim qurib qolmasligi va tovardan ko‘chib ketmasligi uchun yuqori va past haroratlarga, turli namlik darajalariga chidamli bo‘lishi; markadan qayta foydalanish uchun idishni yoki pachkani ochishda shikastlangan markalarni butun markalarga yig‘ib bo‘lmaslik kafolatini ta’minlashi kerak.
Boshqa ishlab chiqaruvchilar yoki importchilarning yoxud alkogolli ichimliklar boshqa tovar guruhlarining aksiz markalari yopishtirilgan, idishning litrajiga muvofiq kelmaydigan, shuningdek mazkur bandda va ushbu Yo‘riqnomaning 17-bandida nazarda tutilgan tartibni buzgan holda aksiz markalari yopishtirilgan alkogolli ichimliklar markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qo‘yilishi hamda yo‘q qilinishi kerak.
19. Ishlab chiqaruvchilar yoki importchilar sotib olgan aksiz markalarini qayta sotish, o‘zga shaxslarga boshqacha shakllarda berish yoki sotish mumkin emas, soliq organi yoki Bojxona qo‘mitasi hududiy organining qaytarib berishi bundan mustasno.
3-bob. Aksiz solig‘ini to‘lash va budjet bilan hisob-kitob qilish tartibi
20. Aksizli tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar aksiz solig‘i bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblarni qonunchilikka muvofiq amalga oshiradilar.
Importchilar aksiz solig‘ini import qilinayotgan tovarning kontrakt qiymatidan va belgilangan stavkalardan kelib chiqib hisoblaydilar va to‘laydilar. Tovar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotganda aksiz solig‘ini qayta hisoblash aksiz markalarini sotib olishda ilgari to‘langan aksiz solig‘ini kiritgan holda olib kelinayotgan tovarning bojxona qiymatidan kelib chiqib amalga oshiriladi. To‘langan aksiz solig‘i faqat kontrakt bekor qilinganda, foydalanilmagan (shu jumladan shikastlangan) aksiz markalarini topshirish sharti bilan qaytariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 40-bobi.
Aksiz markalari aksiz solig‘i to‘langanligiga dalil bo‘ladi.
21. Soliq organlari va Bojxona qo‘mitasining hududiy organlari aksiz solig‘ini hisoblash uchun ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar tomonidan hisob-kitoblar o‘z vaqtida topshirilishini nazorat qiladilar, hisobga oladilar va aksiz solig‘i summalarining tushumiga doir hisobotlarni tuzadilar.
4-bob. Aksiz markalarini qayd etish, hisob-kitob va nazorat qilish tartibi
22. Qat’iy hisobotdagi blankalar uchun bo‘lgani singari aksiz markalari uchun ham buxgalterlik hisob-kitobi qoidalari qo‘llaniladi. Aksiz markalariga ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilarning kodlari yoziladi.
Alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun kodlar shunday mahsulot ishlab chiqarish huquqi uchun qonunda belgilangan tartibda beriladigan litsenziyalar bo‘lgandagina beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga mayda turkumdagi (10 ming pachka, donadan kam miqdorda) aksiz tovarlarni olib kelayotgan importchilar uchun yagona kod raqamlari — tamaki mahsulotlari uchun IM 9898 va alkogolli ichimliklar uchun IM 98098 raqamlari beriladi.
23. Aksiz markalarining saqlanishi va ulardan maqsad bo‘yicha foydalanilishi uchun mas’uliyat aksiz tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar zimmasiga yuklanadi.
24. Aksiz markalari xizmatlar va tashish xarajatlari uchun bank ustamasini hisobga olmagan holda nominal qiymat bo‘yicha ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar tomonidan hisobga olinadi.
25. Soliq organi (soliq to‘lovchining hisobga olingan soliq organi) (keyingi o‘rinlarda soliq organi) va Bojxona qo‘mitasining hududiy organi boshlig‘ining buyruqlari bilan aksiz markalarini hisobga olish va nazorat qilish uchun javobgar shaxs tayinlanadi. Aksiz markalarini hisobga olish va nazorat qilish ularning soni va qiymati bo‘yicha yuritiladi.
26. Aksiz tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 5 sanasidan kechiktirmay mazkur yo‘riqnomaga 3-ilovaga muvofiq aksiz markalarining harakati to‘g‘risidagi hisobotni soliq organiga yoki Bojxona qo‘mitasining hududiy organiga taqdim etadilar.
27. Soliq organi va Bojxona qo‘mitasining hududiy organlari aksiz markalaridan to‘g‘ri foydalanilishi va ularning ro‘yxatdan chiqarib tashlanishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishlari kerak.
28. Soliq organlari va Bojxona qo‘mitasining hududiy organlari o‘tgan oydan keyingi oyning har birinchi kunida “Agrobank” ATBning mintaqaviy bo‘linmalarida ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar tomonidan berilgan (sotilgan) aksiz markalarining miqdorini solishtiradilar.
29. Soliq organlari har chorakda, o‘tgan chorakdan keyingi oyning har 10-kunida joriy chorakning birinchi kunidagi holatiga ko‘ra aksiz markalarining aksiz tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar bo‘ylab harakati to‘g‘risidagi hisobotni Soliq qo‘mitasiga taqdim etadilar. Bojxona qo‘mitasining hududiy organlari ham xuddi shu tartibda importchilar bo‘yicha Bojxona qo‘mitasiga hisobot taqdim etadilar. Mazkur hisobotlar 4-ilovadagi shakl bo‘yicha topshiriladi.
30. Aksiz markalarining tushumi va ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilarga berilishini hisobga olish tartibi “Agrobank” ATBning mintaqaviy bo‘linmalarida “Agrobank” ATB tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qopqog‘i ochilmagan idishlardagi yoki pachkadagi aksiz markalarining soni ishlab chiqaruvchilarda yoki importchilarda shubha uyg‘otsa, ularni tekshirish “Davlat belgisi” MCHJ va “Agrobank” ATBning mintaqaviy bo‘linmalari vakillarining majburiy hozirligida amalga oshiriladi. “Agrobank” ATBning mintaqaviy bo‘linmalari ishlab chiqaruvchilarga yoki importchilarga topshirilgunga qadar, shuningdek “Davlat belgisi” MCHJ aksiz markalarini banklarga topshirgunga qadar ularning yirtilmasdan saqlanishini ta’minlashlari shart.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qo‘mitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)
5-bob. Ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilarning aksiz markalarini hisobga olishlari va saqlashlari
31. Aksiz tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki importchilar aksiz markalarining to‘g‘ri hisobga olinishini, ulardan foydalanilishini (miqdori va qiymati bo‘yicha), yirtilgan markalarni belgilangan tartibda ro‘yxatdan chiqarib tashlashga qadar saqlanishini ta’minlashlari, ularning nazoratdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak.
Sotib olingan aksiz markalari nominal qiymati bo‘yicha “Qat’iy hisobot blankalari” 006-balans hisobvarag‘iga kirim qilinadi. Markalarning sarflanishi va kirim qilinishi qat’iy hisobot blankalari uchun bo‘lganidek tartibda olib boriladi.
Aksiz tovarlarni bir vaqtning o‘zida ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan mahsulotlar bo‘yicha aksiz markalarining harakatini alohida qayd etib borishlari kerak.
Shu maqsadda ishlab chiqarish hamda import qiluvchi korxonalar maxsus buyruq chiqaradilar va unda moddiy javobgar shaxs hamda aksiz markalarini saqlash va sarflash qoidalari belgilab beriladi.
6-bob. Aksiz markalarini hisobdan chiqarish va qaytarish tartibi
32. Aksiz tovarlarni markalayotganda aksiz markalari yirtilib ketgan taqdirda tayyorlovchi korxonalar (importchilar) barcha yirtilib ketgan markalarni soliq organiga yoki Bojxona qo‘mitasining hududiy organlariga topshirishlari, bunda yirtilgan aksiz markalarini yo‘q qilib yuborish uchun qabul qilishni so‘rab ariza berishlari kerak.
33. Yirtilgan aksiz markalari quyidagi qoidalarga rioya qilgan holda alohida varaqlarga 10 tadan yopishtirilishi kerak:
aksiz markalarini yopishtirish burmalarsiz va g‘adir-budirliklarsiz amalga oshirilishi lozim;
markalar shunday yopishtirilishi kerakki, markaning markaziy qismi va raqamli rekvizitlar aniq ko‘rinib turishi lozim;
markalar yirtilganda uning ayrim qismlari birlashtirilishi kerak;
qaytarib yuborilayotgan har bir yirtilgan markaning umumiy qismi uning dastlabki o‘lchovining kamida 2/3 qismini tashkil etishi kerak.
34. Ishlab chiqaruvchi korxonalarga (import qiluvchilarga) yirtilgan aksiz markalari bo‘yicha ularning nominal qiymati qaytarilmaydi, yirtilganlari o‘rniga yangi markalar berilmaydi. Zararlar korxona (import qiluvchi) faoliyatining natijalariga kiritiladi.
35. Soliq organi yoki Bojxona qo‘mitasi hududiy organining aksiz markalari bilan ishlash vazifasi yuklatilgan mansabdor shaxsi ishlab chiqaruvchi korxona yoki importchining aksiz markalari uchun moddiy javobgar shaxsi ishtirokida yirtilgan markalarni ro‘yxatdan chiqarish (yo‘q qilish) uchun 2 nusxada dalolatnoma tuzadi, unga o‘zi imzo chekadi va Soliq organining yoki Bojxona qo‘mitasi hududiy organining rahbariyatiga yo‘q qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun taqdim etadi. Yo‘q qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin dalolatnomaning bir nusxasi ishlab chiqaruvchi korxonaga yoki importchiga topshiriladi, so‘ng esa hisobot bo‘yicha ro‘yxatdan chiqariladi.
36. Ro‘yxatdan chiqarilgan aksiz markalarini yo‘q qilish soliq organining yoki Bojxona qo‘mitasi hududiy organi boshlig‘ining buyrug‘i bilan tayinlanadigan, kamida uch kishidan iborat komissiyasi (komissiya tarkibiga soliq organining xodimi ham kiritiladi) tomonidan maxsus mashinalarda yoqib yuborish yoki maydalab tashlash bilan amalga oshiriladi va bu haqda dalolatnomaga tegishli yozuv yoziladi va u komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Foydalanilmagan aksiz markalarini qaytarish aksiz tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan yuridik shaxs sifatida faoliyat to‘xtatilganda, bankrot bo‘lganda, litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilgan yoki tugatilgan yoxud ishlab chiqaruvchi korxonaning tegishli mahsulotni ishlab chiqarishga litsenziyasining amal qilishi bekor qilinganda yoki importchi tomonidan kontrakt bekor qilinganda va aksiz markalari davlat standartlari talablariga nomuvofiq kelganda amalga oshirilishi mumkin. Bunda aksiz markalarini tayyorlash bo‘yicha davlat standartlari talablari buzilgan taqdirda javobgarlik “Davlat belgisi” MCHJ zimmasiga yuklatiladi va qaytarilgan aksiz markalarining nominal qiymati uning xo‘jalik faoliyati natijalariga kiritiladi.
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qo‘mitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)
Foydalanilmagan aksiz markalarini qaytarish uchun ishlab chiqaruvchi korxona yoki importchi soliq organining yoki Bojxona qo‘mitasi hududiy organining boshlig‘i nomiga ariza beradi va unda qaytarish sabablarini, shuningdek aksiz markalarining soni va turlarini ko‘rsatadi.
Aksiz markalarini qaytarish soliq organi yoki Bojxona qo‘mitasi hududiy organi tomonidan yozib beriladigan qaytarish to‘g‘risidagi kvitansiyaga muvofiq (4-ilova) ular ilgari sotib olingan “Agrobank” ATBning mintaqaviy bo‘limida amalga oshiriladi. Qaytarish to‘g‘risidagi kvitansiya 3 nusxada yoziladi, bir nusxasi soliq organiga yoki Bojxona qo‘mitasining hududiy organida qoldiriladi, ikkinchi nusxasi aksiz markalari bilan birga bankka topshiriladi va uchinchi nusxa ishlab chiqaruvchi korxonada, importchida saqlanadi. Ishlab chiqaruvchi korxona, importchi aksiz markalarini bank qabul qilganidan so‘ng bu haqda soliq organi yoki Bojxona qo‘mitasining hududiy organiga qayd etish uchun xabar qilishi lozim. Yuridik shaxs sifatida o‘z faoliyatini to‘xtatgan yoki kontraktni bekor qilgan bankrot bo‘lgan ishlab chiqaruvchi korxonaga yoki importchiga, shuningdek tegishli mahsulotni ishlab chiqarishga litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilgan yoki tugatilgan yoxud litsenziyasi bekor qilingan ishlab chiqaruvchi korxonaga topshirilgan aksiz markalarining nominal qiymati qaytarilmaydi.
Nostandart aksiz markalarini sotib olgan va ularni “Agrobank” ATBning bo‘linmalariga qaytargan ishlab chiqaruvchi korxonalarga yoki importchilarga tegishli miqdorda yangi aksiz markalari beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Agrobank” ATB nostandart, shuningdek buyurtirilgan miqdordan ortiqcha olingan aksiz markalarini yo‘q qilib tashlash uchun “Davlat belgisi” MCHJga qaytaradi va bu haqda Soliq qo‘mitasiga va Bojxona qo‘mitasiga xabar qiladi. “Davlat belgisi” MCHJ yangi markalarni berish orqali topshirilgan nostandart aksiz markalarini “Agrobank” ATBga beradi. Bunda ishlab chiqaruvchi korxonalarga yoki importchilarga qoplangan aksiz markalari tekinga, “Davlat belgisi” MCHJ hisobidan beriladi.
(37-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qo‘mitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)
38. “Agrobank” ATBning mintaqaviy bo‘linmalari xaridorlar topshirgan aksiz markalari miqdorini ularning turlariga ko‘ra kirim qilishlari va ularni yo‘q qilib yuborishga tayyorlashlari shart.
Kirim qilingan aksiz markalari “Agrobank” ATBning mintaqaviy bo‘linmalarida mazkur bandning birinchi xatboshisida va 39-bandda ko‘zda tutilgan tartibda yo‘q qilinadi. Komissiya tarkibiga bank vakili ham kiritiladi.
7-bob. Aksiz tovarlarni aksiz markalari bilan markalash uchun javobgarlik
39. O‘zbekiston Respublikasining aksiz markalari bilan markalanishi lozim bo‘lgan ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan aksiz tovarlarni markalash uchun javobgarlik ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar zimmasiga tushadi.
40. Ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar O‘zbekiston Respublikasi hududida sotilayotgan va uning hududiga olib kelinayotgan aksiz tovarlarni majburiy markalashni ta’minlashlari shart.
41. O‘zbekiston Respublikasi hududida markalanishi lozim bo‘lgan aksiz tovarlarning ularga aksiz markalarini yopishtirmay oborotga kiritilishi taqiqlangan.
42. Ushbu Yo‘riqnomaning talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan xo‘jalik yurituvchi subyektlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonuniga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1861-moddasi.
9-bob. Aksiz markalarining turlari va belgilari
43. Aksiz markalari ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan aksizli tovarlarning turlariga qarab quyidagi turlarga bo‘linadilar:

Aksiz to‘lanadigan tovarlar

Harfli belgi

Kodli belgi

TAMAKI MAHSULOTLARI

Import qilingan:

IMPORT, TAMAKI MAHSULOTLARI

IM

Import qiluvchining kodi

IMPORT, TAMAKI MAHSULOTLARI

IM

9898

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan:

TAMAKI MAHSULOTLARI

OZ

Korxona kodi

ALKOGOLLI ICHIMLIKLAR

Import qilingan:

IMPORT, AROQ

IM

Import qiluvchining kodi

IMPORT, AROQ

IM

98098

IMPORT, KONYAK

IM

Import qiluvchining kodi

IMPORT, KONYAK

IM

98098

IMPORT, VINO

IM

Import qiluvchining kodi

IMPORT, VINO

IM

98098

IMPORT, SPIRTLI ICHIMLIKLAR

IM

Import qiluvchining kodi

IMPORT, SPIRTLI ICHIMLIKLAR

IM

98098

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan:

AROQ

OZ

Korxona kodi

KONYAK

OZ

Korxona kodi

VINO

OZ

Korxona kodi

SPIRTLI ICHIMLIKLAR

OZ

Korxona kodi

Aksiz markalarida yozilgan harfiy va raqamli belgilarning ta’rifi:
IM — mahsulot import bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelingan;
O‘Z — mahsulot O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan;
98 — ikkita birinchi belgi — aksiz markasi bosib chiqarilgan yilning ikkita oxirgi raqamlari;
01 yoki 001 — ikkita yoki uchta keyingi belgilar — tegishincha tamaki yoki alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga (importchilarga) beriladigan kod raqamlari;
aksiz markalaridagi 4 ta raqamli belgi tamaki mahsulotini anglatadi;
aksiz markalaridagi 5 ta raqamli belgi alkogolli mahsulotni anglatadi;
98 bilan tugaydigan so‘nggi raqamlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga mayda turkumdagi aksizli tovarlar keltirilganligini anglatadi.
Alkogolli mahsulot uchun aksiz markalarida alkogolli ichimlik quyiladigan iste’mol idishining hajmini litrlarda bildiradigan quyidagi yozuvlar qayd etiladi:
O‘zbekiston Respublikasi hududiga import bo‘yicha olib kirilganda: “0,1 L gacha”, “0,11 L dan 0,25 L gacha”, “0,26 L dan 0,37 L gacha”, “0,38 L dan 0,5 L gacha”, “0,51 L dan 0,75 L gacha”, “0,76 L va yuqori”;
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilganda: “0,05 L”, “0,1 L”, “0,2 L”, “0,25 L”, “0,375 L”, “0,45 L”, “0,5 L”, “0,7 L”, “0,75 L”, “1,0 L”, “1,5 L”, “1,75 L”, “3 L”.
O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

“Davlat belgisi” MCHJning

direktoriga ___________________________________

(F.I.O.)

20__ y. “___” ____________da _______-son bilan ro‘yxatga olingan

Aksiz markalarini xarid qilishga

BUYURTMANOMA

_________________________________________________________________________________________

(tashkilotning to‘liq nomi, manzili, bank rekvizitlari)

_________________________________________________________________________________________

aksiz markalarini quyidagi miqdorda bosib chiqarishingizni so‘raydi:

__________________ so‘mlik __________________ dona/litr* miqdoridagi _______________________,

(marka turi)

__________________so‘mlik __________________ dona/litr* miqdoridagi ________________________,

(marka turi)

__________________so‘mlik __________________ dona/litr* miqdoridagi ________________________,

(marka turi)

__________________so‘mlik __________________ dona/litr* miqdoridagi ________________________,

(marka turi)

Umumiy miqdori ____________________________________________________________ so‘mlik.

(so‘z bilan)

Ko‘rsatilgan miqdordagi aksiz markalari

______________________________________________________________________________________ ni

(tovar nomi, shishalar, sigaret pachkalari soni)

markalash uchun zarur.

Aksiz markalarini xarid qilish uchun _______________________ hisob raqamiga pul mablag‘i o‘tkazilgan.

20__ y. “___” ____________dagi ________________ so‘mlik to‘lov hujjati.

Tashkilot rahbari __________________________________________________________________

(F.I.O., imzo)

M.O‘.

(muhr mavjud bo‘lganda)

Bosh buxgalter ________________________________________________________________

(F.I.O., imzo)

“Davlat belgisi” MCHJning tegishli bank hisob raqamiga mablag‘ o‘tkazilgani to‘g‘risidagi belgisi, mas’ul shaxs imzosi, sana, muhr.

Aksiz markalarini bergan bank xodimining imzosi va shtamp belgisi

_________________________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

20__ y. “___” ____________dagi _________-son ishonchnoma.

Pasport seriyasi _____ № ___________, ___________ tomonidan berilgan.

Olindi ___________________________________________________________________________

(aksiz markalarini oluvchining lavozimi, ismi-sharifi)

20__ y. “___” ____________da oldim.

Imzo ___________________________

(aksiz markalarini oluvchining imzosi)

* kerakligining tagiga chizilsin.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qo‘mitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)
O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma
1a-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

______________________________________________________ boshlig‘iga

(BQ hududiy organining nomi)

20__ y. “___” ____________da ____________-son bilan ro‘yxatga olingan

(BQ hududiy organi tomonidan to‘ldiriladi)

Aksiz markalarini xarid qilishga

BUYURTMANOMA

_________________________________________________________________________________________

(tashkilotning to‘liq nomi, manzili, bank rekvizitlari)

_________________________________________________________________________________________

quyidagi miqdorda aksiz markalarini buyurtirishni so‘raydi:

_________________ so‘mlik ___________________ dona/litr* miqdoridagi _______________________,

(marka turi)

_________________so‘mlik ___________________ dona/litr* miqdoridagi _______________________,

(marka turi)

_________________so‘mlik ___________________ dona/litr* miqdoridagi _______________________,

(marka turi)

_________________so‘mlik ___________________ dona/litr* miqdoridagi _______________________,

(marka turi)

Umumiy miqdori __________________________________________________________ so‘mlik.

(so‘z bilan)

Ko‘rsatilgan miqdordagi aksiz markalari

_____________________________________________________________________________________ ni

(tovar nomi, shishalar, sigaret pachkalari soni)

markalash uchun zarur.

Aksiz markalarini xarid qilish uchun _______________________ hisob raqamiga pul mablag‘i o‘tkazilgan.

20__ y. “___” ____________dagi ________________ so‘mlik to‘lov hujjati.

Import qilinayotgan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i _______________________ so‘m miqdorida ____________________ hisob raqamiga to‘langan, 20__ y. “___” ____________dagi ________________-son to‘lov hujjati.

Tashkilot rahbari _________________________________________________________________

(F.I.O., imzo)

M.O‘.

(muhr mavjud bo‘lganda)

Bosh buxgalter _________________________________

(F.I.O., imzo)

Aksiz markalarini bergan bank xodimining imzosi va shtamp belgisi

Bojxona qo‘mitasi hududiy organining “Davlat belgisi” MCHJning tegishli bank hisob raqamiga mablag‘ o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi belgisi, mas’ul shaxs imzosi, sana, muhr.

Aksiz markalarini bergan bank xodimining imzosi va shtamp belgisi

_________________________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

20__ y. “___” ____________ dagi _________-son ishonchnoma.

Pasport seriyasi _____ № ___________, ___________ tomonidan berilgan.

Olindi ___________________________________________________________________________

(aksiz markalarini oluvchining lavozimi, ismi-sharifi)

20__ y. “___” ____________ da oldim.

* kerakligining tagiga chizilsin.
(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qo‘mitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)

O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma

2-ILOVA

Aksiz markalari bilan markalanishi lozim bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlar importchilarini qayd etish
JURNALI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Import qiluvchi nomi

Marka sotib olish uchun buyurtma berilgan sana va ro‘yxat raqami

Buyurtirilgan aksiz markalari

Import qiluvchi kodi

Aksiz markasi haqi to‘langanligi to‘lov hujjati raqami va sanasi

Aksiz markalari uchun to‘lov summasi, ming so‘mda

“Davlat belgisi” MCHJning tegishli bank hisobvarag‘iga pul mablag‘lari o‘tkazilgan sana

marka turi

soni

1

2

3

4

5

6

7

8

9

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 357-son hamda Soliq qo‘mitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3566-1, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)

O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma

3-ILOVA

Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar bo‘yicha aksiz markalarining harakati to‘g‘risida
HISOBOT

_______________________________ (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) bo‘yicha

(ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki importchilar nomi)

20___ _____ oyi uchun aniq ko‘rsatilishi kerak

Marka turlari

Hisobot davri boshidagi qoldiq

Hisobot davrida tushdi

Hisobot davrida xarajat qilindi

Hisobot davrida zararlandi va hisobdan chiqarildi

Hisobot davri oxiridagi qoldiq

sana dona

so‘mlardagi nominal qiymat

sana dona

so‘mlardagi nominal qiymat

sana dona

so‘mlardagi nominal qiymat

sana dona

so‘mlardagi nominal qiymat

sana dona

so‘mlardagi nominal qiymat

1

2

3

4

4

5

6

7

8

9

10

Izoh:
Soliq va bojxona hududiy organlarida hisobga olish va hisobot har oyda mahsuloti aksiz markalari bilan markalanadigan har bir ishlab chiqaruvchi (importchi) bo‘yicha olib boriladi.
Aksiz markalarining harakati to‘g‘risidagi hisobot Soliq qo‘mitasiga va Bojxona qo‘mitasiga ushbu Yo‘riqnomaning 35-bandiga muvofiq (har chorakda) taqdim etiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar asosida zaruratga ko‘ra, qo‘shimcha ustunlar bilan to‘ldirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma

4-ILOVA

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(soliq yoki bojxona hududiy organining nomi ko‘rsatiladi)

Aksiz markalarini qaytarish

KVITANSIYASI

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi tashkilotning to‘liq nomi, manzili, bank rekvizitlari)

20__ yil _________________________dagi _____________________son ro‘yxat raqami

(soliq yoki bojxona hududiy organi tomonidan to‘ldiriladi)

(bank nomi)

_________________ __________________________ dona miqdorida _______________________ so‘mga,

(marka turi)

_________________ __________________________ dona miqdorida _______________________ so‘mga,

(marka turi)

_________________ __________________________ dona miqdorida _______________________ so‘mga,

(marka turi)

_________________ __________________________ dona miqdorida _______________________ so‘mga,

(marka turi)

_________________ __________________________ dona miqdorida _______________________ so‘mga,

(marka turi)

_________________ __________________________ dona miqdorida _______________________ so‘mga.

(marka turi)

Jami

____________________________________________________________________________________so‘m

(so‘z bilan)

_________________________________________________________________________________________

Aksiz markalarini qabul qilgan bank xodimining imzosi

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(ismi sharifi aniq ko‘rsatiladi)

Shtamp belgisi

Aksiz markalarini topshirgan shaxs imzosi_____________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(ismi sharifi aniq ko‘rsatiladi)

M.O‘.

Soliq yoki bojxona hududiy organining muhri,

mas’ul shaxsning imzosi,

sana

M.O‘.

(muhr mavjud bo‘lganda)

oluvchi tashkilotning muhri,

rahbar imzosi,

sana

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 23-sentabrdagi 178-son va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 13-sentabrdagi 2024-17-son qaroriga

2-ILOVA

O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 1998-yil 10-dekabrdagi 04-02-05/809-son, 1998-yil 10-dekabrdagi 98-156-son, 1998-yil 6-dekabrdagi 02/8-42-son “O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma” (ro‘yxat raqami 589, 1999-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 2-son, 2000-y. 16-son, 2003-y., 21-22-son; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 7-8-son, 74-modda, 2009-y., 13-son, 2011-y., 148-son, 13-son, 2011-yil, 12-13-son, m. 128-son, 51-modda. 548; 2013-yil, № 2, m. 28; 2017-yil, 12-son, m. 190-son, 37-modda. 1019).
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2000-yil 24-iyuldagi 82-son, 2000-yil 6-iyuldagi 2000-49-son, 2000-yil 19-iyuldagi 2/8-46-son “O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 1-son o‘zgartirish”gi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalari (ro‘yxat raqami 589-1, 2000-yil 30-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 16-son).
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2003-yil 14-noyabrdagi 110-son, 2003-69-son va 01-02/8-38-son “O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 589-2, 2003-yil 27-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 21-22-son).
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2007-yil 8-yanvardagi 4-son, 2007-02-son va 01-02/8-2-son “O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 589-3, 2007-yil 13-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 7-8-son, 74-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2009-yil 13-martdagi 33-son, 2009-15-son va 01-02/8-6-son “O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 589-4, 2009-yil 20-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 13-son, 148-modda).
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2011-yil 14-martdagi 22-son, 2011-11-son va 01-02/8-2-son “O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 589-5, 2011-yil 29-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 12-13-son, 128-modda).
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2011-yil 29-noyabrdagi 73-son, 2011-32-son va 01-02/8-23-son “O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 589-6, 2011-yil 21-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 51-son, 548-modda).
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2012-yil 12-dekabr 88-son, 2012-34-son va 01-02/8-34-son “O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 589-7, 2013-yil 9-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 2-son, 28-modda).
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2017-yil 16-mart 28-son, 2017-12-son va 01-02/8-14-son “O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 589-8, 2017-yil 23-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 12-son, 190-modda).
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2017-yil 29-avgust 129-son, 2017-47-son va 01-02/8-36-son “O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklariga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 589-9, 2017-yil 12-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 37-son, 1019-modda).
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 10/24/3566/0875-son; 04.05.2026-y., 10/26/3566-1/0446-son)