1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.01 Yer uchastkasiga mulk huquqi (shuningdek, 03.08.03.00, 03.08.04.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga muvofiq, eng yaxshi taklifni tanlash orqali aniqlanadigan, qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida (yer maydoni hajmiga koʻra ortib boradi) boʻlgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasiga, istisno tariqasida, yer uchastkalarini toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berish huquqi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasini tanlash va takliflarni taqdim etish tartibi;
yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni koʻrib chiqish tartibi, ularni tanlab olish bosqichlari va baholash mezonlari;
yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni taqdim etgan talabgorlar ichida gʻolibni aniqlash tartibi;
yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasini ijaraga berishda hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi;
yirik investitsiya loyihasini amalga oshirishda investitsiya majburiyatlari ijrosini monitoring qilish tartibi.
3. Belgilansinki:
yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) tomonidan amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.
4. Hukumat komissiyasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
yirik investitsiya loyihasini konseptual jihatdan koʻrib chiqish;
taklif etilayotgan loyihaning xususiyatidan kelib chiqib, eng yaxshi taklifni tanlab olish mezonlarining muhimlilik darajasini belgilash;
yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish;
yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish yoki yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini oʻzgartirish masalasini koʻrib chiqish.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha arizalar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi;
yakka tartibdagi uy-joy va koʻp kvartirali uylar qurilishini nazarda tutuvchi loyihalar yirik investitsiya loyihasi hisoblanmaydi va koʻrib chiqilmaydi;
tanlangan yerga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan kam qiymatdagi yirik investitsiya loyihasi boʻyicha takliflar koʻrib chiqilmaydi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimini takomillashtirish choralarini koʻrsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha arizalarni davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish imkoniyatini yaratsin va ishga tushirsin.
8. Belgilansinki, 2023-2024-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida qiymati 1 million AQSH dollari va undan ortiq ekvivalentdagi, qolgan tumanlarda qiymati 300 ming AQSH dollari va undan ortiq ekvivalentdagi investitsiya kiritish majburiyatini yuklagan holda loyiha tashabbuskorlariga yer uchastkalari ushbu qaror talablariga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilangan vaqtincha tartib asosida toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga beriladi.
Bunda mazkur qaror bilan tasdiqlangan Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning maʼmuriy reglamenti talablari 2025-yil 1-yanvarga qadar ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-avgustdagi 353-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2023-y., 09/23/353/0587-son)
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 21-sentabr,
592-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-son qaroriga 1-ILOVA
Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament Vazirlar Mahkamasi tomonidan qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida boʻlgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish va ushbu loyihani amalga oshirish uchun ijaraga yer uchastkasi berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega boʻlgan, jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan, davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan qismi;
“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “YERELEKTRON” AAT) — yer uchastkalarini berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va unga kiritilgan vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
ishchi organ — viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2023-y., 09/23/11/0018-son)
yirik investitsiya loyihasi — viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida qiymati kamida 10 million AQSH dollari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida qiymati kamida 5 million AQSH dollari ekvivalentida boʻlgan investitsiya loyihasi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2023-y., 09/23/11/0018-son)
ochiq elektron portal — internet jahon axborot tarmogʻi orqali yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida boʻsh turgan yer uchastkasini aniqlash, chegarasini belgilash imkonini beruvchi axborot tizimi;
talabgor — amalga oshirish uchun taklif sifatida yirik investitsiya loyihasini taqdim etgan jismoniy va yuridik shaxslar;
Hukumat komissiyasi — Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi;
eng yaxshi taklif — Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan mezonlar asosida eng yuqori ball toʻplagan yirik investitsiya loyihasi;
gʻolib — eng yaxshi taklifni taqdim etgan talabgor.
3. Yirik investitsiya loyihasi doirasida:
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda — faqat qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi uchun qishloq xoʻjaligi maqsadlarida;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarda — qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish mumkin.
Yakka tartibdagi uy-joy va koʻp kvartirali uylar qurilishini nazarda tutuvchi loyihalar yirik investitsiya loyihasi hisoblanmaydi va koʻrib chiqilmaydi.
4. Tanlangan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan kam boʻlgan qiymatdagi yirik investitsiya loyihasi boʻyicha takliflar koʻrib chiqilmaydi.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatini aniqlash ushbu tanlangan yer uchastkasi joylashgan tuman (shahar)da soʻnggi 6 oy davomida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilingan yer uchastkalarining 0,01 gektar maydonining oʻrtacha narxidan kelib chiqib Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan belgilanadi.
5. Yirik investitsiya loyihasi boʻyicha takliflar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
a) kiritiladigan (jalb qilinadigan) investitsiya miqdori;
b) ijara muddati davomida yer soligʻi (ijara toʻlovi) summasiga nisbatan qoʻllaniladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan stavkaga nisbatan oshiruvchi koeffitsiyent miqdori;
v) ishlab chiqariladigan jami mahsulotlardan eksport qilinadigan mahsulotlarning ulushi;
g) faoliyatida yuqori texnologiya va ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning umumiy mahsulotlariga nisbatan ulushi;
d) rejalashtirilgan yillik tovar aylanmasi miqdori;
e) ish bilan taʼminlanadigan fuqarolarning oʻrtacha yillik soni;
j) yer uchastkasi qiymatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bevosita yoki boʻlib-boʻlib toʻlash yoxud talabgor tomonidan tashkil etilgan (tashkil etiladigan) xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga davlat ulushi sifatida kiritish. Bunda yer uchastkasi qiymatini baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan bozor qiymatiga nisbatan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan koeffitsiyentni bevosita toʻlash majburiyatini olgan talabgorga birinchi darajali mezon sifatida “25” ball beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
6. Maksimal ball 100 ga teng boʻlib, u muhimlilik darajasidan kelib chiqib mezonlar boʻyicha quyidagicha taqsimlanadi:
a) birinchi darajali mezonga “0” balldan “25” ballgacha;
b) ikkinchi darajali mezonga “0” balldan “25” ballgacha;
v) uchinchi darajali mezonga “0” balldan “20” ballgacha;
g) toʻrtinchi darajali mezonga “0” balldan “15” ballgacha;
d) beshinchi darajali mezonga “0” balldan “10” ballgacha;
e) oltinchi darajali mezonga “0” balldan “5” ballgacha.
Mezonlarning muhimlilik darajasi taklif etilayotgan loyihaning xususiyatidan kelib chiqib Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
7. Mezonlar boʻyicha ball Hukumat komissiyasi tomonidan beriladi. Jami toʻplangan ball mezonlarning muhimlilik darajasidan kelib chiqib quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Tball=(Ttk/Tmaks)×Mmaks
bunda:
Tball — talabgorning baholanayotgan mezon boʻyicha olgan balli;
Ttk — talabgorning tegishli mezon boʻyicha bergan taklifidagi koʻrsatkich;
Tmaks — talabgorlar tomonidan tegishli mezon boʻyicha berilgan takliflari orasidagi eng yuqori koʻrsatkich;
Mmaks — tegishli mezon boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan muhimlilik darajasidan kelib chiqib belgilangan maksimal ball.
8. Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasi Vazirlar Mahkamasining hujjati asosida:
a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno):
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar — 30 yil muddatga;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar — 49 yildan oshmaydigan muddatga;
b) xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, shuningdek chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga 25 yilgacha boʻlgan muddatga ijaraga beriladi.
9. Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish quyidagi uchta bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqich — yer uchastkasini tanlash va yer uchastkasiga oid materiallarni tayyorlash;
ikkinchi bosqich — yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiqligini aniqlash va muqobil taklif qabul qilish boʻyicha eʼlon berish;
uchinchi bosqich — takliflarni baholash va gʻolibni aniqlash.
11. Boʻsh turgan yer uchastkasi boʻyicha hujjatlar yigʻma jildini tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat kadastrlari palatasi) tomonidan “YERELEKTRON” AAT orqali amalga oshiriladi.
12. Yer uchastkasi boʻyicha hujjatlar yigʻma jildini tayyorlash uchun Davlat kadastrlari palatasi tomonidan Yer tuzish, davlat yer kadastri va yerlarni monitoring qilish boʻyicha loyiha-izlanish ishlariga ketadigan vaqtning namunaviy meʼyorlariga muvofiq haq ushbu Reglamentning 56-bandiga muvofiq tartibda qoplab beriladi.
Yer tuzish, davlat yer kadastri va yerlarni monitoring qilish boʻyicha loyiha-izlanish ishlariga ketadigan vaqtning namunaviy meʼyorlari Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
2-bob. Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasini tanlash va yer uchastkasi boʻyicha hujjatlar yigʻma jildini tayyorlash tartibi
13. Talabgor yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Ishchi organga davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq ariza bilan murojaat etadi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish bosqichlari, usullari, mexanizmlari va asoslantirilgan hisob-kitob maʼlumotlari (biznes-reja);
talabgor tomonidan muqaddam muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalar toʻgʻrisida maʼlumot (portfolio);
yirik investitsiya loyihasi boʻyicha taqdimot materiallari.
Arizada yer uchastkasi qiymatini baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan bozor qiymatiga nisbatan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan koeffitsiyentni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bevosita yoki boʻlib-boʻlib toʻlash yoxud talabgor tomonidan tashkil etilgan (tashkil etiladigan) xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga davlat ulushi sifatida kiritish koʻrsatiladi.
(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
(13-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Kafolat mablagʻi kelib tushganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlangandan soʻng ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Ishchi organga avtomatik ravishda yuboriladi.
14. Ariza davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilganda murojaatchidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Ariza Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etilganda, murojaatchidan Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etganda toʻlanadigan summaning 90 foizi miqdorida yigʻim toʻlanadi.
Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
(14-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
60 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga;
0,5 foizi — toʻlovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Ishchi organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
(14-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
0,5 foizi — toʻlovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
55 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Ishchi organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatilganda yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ariza qaytarib olinganda yoki talabgor gʻolib deb topilmaganda ushbu yigʻim summasi qaytarib berilmaydi.
15. Ishchi organ kelib tushgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni 3 ish kuni ichida koʻrib chiqadi.
Ushbu Reglamentning 13-bandida qayd etilgan barcha hujjatlar toʻliq mavjud boʻlmasa, Ishchi organ hujjatlarni talabgorga bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklarni koʻrsatgan holda qaytaradi.
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlardan boshqa asoslarga koʻra hujjatlarni qaytarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
16. Talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmasa, Ishchi organ yirik investitsiya loyihasini Hukumat komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
17. Hukumat komissiyasi yirik investitsiya loyihasi kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida ushbu loyihani konseptual jihatdan koʻrib chiqadi va uni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi boʻyicha aniq asos va sabablarni koʻrsatgan holda qaror qabul qiladi.
Hukumat komissiyasining qarorlari u qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechikmagan holda Ishchi organning rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalarida davlat tilida, rus va ingliz tillarida eʼlon qilinadi.
18. Hukumat komissiyasi tomonidan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiq emasligi boʻyicha qaror qabul qilingan taqdirda, muqobil taklif qabul qilish boʻyicha eʼlon berilmaydi va tanlov oʻtkazilmaydi.
Bunda, talabgor yirik investitsiya loyihasi va uni amalga oshirish uchun tanlangan yer uchastkasini qayta koʻrib chiqib, umumiy tartibda qayta murojaat etishi mumkin.
19. Hukumat komissiyasi yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiq deb qaror qabul qilgan taqdirda ushbu qaror qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechikmagan holda Davlat kadastrlari palatasiga ariza boʻyicha boʻsh turgan yer uchastkasini aniqlash boʻyicha soʻrov yuboradi.
20. Davlat kadastrlari palatasi soʻrov kelib tushgan kundan boshlab 20 ish kuni ichida elektron shaklda yer uchastkasi boʻyicha hujjatlar yigʻma jildini tayyorlaydi va uni Ishchi organga yuboradi.
Yer uchastkasi boʻyicha hujjatlar yigʻma jildiga (keyingi oʻrinlarda — hujjatlar yigʻma jildi) quyidagilar ilova qilinadi:
yer uchastkasi, jumladan, maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi, mavjud majburiyatlar, qaysi maqsadga moʻljallanayotganligi, zarur holda ball boniteti va boshqalar haqida qisqacha maʼlumot;
yer uchastkasini topografik xaritada (koordinatali nuqtalari bilan), yer uchastkasining chegaralari va manzillarini (aholi punkti va koʻchalar, koʻcha boʻlmaganda esa — mavjud obyektdan metr hisobidagi masofa koʻrsatiladi) hamda yer osti va yer usti muhandislik tarmoqlari M 1:500 dan M 1:1000 gacha kattalikda koʻrsatilgan holda joylashtirish rejasi;
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari koʻrsatilgan vaziyat bilan bogʻliq sxema;
yer uchastkasining kamida ikki tomondan oʻrab turgan obyektlar bilan birgalikdagi fotosurati (15x20 sm);
loyihalashtirilayotgan obyektlar boʻyicha — atrof muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi bayonot loyihasi.
21. Ishchi organ ushbu Reglamentning 20-bandida nazarda tutilgan hujjatlar yigʻma jildini olgandan soʻng, 2 ish kuni ichida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining ixtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalariga davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun yuboradi. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish bilan bogʻliq xarajatlar ushbu Reglamentning 56-bandiga muvofiq tartibda qoplab beriladi.
Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish Davlat ekologiya qoʻmitasining ixtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi va davlat ekologik ekspertizasi xulosasini Ishchi organga yuboradi.
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi ijobiy yoki salbiy boʻlishi mumkin.
Salbiy xulosada qonunchilik normalariga tayangan holda yer uchastkasini ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan aniq sabablari koʻrsatiladi.
Bunda, boshqa yer uchastkasi boʻyicha hujjatlar yigʻma jildini tayyorlash umumiy tartibda amalga oshiriladi.
22. Ishchi organ davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olgandan soʻng, uni hamda hujjatlar yigʻma jildini 2 ish kuni ichida tegishli xulosa olish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda — qurilish bosh boshqarmasi) yuboradi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
23. Shaharsozlik hujjati mavjud boʻlgan taqdirda, qurilish bosh boshqarmasi 3 ish kuni ichida hujjatlar yigʻma jildini koʻrib chiqadi, tanlangan yer uchastkasi boʻyicha xulosa tayyorlaydi.
Xulosada shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etish talablari bayon etiladi.
24. Shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, qurilish bosh boshqarmasi Ishchi organdan hujjatlar yigʻma jildini olgandan soʻng 3 ish kunidan kechiktirmasdan uni koʻrib chiqadi hamda oʻz xulosasini ilova qilgan holda, hududiy arxitektura shaharsozlik kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Kengash) kelishish uchun yuboradi.
Kengash 5 ish kunidan kechiktirmasdan navbatdagi majlisda hujjatlar yigʻma jildini koʻrib chiqadi hamda materiallarni elektron raqamli imzosini qoʻyish yoʻli bilan kelishadi hamda kelishilgan materiallarni qurilish bosh boshqarmasiga yuboriladi.
25. Qurilish bosh boshqarmasi oʻz xulosasini va Kengash tomonidan kelishilgan materiallarni “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda 1 ish kuni ichida Ishchi organga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yuboradi.
Bunda xulosa ijobiy yoki salbiy boʻlishi mumkin.
Ijobiy xulosada yer uchastkasidan foydalanish huquqi egasiga nisbatan shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Salbiy xulosada qonunchilik normalariga tayangan holda yer uchastkasini ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi hamda tegishli yer uchastkasini boshqa mos keladigan joydan tanlash haqida taklif beriladi.
Kengash materiallarni kelishishdan bosh tortgan taqdirda, qurilish bosh boshqarmasiga Kengash yigʻilishining bayonnomasi rad etishni asoslagan va qonunchilik hujjati normasini aniq koʻrsatgan holda, yer uchastkasi joyini koʻchirish haqidagi taklif bilan yuboriladi.
26. Qurilish bosh boshqarmasi salbiy xulosa bergan yoki Kengash bilan kelishish rad etilgan taqdirda, Ishchi organ yer uchastkasi materiallarini qayta ishlash, shu jumladan berilgan xulosaga muvofiq ajratiladigan yer uchastkasi joylashuvini oʻzgartirish (kelishishni rad etish sabablarini asoslagan holda) huquqiga ega.
Bunda, Ishchi organ 2 ish kuni ichida qurilish bosh boshqarmasining salbiy xulosasi yoki Kengashning kelishishni rad etish bayon qilingan taklifni koʻrib chiqadi hamda hujjatlar yigʻma jildini qurilish bosh boshqarmasining xulosasi yoki Kengash yigʻilishining bayonnomasini ilova qilgan holda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga qayta ishlash uchun yuboradi.
Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi 10 ish kuni ichida hujjatlar yigʻma jildini qayta ishlaydi, hujjatlar yigʻma jildini shakllantiradi va uni Ishchi organga takroran yuboradi.
Bunda yangilangan hujjatlar yigʻma jildini qayta ishlash va tayyorlash boʻyicha ishlar uchun haq undirilmaydi.
Ishchi organ hujjatlar yigʻma jildini olgandan keyin 1 ish kuni ichida uni qurilish bosh boshqarmasiga mazkur Reglamentning 23 va 24-bandlarida belgilangan tartibda xulosa olish yoki Kengash kelishuvini olish uchun takroran yuboradi.
27. Qurilish bosh boshqarmasi ijobiy xulosasi yoki Kengash bilan elektron shaklda kelishuvi olingan kundan keyin 1 ish kuni ichida Ishchi organ hujjatlar yigʻma jildini quyidagi vakolatli tashkilotlarga yuboradi:
a) xulosa olish uchun quyidagi davlat organlari va tashkilotlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalariga:
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi;
(27-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati;
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi;
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi;
Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining hududiy boshqarmasiga — madaniy meros yodgorliklari muhofaza qilinadigan zonada joylashgan yer uchastkalari boʻyicha;
(27-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
tegishli hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanadigan hamda ulardan foydalanadigan tashkilotga — boʻsh yer uchastkalari sanoat yerlari, temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlardagi yerlar tarkibiga kirgan hududlarda joylashganda;
Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining hududiy organlariga — boʻsh yer uchastkasi avtomobil turar joylari va yoʻl harakati xavfsizligiga taʼsir qiladigan boshqa obyektlar uchun ajratilganda;
Turizm va sport vazirligining hududiy bosh boshqarmasiga — turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun belgilangan va turistik rekreatsion zonalarda joylashgan yer uchastkalari boʻyicha.
Yer uchastkalarining joylashuvi ularning bosh rejalarida, shuningdek, batafsil rejalashtirish loyihalarida belgilangan hamda shaharsozlik faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan funksional maqsadiga mos keladigan aholi punktlaridagi yer uchastkalariga oid materiallar boʻyicha sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hamda Davlat yongʻin nazorati organining xulosalarini olish talab etilmaydi.
28. Vakolatli tashkilotlar hujjatlar yigʻma jildi kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida hujjatlar yigʻma jildini kelishadi yoki tegishli xulosalar beradi.
29. Vakolatli tashkilotning xulosasi “YERELEKTRON” AAT orqali elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron shaklda yoki xulosaning koʻchirilgan nusxasi tarzida Ishchi organga yuboriladi. Bunda ijobiy yoki salbiy xulosa berilishi mumkin.
Ijobiy xulosada yer uchastkasidan foydalanish huquqi egasiga nisbatan shaharsozlik, sanitariya, tabiatni muhofaza qilish, yongʻinga qarshi va boshqa faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Salbiy xulosada qonunchilik hujjatining aniq normasiga tayangan holda boʻsh yer uchastkasini ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi.
30. Yer uchastkalari boʻyicha materiallarni kelishish tegishli yer uchastkasi boʻyicha rozilik rezolyutsiyasini vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash yoʻli bilan “YERELEKTRON” AAT orqali amalga oshiriladi.
Kelishuv hech qanday izohlar va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Kelishuv rad etilgan holatda, Ishchi organga “YERELEKTRON” AAT orqali vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzda xat yoki xatning koʻchirilgan nusxasi qonunchilik hujjatlarining aniq normasiga tayangan holda, boʻsh yer uchastkasini ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatib yuboriladi.
31. Vakolatli tashkilot bilan kelishilmaganda yoki salbiy xulosa olinganda, Ishchi organ hujjatlar yigʻma jildini qayta ishlab, ularni ushbu Reglamentga muvofiq takroran kelishish (ular boʻyicha xulosa olish) huquqiga ega.
32. Vakolatli tashkilotlar salbiy xulosa bergan taqdirda yoki kelishuvni rad etish toʻgʻrisida xat yoʻllagan taqdirda, Ishchi organ vakolatli tashkilotlarning eʼtirozlaridan kelib chiqqan holda, 3 ish kuni ichida yer uchastkasining joylashgan joyini va hujjatlar yigʻma jildini qayta koʻrib chiqib, vakolatli tashkilotlarning xulosa va xatlarini ilova qilgan holda, ularni Davlat kadastrlari palatasiga qayta ishlash uchun yuboradi.
Bunda, Davlat kadastrlari palatasi 3 ish kuni ichida hujjatlar yigʻma jildini qayta ishlaydi hamda Ishchi organga takroran yuboradi. Hujjatlar yigʻma jildini qayta ishlash va yangilangan materiallar tayyorlash ishlari uchun toʻlov undirilmaydi.
33. Ajratiladigan yer uchastkasining joylashgan joyi qayta koʻrib chiqilgandan soʻng va qayta ishlangan materiallar olingach, Ishchi organ keyingi ish kunidan kechiktirmasdan hujjatlar yigʻma jildini ushbu Reglamentning 23 — 30-bandlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun vakolatli tashkilotlarga takroran yuboradi.
Bunda takroran yuborilgan hujjatlar yigʻma jildi vakolatli tashkilotlar tomonidan 2 ish kuni ichida koʻrib chiqilishi kerak.
34. Ishchi organ qurilish bosh boshqarmasi, Kengashning va vakolatli tashkilotlarning ijobiy xulosalarini olib va kelishuvlarini olgandan keyin 2 ish kuni ichida hujjatlar yigʻma jildini Hukumat komissiyasiga taqdim etadi.
3-bob. Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish
35. Hukumat komissiyasi hujjatlar yigʻma jildi kelib tushgan kunidan keyingi ish kunidan kechikmagan holda mezonlarning muhimlilik darajasini belgilash hamda birinchi talabgorning arizasida koʻrsatilgan faoliyat yoʻnalishi boʻyicha muqobil taklif qabul qilish boʻyicha eʼlon berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ushbu qaror u qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechikmagan holda Ishchi organga yuboriladi.
36. Ishchi organ, Hukumat komissiyasi qarori kelib tushgan kunidan keyingi ish kunidan kechikmagan holda, muqobil taklif qabul qilish boʻyicha oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon joylashtiradi. Eʼlonda quyidagilar koʻrsatiladi:
a) yirik investitsiya loyihasi yoʻnalishi (faoliyat turi);
b) taklif etilayotgan yer uchastkasi haqida maʼlumotlar (manzili, maydoni va boshqalar);
v) Hukumat komissiyasi qarori bilan belgilangan mezonlarning muhimlilik darajasi ketma-ketligi;
g) takliflarni qabul qilishning toʻxtatiladigan vaqti va sanasi.
Yirik investitsiya loyihasi boʻyicha muqobil takliflar ushbu Reglamentning 13-14-bandlariga muvofiq taqdim etiladi.
37. Eʼlon qoʻshimcha ravishda markaziy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi lozim.
38. Yirik investitsiya loyihasiga muqobil takliflar Ishchi organning rasmiy veb-saytida eʼlon berilgan kundan boshlab 60 kun davomida (60-kun soat 24-00 ga qadar) qabul qilinadi.
Eʼlonda koʻrsatilgan muqobil takliflar qabul qilishning vaqti yakunlangandan soʻng, takliflar qabul qilinmaydi.
Talabgorlar muqobil takliflar qabul qilish muddati davomida oʻz muqobil takliflarini oʻzgartirishi yoki qaytarib olishga haqli.
39. Yirik investitsiya loyihasiga berilgan muqobil takliflar ishchi organ tomonidan ushbu Reglamentning 15 va 16-bandlarida nazarda tutilgan tartibda va muddatda Hukumat komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Ishchi organ tomonidan muqobil takliflar oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
40. Hukumat komissiyasi majlislari, agar ularning ishida Hukumat komissiyasi aʼzolarining umumiy sonining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Zarurat boʻlganda, Hukumat komissiyasi majlisiga loyihaning xususiyatiga qarab vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari taklif qilinadi.
Majlisni oʻtkazishga kvorum boʻlmagan taqdirda, Hukumat komissiyasi qaroriga asosan majlis boshqa kunga qoldiriladi.
Ishchi organ Hukumat komissiyasi majlisini oʻtkazish sanasi va joyi haqida ushbu majlis oʻtkaziladigan kundan kamida 2 kun oldin oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon beradi.
41. Hukumat komissiyasi majlislarida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishi mumkin, ularning ishtirokini cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
42. Hukumat komissiyasi majlisini oʻtkazish vakolatli boʻlganda takliflar talabgorlarning ishtirokida koʻrib chiqiladi hamda ushbu Reglamentning 7-bandida koʻrsatilgan tartibda baholanadi.
Bunda, belgilangan tartibda chaqirilgan talabgor Hukumat komissiyasi majlisiga kelmagan taqdirda, Hukumat komissiyasi majlisi davom ettirilishi mumkin.
Berilgan ballarning yigʻindisiga koʻra, eng yuqori ball toʻplagan taklif yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha eng yaxshi taklif deb tanlab olinadi hamda qaror bilan tasdiqlanadi.
43. Hukumat komissiyasi qarorida quyidagilar koʻrsatiladi:
a) komissiya rahbari, komissiya aʼzolari hamda kun tartibi toʻgʻrisida maʼlumot;
b) yirik investitsiya loyihasi boʻyicha kelib tushgan talabgorlarning muqobil takliflari toʻgʻrisida maʼlumot;
v) komissiya aʼzolari tomonidan talabgorlarning muqobil takliflariga berilgan ballar toʻgʻrisida maʼlumot;
g) gʻolib toʻgʻrisida maʼlumot.
Hukumat komissiyasi qarori komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
44. Hukumat komissiyasi majlislari audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi hamda Ishchi organning rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translyatsiya qilinadi.
45. Agar talabgorlarning takliflariga berilgan ballar teng boʻlib qolsa, ular orasidan birinchi darajali mezon boʻyicha yuqori ball olgan yirik investitsiya loyihasi tanlab olinadi. Bunda ham berilgan ballar teng boʻlib qolsa, davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali erta ariza bergan talabgor gʻolib deb topiladi.
46. Ishchi organ Hukumat komissiyasi qarori asosida yer uchastkasini ijaraga berish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining hujjati loyihasini tayyorlaydi va belgilangan tartibda Hukumatga kiritadi.
Yer uchastkasini ijaraga berish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasining hujjati loyihasida mazkur Reglamentning 5-bandidagi yirik investitsiya loyihasi boʻyicha takliflarni baholash mezonlaridan kelib chiqib, investitsiya majburiyatlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarida qonunchilikda belgilangan asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalashtirish, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari koʻrsatiladi.
(46-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
47. Yer uchastkasini ijaraga berish toʻgʻrisidagi Hukumatga kiritilgan hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
48. Yer uchastkasini ijaraga berish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasining hujjati qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni ichida Ishchi organga yuboriladi.
Ishchi organ 1 ish kuni ichida Vazirlar Mahkamasi hujjatini tegishli tuman (shahar) hokimligi va gʻolibga taqdim etadi.
Vazirlar Mahkamasi hujjati gʻolib va tegishli tuman (shahar) hokimligi oʻrtasida yer ijara shartnomasini imzolash uchun asos hisoblanadi.
Tuman (shahar) hokimligi Vazirlar Mahkamasi hujjati kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida Yer ijara shartnomasini tuzish boʻyicha gʻolibga taklif yuboradi. Yer ijara shartnomasida gʻolibning investitsiya majburiyatlari ham aks ettiriladi.
49. Yer ijara shartnomasi imzolangan kundan keyingi ish kuni uning nusxalari tuman (shahar) hokimligi tomonidan:
a) davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalariga — yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun;
b) ishchi organga — investitsiya majburiyatlarini monitoring qilib borish uchun yuboriladi.
50. Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida talabgor nomiga yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqining yer ijara shartnomasi kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlaydi.
(50-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar ushbu Reglamentning 56-bandiga muvofiq tartibda undiriladi.
51. Ajratilgan yer uchastkasida yirik investitsiya loyihasini amalga oshirishni boshlashga yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin yoʻl qoʻyiladi.
52. Vazirlar Mahkamasi mustaqil ravishda ushbu Reglamentning 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan mezonlar boʻyicha shartlarni koʻrsatgan holda yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha eʼlon berishga haqli.
Eʼlon boʻyicha takliflar ushbu Reglamentga muvofiq taqdim etiladi va koʻrib chiqiladi.
53. Agar ushbu Reglamentning 38-bandida nazarda tutilgan muddat ichida muqobil taklif kelib tushmasa, birinchi taklifni bergan talabgor yagona ishtirokchi sifatida baholanmagan holda gʻolib deb topiladi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
56. Yer uchastkasi boʻyicha hujjatlar yigʻma jildini tayyorlash, davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish hamda yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar gʻolibning mablagʻlari hisobidan Vazirlar Mahkamasining hujjati qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kuni ichida qoplab beriladi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
4-bob. Yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish hamda yerga boʻlgan huquq turini oʻzgartirish tartibi
57. Yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish hamda yerga boʻlgan huquq turini oʻzgartirishga quyidagi asoslarga koʻra yoʻl qoʻyiladi:
a) investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilganligi — ishchi organning ijobiy xulosasi asosida;
b) yer qonunchiligi hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻyilmaganligi — Kadastr agentligining ijobiy xulosasi asosida;
v) tuproq unumdorligining pasaymaganligi, unumdor qatlam olinmaganligi, qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilganligi — Qishloq xoʻjaligi vazirligining ijobiy xulosasi asosida, basharti ajratilgan yer uchastkasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻlsa.
58. Gʻolib ushbu Reglamentning 8-bandida koʻrsatilgan ijara muddatining kamida uchdan ikki qismi oʻtgandan soʻng, biroq ijara muddati yakunlanishiga kamida 6 oy qolgunga qadar yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish yoki yerga boʻlgan huquq turini oʻzgartirishni soʻrab ishchi organga ariza berishga haqli.
59. Ishchi organ:
a) 2 ish kuni ichida yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish yoki yerga boʻlgan huquq turini oʻzgartirish yuzasidan talabgorning arizasini koʻrib chiqadi hamda xulosa taqdim etish uchun Kadastr agentligi va (yoki) Qishloq xoʻjaligi vazirligiga soʻrov yuboradi;
b) 5 ish kuni ichida investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilganligi yoki bajarilmaganligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi.
60. Soʻrov kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida:
a) Kadastr agentligi yerdan foydalanuvchi tomonidan ijara muddati davomida yer qonunchiligi hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi yoki yoʻl qoʻyilmaganligi toʻgʻrisida;
b) Qishloq xoʻjaligi vazirligi tuproq unumdorligining pasayganligi yoki pasaymaganligi, unumdor qatlam olinganligi yoki olinmaganligi, qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilganligi yoki ekilmaganligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi va ishchi organga yuboradi.
61. Ishchi organ talabgorning arizasini unga oʻzining hamda Kadastr agentligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining xulosalarini ilova qilgan holda Hukumat komissiyasiga yuboradi.
62. Hukumat komissiyasi talabgorning arizasi va taqdim etilgan xulosalarni 5 ish kuni ichida koʻrib chiqib, yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish yoki yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini oʻzgartirish maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqadi.
63. Ushbu Reglamentning 57-bandida nazarda tutilgan xulosalarning biri yoki bir nechtasi salbiy boʻlsa, yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish maqsadga muvofiq emas deb topilishiga asos hisoblanadi.
64. Quyidagilar yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini oʻzgartirish maqsadga muvofiq emas deb topilishiga asos hisoblanadi:
a) ushbu Reglamentning 57-bandida nazarda tutilgan xulosalarning biri yoki bir nechtasi salbiy boʻlishi;
b) “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan yer uchastkasi xususiylashtirilmaydigan yer uchastkasi boʻlganida hamda ijarachi yer uchastkalarini xususiylashtirish subyektlari hisoblanmaganda.
65. Hukumat komissiyasi tomonidan yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish yoki yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini oʻzgartirish maqsadga muvofiq deb topilganda, ishchi organ tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
66. Vazirlar Mahkamasi tegishli yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish yoki unga boʻlgan ijara huquqini “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonun talablari asosida oʻzgartirilishi toʻgʻrisidagi hujjatni belgilangan tartibda qabul qiladi va uning nusxasi ijarachiga yuborilishini taʼminlaydi.
67. Ijarachi Vazirlar Mahkamasining hujjati asosida:
a) tuman (shahar) hokimligi bilan ushbu Reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan muddatga yer ijara shartnomasi tuzadi;
b) “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq yer uchastkasini xususiylashtirishi mumkin.
Bunday holatda investitsiya majburiyatlari yuklatilmaydi.
68. Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlaydi.
5-bob. Investitsiya majburiyatlari ijrosini monitoring qilish tartibi
69. Investitsiya majburiyatlari ijrosining monitoringi Ishchi organning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
70. Yer uchastkasidan maqsadli va samarali foydalanish ustidan davlat nazorati Kadastr agentligining, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari boʻyicha esa — Qishloq xoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
71. Ishchi organ, Kadastr agentligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmalari birgalikda har chorakda bir marotaba investitsiya loyihasi amalga oshirilishi va investitsiya majburiyatlari ijrosini hamda ajratilgan yer uchastkasidan maqsadli va samarali foydalanish holatlarini monitoring qilib boradi.
Ishchi organning hududiy boshqarmalari investitsiya loyihasi ijrosining monitoringi amalga oshiriladigan kun va vaqt haqida kamida uch kun oldin talabgorni yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Monitoring natijalari boʻyicha talabgor hamda Investitsiya vazirligi, Kadastr agentligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmalari vakillari ishtirokida monitoring dalolatnomasi tuziladi hamda toʻrt nusxada tasdiqlanadi.
Monitoring dalolatnomasining bir nusxasi talabgorga topshiriladi hamda qolgan uchta nusxasi Investitsiya vazirligi, Kadastr agentligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmalarida saqlanadi.
72. Monitoring davomida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ajratilgan yer uchastkasidan belgilangandan koʻra boshqa maqsadlarda foydalanish yoki yer uchastkasi oʻz vaqtida foydalanishga kiritilmaganligi, investitsiya majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi holatlari aniqlanganda yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Mazkur Reglamentga muvofiq qoʻlga kiritilgan yer uchastkasida qurilgan bino va inshootlar investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilmagunga qadar begonalashtirilishi mumkin emas. Investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilmasdan bino va inshootlarni begonalashtirish investitsiya majburiyatlarini buzish deb baholanadi va yerga boʻlgan huquqni bekor qilishga asos boʻladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
73. Investitsiya majburiyatlari doirasida yuzaga kelgan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq taraflarning oʻzaro kelishuvi yoki sud tartibida hal etiladi.
74. Talabgorlar ushbu Reglament talablari buzilishi, Ishchi organ, Kadastr agentligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining xulosalari hamda ularning hududiy boshqarmalari monitoring dalolatnomasi, Hukumat komissiyasi qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishlari mumkin.
75. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish
I. Yer uchastkasini tanlash va yer uchastkasiga oid materiallarni tayyorlash
1-bosqich
Talabgor
Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali Ishchi organga ariza va tegishli hujjatlarni yuboradi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Talabgorning arizasi va hujjatlarini koʻrib chiqadi:
1. Hujjatlarda kamchiliklar aniqlansa ularni koʻrsatgan holda talabgorga qaytaradi.
2. Hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmasa, Hukumat komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
3 ish kunida
3-bosqich
Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi
Hujjatlarni konseptual jihatdan koʻrib chiqadi va yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi boʻyicha qaror qabul qiladi.
10 ish kunida
Qabul qilingan qarorni Ishchi organning rasmiy veb-sayti va OAVda eʼlon qiladi.
(Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiq emasligi boʻyicha qaror qabul qilingan taqdirda muqobil taklif qabul qilish boʻyicha eʼlon berilmaydi va tanlov oʻtkazilmaydi)
Qaror qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechikmay
Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiq deb qaror qabul qilingan taqdirda Davlat kadastrlari palatasiga boʻsh turgan yer uchastkasini aniqlash boʻyicha soʻrov yuboradi.
Qaror qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechikmay
4-bosqich
Davlat kadastrlari palatasi
Yer uchastkasi boʻyicha hujjatlar yigʻma jildini va unga ilova qilinadigan materiallarni tayyorlaydi hamda ularni Ishchi organga yuboradi.
20 ish kunida
5-bosqich
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Yer uchastkasi boʻyicha hujjatlar yigʻma jildini va unga ilova qilinadigan materiallarni tegishli Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining ixtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalariga davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun yuboradi.
2 ish kunida
6-bosqich
Davlat ekologiya qoʻmitasining ixtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari
Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazadi va davlat ekologik ekspertizasi xulosasini Ishchi organga yuboradi.
Qonunchilikda belgilangan muddatlarda
7-bosqich
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olgandan soʻng, uni hamda yer uchastkasi boʻyicha hujjatlar yigʻma jildini tegishli xulosa olish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga yuboradi.
2 ish kuni ichida
8-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga
Shaharsozlik hujjati mavjud boʻlgan taqdirda hujjatlar yigʻma jildini koʻrib chiqadi, tanlangan yer uchastkasi boʻyicha xulosa tayyorlaydi.
3 ish kuni ichida
Shaharsozlik hujjati mavjud boʻlmagan taqdirda esa hujjatlar yigʻma jildini hududiy arxitektura shaharsozlik kengashiga yuboradi.
Arxitektura shaharsozlik kengashi
Hujjatlar yigʻma jildini koʻrib chiqadi va materiallarni kelishadi hamda ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga yuboradi.
5 ish kuni ichida
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga
Oʻz xulosasini va Arxitektura shaharsozlik kengashi tomonidan kelishilgan materiallarni “YERELEKTRON” AAT orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda Ishchi organga yuboradi.
1 ish kuni ichida
9-bosqich
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Hujjatlar yigʻma jildini vakolatli organlarga xulosa olish va kelishish uchun “YERELEKTRON” AAT orqali yuboradi.
1 ish kuni ichida
10-bosqich
Vakolatli tashkilotlar (Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Kadastr agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi, Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi)
Hujjatlar yigʻma jildini vakolat doirasida “YERELEKTRON” AAT orqali rozilik rezolyutsiyasini qoʻygan holda kelishadi yoki tegishli xulosalar yuboradi.
5 ish kuni ichida
11-bosqich
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Ijobiy xulosalar hamda rozilik rezolyutsiyalari olingandan soʻng, ularni hamda hujjatlar yigʻma jildini Hukumat komissiyasiga taqdim etadi.
2 ish kuni ichida
II. Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiqligi aniqlash va muqobil taklif qabul qilish boʻyicha eʼlon berish
12-bosqich
Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi
Mezonlarning muhimlilik darajasini belgilash hamda muqobil taklif qabul qilish boʻyicha eʼlon berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Qabul qilgan qarorni Ishchi organga yuboradi.
1 ish kuni ichida
1 ish kuni ichida
13-bosqich
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Muqobil taklif qabul qilish boʻyicha eʼlon beradi.
1 ish kuni ichida
14-bosqich
Talabgorlar
Ishchi organga muqobil taklif taqdim etadi.
60 kun davomida
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Talabgorlarning muqobil taklifini koʻrib chiqib Hukumat komissiyasiga yuboradi.
Taklif kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida
III. Takliflarni baholash va gʻolibni aniqlash
15-bosqich
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Hukumat komissiyasi majlisini oʻtkazish sanasi va joyi haqida eʼlon beradi.
Majlis oʻtkaziladigan kundan kamida 2 kun oldin
16-bosqich
Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi
Takliflarni talabgorlarning ishtirokida koʻrib chiqadi, baholaydi, gʻolibni aniqlaydi va tegishli qaror qabul qiladi.
(Hukumat komissiyasining majlislari jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi hamda Ishchi organning rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translyatsiya qilib boriladi)
Majlis davomida
17-bosqich
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Hukumat komissiyasi qarori asosida yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida hujjat loyihasini tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
2 ish kuni ichida
18-bosqich
Vazirlar Mahkamasi
Hujjat loyihasini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi.
10 ish kuni ichida
Tasdiqlangan qarorni Ishchi organga yuboradi.
1 ish kuni ichida
19-bosqich
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Vazirlar Mahkamasining qarorini tegishli tuman (shahar) hokimligi va gʻolibga taqdim etadi.
1 ish kuni ichida
20-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi
Yer ijara shartnomasini tuzish boʻyicha gʻolibga taklif yuboradi.
3 ish kuni ichida
Imzolangan Yer ijara shartnomasini nusxalarini:
a) Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmalariga — yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun;
b) ishchi organga — investitsiya majburiyatlarini monitoring qilib borish uchun yuboradi.
Shartnomasi imzolangan kundan keyingi ish kuni
21-bosqich
Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmalari
Yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlaydi.
2 ish kuni ichida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish boʻyicha
kiritiladigan (jalb qilinadigan) investitsiya miqdori
AQSH dollarda koʻrsatiladi
3.2
ishlab chiqariladigan jami mahsulotlardan eksport qilinadigan mahsulotlarning ulushi
foizda koʻrsatiladi
3.3
faoliyatida yuqori texnologiya va ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning umumiy mahsulotlariga nisbatan ulushi
foizda koʻrsatiladi
3.4
rejalashtirilgan yillik tovar aylanmasi miqdori
soʻmda koʻrsatiladi
3.5
ish bilan taʼminlanadigan fuqarolarning oʻrtacha yillik soni
raqamda
koʻrsatiladi
3.6
yer uchastkasi qiymatini baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan bozor qiymatiga nisbatan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan koeffitsiyentni bevosita yoki boʻlib-boʻlib toʻlash yoxud talabgor tomonidan tashkil etilgan (tashkil etiladigan) xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga davlat ulushi sifatida kiritishga oid maʼlumot.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)