1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahrida “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Toshkent shahrining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy va mahalliy investorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanoat va xizmat koʻrsatish sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish, shuningdek, boʻsh turgan va samarasiz foydalanilayotgan munitsipal mulklar hamda yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 26-iyuldagi PF-112-son Farmoniga muvofiq:
Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash tartibi 2027-yil 1-yanvarga qadar huquqiy eksperiment tariqasida joriy etilganligi;
Toshkent shahri hokimligi muassisligida davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida “koʻprik” vazifasini bajaruvchi “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) tashkil etilganligi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha huquqiy eksperimentni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 26-iyuldagi PQ-236-son qarori bilan:
Kompaniyaga loyiha qiymati 1 million AQSH dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilganligi;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismini shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha toʻlov qiymatiga kiritish va uni toʻliq Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-iyuldagi PF-112-sonli “Toshkent shahrini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
2. Belgilansinki, Toshkent shahrida joylashgan yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan Kompaniya tomonidan eng yaxshi taklifni tanlash yoʻli bilan jalb etilgan baholovchi tashkilot tomonidan aniqlangan bahoda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan elektron auksion savdolariga chiqariladi, mazkur qarorga 2 va 3-ilovalarda belgilangan hollar hamda Yangi Toshkent shahri hududidagi, shuningdek, boʻsh turgan yer uchastkasini aniqlash va tanlash materiallari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tayyorlangan yer uchastkalarini sotish bundan mustasno.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
mazkur bandda nazarda tutilgan yer uchastkalarini auksion savdolari orqali sotishdan tushgan tushumlar savdoga chiqarish va savdo oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni chegirgan holda, Toshkent shahrining shahar budjetida ochilgan alohida daromad hisobvaragʻiga oʻtkazilgandan soʻng, toʻliqligicha Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Kadastr agentligi tomonidan ikki hafta muddatda “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi taʼminlanadi.
3. Toshkent shahrida savdoga chiqariladigan yer uchastkalarining manzilli roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Toshkent shahri hokimligi Toshkent shahri tumanlari bilan birgalikda 1-ilovada keltirilgan yer uchastkalari boʻyicha:
2024-yil 1-aprelga qadar master-rejalar ishlab chiqilishini;
2024-yil 15-aprelga qadar “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tegishli tashkilotlar bilan kelishilishini;
2024-yil 1-mayga qadar baholash ishlarini yakunlab, yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqi onlayn-auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
4. Toshkent shahrida joriy etilgan huquqiy eksperiment doirasida:
Yer uchastkalari negizida “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahrida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismini shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha toʻlov qiymatiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahrida renovatsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq.
5. Toshkent shahar hokimligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda, zaruratga koʻra, obyektlarda soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni bajarish maqsadida loyihalar amalga oshiriladigan obyektlar (shu jumladan, uning hududi va maydoni), faoliyat yoʻnalishlari va muddatlari toʻgʻrisida Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga takliflar kiritib borsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PF-202-sonli Farmoni tahririda)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
6. Raqamli texnologiyalar vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Energetika vazirligi va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda yer uchastkalari negizida investitsiya loyihalarining master-rejasi, loyiha hujjatlari va boshqa ruxsat berish hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ikki oy muddatda “Shaffof qurilish” elektron axborot tizimiga integratsiya qilinadigan har bir xizmat turlari uchun “Geoaxborot tizimi” (GIS) platformasini joriy qilsin.
Bunda kommunal xizmatlar va kadastr maʼlumotlarini olish uchun “Geoaxborot tizimi” (GIS) platformasini joriy qilish xarajatlari tegishliligi boʻyicha Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hamda Energetika vazirligi, Kadastr agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi hamda ushbu platformani boshqarish va yuritish Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
7. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda bir oy muddatda Toshkent shahrida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari yuzasidan “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion savdolarini tashkil qilish boʻyicha texnik imkoniyatni joriy qilsin.
8. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-saytlarda keng yoritilishini taʼminlasin.
9. Toshkent shahar hokimligi 2026-yil 31-martga qadar huquqiy eksperiment natijalari boʻyicha investitsiya loyihalarini kelgusida amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Sh.B. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 25-mart,
149-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 149-son qaroriga
1-ILOVA
Toshkent shahrida savdoga chiqariladigan yer uchastkalarining manzilli
Nodavlat maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari
3.
Mirobod tumani
“Tong yulduzi” MFY
0,06149
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
4.
Mirzo Ulugʻbek tumani
“Oliy himmat” MFY
0,0126
Maishiy xizmat koʻrsatish
“Oliy himmat” MFY
0,0126
Maishiy xizmat koʻrsatish
“Oliy himmat” MFY
0,0126
Maishiy xizmat koʻrsatish
“Oliy himmat” MFY
0,0126
Maishiy xizmat koʻrsatish
“Geofizika” MFY
0,2202
Nodavlat maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari
“Geofizika” MFY
0,0396
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
“Geofizika” MFY
0,04
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
“Geofizika” MFY
0,04
Savdo va xizmat koʻrsatish
“Geofizika” MFY
0,04
Nodavlat oʻquv markazi
“Geofizika” MFY
0,01
Savdo, maishiy va kichik turdagi ishlab chiqarish
“Geofizika” MFY
0,01
Savdo, maishiy va kichik turdagi ishlab chiqarish
“Geofizika” MFY
0,01
Savdo, maishiy va kichik turdagi ishlab chiqarish
“Geofizika” MFY
0,01
Savdo, maishiy va kichik turdagi ishlab chiqarish
“Geofizika” MFY
0,01
Savdo, maishiy va kichik turdagi ishlab chiqarish
“Geofizika” MFY
0,01
Savdo, maishiy va kichik turdagi ishlab chiqarish
“Geofizika” MFY
0,01
Savdo, maishiy va kichik turdagi ishlab chiqarish
“Geofizika” MFY
0,01
Savdo, maishiy va kichik turdagi ishlab chiqarish
“Alisherobod” MFY
0,1
Nodavlat maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari
“Ulugʻbek” MFY
0,01
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
“Ulugʻbek” MFY
0,01
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
“Ulugʻbek” MFY
0,01
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
“Ulugʻbek” MFY
0,01
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
“Geofizika” MFY
0,0599
Nodavlat oʻquv markazi
“Geofizika” MFY
0,0599
Nodavlat oʻquv markazi
5.
Olmazor tumani
“Ziyo” MFY
0,03
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
“Jiydali” MFY
0,014
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
“Xonchorbogʻ” MFY
0,015
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
“Xonchorbogʻ” MFY
0,0125
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
“Ibrohim ota” MFY
0,0862
Omborxona va ishlab chiqarish binolari
“Xonchorbogʻ” MFY
0,015
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
“Qorasaroy” MFY
0,04
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
“Ahil” MFY
0,035
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
“Boʻstonobod” MFY
0,01
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
“Orzu” MFY
0,02
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
6.
Shayxontohur tumani
“Gulobod” MFY
0,0404
Oshxona va umumiy ovqatlanish, ofis binosi
“Gulobod” MFY
0,0292
Oshxona va umumiy ovqatlanish, ofis binosi
“Gulobod” MFY
0,0126
Oshxona va umumiy ovqatlanish, ofis binosi
7.
Sergeli tumani
“Kengmakon” MFY
0,6005
Nodavlat maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari
“Kengmakon” MFY
0,4004
Nodavlat maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari
“Oʻzgarish” MFY
0,012
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
“Noʻgʻay Qoʻrgʻon” MFY
0,152
Kichik turdagi ishlab chiqarish
“Kengmakon” MFY
0,02
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
“Xontepa” MFY
0,03
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
8.
Uchtepa tumani
“Zarafshon” MFY
0,043
Omborxona
“Zarafshon” MFY
0,0351
Omborxona
“Zarafshon” MFY
0,035
Omborxona
“Zarafshon” MFY
0,0351
Omborxona
“Quyi Darxon” MFY
0,015
Maishiy xizmat koʻrsatish, ofis binosi
“Quyi Darxon” MFY
0,0151
Maishiy xizmat koʻrsatish, ofis binosi
“Koʻksaroy” MFY
0,010027
Savdo shahobchasi, kitob doʻkoni, kichik turdagi kafe, yoshlar ijodiy uyi, ofis binosi
“Koʻksaroy” MFY
0,009951
Savdo shahobchasi, kitob doʻkoni, kichik turdagi kafe, yoshlar ijodiy uyi, ofis binosi
9.
Yakkasaroy tumani
“Muqimiy” MFY
0,11
Nodavlat maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari
10.
Yangi hayot tumani
“Yangi Darxon” MFY
0,0709
Koʻp qavatli turar joy binolari
“Binokor” MFY
0,02
Kichik turdagi ishlab chiqarish
“Binokor” MFY
0,02
Kichik turdagi ishlab chiqarish
“Binokor” MFY
0,02
Kichik turdagi ishlab chiqarish
“Binokor” MFY
0,02
Kichik turdagi ishlab chiqarish
“Binokor” MFY
0,02
Kichik turdagi ishlab chiqarish
“Binokor” MFY
0,02
Kichik turdagi ishlab chiqarish
“Binokor” MFY
0,02
Kichik turdagi ishlab chiqarish
“Binokor” MFY
0,02
Kichik turdagi ishlab chiqarish
“Binokor” MFY
0,02
Kichik turdagi ishlab chiqarish
“Binokor” MFY
0,015
Kichik turdagi ishlab chiqarish
“Binokor” MFY
0,015
Kichik turdagi ishlab chiqarish
“Binokor” MFY
0,015
Kichik turdagi ishlab chiqarish
“Binokor” MFY
0,015
Kichik turdagi ishlab chiqarish
“Binokor” MFY
0,015
Kichik turdagi ishlab chiqarish
“Binokor” MFY
0,015
Kichik turdagi ishlab chiqarish
“Binokor” MFY
0,015
Kichik turdagi ishlab chiqarish
“Binokor” MFY
0,015
Kichik turdagi ishlab chiqarish
“Binokor” MFY
0,015
Kichik turdagi ishlab chiqarish
“Binokor” MFY
0,015
Kichik turdagi ishlab chiqarish
“Binokor” MFY
0,08
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
“Binokor” MFY
0,08
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
“Binokor” MFY
0,140006
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
“Xushnud” MFY
0,136201
Dam olish pavilyonlari
“Xushnud” MFY
0,152305
Dam olish pavilyonlari
“Xushnud” MFY
0,164107
Xususiy maktab
“Xushnud” MFY
0,173401
Xususiy maktab
“Xushnud” MFY
0,179802
Xususiy maktab
“Xushnud” MFY
0,179802
Maktabgacha taʼlim muassasasi
“Xushnud” MFY
0,179802
Maktabgacha taʼlim muassasasi
“Xushnud” MFY
0,179805
Maktabgacha taʼlim muassasasi
“Tashabbus” MFY
0,110609
Koʻp qavatli avtoturargoh
“Toshkent” MFY
0,353996
Omborxona
“Toshkent” MFY
1,00004
Ishlab chiqarish
“Xoʻja Uchqun” MFY
1,000023
Ishlab chiqarish
“Xoʻja Uchqun” MFY
1,000023
Ishlab chiqarish
“Xoʻja Uchqun” MFY
0,998409
Ishlab chiqarish
“Xoʻja Uchqun” MFY
1,000023
Ishlab chiqarish
“Xoʻja Uchqun” MFY
1,000023
Ishlab chiqarish
“Olchazor” MFY
0,010068
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
“Xumo” MFY
0,015
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
“Binokor” MFY
0,034074
Qurilish sanoati korxonalari
“Olchazor” MFY
0,015019
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
11.
Yashnobod tumani
“Choʻlpon” MFY
0,26
Umumtaʼlim maktabi
“Olmos” MFY
0,1
Yoshlar sanoat zonasi
“Olmos” MFY
0,1023
Yoshlar sanoat zonasi
“Olmos” MFY
0,1023
Yoshlar sanoat zonasi
“Olmos” MFY
0,0879
Yoshlar sanoat zonasi
“Olmos” MFY
0,1023
Yoshlar sanoat zonasi
“Barkamol” MFY
0,5967
Nodavlat maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari
“Chinor” MFY
0,1001
Omborxona
“Bahor” MFY
0,1143
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
“Besh bola” MFY
0,1
Omborxona, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
“Besh bola” MFY
0,12
Omborxona
“Obod” MFY
0,35
Koʻp qavatli turar joy binolari
“Otchopar-2” MFY
0,2506
Koʻp qavatli turar joy binolari
“Otchopar-2” MFY
0,0902
Koʻp qavatli turar joy binolari
“Hamkorobod” MFY
0,1503
Maishiy xizmat koʻrsatish
“Hamkorobod” MFY
0,1403
Nodavlat maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari
“Kulolqoʻrgʻon” MFY
0,1001
Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 149-son qaroriga
2-ILOVA
Yer uchastkalari negizida “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
1. Ushbu Nizom Toshkent shahrida tijorat maqsadida foydalanish imkoni mavjud boʻlgan davlatga tegishli yer uchastkalari (keyingi oʻrinlarda — yer uchastkalari) negizida yuridik shaxslar ustav kapitalida ishtirok etish orqali yoki oddiy shirkat shartnomasi asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
investitsiya loyihasi — yuridik shaxslar ustav kapitalida ishtirok etish orqali yoki oddiy shirkat shartnomasi asosida yer uchastkalari negizida iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun 10 million AQSH dollari va undan yuqori boʻlgan ekvivalentdagi investitsiyalarni amalga oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan, oʻzaro bogʻliq boʻlgan tadbirlar majmui;
korporativ shartnoma — oʻz huquqlarini amalga oshirish yoki amalga oshirishdan oʻzini tiyish (voz kechish), jamiyat aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) umumiy yigʻilishida ovoz berish, jamiyatni boshqarish boʻyicha harakatlarni kelishib amalga oshirish hamda ustav kapitalidagi ulushlarini maʼlum narxda yoki muayyan holatlarda qoʻlga kiritish yoki begonalashtirishdan oʻzini tiyish tartibini belgilash majburiyatini belgilaydigan shartnoma;
oddiy shirkat shartnomasi — “Toshkent Invest kompaniyasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) va auksion gʻolibi tomonidan foyda olish yoki qonunga zid boʻlmagan boshqa maqsadga erishish uchun oʻz hissalarini qoʻshish va yuridik shaxs tuzmasdan birgalikda ishlash majburiyatini belgilaydigan shartnoma;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha buyurtmachi — yer uchastkalari negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish vakolatiga ega yuridik shaxs — Kompaniya;
auksion gʻolibi — “E-auksion” elektron savdo platformasida oʻtkaziladigan elektron onlayn-auksion savdolarida (keyingi oʻrinlarda — auksion savdolari) gʻolib deb eʼtirof etilgan ishtirokchi;
xoʻjalik jamiyati — Kompaniya va auksion gʻolibi taʼsischiligida tashkil etiladigan masʼuliyati cheklangan jamiyat yoki aksiyadorlik jamiyati;
investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish huquqining boshlangʻich qiymati — baholash tashkiloti tomonidan aniqlanadigan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini baholash qiymati hamda loyiha hujjatlarini tayyorlash, baholash va rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar qiymati yigʻindisi;
investor — oʻz mablagʻlarini, qarzga olingan va jalb etilgan mablagʻlarni, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqlarni investitsiya faoliyati obyektlariga investitsiya kirituvchi investitsiya faoliyati subyekti.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
3. Yer uchastkalari negizida investitsiya loyihalari yuridik shaxslar ustav kapitalida ishtirok etish orqali yoki oddiy shirkat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
4. Ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan mexanizmlar asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlangan yer uchastkalari Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq Kompaniyaga 49 yildan oshmaydigan muddatga toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga beriladi.
Bunda yer ijara huquqi uchun toʻlov va loyiha qiymatining kamida 10 foiziga teng kafolat mablagʻini joylashtirish talab etilmaydi.
2-bob. Yer uchastkalari negizida investitsiya loyihasini taklif etish tartibi
5. Yer uchastkalari negizida amalga oshiriladigan investitsiya loyihasining master rejasi, loyiha hujjatlari va boshqa ruxsat berish hujjatlari (keyingi oʻrinlarda — loyiha hujjatlari) Kompaniya tomonidan rasmiylashtiriladi.
Bunda investitsiya loyihasi yuridik shaxslar ustav kapitalida ishtirok etish orqali amalga oshirilganda — tashkil etiladigan xoʻjalik jamiyatining ustavi, taʼsis shartnomasi va korporativ shartnoma, oddiy shirkat shartnomasi orqali amalga oshirilganda — oddiy shirkat shartnomasi loyihalari ham tayyorlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
6. Kompaniya tomonidan belgilangan tartibda eng yaxshi takliflarni tanlash yoʻli bilan loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun professional loyiha tashkilotlari va yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini baholash uchun baholash tashkilotlari jalb qilinadi.
7. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga xalqaro ekspertlar va xalqaro moliya tashkilotlari ham jalb etilishi mumkin.
8. Investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish huquqining boshlangʻich qiymati Kompaniya tomonidan mazkur Nizomga asosan belgilanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
9. Investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish huquqi mazkur Nizomning 2-bobida nazarda tutilgan hujjatlar rasmiylashtirilgandan soʻng Kompaniya tomonidan onlayn-auksion savdolariga chiqarish boʻyicha buyurtma beriladi. Bunda “E-auksion” elektron savdo platformasiga yuklash uchun baholovchi tashkilotning hisoboti, loyiha hujjatlari, shuningdek, Toshkent shahri hokimligi bilan kelishilgandan soʻng Kompaniya tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda, investitsiya loyihasi yuridik shaxslar ustav kapitalida ishtirok etish orqali amalga oshirilganda — tashkil etiladigan xoʻjalik jamiyatining ustavi, taʼsis shartnomasi va korporativ shartnoma, oddiy shirkat shartnomasi orqali amalga oshirilganda — oddiy shirkat shartnomasi “E-auksion” elektron savdo platformasi operatoriga taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
10. Investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish huquqini savdoga chiqarishda quyidagilar koʻrsatiladi:
investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish huquqining boshlangʻich qiymati;
investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish huquqi uchun toʻlovlarni amalga oshirish muddatlari;
loyihaning faoliyat turi yoki yoʻnalishi;
loyiha amalga oshiriladigan yer maydoni va joylashuvi (lokatsiyasi);
Kompaniya belgilagan auditorlik tashkiloti tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonining auditdan oʻtkazilishi;
“E-auksion” elektron savdo platformasi operatori xizmatiga toʻlovlarni auksion gʻolibi tomonidan toʻlash;
Kompaniyaning loyihadagi ishtirokining foizi (50 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda).
Bunda auksionda shakllangan narxning 35 foizi bir oy ichida, qolgan qismi teng ulushlarda oʻn ikki oy davomida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning maʼmuriy reglamenti.
11. Investitsiya loyihasi yuridik shaxslar ustav kapitalida ishtirok etish orqali amalga oshirilganda — tashkil etiladigan xoʻjalik jamiyatining korporativ shartnomasida, oddiy shirkat shartnomasi orqali amalga oshirilganda — oddiy shirkat shartnomasida qoʻshimcha ravishda quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
investitsiya loyihasini amalga oshirish bilan bogʻliq tomonlarning birgalikdagi majburiyatlari;
investitsiya loyihasini amalga oshirish muddati (4 yildan koʻp boʻlmagan muddat);
investitsiya loyihasi qiymati yoki kiritiladigan investitsiya hajmi;
investitsiya hajmlarini oʻzlashtirish reja grafigi (yiliga kamida 25 foiz);
investitsiya loyihasining asosiy samaradorlik (KPI) koʻrsatkichlari;
Kompaniya belgilagan auditorlik tashkiloti tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonining auditdan oʻtkazilishi.
Kompaniya tomonidan mazkur bandda koʻrsatilgan hujjatlarda qoʻshimcha shartlar va talablar nazarda tutilishi mumkin.
12. Savdo natijalariga koʻra auksion gʻolibi deb topilgan shaxsga Kompaniya tomonidan bir tomonlama qoʻshimcha majburiyatlarni yuklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish huquqini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish, auksion savdolarini oʻtkazish va auksion gʻolibini aniqlashning ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan qismi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
14. Kompaniya savdo yakunlangandan soʻng bir oy muddatda tashkil etiladigan xoʻjalik jamiyatiga yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini hamda tegishli loyiha hujjatlari qayta rasmiylashtirilishini taʼminlaydi.
3-bob. Yuridik shaxslar ustav kapitalida ishtirok etish orqali yer uchastkalari negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi
15. Auksion savdolarida shakllangan narx, savdoni oʻtkazish shartlarida Kompaniyaning ulushi 50 foizdan kam miqdorda belgilanganda — auksion natijalariga koʻra shakllangan narxdan kelib chiqqan holda hisoblanadigan summadan kam boʻlmagan mablagʻ auksion gʻolibi tomonidan mazkur Nizomning 10-bandida belgilangan muddatda Kompaniya va auksion gʻolibi ishtirokida tashkil etiladigan xoʻjalik jamiyati ustav kapitaliga gʻolibning ulushi sifatida yoʻnaltiriladi.
Bunda auksion gʻolibi tomonidan kiritiladigan mablagʻlar toʻliq hajmda oʻz mablagʻlari va (yoki) oʻz kafolati hisobiga jalb qilingan (isteʼmolchilar mablagʻlaridan tashqari) boshqa mablagʻlar hisobidan shakllantiriladi.
16. Tomonlarning ulushlari oʻzaro kelishilgan holda, xoʻjalik jamiyatining ustav kapitaliga kiritgan oʻz mablagʻlari hisobidan oshirilishi mumkin.
17. Xoʻjalik jamiyati ustav kapitaliga auksion gʻolibi tomonidan kiritiladigan mablagʻlar — yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqining onlayn-auksion savdolarida shakllangan narxidan, savdoni oʻtkazish shartlarida Kompaniyaning ulushi 50 foizdan kam miqdorda belgilanganda — auksion natijalariga koʻra shakllangan narxdan kelib chiqqan holda hisoblanadigan summadan kam boʻlmasligi kerak.
18. Tashkil etiladigan xoʻjalik jamiyatining taʼsis hujjatlarida Kompaniyaning ulushi sotish yoki qurilgan obyektning bir qismini yoki uning qiymatini olish hisobidan belgilangan tartibda begonalashtirilishi mumkin.
Bunda ulush qiymati investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish huquqining auksionda shakllangan bahosidan kam boʻlmasligi kerak.
4-bob. Oddiy shirkat shartnomasi asosida yer uchastkalari negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi
19. Auksion savdolarida ishtirok etuvchi talabgorlar savdolarda qatnashish uchun investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish huquqining boshlangʻich qiymatining kamida 10 foizini zakalat puli sifatida keyinchalik Kompaniya tomonidan ochiladigan alohida hisobvaragʻiga “E-auksion” elektron savdo platformasi operatori xizmat haqini chegirgan holda oʻtkazish uchun savdo “E-auksion” elektron savdo platformasi operatoriga oʻtkazadi.
Bunda:
mazkur toʻlangan mablagʻlar ushbu Nizomning 10-bandiga muvofiq bir oy ichida toʻlanishi belgilangan, auksionda shakllangan narxning 35 foizini toʻlashda hamda oddiy shirkat shartnomasiga muvofiq auksion gʻolibi hissasini shakllantirishda hisobga olinadi;
auksion gʻolibi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar oddiy shirkat shartnomasida belgilangan alohida hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
20. Auksion gʻolibi tomonidan toʻlanadigan mablagʻlar (“E-auksion” elektron savdo platformasi operatori xizmat haqi bundan mustasno) oddiy shirkat shartnomasida belgilangan investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun ishlatiladi va uning hissasi sifatida hisobga olinadi. Bunda Kompaniyaning hissasi qiymati investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etish huquqining auksionda shakllangan narx miqdorida belgilanadi.
21. Koʻchmas mulk qurilishi boʻyicha xarajat va daromadlarning hisobi alohida yuritiladi va loyiha natijasida yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqining qiymati toʻlangandan soʻng olingan sof foyda yoki uning bir qismi oddiy shirkat shartnomasida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Bunda sof foyda taqsimoti mutanosib ravishda loyiha ishtirokchilarining ulushidan kelib chiqib hisob-kitob qilinishi mumkin.
22. Oddiy shirkat shartnomasi shartlari investor tomonidan bajarilmagan taqdirda, investor tomonidan kiritilgan mablagʻlar qaytarilmaydi.
23. Investitsiya loyihasi boʻyicha xarajat va daromadlarning hisobi alohida yuritiladi va auksion gʻolibi tomonidan toʻlovlar toʻliq toʻlangandan soʻng olingan sof foyda oddiy shirkat shartnomasida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
24. Investitsiya loyihasini amalga oshirishda auksion gʻolibi tomonidan oʻz hissasi (ulushi) toʻliq toʻlangandan soʻng hissaning (ulushning) bozor qiymatidan kelib chiqib, tomonlar kelishuviga koʻra ularning biri yoki ikkalasining qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan investitsiya loyihasidagi tomonlarning hissalari (ulushlari) miqdori oʻzgarishi mumkin.
25. Mazkur Nizom boʻyicha tomonlarning kelishmovchiliklari oʻzaro muzokaralar orqali hal etiladi.
Muzokaralarda kelishuvga erishilmagan hollarda, nizolar Oʻzbekiston Respublikasi sudlari orqali hal etiladi.
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 149-son qaroriga
3-ILOVA
Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisida
1. Mazkur Nizom Toshkent shahrida qiymati 5 million AQSH dollarigacha ekvivalentdagi tijorat maqsadida foydalanish imkoni mavjud boʻlgan davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PF-202-sonli Farmoni tahririda)
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
davlat-xususiy sheriklik (keyingi oʻrinlarda — DXSH) — davlat sherigi va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, DXSH loyihasini amalga oshirish uchun oʻz resurslarini birlashtirishga asoslangan hamkorligi;
DXSH bitimini tuzish huquqining boshlangʻich qiymati — DXSH obyektining yer soligʻi stavkasiga teng qiymati hamda loyiha hujjatlarini tayyorlash, baholashni amalga oshirish va ularni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar qiymati yigʻindisi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PF-202-sonli Farmoni tahririda)
DXSH loyihasi — iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etishga qaratilgan, xususiy investitsiyalarni jalb etish va (yoki) ilgʻor boshqaruv tajribasini joriy etish asosida soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;
DXSH obyekti — mazkur Nizomda 1-ilovada belgilangan obyektlar negizida loyihalashtirilishi, qurilishi, barpo etilishi, yetkazib berilishi, moliyalashtirilishi, rekonstruksiya qilinishi, modernizatsiya qilinishi, foydalanilishi va xizmat koʻrsatilishi DXSH loyihasini roʻyobga chiqarish doirasida amalga oshiriladigan mol-mulk, mulkiy komplekslar, ijtimoiy infratuzilma, yer uchastkalari, shuningdek, DXSH loyihasini amalga oshirish jarayonida joriy etilishi lozim boʻlgan ishlar (xizmatlar) va innovatsiyalar;
davlat sherigi — Toshkent shahrida ishga tushirish qiymati 5 million AQSH dollarigacha ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirish vakolati berilgan “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya);
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PF-202-sonli Farmoni tahririda)
operator — savdo platformasida auksionni tashkil etish hamda oʻtkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati;
xususiy sherik — Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonunchiligiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan, davlat sherigi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzgan yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs yoki yuridik shaxslarning birlashmasi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom.
3. Toshkent shahri hokimligi Kompaniya taklifi asosida xalq deputatlari tuman Kengashlarida hamda jamoatchilik bilan ochiq muhokama qilgan holda Toshkent shahrida amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining manzilli roʻyxatini tasdiqlash uchun Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga kiritib boradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PF-202-sonli Farmoni tahririda)
4. Toshkent shahrida DXSH loyihasi soddalashtirilgan tartibda mazkur Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
5. Xususiy sherikka DXSH bitimi muddati tugagandan soʻng DXSH obyektini Toshkent shahar hokimligiga qaytarish sharti bilan uzoq muddatli ijara huquqi asosida 10 yilgacha beriladi.
51.Turizm koʻchalarini soddalashtirilgan tartibda DXSH loyihalari orqali barpo etish tartibi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi tomonidan belgilanadi.
DXSH toʻgʻrisidagi bitim amalda boʻlgan davrda xususiy sherik tomonidan yangi qurilgan (barpo etilgan) va oʻrnatilgan (joylashtirilgan) obyektlar DXSH mol-mulki hisoblanadi. Bunda:
xususiy sherik ushbu mulkni tasarruf etish huquqisiz uchinchi shaxslarga ijaraga berishi va (yoki) undan qonunchilikda belgilangan boshqacha usullarda foydalanishi mumkin;
DXSH toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan avval bekor qilinganda qurilgan (barpo etilgan) DXSH mol-mulki davlat sherigiga oʻtkaziladi;
DXSH asosida tashkil etilgan turizm koʻchasidagi tadbirkorlarga tutash hududlar va umumiy foydalanishdagi hududlarni ijaraga berish boʻyicha hamda mavsumiy tadbirlar tashkil etilishi munosabati bilan koʻchma qurilmalarni bir martalik joylashtirish boʻyicha toʻlovlarning miqdori davlat sherigi bilan kelishilgan holda xususiy sherik tomonidan belgilanadi. Bunda:
toʻlovlar toʻliq xususiy sherikka yoʻnaltiriladi;
ijaraga beriladigan umumiy foydalanishdagi hududlarning umumiy maydoni xususiy sherikka berilgan yer maydonining oʻn foizidan koʻp boʻlishi mumkin emas.
DXSH asosida tashkil etilgan turizm koʻchasida event (festivallar) va mavsumiy tadbirlar Toshkent shahar hokimligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
DXSH asosida tashkil etilgan turizm koʻchasidagi avtomobil yoʻllarini taʼmirlash xususiy sherik zimmasiga yuklanmaydi hamda ushbu ishlar davlat sherigining loyihadagi ulushi sifatida budjet mablagʻlari hamda boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PF-202-sonli Farmoniga asosan kiritilgan)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar]
6. DXSH bitimini tuzish huquqining boshlangʻich qiymati Kompaniya tomonidan mazkur Nizomga asosan belgilanadi.
7. DXSH bitimida nazarda tutilmagan hamda qiymati 1 million AQSH dollari ekvivalentidan ortiq boʻlgan loyihalarni ushbu Nizomda nazarda tutilgan soddalashtirilgan tartibda savdoga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Toshkent shahrida qiymati 5 million AQSH dollarigacha ekvivalentdagi DXSH loyihasini amalga oshirish uchun uning konsepsiyasi va loyihani baholash hujjatini ishlab chiqish talab etilmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PF-202-sonli Farmoni tahririda)
2-bob. DXSH loyihasi shartlarini tasdiqlash va DXSH bitimini tuzish huquqini auksion savdolariga chiqarish tartibi
9. DXSH loyihasi mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq namunaviy shakl asosida Kompaniya tomonidan tasdiqlangan shartlarda amalga oshiriladi. Bunda:
DXSH loyihasini amalga oshirishda kapital qurilmalar qurmaslik, muhandislik tarmoqlariga zarar yetkazmaslik va obyektlar faoliyatiga toʻsqinlik qilmaslik shartlari koʻzda tutilishi shart;
Kompaniya DXSH loyihasini amalga oshirish boʻyicha shartlarni Toshkent shahar hokimligi hamda Toshkent shahridagi tumanlar hokimliklari, tegishli tashkilotlar va DXSH obyektining balansda saqlovchilari bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.
yer ostida muhandislik tarmoqlari oʻtgan yoki tashqi muhandislik tarmoqlari muhofaza zonasida joylashgan hududlarda kapital qurilmalar qurmaslik, muhandislik tarmoqlariga zarar yetkazmaslik va obyektlar faoliyatiga toʻsqinlik qilmaslik shartlari bilan hamda loyihani vakolatli organlar bilan kelishgan holda;
vakolatli organlar bilan kelishilgan taqdirda kanal va ochiq kollektorlarning qirgʻoq hududlari muhofaza zonasidan 5 metrgacha masofani saqlagan holda amalga oshirishga ruxsat etiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PF-202-sonli Farmoni tahririda)
11. DXSH loyihasi shartlari va (yoki) hujjatlarini ishlab chiqish uchun Kompaniya tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlash yoʻli bilan loyiha, konsalting va auditorlik tashkilotlari jalb qilinishi mumkin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PF-202-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
13. Kompaniya tomonidan DXSH bitimi loyihasi tayyorlanadi.
14. DXSH bitimida quyidagilar nazarda tutiladi:
DXSH bitimining taraflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
DXSH bitimining predmeti;
taraflarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
Kompaniya va xususiy sherik oʻrtasida xavf-xatarlarning taqsimlanishi;
DXSH obyektining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarga oid umumiy parametrlari va samaradorlik boʻyicha talablar, shu jumladan DXSH bitimiga muvofiq oʻtkazilgan yoki loyihalashtirilishi, qurilishi, barpo etilishi, moliyalashtirilishi, rekonstruksiya qilinishi, foydalanilishi va (yoki) xizmat koʻrsatilishi lozim boʻlgan boshqa DXSH obyektlarining tavsifi, ulardan foydalanish maqsadlari va muddatlari;
DXSH loyihasi bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish) muddatlari va tartibi;
taraflarning tegishli infratuzilmaga nisbatan va DXSH loyihasi boʻyicha huquqlari, shuningdek, ularni boshqa shaxsga oʻtkazish tartibi;
DXSH loyihasini amalga oshirish uchun talab etiladigan DXSH obyektlarini xususiy sherikka berish tartib-taomili va boshqa shartlari;
xususiy sherik tomonidan tovarlarga, bajariladigan ishlarga, koʻrsatiladigan xizmatlarga doir narxlarni, tariflarni belgilash va ularni oʻzgartirish shartlari;
taraflarning oʻz majburiyatlari bajarilishini taʼminlash usullari, miqdorlari va muddatlari;
DXSH bitimining muddati va ushbu muddatni belgilash tartibi;
haq toʻlash, erkin foydalanilish uchun toʻlov, foydalanganlik uchun toʻlov, xususiy sherikning Kompaniyaga toʻlovi va/yoki boshqa toʻlovlarning shakllari, miqdorlari, muddatlari, shartlari, ularni toʻlash tartibi, shu jumladan, DXSH loyihasi amalga oshirilishi munosabati bilan daromadlarning (foydaning) taqsimlanishi;
DXSH bitimiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tartibi;
DXSH bitimini tugatish asoslari, tartibi va shartlari, muddatidan oldin tugatilganlik uchun toʻlov miqdori va tartibi;
DXSH loyihasining amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish tartibi;
DXSH loyihasini sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatlar;
DXSH loyihasi doirasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha majburiyatlar;
taraflarning DXSH bitimiga doir majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarligi;
nizolarni hal etish tartibi;
Oʻzbekiston Respublikasida xodimlarni ishga olish va mehnatdan foydalanishga nisbatan qoʻllaniladigan shartlar toʻgʻrisidagi ishontirishlar va kafolatlar;
xususiy sherikning ulushlariga egalik qilishga nisbatan talablar va xususiy sherikning hamda uning affillangan shaxslarining mol-mulkiga nisbatan boshqa mulkiy huquqlar;
maxfiylik;
atamalar va ularga doir tushuntirishlar;
amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa maʼlumotlar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-bobi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
15. Kompaniya DXSH bitimini tuzish huquqini barcha hujjatlar rasmiylashtirilgandan soʻng “E-auksion” elektron savdo platformasining onlayn-auksion savdosiga chiqarishga buyurtma beradi. Bunda, “E-auksion” elektron savdo platformasiga yuklash uchun quyidagi hujjatlar operatorga taqdim etiladi:
DXSH bitimini tuzish huquqining boshlangʻich qiymati boʻyicha Kompaniyaning hisoboti;
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PF-202-sonli Farmoni tahririda)
Toshkent shahri hokimligi bilan kelishilgan DXSH bitimi loyihasi Kompaniya tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda;
mavjud boʻlganda loyiha hujjatlari.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
16. DXSH bitimini tuzish huquqini savdoga chiqarishda quyidagilar koʻrsatiladi:
DXSH obyekti toʻgʻrisida maʼlumot va uning joylashuvi (lokatsiyasi);
DXSH loyihasi qiymati;
DXSH bitimini tuzish huquqining boshlangʻich qiymati va uni toʻlash muddatlari;
DXSH loyihasini amalga oshirish shartlari;
Kompaniya belgilagan auditorlik tashkiloti tomonidan DXSH loyihasini amalga oshirish jarayonining auditdan oʻtkazilishi;
“E-auksion” elektron savdo platformasi operatori xizmatiga toʻlovlarning auksion gʻolibi tomonidan amalga oshirilishi.
Bunda, auksionda shakllangan DXSH bitimini tuzish huquqi narxining 35 foizi bir oy ichida, qolgan qismi teng ulushlarda oʻn ikki oy davomida amalga oshiriladi.
17. Auksion savdolari natijalari boʻyicha DXSH bitimini tuzish huquqini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar Kompaniya tomonidan Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Bunda ikki marta savdo natijasiga koʻra davlat-xususiy sherik aniqlanmasa, boshlangʻich narx 50 foizga pasaytirilgan holda Kompaniya tomonidan mazkur nizomda belgilangan tartibda qayta savdolarga chiqariladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PF-202-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
18. DXSH loyihasi boʻyicha auksion savdosini oʻtkazishning ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
19. Savdo natijalariga koʻra, auksion gʻolibi deb topilgan shaxsga Kompaniya tomonidan bir tomonlama qoʻshimcha majburiyatlarni yuklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. DXSH loyihalarining reyestrini yuritish, amalga oshirilishini monitoring qilish va hisobotni taqdim etish tartibi
20. DXSH bitimi ikki tomonlama elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangandan keyin uch kalendar kuni mobaynida Kompaniya rasmiy tartibda uch nusxadan iborat DXSH bitimining elektron va qogʻoz koʻrinishdagi nusxalarini vakolatli davlat organiga DXSH loyihalarining reyestriga kiritish uchun taqdim qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasi.
21. DXSH loyihasi reyestrga olingandan soʻng 5 ish kuni mobaynida Kompaniyaning rasmiy veb-saytiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi ochiq maʼlumotlar portaliga (www.data.gov.uz) joylashtiriladi.
22. DXSH loyihasining reyestrida jamlangan maʼlumotlari va axborotlaridan foydalanish hech qanday toʻlovlarsiz amalga oshiriladi.
23. Kompaniya DXSH loyihasi bajarilishi va DXSH bitimi shartlariga rioya etilishi nuqtai nazaridan monitoringni amalga oshiradi.
24. Kompaniyaning zaruratga koʻra, joylarda monitoring amalga oshirilishi uchun DXSH obyektiga kirishi va tegishli hujjatlardan foydalanishi taʼminlanadi.
25. Monitoring oʻtkazish uchun Kompaniya vazirlik, idora va konsalting kompaniyalaridan mutaxassislarni jalb qilish huquqiga ega.
26. Monitoring quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
loyihani oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishni taʼminlash;
loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida toʻsqinlik qilayotgan faktorlarni aniqlash va oʻrganish, bartaraf etish boʻyicha hamkorlikda tezkor choralar koʻrish;
tasdiqlangan muddatlar va hajmlarga muvofiq ravishda loyihalarni oʻz vaqtida moliyalashtirishni taʼminlash ustidan nazorat oʻrnatish;
DXSH loyihasi boʻyicha olingan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash.
27. DXSH loyihasining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotni Kompaniyaga xususiy sherik tomonidan imzolangan va tasdiqlangan holda har olti oyda taqdim etadi. Bunda hisobot shakllari Kompaniya tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
28. Xususiy sherik hisobotlarning oʻz vaqtida taqdim etilishi, toʻliqligi va haqqoniyligi uchun javobgardir.
29. Kompaniya xususiy sherik tomonidan taqdim qilingan hisobotlarni umumlashtiradi hamda yakuni boʻyicha maʼlumotlarni Toshkent shahri hokimligiga taqdim etadi.
30. DXSH loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Kompaniyaning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
31. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik loyihalari soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan obyektlar
ROʻYXATI
1.
Madaniyat va istirohat bogʻlari
2.
Xiyobonlar
3.
Sayilgohlar
4.
Bulvarlar
5.
Alleyalar
6.
Daryo, kanal va ochiq kollektorlarning qirgʻoq hududlari
7.
Koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlar ostidagi hududlar
8.
Yer usti metrosi ostidagi hududlar
9.
Yer osti piyodalar oʻtish joylari
10.
Yoʻlning qatnov qismi orasidagi hududlar
11.
Avtoturargohlar
12.
Avtomobil yoʻllari
13.
Parkomatlar
14.
Boʻsh turgan yer uchastkalari
15.
Foydalanilmayotgan yoki kam quvvatda foydalanilayotgan bino va inshootlar
16.
Qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar
Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik loyihasini soddalashtirilgan tartibda amalga oshirish
1. DXSH loyihasini amalga oshirishning shartlarini ishlab chiqadi.
2. Shartlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
3. DXSH obyektining ijara huquqining boshlangʻich qiymati boʻyicha hisobotini tasdiqlaydi.
4. DXSH bitimi loyihasini tayyorlaydi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Kompaniya
DXSH bitimini tuzish huquqini barcha hujjatlar ilova qilingan holda “E-auksion” elektron savdo platformasining onlayn-auksion savdosiga chiqarishga buyurtma beradi.
Zaruratga koʻra
3-bosqich
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ
Auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomani savdo platformasida eʼlon qiladi.
Buyurtmani olgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay
4-bosqich
“E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdolarini tashkil etadi va oʻtkazadi.
30 kun muddatda
5-bosqich
Talabgorlar
“E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdolariga ishtirok etish uchun takliflarni kiritadi.
Belgilangan muddatda
6-bosqich
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ
Auksion gʻolibi aniqlaydi va tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiradi.
Auksion eʼloni tugagandan keyingi ish kunidan kechiktirmay
7-bosqich
Kompaniya
1. DXSH loyihalari boʻyicha DXSH bitimini reyestrga kiritadi.
3 ish kuni mobaynida
8-bosqich
Kompaniya
DXSH loyihasi bajarilishining hamda DXSH bitimi shartlariga rioya etilishini monitoring qiladi.
Zaruratga koʻra
9-bosqich
Xususiy sherik
DXSH loyihasining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotni Kompaniyaga taqdim qiladi.
Har 6 oyda
10-bosqich
Kompaniya
Xususiy sherik tomonidan taqdim qilingan hisobotlarni umumlashtiradi hamda yakuni boʻyicha maʼlumotlarni Toshkent shahar hokimligiga taqdim etadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PF-202-sonli Farmoni tahririda)
Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
“Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi
__________
_________________
(Imzo)
(F.I.O)
20__ yil “___” __________
Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish shartlarining
Aniq maʼlumot boʻlmasa, oraliq muddatni belgilang: 3 —10 □ 11 — 20 □ 21 — 30 □ 31 — 49
3.
Loyihaga kiritiladigan investitsiya mablagʻlari
_______ ming soʻm, yoki
_______ AQSH dollari
Loyihaning yillik ekspluatatsiya xarajatlari
_______ ming soʻm, yoki
_______ AQSH dollari
IV. DXSH loyihasining asosiy samaradorlik (KPI) koʻrsatkichlari
1.
Yangi ish oʻrinlarini yaratish
____ta
2.
Davlat budjeti mablagʻlarini iqtisod qilish
____ mln.soʻm
3.
Energiya (elektr, gaz, suv) sarfini tejash
____ kVt
____ m3
4.
Zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish
(batafsil maʼlumot)
5.
Innovatsiyalarni joriy qilish
(batafsil maʼlumot)
6.
Boshqa koʻrsatkichlar
(batafsil maʼlumot)
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 149-son qaroriga
4-ILOVA
Toshkent shahrida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismini shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha toʻlov qiymatiga kiritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
1. Mazkur Nizom Toshkent shahrida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismini shaharsozlik faoliyati obyektini (bundan budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar va yakka tartibdagi uy-joylar mustasno) qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini (keyingi oʻrinlarda − ART) ishlab chiqish boʻyicha toʻlov qiymatiga kiritish (keyingi oʻrinlarda − Yigʻim) tartibini belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31 martdagi 256-sonli “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari — elektr uzatish tarmoqlari, aloqa liniyalari, tabiiy gaz, ichimlik suvi, issiqlik taʼminoti va suv-oqova quvurlari, temir yoʻl liniyalari, avtomobil yoʻllari, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari va shu kabi boshqa inshootlar;
transport infratuzilmasi— yoʻlovchi va yuk tashuvchi, shuningdek, ushbu tashuvlarni amalga oshiruvchi hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi barcha soha va tarmoqlar majmuasi;
ariza beruvchi — ART olish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda murojaat qilgan yuridik va jismoniy shaxs yoki uning buyurtmasiga (shartnomaga asosan) muvofiq loyiha tashkiloti;
jamgʻarma — Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi;
Kompaniya — Toshkent shahar hokimligi taʼsischiligidagi “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati.
3. Toshkent shahrida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismi shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha toʻlov qiymatiga ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan Sxemaga muvofiq kiritiladi.
2-bob. Yigʻimni hisoblash va undirish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
4. Yigʻim toʻliq hajmda Jamgʻarmaga oʻtkaziladi va Kompaniya tomonidan quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish maqsadlariga yoʻnaltiriladi:
Kompaniya tomonidan, shu jumladan, investorlar ishtirokida investitsiya loyihalari, davlat-xususiy sheriklik loyihalari, Toshkent shahri infratuzilmasini rivojlantirish bilan bogʻliq istiqbolli loyihalarni amalga oshirish;
Toshkent shahrining alohida hududlarini rivojlantirish va renovatsiya dasturlari, master reja va quriladigan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash;
hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish;
renovatsiya dasturlarini amalga oshirish;
“Yangi Oʻzbekiston” massivlari, davlat uy-joy dasturlarida koʻzda tutilgan massivlar, shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari (ichimlik va oqova suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz tarmoqlari va avtomobil yoʻli) bilan taʼminlash;
qiymati 200 milliard soʻmdan oshadigan, investorning oʻz mablagʻlari ulushi 25 foizdan kam boʻlmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar, shuningdek, xalqaro va respublika ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari boʻyidagi yaxlit yer maydonlarida tashkil etiladigan yoʻlboʻyi infratuzilma obyektlarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash;
qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan Kompaniya faoliyati bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni amalga oshirish.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
5. Yigʻim quyidagi miqdorda undiriladi:
jami qurilish hajmining har bir kub metri uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida;
obyektlarning qavatlar soni belgilangan parametrlardan oshirilganda qoʻshimcha qurilish hajmining har bir kub metri uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida.
Ushbu yigʻim miqdoriga nisbatan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qarori asosida mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan Toshkent shahrida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismi uchun toʻlov miqdorini hisoblashning namunaviy mexanizmiga muvofiq shaklda 0,5 dan 2 gacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllanilishi mumkin.
6. ART Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq beriladi.
7. Ariza beruvchining arizasi Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqilganidan soʻng ARTni ishlab chiqishning qiymati koʻrsatilgan invoys (keyingi oʻrinlarda — Invoys) bilan birgalikda:
ariza beruvchiga — Kompaniyaga ART berilishi maʼqullanganligi haqidagi xabarnoma (keyingi oʻrinlarda — Xabarnoma) yigʻim miqdori koʻrsatilgan holda yuboriladi;
boshqa ariza beruvchiga xabarnoma, Kompaniya va ariza beruvchi oʻrtasida imzolanishi nazarda tutilgan yigʻim miqdorini toʻlash toʻgʻrisidagi shartnoma loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Shartnoma) yuboriladi.
8. Ariza beruvchi xabarnomaga javob berishda shartnomaga muvofiq yigʻim summasini bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib toʻlash mexanizmini tanlaydi.
Shartnoma Kompaniya va ariza beruvchi oʻrtasida imzolanadi va yigʻim miqdori toʻliq toʻlanguniga qadar amal qiladi.
9. Ariza beruvchiga ART qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasidiqlangan Bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti.
10. Ariza beruvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi va kelishadi.
11. Yigʻim miqdori qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda olingan loyiha-smeta hujjatlari ekspertiza xulosasi natijasiga muvofiq hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasidiqlangan Bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti.
12. Yigʻim miqdori aqnilangandan soʻng 2 ikki ish kunida:
ariza beruvchi — Kompaniya mustaqil ravishda yoki shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihasi yuzasidan jalb qilingan investor bilan birgalikda yigʻimni toʻlash reja grafigini tasdiqlaydi va ushbu reja-grafik asosida yigʻim toʻlanishini taʼminlaydi;
boshqa ariza beruvchi yigʻim miqdorining 20 foizi miqdoridagi oldindan toʻlovni toʻlagan holda, shartnomani imzolaydi va yigʻimning qolgan 80 foiz miqdorini shartnomaga muvofiq toʻlanishini taʼminlaydi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
13. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Toshkent shahrida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismini shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha toʻlov qiymatiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Toshkent shahrida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismini shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha toʻlov qiymatiga kiritish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
ARTni olish uchun Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq belgilangan tartibda murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi
Invoys bilan birgalikda:
ariza beruvchiga — Kompaniyaga xabarnoma yigʻim miqdori koʻrsatilgan holda yuboradi;
boshqa ariza beruvchiga xabarnoma, yigʻim miqdorini toʻlash toʻgʻrisidagi shartnoma loyihasini yuboradi.
3 ish kuni mobaynida
3-bosqich
Ariza beruvchi
Xabarnomaga javob beradi va shartnomaga muvofiq yigʻim summasini bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib toʻlash mexanizmini tanlaydi.
Bir oy muddatda
4-bosqich
Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq tartibda ARTni ariza beruvchiga beradi.
Belgilangan muddatlarda
5-bosqich
Ariza beruvchi
1. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi, kelishadi va ekspertizadan oʻtkazadi.
Belgilangan muddatlarda
2. Yigʻim miqdori aniqlangandan soʻng:
ariza beruvchi — Kompaniya mustaqil ravishda yoki shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihasi yuzasidan jalb qilingan investor bilan birgalikda yigʻimni toʻlash reja grafigini tasdiqlaydi va ushbu reja-grafik asosida yigʻim toʻlanishini taʼminlaydi;
boshqa ariza beruvchi yigʻim miqdorining 20 foizi miqdoridagi oldindan toʻlovni toʻlagan holda, shartnomani imzolaydi va yigʻimning qolgan 80 foiz miqdorini shartnomaga muvofiq toʻlanishini taʼminlaydi.
2 ikki ish kunida
Toshkent shahrida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismini shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha toʻlov qiymatiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Toshkent shahrida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismi uchun toʻlov miqdorini hisoblashning
NAMUNAVIY MEXANIZMI
1. Muhandislik — kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismi uchun toʻlov miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Ti=Bh*((Hb+Hyu)-(Ha+Ht+Hu ))*Kt*Ko*Kz*Kj
Bunda:
Ti — Toshkent shahrida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismi;
Bh — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari;
Hb — binoning umumiy hajmi;
Hyu — ruxsat etilgan qavatlar sonidan yuqori boʻlgan bino hajmi;
Ha — binoning avtoturargoh qismi umumiy hajmi;
Ht — binoning texnik qavatlari, inshootlar va xonalar qismi umumiy hajmi;
Hu — turar joy binosining umumiy foydalanishdagi qismi umumiy hajmi;
Kt — qurilish turi;
Ko — obyekt turi;
Kz — hududiy zonalar koeffitsiyentlari;
Kj — obyekt joylashuvi.
2. Yigʻim miqdorini kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar quyidagi jadvalga muvofiq hisoblanadi.
Yangi qurilish (renovatsiya va (yoki) rivojlanish).
1
2.
Obyektni rekonstruksiya qilish
0,85
II.
Obyekt turi (Ko)
1.
Ijtimoiy xususiy obyektlar (nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari, xususiy tibbiyot muassasalari va boshqalar)
0,8
2.
Davlat ulushi 50 (ellik) foizdan ortiq boʻlgan davlat va (yoki) munitsipal mulk negizida davlat va (yoki) mulk ishtirokchisi tomonidan, shu jumladan, hamkorlikda butun mulkiy kompleks miqyosida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida qurilish (rekonstruksiya qilish) obyektlariga.
0,5
3.
Sanoat maqsadlarida foydalaniladigan binolarni (ishlab chiqarish binolari, omborxonalar, sanoat-sinov laboratoriyalari binolari va shu kabilar) qurishga har bir qavati uchun 3 (uch) metr balandlikdan oshmagan oʻlchamda.
0,5
4.
Boshqa obyektlar
1
III.
Hududiy zonalar koeffitsiyentlari (Kz)
1.
1-zona
2
2.
2-zona
1,8
3.
3-zona
1,53
4.
4-zona
1,34
5.
5-zona
1,23
IV.
Obyekt joylashuvi (Kj)
1.
Metro stansiyasidan chiqish joyidan obyekt chegarasigacha 200 metr radius oraligʻi va markaziy qatnov koʻchalaridan boshqa hududlarda joylashgan bino-inshootlardan
0,6
Izoh. Toshkent shahrida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining toʻlov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 koeffitsiyentidan kam boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi hamda ushbu miqdor 0,5 koeffitsiyentdan kam boʻlib chiqqan taqdirda, uni 0,5 koeffitsiyentga tenglashtiriladi.
Mazkur mexanizm xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan har chorakda kamida bir marta qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Renovatsiya loyihasini amalga oshirish uchun renovatsiya hududida buzilgan bino va inshootlar uchun kompensatsiya sifatida beriladigan turar va (yoki) noturar joy bino va inshootlar hamda sanoat maqsadlarida foydalaniladigan binolarni renovatsiya va rekonstruksiya qilish uchun yigʻim undirilmaydi.
Sanoat maqsadlarida foydalaniladigan binolarni (ishlab chiqarish binolari, omborxonalar, sanoat-sinov laboratoriyalari binolari va shu kabilar) qurishga har bir qavati uchun eng koʻpi bilan 3 (uch) metr balandlikkacha boʻlgan qismi uchun yigʻim undiriladi.
Toshkent shahridagi hududiy zonalar belgilangan tartibda Toshkent shahar hokimi qarori bilan tasdiqlanadi.
IV boʻlimdan boshqa holatlarda Kj=1 deb qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 149-son qaroriga
5-ILOVA
Toshkent shahrida renovatsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Toshkent shahrida “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) tomonidan Toshkent shahrida renovatsiya loyihalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.01.00 Umumiy masalalar]
noturar joy — turar joylar sirasiga kirmaydigan, shu jumladan, turar joylarga tutash va (yoki) turar joyning tarkibiy qismi boʻlgan bino va inshootlar;
renovatsiya — aholi uchun qulay yashash muhitini shakllantirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida, avariya holatidagi mavjud yaroqsiz deb topilgan, shu jumladan, ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmalari eskirgan, ekspluatatsiya muddati oʻtgan, yaroqsiz holga kelgan turar va noturar joylarni hamda yaroqli turar va noturar joylarni zamonaviy talablariga muvofiq qayta qurish, kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilishga qaratilgan va amalga oshiriladigan intensiv qurilish tadbirlari majmui;
renovatsiya loyihasi — Kompaniya tomonidan Toshkent shahar hokimligi hamda koʻchmas mulk mulkdorlari bilan kelishilgan holda, shu jumladan Toshkent shahrida tashkil etiladigan texnik holatni aniqlash komissiyalari xulosalari asosida alohida yoki bir-biriga qoʻshni boʻlgan ikki va undan ortiq turar va noturar joylarda bosh rejaga asosan tabiatga zarar yetkazmagan holda amalga oshiriladigan loyihalar.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
3. Renovatsiya loyihasi quyidagi asoslardan biri yoki barchasi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi:
mulkdorlar, uy-joy mulkdorlari shirkati va boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan turar va noturar joylarni koʻzdan kechirish natijasida ularning ichki muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilmasi, texnik holati hamda foydalanishga yaroqsiz ekanligi, poydevori, yertoʻlasi, devorlari, shift va tom qismi hamda yoʻlaklarining holati boʻyicha asosli eʼtirozlar va (yoki) xavfli holatlar yuzaga kelganligi tegishli mutaxassislar yordamida aniqlanganda, ulardan foydalanuvchi shaxslarning hayotiga xavf soluvchi holatlar aniqlanganda;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olish toʻgʻrisida” 2000-yil 20-yanvardagi 18-son qarorida nazarda tutilgan Toshkent shahrida tashkil etiladigan Uy yoki turar joyning texnik holatini aniqlash komissiyalarining tegishli xulosalari mavjud boʻlganda;
favqulodda holatlarda Favqulodda holat rejimini taʼminlash boʻyicha davlat komissiyasi xulosalari asosida renovatsiya loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda;
Toshkent shahrida renovatsiya loyihalarini amalga oshirishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilinganda;
Toshkent shahrining tasdiqlangan bosh rejasi va shahar hududi qismlarining batafsil rejalashtirish loyihalariga asosan renovatsiya loyihasini amalga oshirish nazarda tutilgan taqdirda.
4. Renovatsiya loyihasi quyidagi shartlar bajarilgan holda amalga oshiriladi:
a) renovatsiya loyihasi amalga oshiriladigan renovatsiya hududining aniq chegarasi Toshkent shahri hokimining tegishli qarori bilan belgilanadi;
b) renovatsiya loyihasi amalga oshiriladigan renovatsiya hududida qurilish zarur boʻlgan ijtimoiy infratuzilma obyektlari belgilanadi;
v) Kompaniya buyurtmasiga asosan Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan renovatsiya loyihasi amalga oshiriladigan renovatsiya hududida yangi qurilish olib borilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkalarining chegaralariga tuzatishlar kiritiladi;
g) turar va (yoki) noturar joy obyekti buzilishi talab etilganda, ularning mulkdorlari roziligi mavjud boʻlgan taqdirda, buzilayotgan obyektlar oʻrniga ushbu obyektlar buzilayotgan hududdan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda ularning maydonidan kam boʻlmagan maydon hajmida, ammo uning maydonidan 1,2 baravardan ortiq boʻlmagan hajmda notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv bitimi asosida mutanosib turar va (yoki) noturar joy obyekti bilan begʻaraz taʼminlanadi yoxud mulkdorlarning xohishiga koʻra boshqa turdagi kompensatsiya toʻlanishi tartibi va muddatlari belgilanadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
d) renovatsiya hududidagi xonadonlar mulkdorlariga yangi qurilgan turar joylardagi xonadonlar berilayotganda, mazkur mulkdorlarga yangi xonadonlar topshirilgunga qadar ularning oila aʼzolari bilan birga vaqtincha yashashi uchun turar joy bilan taʼminlanadi yoki ijara haqi toʻlab beriladi;
e) buzilishi talab etilgan turar va (yoki) noturar joy obyekti yuzasidan mulkdorlarning ipoteka majburiyatlari mavjud boʻlgan taqdirda, mulkdorlarga ushbu obyektlar buzilayotgan hududdan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv bitimi asosida mutanosib ravishda taqdim etiladigan yangi turar va (yoki) noturar joy obyektiga nisbatan mulkdorlarning ushbu ipoteka majburiyatlari va shartlari oʻzgartirilmasdan saqlab qolinadi;
j) renovatsiya loyihasi doirasida yangi quriladigan turar va noturar joylar egallagan maydon hajmining (avtoturargoh qismi va renovatsiya hududida joylashgan eskirgan uylardagi xonadonlar mulkdorlariga beriladigan xonadonlar maydoni bundan mustasno) har bir kub metri uchun tasdiqlangan miqdoridagi toʻlovlar renovatsiya loyihasini amalga oshirishga doir tegishli investitsiya shartnomasida belgilangan muddatlarda toʻlanadi;
z) zarurat mavjud boʻlgan taqdirda, turar joylar uy-joy fondidan chiqariladi;
i) zarurat mavjud boʻlgan taqdirda, turar va noturar joylar ixtisosligi oʻzgartiriladi;
k) renovatsiya loyihasi hududida mavjud maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tahsil olayotgan bolalar hamda oʻquvchilar boshqa tegishli maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim maktablariga navbatsiz joylashtiriladi;
l) renovatsiya loyihasini amalga oshirish davrida hududdagi joylarni buzishda davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarini kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yoʻq qilishga yoʻl qoʻyilmaydi;
m) renovatsiya loyihasi doirasida qurilish ishlarini amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlariga mazkur bandga muvofiq renovatsiya hududida joylashgan turar va noturar joylarni quyidagilar asosida belgilangan tartibda buzishga ruxsat beriladi:
ularning mulkdorlari bilan notarial tartibda imzolangan bitimlar;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olish toʻgʻrisida” 2000-yil 20-yanvardagi 18-son qarorida nazarda tutilgan Toshkent shahrida tashkil etiladigan Uy yoki turar joyning texnik holatini aniqlash komissiyalarining tegishli xulosalari;
sud qarori.
5. Renovatsiya loyihasi mazkur Nizomga ilovada keltirilgan Renovatsiya loyihasini amalga oshirish sxemasiga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Renovatsiya loyihasini tashabbus qilish va amalga oshirish tartibi
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PF-202-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
7. Aniq bir hududda renovatsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha investorlar tomonidan tashabbus tartibida tegishli takliflar kiritilgan taqdirda, istisno tariqasida, Kompaniya yer uchastkasiga ijara huquqini berish uchun elektron onlayn-auksion oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali renovatsiya loyihasini amalga oshirish yuzasidan hamkorni tanlab olish vakolatiga ega.
Renovatsiya loyihasini tashabbus qilish, tasdiqlash va savdolarga chiqarish tartibi xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan belgilanadi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PF-202-sonli Farmoni tahririda)
Eng yaxshi takliflar asosida renovatsiya loyihasini amalga oshirish uchun hamkorni tanlab olish natijasida Kompaniya va hamkor oʻrtasida tegishli investitsiya shartnomasi imzolanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.14.00.00 Soliq toʻlovchilarning hisobi. Soliq hisoboti;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
8. Renovatsiya loyihasini amalga oshirish boshlanishidan kamida bir oy oldin Kompaniya:
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarga doir tegishli yozuvlarni davlat reyestriga kiritish uchun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining tegishli tuman filialiga;
kommunal toʻlovlar boʻyicha qayta hisob-kitob qilish uchun kommunal xizmat koʻrsatish korxonalariga;
uylarni saqlash xarajatlari yuzasidan majburiy badal va toʻlovlardan mulkdorlarning qarzdorligi boʻyicha qayta hisob-kitob qilish uchun koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlariga;
tegishli soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qayta hisob-kitob qilish uchun soliq organlariga xabarnoma yuboradi.
9. Renovatsiya loyihasi hududida qurilish va (yoki) rekonstruksiya qilish ishlarini bajarish, qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish va ularga boʻlgan huquqlarni belgilash qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
3-bob. Renovatsiya loyihasi natijasida qurilgan obyektlarni foydalanishga qabul qilish hamda tegishlicha mulkdorlarga ajratish
10. Renovatsiya loyihasini amalga oshiruvchi investor yoki Kompaniya oʻz nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan foydalanishga qabul qilingan uy-joylarni tegishlicha mulkdorlarga shartnomaga muvofiq yangi uy-joyni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida ajratib beradi.
Yangi uy-joyni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi ushbu uy-joyga mulk huquqining vujudga kelishini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi hamda ushbu uy-joylarni mulkdor nomiga qonunchilikda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishga asos hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Renovatsiya hududida koʻp kvartirali uy-joylar qurilish ishlari yakunlangandan soʻng uch oy muddatda koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga mazkur uy-joylar egallagan va ularga tutash hududlar doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.
11. Shartnoma boʻyicha majburiyatlardan ortgan uy-joylar investor tomonidan mustaqil tasarruf etiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
12.Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning IX bobi.
Toshkent shahrida renovatsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi,
Toshkent shahri hokimligi, Mulkdorlar, koʻp kvartirali uylar boshqaruv organlari, Idoralararo maxsus komissiya, Kompaniya
Renovatsiya loyihasini tashabbus qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
Kompaniya
1. Renovatsiya loyihasi yuzasidan investitsiya loyihasini tayyorlaydi.
2. Investitsiya loyihasi lotini shakllantiradi va lotni “E-auksion” elektron savdo platformasiga joylashtiradi.
Belgilangan muddatlarda
3-bosqich
Investor
1. Xoʻjalik jamiyati ustav kapitalida ishtirok etish orqali investitsiya loyihalarini amalga oshirishda auksion savdolarida ishtirok etadi va gʻolib boʻlgan taqdirda, Kompaniya bilan “E-auksion” savdosi gʻolibi sifatida tegishli shartnomani imzolaydi.
2.Oddiy shirkat shartnomasi asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda auksion savdolarida ishtirok etadi va gʻolib boʻlgan taqdirda, lot qiymatining kamida 10 foizini zakalat puli sifatida kiritadi.
3. Kompaniya bilan “E-auksion” auksion savdosi gʻolibi sifatida tegishli shartnomani imzolaydi.
Belgilangan muddatlarda
4-bosqich
Kompaniya va (yoki) Investor
Kompaniya tomonidan mustaqil ravishda yoki investor bilan hamkorlikda loyiha amalga oshiriladi.
Oʻrnatilgan tartibda
5-bosqich
Kompaniya va (yoki) Investor
Qurilishi (rekonstruksiyasi) yakunlangan koʻchmas mulk obyekti foydalanishga topshiradi.