Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.11.2024
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TAMAKI MAHSULOTLARI VA ALKOGOLLI ICHIMLIKLARGA AKSIZ MARKALARINI QO‘LLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 29-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 589-5]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 23-sentabrdagi 178-son va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 13-sentabrdagi 2024-17-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3566, 31.10.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) va “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) qonunlarining 6 va 7-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-martdagi PQ-1084-son “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 14-son, 155-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda) va 2011-yil 16-fevraldagi 33-son “Alkogolli mahsulotlarga va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 7-8-son, 57-modda) qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 1998-yil 10-dekabrda 04-02-05/809, 98-156-son va Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 1998-yil 6-dekabrda 02/8-42-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 589, 1999-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-yil, 2-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-mart,
22-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-mart,
2011-11-son
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-mart,
01-02/8-2-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 12-13-son, 128-modda)