|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.11.2024
|
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TAMAKI MAHSULOTLARI VA ALKOGOLLI ICHIMLIKLARGA AKSIZ MARKALARINI QO‘LLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 13-fevralda 589-3-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 23-sentabrdagi 178-son va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 13-sentabrdagi 2024-17-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3566, 31.10.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-noyabrdagi PQ-505-son “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 45-son, 440-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining 1998-yil 10-dekabrdagi 04-02-05/809, 98-156-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 1998-yil 6-dekabrdagi 02/8-42-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (1999-yil 7-yanvar, ro‘yxat raqami 589 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 1999-yil, 2-son, 2000-yil, 16-son, 2003-yil, 21-22-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 8-yanvar,
4-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 8-yanvar,
2007-02-son
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 8-yanvar,
01-02/8-2-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 7-8-son, 74-modda)