1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha huquqiy eksperimentni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-iyuldagi “Toshkent shahrini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-112-son Farmoniga muvofiq:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyuldagi PQ-232-son “Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
1. Toshkent shahrida 2031-yil 1-yanvarga qadar huquqiy eksperiment tariqasida davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash tartibi joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-iyuldagi PQ-279-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2026-y., 07/26/279/0795-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-maydagi 236-son “2022 — 2026-yillarda Toshkent shahri hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
2. Belgilansinki, Toshkent shahri va tumanlar hokimliklari hamda ular tarkibidagi korxona va muassasalarga tegishli mulklarning (keyingi oʻrinlarda — munitsipal mulklar) hisobini yuritish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish doirasida:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.03 Munitsipal mulk;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
a) 2023-yil 1-oktabrdan boshlab Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi, Soliq qoʻmitasi va boshqa davlat organlari axborot tizimlaridagi munitsipal mulklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu tizimlarni oʻzaro integratsiya qilish orqali “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga yuklanadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.03 Munitsipal mulk;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
b) 2024-yil 1-yanvardan boshlab munitsipal mulklarning har biriga nisbatan “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya)ning loyiha ofislari takliflari asosida Toshkent shahri hokimligi tomonidan samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari belgilanadi va ularning bajarilishi Kompaniya tomonidan monitoring qilinadi;
v) Toshkent shahrida joylashgan:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari hamda kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdorlari har yili 31-dekabrgacha Toshkent shahri hokimligi tomonidan bozor tamoyillari asosida belgilanadi. Bunda, ijara toʻlovlarining miqdori oldingi yil uchun belgilangan minimal ijara summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim;
yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqi baholovchi tashkilot tomonidan aniqlangan boshlangʻich qiymatda auksion savdolariga chiqariladi.
3. 2023-yil 1-oktabrdan boshlab Toshkent shahrida ushbu qarorga 1-ilovada belgilangan obyektlar negizida Kompaniya tomonidan loyiha qiymati 5 million AQSH dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etilsin:
davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi va loyihani baholash hujjatini ishlab chiqish oʻrniga loyihani amalga oshirish shartlarini belgilash orqali davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishga ruxsat etiladi. Bunda Toshkent shahrida soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining manzilli roʻyxati Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda shartnomalar tuzilgandan soʻng Iqtisodiyot va moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladi;
davlat-xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha bitim tuzish huquqi “E-auksion” platformasida oʻtkaziladigan auksion savdolari natijalari boʻyicha beriladi. Bunda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni tuzish huquqining boshlangʻich qiymati Toshkent shahri hokimligi tomonidan belgilanadi va ushbu huquqni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)ga yoʻnaltiriladi;
kapital qurilmalar qurmaslik, muhandislik tarmoqlariga zarar yetkazmaslik va obyektlar faoliyatiga toʻsqinlik qilmaslik shartlari bilan yer ostida muhandislik tarmoqlari oʻtgan yoki tashqi muhandislik tarmoqlari muhofaza zonasida joylashgan hududlarda davlat-xususiy sheriklik loyihasini vakolatli organlar bilan kelishilgan holda amalga oshirishga ruxsat etiladi;
vakolatli organlar bilan kelishilgan taqdirda kanal va ochiq kollektorlarning qirgʻoq hududlari muhofaza zonasidan 5 metrgacha masofani saqlagan holda davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishga ruxsat etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PF-202-sonli Farmoni tahririda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
4. Kompaniyaga ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq yoʻnalishlar boʻyicha obyekt (mahsulot)ni barpo etish (ishlab chiqish)dan boshlab foydalanishga topshirish va kelgusida ekspluatatsiya qilish (qoʻllab-quvvatlash)gacha boʻlgan barcha jarayonlardagi ishlarni davlat xaridlari doirasida “hayotiy davr shartnomasi” asosida bitta tadbirkorlik subyekti bilan hamkorlikda amalga oshirishga ruxsat etilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
5. Toshkent shahrida qurilishlarni yagona yondashuv asosida muvofiqlashtirish va tartibsiz qurilishlarning oldini olish hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurilishlar hajmiga mos ravishda modernizatsiya qilishni moliyalashtirish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha Toshkent shahri hokimligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
a) yer uchastkalarini qurilish uchun tegishli ruxsat berish va loyiha hujjatlari rasmiylashtirilgan holda tayyor biznes shaklida tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun auksion savdolariga chiqarish tartibini joriy etish;
b) Kompaniya huzuridagi “Qurilishlarni muvofiqlashtirish” loyiha ofisi rahbarini Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi raisi oʻrinbosari etib belgilash;
v) 2024-yil 1-yanvardan boshlab yangi obyektlarni loyihalashtirishda ularning qavatlari sonini mazkur hududning bosh rejasida (batafsil rejalashtirish loyihasida, master rejada yoki qurish loyihasida) belgilangan parametrlardan (qavatlar sonidan) 1,5 baravargacha oshirishga ruxsat etish tartibini joriy etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
g) 2024-yil 1-yanvardan boshlab muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismini quyidagi miqdorlarda shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha toʻlov qiymatiga kiritish va uni bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati bilan toʻliq Jamgʻarmaga yoʻnaltirish (bundan budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar, yakka tartibdagi uy-joylar hamda nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari mustasno):
(5-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 07/24/403/0955-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadigan qurilish hajmining har bir kub metri uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida;
(5-band “g” kichik bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-martdagi PQ-138-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2024-y., 07/24/138/0238-son)
obyektlarning qavatlar soni belgilangan parametrlardan oshirilganda qoʻshimcha qurilish hajmining har bir kub metri uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida.
Bunda, ushbu miqdorlarga xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qarori asosida 0,5 dan 2 gacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar daha, massiv, mahalla va koʻcha kesimida qoʻllanilishi mumkin.
d) munitsipal mulklar (bekatlar, vending uchun yer maydonlari, jarima maydonlari, avtomobillarning avtomatlashtirilgan yoʻl boʻyi pullik toʻxtash joylari, chiqindi toʻplash shoxobchalari, tadbirkorlik subyektlariga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash boʻlgan yer uchastkalari va ijtimoiy yoʻnalish boʻyicha boshqa loyihalar uchun moʻljallangan yer uchastkalari) negizidagi loyihalarga tadbirkorlik subyektlarini jalb etish maqsadida ularni davlat mulki sifatida ijaraga berish uchun elektron onlayn auksion savdolariga chiqarishda boshlangʻich narxni va ijara muddatini (10 yildan oshmagan holda) hamda ijara shartlarini (ijara stavkalarini tasdiqlash, yagona lotga birlashtirish, ijtimoiy va investitsion majburiyatlar yuklash, qayta ijaraga berish huquqini berish) loyiha konsepsiyasidan kelib chiqib, Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan belgilash;
Bunda ushbu loyihalar uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari va koʻchmas mulk obyektlarining (bekatlar, vending uchun yer maydonlari, jarima maydonlari, avtomobillarning avtomatlashtirilgan yoʻl boʻyi pullik toʻxtash joylari, chiqindi toʻplash shoxobchalari, tadbirkorlik subyektlariga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash boʻlgan yer uchastkalari va ijtimoiy yoʻnalish boʻyicha boshqa loyihalar uchun moʻljallangan yer uchastkalari) kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda Toshkent shahar va tumanlar hokimliklari hamda ularning tarkibiy tashkilotlari barcha toʻlov va yigʻimlardan ozod qilinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PF-202-sonli Farmoniga asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyuldagi PQ-232-son “Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
51. Belgilansinki, 2027-yil 1-yanvarga qadar xususiylashtirilishi belgilangan munitsipal mulklarni sotishdan tushgan mablagʻlar (savdoga chiqarish va sotish xarajatlarini chegirgan holda) Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining Toshkent shahar gʻaznachilik xizmati boshqarmasida Toshkent shahar hokimligi uchun ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari sifatida ochiladigan alohida gʻaznachilik hisobvaragʻida jamlanadi. Bunda ushbu mablagʻlar Toshkent shahar hokimi qaroriga asosan Toshkent shahar hokimligining qarzdorligini, shu jumladan, budjet ssudalari, tijorat banklaridan jalb qilingan kreditlarni, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy va maʼnaviy zararlarni qoplashga hamda tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi PQ-363-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar]
6. Toshkent shahrida kommunal xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqish, mahsulot va xizmatlarning tannarxini pasaytirish hamda kommunal xoʻjaligi korxonalari faoliyatini transformatsiya qilish yoʻnalishida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar]
Kompaniya huzuridagi “Kommunal sohani rivojlantirish” loyiha ofisi tomonidan Toshkent shahrida joylashgan gaz, suv, issiqlik va elektr energiyasi taʼminoti hamda chiqindilarni olib chiqib ketish korxonalari va ularning filiallari (keyingi oʻrinlarda — kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari) faoliyati boshqaruv organlari bilan hamkorlikda muvofiqlashtiriladi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar]
“Kommunal sohani rivojlantirish” loyiha ofisi kommunal xizmat koʻrsatish korxonalarining faoliyatini tahlil qilgan holda, ulardagi yoʻqotishlarni kamaytirish, tarmoqlardagi uzilishlarni bartaraf etish hamda faoliyatini transformatsiya qilish yuzasidan mazkur korxonalarning boshqaruv organlariga takliflarni kiritadi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar]
Loyiha ofisining takliflari kommunal xizmat koʻrsatish korxonalarining boshqaruv organlari tomonidan ikki hafta muddatda koʻrib chiqiladi va natijasi yuzasidan Loyiha ofisi xabardor qilinadi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar]
2024-yil 1-yanvarga qadar kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari axborot tizimlarini “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga integratsiya qilish orqali muammolarni aniqlash va tezkor hal etish tizimi joriy qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyuldagi 443-son qarori bilan tasdiqlangan “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida davlat organlari va tashkilotlarining oʻzaro elektron hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti]
7. Toshkent shahri hokimligining 2024-yil 1-martdan quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilsin:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti]
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ korxonalarining Toshkent shahri filiallarini “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ va “Toshkent shahar gaz taʼminoti” MCHJ sifatida qayta tashkil etish;
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ, “Toshkent shahar gaz taʼminoti” MCHJ ustav kapitallaridagi davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli ulushlarning 10 foizini ustav fondidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga Kompaniyaga oʻtkazish.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2026-y., 06/26/140/0792-son)
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi PQ-425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
8. Suv resurslaridan samarali foydalanish va tarmoqlardagi yoʻqotishlarni kamaytirish yoʻnalishida Toshkent shahri hokimligining quyidagi takliflari qoʻllab-quvvatlansin:
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-140-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2026-y., 06/26/140/0792-son)
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
2024-yil 1-yanvardan oqar suv, jumladan texnik suv resurslaridan toʻlov asosida foydalanish (bundan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan belgilanadigan alohida yoʻnalish va toifadagi tadbirkorlik subyektlari mustasno).
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PF-101-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida suv xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
9. Belgilansinki, Kompaniya bilan kelishilgan holda:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
ichimlik va oqova suvning tannarxi va isteʼmolchilarga realizatsiya qilish summasi oʻrtasidagi farq maqsadli ravishda Toshkent shahridagi ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini qurish va modernizatsiya qilishga sarflanadi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
oqar suv, jumladan texnik suv resurslaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish jamgʻarmasida jamlanib, kanallarni modernizatsiya qilish uchun yoʻnaltiriladi.
10. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
2024 — 2030-yillarda Toshkent shahridagi kanallar hududlarini obodonlashtirish orqali xiyobonlar, sayilgohlar va dam olish maydonchalarini tashkil etish dasturi 3-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
Toshkent shahrida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha huquqiy eksperimentni oʻtkazish yuzasidan “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda, Toshkent shahri hokimligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorga 3-ilovaga muvofiq obyektlarni barpo etish uchun zarur mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasining 2024 — 2030-yillar uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda inobatga olsin.
11. Toshkent shahri hokimligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼulva shaxsiy javobgar etib Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Sh.B. Umurzakov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 26-iyul,
PQ-236-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-iyuldagi PQ-236-son qaroriga 1-ILOVA
Toshkent shahrida soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirilishi mumkin boʻlgan obyektlar
ROʻYXATI
1.
Madaniyat va istirohat bogʻlari.
2.
Xiyobonlar.
3.
Sayilgohlar.
4.
Bulvarlar.
5.
Kanal va ochiq kollektorlarning qirgʻoq hududlari.
Izoh: mazkur roʻyxatga Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarori bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(izoh Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PF-202-sonli Farmoni tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-iyuldagi PQ-236-son qaroriga 2-ILOVA
“Hayotiy davr shartnomasi” asosida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan ishlar
ROʻYXATI
1. Avtomobil yoʻllari, shu jumladan yoʻlboʻyi infratuzilmasi obyektlarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ularni saqlash.
2. Kommunal xoʻjaligi sohasidagi obyektlarni (shu jumladan gaz, elektr, issiqlik va suv taʼminoti, suv chiqarib tashlash, oqova suvlarni tozalash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash, utilizatsiya qilish, joylashtirish, zararsizlantirish va koʻmish obyektlari) loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ularni saqlash.
3. Ijtimoiy soha obyektlarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, jihozlash va ularni saqlash.
4. Dasturiy taʼminotlarni (axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari, maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari, dasturiy-apparat komplekslari) loyihalashtirish, ishlab chiqish, ishga tushirish va kelgusida qoʻllab-quvvatlash.
Izoh: mazkur roʻyxatga Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-iyuldagi PQ-236-son qaroriga 3-ILOVA
2024 — 2030-yillarda Toshkent shahridagi kanallar hududlarini obodonlashtirish orqali xiyobonlar, sayilgohlar va dam olish maydonchalarini tashkil etish
DASTURI
T/r
Kanal nomi
Umumiy uzunligi (km)
Muhofaza hududi (m)
Obyekt manzili
Amalga oshirish mexanizmi
Uzunligi (km)
Talab etiladigan mablagʻlar (mlrd soʻm)
Jami: 46 ta obyekt
109,2
923,3
2024 — 2030-yillarda amalga oshiriladigan ishlar
1.
“Boʻzsuv”
24,6
15
Yunusobod tumani, Toshkent kichik halqa avtomobil yoʻli koʻchasidan Xotira maydonigacha
Qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish
5,3
52,8
2.
Yunusobod tumani, A. Temur koʻchasidan Toshkent kichik halqa avtomobil yoʻli koʻchasigacha
1,4
14,2
3.
Chilonzor tumani, GESdan Furqat koʻchasigacha
0,6
6,3
4.
Chilonzor tumani, Seul koʻchasi boʻylab
0,6
5,9
5.
Chilonzor tumani, Bogʻiston koʻchasi boʻylab
0,6
6,2
6.
Chilonzor tumani, GESdan Toshkent kichik halqa avtomobil yoʻli koʻchasigacha
0,4
3,4
7.
“Anhor”
8,7
10
Chilonzor tumani, Beshyogʻoch koʻchasidan Afrosiyob koʻchasigacha
Qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish
0,4
4,5
8.
Chilonzor tumani, Afrosiyob koʻchasidan (Muz saroyi hududi tugashidan) Furqat koʻchasigacha
0,3
3,3
9.
Chilonzor tumani, Seul koʻchasidan Muqimiy koʻchasigacha
2,5
24,6
10.
Chilonzor tumani, Toshkent kichik halqa avtomobil yoʻli koʻchasidan Singapur menejmentni rivojlantirish institutigacha
0,4
3,9
11.
Chilonzor tumani, Isxakova koʻchasidan Naqqoshlik mahallasigacha
1,0
9,7
Jami: 11 ta obyekt
13,5
134,8
2024 — 2026-yillarda amalga oshiriladigan ishlar
1.
“Qorasuv”
17,8
10
Mirobod tumani, Abdurauf Fitrat koʻchasidan Eski Otchopar koʻchasigacha
Qirgʻoqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish
ushbu ilovaga Vazirlar Mahkamasi qarori bilan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin;
ushbu ilovadagi loyihalar parametrlari loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-iyuldagi PQ-236-son qaroriga 4-ILOVA
Toshkent shahrida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha huquqiy eksperimentni oʻtkazish yuzasidan
“YOʻL XARITASI”
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Amalga oshirish shakli
Amalga oshirish muddati
Masʼul ijrochilar
1.
Davlat organlarining axborot tizimlaridagi munitsipal mulklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga integratsiya qilish.
Amaliy chora-tadbirlar
2023-yil sentabr
Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortikov), Kadastr agentligi (Poʻlatov), Soliq qoʻmitasi (Fayzibayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Pekos), manfaatdor vazirlik va idoralar
2.
Munitsipal mulklarning har biriga nisbatan samaradorlikning muhim koʻrsatkichlarini belgilash.
Toshkent shahri hokimi qarori
Har yili dekabr
Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), “Toshkent Invest kompaniyasi” AJ
3.
Davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini hamda kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdorlarini belgilash.
Toshkent shahri hokimi qarori
Har yili dekabr
Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)
4.
Yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqini baholovchi tashkilot tomonidan aniqlangan boshlangʻich qiymatda auksion savdolariga chiqarish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2023-yil sentabr
Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Kadastr agentligi (Poʻlatov)
5.
Toshkent shahri hududidagi barcha avtomobil yoʻllarida qurilish, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va loyihalash ishlari, yoʻl boʻylarini obodonlashtirish, foto va video qayd etish va harakatni tashkil etish vositalarini oʻrnatish, chorrahalar boshqaruv tizimini joriy etish, reklama konstruksiyalari va elektromobillarni quvvatlash shoxobchalarini oʻrnatish, transport vositalari toʻxtash joylari, bekatlar, piyodalar va velosiped yoʻlaklarini tashkil etish hamda bino va inshootlarning tashqi koʻrinishi (fasadi) qiyofasini shakllantirishni tartibga soluvchi mavjud mexanizmlarni qayta koʻrib chiqish, ularni yagona yondashuvlar asosida takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2024-yil fevral
Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Transport vazirligi (Maxkamov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov)
6.
Toshkent shahri hokimligi tasarrufiga oʻtkaziladigan davlatga tegishli kanal boʻylari, xiyobonlar, bogʻlar, transport vositalarining toʻxtash joylari, yer osti va yer usti piyodalar yoʻlaklari, koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar va yer usti metrosi ostidagi hududlar va boshqa boʻsh yerlar roʻyxatini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2023-yil noyabr
Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Transport vazirligi (Maxkamov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortikov), Kadastr agentligi (Poʻlatov)
7.
Obyektlar faoliyatidan kelib chiqib, ularning amaldagi holati, shu jumladan atrof-muhitni yaxshilash, arxitektura qiyofasini saqlash, aholiga hordiq chiqarish uchun qulayliklar yaratishni nazarda tutgan holda, Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibini hamda 2023 — 2025-yillarda Toshkent shahrida amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining manzilli roʻyxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2023-yil oktabr
Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev)
8.
“Hayotiy davr shartnomasi” asosida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2023-yil sentabr
Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev)
9.
Mulk egalariga tegishli binolarga tutash hududlarda mavsumiy kafe, savdo, xizmat koʻrsatish va boshqa tijorat maqsadlarida faoliyatni tashkil etish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda, yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun bozor tamoyillari asosida narx belgilash va yillik ijara haqini har oyda teng ulushlarda toʻlab borish tartibini nazarda tutish.
Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev), Kadastr agentligi (Poʻlatov)
10.
Yangi obyektlarni loyihalashtirishda ularning qavatlari sonini mazkur hududning bosh rejasida (batafsil rejalashtirish loyihasida, master rejada yoki qurish loyihasida) obyektlar uchun belgilangan parametrlardan (qavatlar sonidan) 1,5 baravargacha oshirishga ruxsat berish tartibini belgilash.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2023-yil oktabr
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Adilov), Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)
11.
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismini shaharsozlik faoliyati obyektini qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha toʻlov qiymatiga kiritish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2023-yil oktabr
Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Adilov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev)
12.
Quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektromobillarni tezkor quvvatlash shoxobchalari tomonidan sotilgan elektr energiyasiga ustama oʻrnatish va mazkur mablagʻlarni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga yoʻnaltirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2023-yil dekabr
Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev)
13.
Kommunal sohadagi korxonalarning faoliyatini tahlil qilgan holda, ulardagi yoʻqotishlarni kamaytirish, tarmoqlardagi uzilishlarni bartaraf etish hamda ushbu korxonalar faoliyatini transformatsiya qilish.
Chora-tadbirlar rejasi
2024-yil yanvar
Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)
14.
Kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari axborot tizimlarini “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga integratsiya qilish.
Kommunal toʻlovlarini yagona billing tizimiga oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
Amaliy chora-tadbirlar
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2023-yil dekabr
2024-yil iyun
Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Pekos), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Zakirov)
15.
Oqar suvlarni toʻliq hisobga olish, ulardan foydalanish boʻyicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida monitoring tizimini yoʻlga qoʻyish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2023-yil noyabr
Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Xamrayev)
16.
Toshkent shahrining markazlashgan issiqlik taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida yopiq tizimga oʻtish davrini 10 yildan 5 yilga qisqartirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2023-yil oktabr
Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)
17.
Toshkent shahrining markazlashgan issiqlik taʼminoti tizimiga ulangan koʻp qavatli uylarning ichki isitish va issiq suv taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2023-yil oktabr
Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)
18.
Qiymati 50 mln AQSH dollari boʻlgan investitsiya loyihasi doirasida “Maxsustrans” DUKga qarashli Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi “Shahar chiqindixonasi” poligoni hududida yiliga 1 mln tonnagacha qattiq maishiy chiqindilarni saralash va muqobil energiya ishlab chiqarishga ega boʻlgan zavod qurish loyihasini amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
Chora-tadbirlar rejasi
2023-yil sentabr
Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (Abduxakimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov)
19.
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish” loyihasi doirasida:
OTB kredit mablagʻlarini Toshkent shahri mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan qaytarish;
loyihani amalga oshirish muddatini 2024-yil 31-dekabrga qadar uzaytirish;
loyiha doirasida iqtisod qilingan kredit mablagʻlarini “Maxsustrans” DUK moddiy texnika bazasini rivojlantirishga yoʻnaltirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2023-yil sentabr
Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiyev)
20.
“Maxsustrans” DUKga unga biriktirib berilgan hududlardagi chiqindi toʻplash shoxobchalari va yer maydonlarini hamda boshqa zarur joylar va bino-inshootlarni ajratish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xususan chiqindi tashuvchi texnikalarni xarid qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2023-yil noyabr
Toshkent shahri hokimligi (Umurzakov)
Izoh: ushbu ilovadagi chora-tadbirlarni amalga oshirish shakli tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki birlashtirilishi mumkin.