1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2019-2028-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “1992-yilda Rio-de-Janeyroda imzolangan Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiyaga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida” 1995-yil 6-maydagi 82-I-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni taʼminlash, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va kengaytirish, tabiiy ekologik tizimlarning tanazzulga uchrashi surʼatlarini pasaytirish, hayvonlar va oʻsimliklarning kamyob va yoʻqolib borayotgan turlarini qayta tiklash, bioxilma-xillikni saqlab qolish sohasidagi xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
1. Quyidagilar:
a) 2019 — 2028-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi (keyingi oʻrinlarda Strategiya deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Strategiya quyidagi ustuvor vazifalar amalga oshirilishini nazarda tutadi:
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maydonlarini mamlakat hududining 12 foiziga yetkazish;
Orol dengizining qurigan tubida oʻrmonzorlashtirish ishlarini olib borish va uning maydonini 1,2 million gektarga yetkazish;
Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida jayronlar bosh sonini 1000 ga yetkazish;
davlat qoʻriqxonalaridagi etalon ekotizimlarda bioxilma-xillik komponentlari uchun monitoring olib borishning markaziy boʻgʻinli yagona tizimini yaratish;
zamonaviy geoaxborot texnologiyalari (GIS-texnologiyalar) asosida bioxilma-xillikning davlat monitoringi va davlat kadastri yagona axborot maʼlumotlar bazasini yaratish;
har yili 2 mln gektar maydonda tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi oʻsimliklarni geobotanik tekshiruvdan oʻtkazish;
bioxilma-xillikni saqlab qolish masalalarini iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga integratsiyalash;
b) 2019 — 2028-yillar davrida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Harakatlar rejasi (keyingi oʻrinlarda Harakatlar rejasi deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tasdiqlangan Strategiya va uni amalga oshirish boʻyicha Harakatlar rejasi hayotga joriy etilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga yuklansin.
3. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda tarmoqlarni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishda ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarning keyinchalik tegishli yilga Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritish taklif qilinayotgan loyihalar bilan oʻzaro bogʻliqligini taʼminlasinlar;
har yili yil yakuni boʻyicha Harakatlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishi holati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga axborot kiritsinlar.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T .Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-iyun,
484-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 484-son qaroriga 1-ILOVA
2019 — 2028-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash
STRATEGIYASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekistonda biologik xilma-xillikni tiklash va saqlash — ekologik xavfsizlikni taʼminlash va mamlakatning barqaror rivojlanishi, shuningdek, iqlim oʻzgarishining yuz berayotgan jarayonlariga moslashishning ishonchli yoʻli.
Oʻzbekiston Respublikasi 1995-yildan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi oʻrinlarda BMT deb ataladi) Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi Konvensiyasining Tomoni hisoblanadi va oʻziga quyidagi majburiyatlarni olgan:
biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishning yoki mavjud rejalar va dasturlarga moslashtirishning milliy strategiyalari, rejalari va dasturlarini ishlab chiqish;
biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanish uchun uning muhim ahamiyatga ega boʻlgan qismlarini belgilash;
biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini taʼminlash maqsadida mavjud muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni kengaytirish va yangilarini tashkil etish;
tanazzulga uchragan ekotizimlarni tiklash hamda kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi turlarini tiklash chora-tadbirlarini koʻrish.
Biologik xilma-xillikni saqlash boʻyicha Birinchi milliy strategiya va Harakatlar rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 1-apreldagi 139-son qarori bilan maʼqullangan edi.
Mana shu tufayli biologik xilma-xillikni saqlash sohasidagi koʻplab loyihalar Global ekologik jamgʻarma (keyingi oʻrinlarda GEJ deb ataladi), Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (keyingi oʻrinlarda BMTTD deb ataladi), Yovvoyi tabiatni qoʻriqlash jahon jamgʻarmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan xalqaro qoʻllab-quvvatlandi.
Ushbu Strategiya doirasida atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha bir qator milliy va mahalliy dasturlar va rejalarga biologik xilma-xillikni saqlash masalalari kiritildi va biologik xilma-xillikni saqlash sohasida qirqqa yaqin xalqaro loyihalar amalga oshirildi. Natijada yerlarning tanazzulga uchrashini sekinlashtirishga, choʻllanish jarayonlarini qisqartirishga, tabiiy resurslardan nobarqaror foydalanishning boshqa salbiy oqibatlarini susaytirishga erishildi.
Erishilgan natijalarga qaramay, tabiiy ekotizimlarga va yovvoyi hayvonlar va oʻsimliklar koʻpayishiga salbiy omillarning taʼsiri davom etmoqda. Biologik xilma-xillik komponentlari samarali muhofaza qilinishini davom ettirish uchun tizimli yondashuvni qoʻllash talab qilinadi, ham hayvonlarning oʻzini, ham ular yashash joyini muhofaza qilish boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish zarur.
2. Ushbu 2019 — 2028-yillar davrida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi (keyingi oʻrinlarda Strategiya deb ataladi) ustuvor yoʻnalishlarni, maqsadlar va vazifalarni, rejalashtirishni, ularga samarali erishish usullarini, shuningdek, uzoq muddatli istiqbolga biologik xilma-xillikni saqlash va undan foydalanish sohasida barqaror tizimni shakllantirish va rivojlantirish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishi bosqichlarini belgilashga qaratilgan.
1-§. Oʻzbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikning joriy holati
4. Oʻzbekiston hududi tabiiy ekotizimlarning nihoyatda xilma-xilligi bilan tavsiflanadi. Tekis mintaqalarda choʻl ekotizimlari, togʻ ekotizimlarida esa balandlik zonalari mavjud, togʻ ekotizimlarining asosiy tiplariga muvofiq boʻlgan bir qancha zonal-iqlim poyaslari aniq namoyon boʻladi.
Daryo va qirgʻoqboʻyi ekotizimlari ham tekkislikda, ham togʻli mintaqalarda joylashgan, ularning har birida oʻziga xos yashash joyi mavjud. Suv-botqoqlik ekotizimlari asosan mamlakatning tekislik hududlarida joylashgan.
5. Oʻzbekiston hududi uchun tabiiy ekotizimlarning beshta asosiy tipi ajratilgan. Bular:
choʻl va yarimchoʻl;
togʻoldi va pastkam togʻli joylar;
togʻ ekotizimlari;
daryo va qirgʻoqboʻyi ekotizimlari;
suvli-botqoq joylar ekotizimlari.
6. Har bir ekotizimda kompleks tabiiy komponentlar mavjud. Ular muayyan oʻsimliklar dunyosi va hayvonlarning rivojlanishi, yashash va oʻsishini belgilaydi. Ekotizimlarning har bir tipi boshqa ekotizimlar bilan oʻzaro hamkorlikda mamlakatning umumiy ekologik yaxlitligini saqlash va muayyan ekotizim xizmatlari koʻrsatishda noyob oʻrin tutadi.
7. Oʻzbekistonning bioxilma-xilligi hozirgi paytda maʼlum boʻlgan 27 mingtaga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Ular orasida yuksak oʻsimliklar, poʻpanaklar, lishayniklar (suv oʻtlari bilan qoplangan zamburugʻlar), qoʻziqorinlar va suv oʻtlari) umuman olganda 11 mingtaga yaqin turni tashkil etadi, fauna turlari — 15,6 mingta turdan ortiq. Oʻzbekiston oliy tomirli oʻsimliklari endemizmi qariyb 8%. Qadimdan saqlanib qolgan endemiklar endemik turlar umumiy sonining 10 — 12 foizini tashkil etadi.
8. Hozirgi vaqtda zoologik tadqiqotlarning butun davrida mamlakat hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan turlarni oʻz ichiga oladigan Oʻzbekiston umurtqali hayvonlar faunasi beshta sinfni ifodalaydi va 715 ta turni oʻz ichiga oladi, ulardan 77 tasi baliq turlari, 3 tasi amfibiyalar turlari, 61 tasi sudralib yuruvchilar turlari, 467 tasi qushlar turlari va 107 tasi sut emizuvchilar turlaridir.
9. Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning endemikasi umurtqali hayvonlarning 53 ta turi va kenja turini ifodalaydi. Sudralib yuruvchilarda endemizm koʻrsatkichi 50 foizga teng, sut emizuvchilar sinfi endemizmi darajasi pastroq — 14% va qushlar sinfi uchun endemiklar soni koʻp emas — 1,7%. Baliqlar orasida endemizm darajasi 50 foizdan ortiqqa yetadi.
2-§. Hayvonlar va oʻsimliklarning kamyob va yoʻqolib borayotgan turlari
10. Antropogen taʼsir ostida kuchayayotgan tabiiy ekotizimlarning umumiy tanazzuli va fragmentatsiyasi areallarning va ham kamyob, ham resurs (ovlanadigan) turlarning soni qisqarishiga olib keldi. Bunday turlar yovvoyi tabiatda yoʻqolib ketish xavfiga ega va Qizil kitobga kiritish uchun tavsiya qilingan.
11. Hayvonlarning 207 ta turi va kenja turlari kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi turli toifalarga kiritilgan, ulardan 184 tasi Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan (2009-y.), ulardan sut emizuvchilarning 24 turi, qushlarning 48 turi, reptiliylarning 16 turi, baliqlarning 17 turi, boʻgʻimli chuvalchanglarning 3 ta turi, molyuskalarning 14 ta turi, boʻgʻimoyoqlilarning 60 turi mavjud.
12. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil kitobiga hayvonlarning 73 ta turi va kenja turlari kiritilgan. Ularning kelajagi global koʻlamda tashvish uygʻotadi.
13. Yoʻqolib ketish xavfi ostidagi turlar bilan xalqaro savdo qilish toʻgʻrisidagi konvensiyaga Ilovaga hayvonlarning 88 ta turi va kenja turlari kiritilgan.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobining oxirgi nashri (2009-y.) yuksak oʻsimliklarning 321 turini va zamburugʻlarning uch turini oʻz ichiga oladi. Oldingi nashrlar bilan taqqoslaganda 23 tur chiqarib tashlangan, boshqa tomondan esa kamyob deb eʼtirof etilgan oʻsimliklarning 11 yangi turi kiritilgan, 7 turi ular tabiatda koʻpayganligi munosabati bilan “kamyob” maqomidan “qisqarib borayotgan” maqomiga kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobida “Yoʻqolib ketgan” maqomi bilan 18 tur mavjudligini alohida taʼkidlash zarur.
3-§. Hayvonlarning yashash joylari va ularni qoʻriqlash
15. Hayvonlar turlarining tabiiy yashash joylari qisqarishi va sezilarli darajada transformatsiyasi biologik xilma-xillik uchun asosiy xavf hisoblanadi. Bunda kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi turgʻun, avtoxton turlar, endemiklar koʻproq eng zaif holatdadir.
16. Gʻarbiy Tyonshon va Pomir-Oloyning toʻqayzorlari, qadimdan saqlanib qolgan yongʻoqzorlari va boshqa mevali oʻrmonlari, suvli-botqoq joylar va shu kabilar yoʻqolib ketish xavfi ostidagi va muhim jahon ahamiyatiga ega boʻlgan hayvonlar turlarining yashash joylari hisoblanadi.
17. Keyingi oʻn yillikda tabiatdan jadal foydalanish natijasida Oʻzbekiston hayvonlarining ayrim turlari antropogen taʼsirga uchradi, shu munosabat bilan ularning areali va soni kamaydi, hayvonlarning ayrim turlari yoʻqolib ketish xavfi ostida yoki batamom yoʻqoldi. Koʻplab hayvonlarning soni hali tahlikali darajaga yetmadi, biroq izchil qisqarib bormoqda. Yashash joylarining tanazzulga uchrashi va toʻgʻridan-toʻgʻri qirish eng avvalo yirik yirtqich hayvonlar va tuyoqli sut emizuvchilar hissasiga toʻgʻri keldi.
18. Tabiatga doimiy ravishda kuchayib borayotgan antropogen taʼsir respublikaning barcha mintaqalarida ildizli oʻsimliklar sezilarli darajada oʻzgarishiga olib keldi. Oʻsimlik qoplamasining hozirgi holati biomassaning siyrakligi, mahsuldorligining pastligi, oʻrmonlar maydonining qisqarishi, ikkilamchi oʻsimliklar dunyosi va hayvonlar toʻdalari va oʻsimliklarning muqobil (inson tomonidan tabiiy arealdan yiroqdagi hududga qasddan keltirilmagan oʻsimliklar), begona turlari keng tarqalishi bilan tavsiflanadi.
19. Hayvonlarning ayrim turlari Oʻzbekiston hududida mavsumiy, yaʼni migratsiya davrida yashaydi. Hayvonlarning migratsiya turlariga sut emizuvchilarni (oqquyruqlar, Buxoro bugʻusi, kulon, ilvirs (togʻ qoploni), qushlarni (turnalar, suvli-botqoq joylar oʻsimliklari va boshqalar), baliqlarni kiritish mumkin.
20. Hayvonlar migratsiyasi, asosan — kuz-bahor davrida amalga oshiriladi. Migratsiya bilan bogʻliq hayvonlarning katta qismi Oʻzbekistonda qishlab qoladi. Bunday holatda hayvonlar sonini hisobga olish, ularni qoʻriqlash va yashash joylarini himoya qilish choralarini koʻrish zarur.
4-§. Oʻrmon va oʻrmondan foydalanish
21. Oʻzbekiston oʻrmonlar kam boʻlgan mamlakat hisoblanadi, biroq oʻrmon ekotizimlari ham xoʻjalik munosabatlarida, ham tabiatni muhofaza qilish munosabatlarida muhim rol oʻynaydi.
Davlat oʻrmon fondi yerlari 11,2 mln gektarni egallaydi, bu respublika umumiy maydonining 25,2 foizini tashkil etadi, ulardan 3,26 mln gektarga yaqini oʻrmonlar bilan qoplangan.
22. Oʻzbekiston oʻrmonlari oʻzining tabiiy tarkibi, mahsuldorligi va bajariladigan funksiyalariga koʻra jiddiy ravishda farqlanadi. Oʻrmonlar asosan qumli choʻllarda — 9,53 mln ga, togʻlarda — 1,12 mln ga, qayirlarda — 0,11 mln ga, shuningdek, vohalarda — 0,26 mln ga joylashgan.
23. 30 ming gektarga yaqinni egallagan toʻqayzorlar uchastkalari Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan va Amudaryo deltasida toʻqayzorlar dastlabki hududining 10 foiziga yaqinni tashkil etadi. Ushbu uchastkalar Oʻzbekistondagi qolgan barcha toʻqayzorlarning 75 foizini va Markaziy Osiyo toʻqayzorlarining 20 foizini tashkil etadi.
24. Toʻqayzorlar maydonining kamayishi kamyob va yoʻqolib borayotgan turlarning qisqarishi sababi hisoblanadi. Toʻqayzorlar massivlari uncha katta boʻlmagan tor polosalar va daryo uvalaridagi alohida uchastkalarda saqlanib qolgan va yovvoyi tabiat uchun muhim ekologik yoʻlaklar hisoblanadi.
5-§. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar
25. Mavjud bioxilma-xillikni saqlab qolish uchun boy tabiiy meros asosida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning toʻlaqonli tarmogʻini tashkil etish Oʻzbekistonni rivojlantirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
26. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, jumladan:
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati;
“Doʻrmon” milliy bogʻi;
“Saygʻoqli” kompleks lanfdashft buyurtmaxonasi;
“Ugom-Chotqol” davlat biosfera rezervati tashkil etilishi respublikaning katta muvaffaqiyati boʻldi.
Shuningdek, Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigini rivojlantirish, Ramsar Konvensiyasi doirasida suvli-botqoq joylar xalqaro roʻyxatiga yangi tabiiy hududlarni kiritish, mamlakatning 51 ta muhim arnetologik hududini xatlovdan oʻtkazish va ularni tavsiflash katta yutuq boʻldi.
27. Bugungi kunda respublikada 7 ta qoʻriqxona (188,3 ming ga), 1 ta kompleks landshaft-buyurtmaxona (628,3 ming ga), 2 ta biosfera rezervati (111,7 ming ga), 3 ta milliy tabiiy bogʻ (558,2 ming ga), 1 ta “Doʻrmon” milliy bogʻi (32,4 ga), 10 ta tabiat yodgorligi (3,8 ming ga), 12 ta buyurtmaxona (572,4 ming ga) va Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigi (165, ming ga), shuningdek, oʻrmon va oʻrmon ovchilik xoʻjaliklari (11,121 mln ga) mavjud.
28. Bioxilma-xillik barqaror saqlanishini taʼminlaydigan muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning (muhofaza qilinadigan landshaftlar — kurort tabiiy hududlar, rekreatsion zonalar, suvni muhofaza qilish zonalari, qirgʻoqboʻyi polosalari, suv obyektlarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalari, yuza va erosti suvlar hosil boʻlishi zonalarisiz) umumiy maydoni 13,2 mln gektarga yaqinni tashkil etadi. Ayni vaqtda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni oʻrmon xoʻjaliklari va oʻrmon-ovchilik xoʻjaliklari hisobga olinmaganda 2079,2 ming gektarni yoki mamlakat hududining 4,64 foizini tashkil etadi.
6-§. Ekoturizm
29. Oʻzbekistonda ekoturizmni rivojlantirish uchun noyob tabiat, har xil landshaftlar (choʻllar, togʻlar, plato, daryolar, koʻllar, sharsharalar), oʻsimlik va hayvonot dunyosining kamyob va yoʻqolib borayotgan turlari, arxeologik topilmalar, poleontologik qoldiqlar, petrogliflar, nodir geologik obyektlar mavjud. Shunga qaramay, respublikada turistlarni tabiiy obyektlarga jalb qilish uchun infratuzilma yetarli darajada rivojlanmagan.
30. Respublikaning ayrim muhofaza qilinadigan tabiiy hududlari turistlarni qabul qilish uchun eng uyushtirilgan va munosib joylar hisoblanadi, chunki ushbu hududlarda belgilangan maydon va chegaralar, turistlar tashrif buyurishi uchun ajratilgan uchastkalar, keluvchilar bilan ishlash tajribasi mavjud, ayrimlarida esa — belgilangan yoʻnalishlar hamda ushbu hudud va uning xususiyatlari boʻyicha muayyan bilimlarga ega boʻlgan xodimlar bor.
31. Biroq qonun hujjatlariga muvofiq ekoturizmni, shu jumladan, rekreatsion faoliyatni amalga oshirish uchun davlat qoʻriqxonalariga, tabiiy bogʻlarning qoʻriqxona zonalariga va biosfera rezervatlariga kirish taqiqlangan.
3-bob. Mavjud xavf-xatarlar va muammolar
32. Oxirgi oʻn yildagi vaziyatni tahlil qilish bioxilma-xillik yoʻqolishi va uning mahsuldorligi pasayishi va ekotizim xizmatlari funksiyalari kamayishining asosiy sabablari jiddiy ravishda oʻzgarmaganligini koʻrsatadi.
33. Biologik xilma-xillikning mavjud xavf-xatarlari asosan iqtisodiyotning biologik resurslardan barqaror foydalanishni hisobga olmasdan rivojlanishi bilan bogʻliqdir.
34. Chorvachilik tabiiy ekotizimlarga salmoqli taʼsir koʻrsatadi. Choʻl, togʻoldi va togʻ hududlarida, ayniqsa qishloq manzilgohlari yaqinida joylashgan zonalarda yaylovlarning tanazzulli tezlashadi.
35. Quyidagilar:
qishloq xoʻjaligi sugʻorishi infratuzilmasining tor yoʻnaltirilgan rivojlanishi va boshqarilishi;
baliqchilik xoʻjaligi sohasida tabiiy resurslarni boshqarish va foydalanishning barqaror boʻlmagan shakllari;
sugʻoriladigan dehqonchilik hosildorligining pastligi va barqaror boʻlmaydigan sugʻorilmaydigan dehqonchilik oʻsib borayotgan xavf-xatarlarga tegishlidir.
Ushbu omillar mamlakat aholisi soni tez oʻsib borishi bilan qoʻshilib barcha resurslardan jadal foydalanishga olib keladi.
36. Aholi soni oʻsishi natijasida aholi punktlari hududi kengaydi, bu ekotizimlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga nisbatan tabiiy ekotizimlarga yuklamani oshirdi.
37. Iqlim oʻzgarishi yerlarning tanazzulga uchrashi va choʻllanish jarayonlarini keltirib chiqaradi va bu bilan biologik xilma-xillikning holatiga taʼsir koʻrsatadi. Ushbu jarayonlar ayniqsa Orolboʻyida, Ustyurt platosida, Qizilqum sahrosida, togʻlardagi oʻrmon massivlarida va togʻoldi tumanlarida jadallik bilan yuz bermoqda.
38. Mavjud tendensiyalar saqlanib qolsa yaqin oʻn yil mobaynida asosiy ekotizim xizmatlarining qoʻldan boy berilishi xavfi oʻsadi. Bundan tashqari, iqlim oʻzgarishi taʼsirning boshqarib boʻlmaydigan omili hisoblanadi, u tanazzulga uchrashi va biologik xilma-xillikning yoʻqolishi borasida qoʻshimcha muammolar keltirib chiqarishi mumkin.
39. Quyidagilar biologik xilma-xillik saqlanib qolishiga toʻsqinlik qilayotgan asosiy muammolar hisoblanadi:
normativ-huquqiy hujjatlarning biologik resurslardan foydalanishni tartibga soluvchi xalqaro standartlarga nomuvofiqligi;
bioxilma-xillik va ekotizim xizmatlari qiymatini iqtisodiy baholash mexanizmlarining mavjud emasligi;
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini va ularning reprezentativ tizimini muqobil boshqarishning mavjud emasligi;
atrof tabiiy muhit, jumladan, bioxilma-xillik davlat kadastri va monitoringi yetarlicha amalga oshirilmasligi;
bioxilma-xillikni saqlash sohasida moliyalashtirish yetarli emasligi;
davlat ekologik ekspertizasi tartibotiga xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyatning bioxilma-xillikka taʼsirini baholash mexanizmlari yetarlicha joriy etilmaganligi;
jamoatchilikning bioxilma-xillikni saqlab qolishdan xabardorligini va ishtiroki darajasining pastligi;
aholi ekologik madaniyatining yetarlicha rivojlanmaganligi.
4-bob. Bioxilma-xillik sohasida xalqaro aloqalar
40. Oʻzbekiston tabiatni muhofaza qilish mintaqaviy va xalqaro jarayonlarining faol ishtirokchisi hisoblanadi. Hamkorlik koʻp tomonlama tabiatni muhofaza qilish shartnomalarini — global ekologik Konvensiyalarni, ikki tomonlama va koʻp tomonlama bitimlar va memorandumlarni amalga oshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bular:
Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiya;
Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisidagi konvensiya;
Xalqaro ahamiyatga ega, ayniqsa suvda suzuvchi qushlarning yashash joylari boʻlgan suvli-botqoq joylar toʻgʻrisidagi konvensiya (Ramsar konvensiyasi);
YUNESKOning butunjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiyasi;
Yovvoyi hayvonlarning migratsion turlarini saqlash boʻyicha konvensiya;
Jiddiy qurgʻoqchilik va/yoki choʻllanishga duchor boʻlgan mamlakatlarda, ayniqsa, Afrikada choʻllanishga qarshi kurashish boʻyicha konvensiya;
Afro-Yevroosiyo migratsiyalanadigan suvli-botqoq joylardagi qushlarni muhofaza qilish boʻyicha bitim;
Oq quyruq, Buxoro bugʻusi, Sibir oq turnasi singari hayvonlarning kamyob migratsiyalanadigan turlarini saqlash boʻyicha oʻzaro tushunish toʻgʻrisidagi memorandumlar;
Sut emizuvchilar boʻyicha Markaziy Osiyo tashabbusi;
Orolni qutqarish Xalqaro jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim.
41. Biologik xilma-xillikni saqlash va tegishli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish doirasida Global ekologik jamgʻarma, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi, BMT TD, BMTning atrof muhit boʻyicha dasturi, YUNESKO, Butunjahon yovvoyi tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi, Tabiatni muhofaza qilish boʻyicha Mixael Zukkov jamgʻarmasi singari xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilinmoqda.
42. Oʻzbekistonda keyingi oʻn besh yilda xalqaro grantlar jalb etilgan holda bir qancha loyihalar amalga oshirildi. Ular doirasida muhofaza qilinadigan tabiiy muhitlarda va ular atrofida bioxilma-xillik va tabiiy resurslarni saqlash va boshqarish, muhofaza qilinadigan tabiiy muhitlar tizimini kengaytirish boʻyicha yangi yondashuvlar namoyish qilindi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish tufayli muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning yangi toifalari tashkil etildi, ularning moddiy-texnika bazasi yaxshilandi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimi mutaxassislari va xodimlarini, shuningdek, respublika kompaniyalari va korxonalari ekologlarini bioxilma-xillikni saqlab qolish boʻyicha yangi ilgʻor yondashuvlarga oʻqitish yaxshilandi.
5-bob. Strategiyaning maqsadlari va vazifalari
43. Ushbu Bioxilma-xillikni saqlash strategiyasining konsepsiyasi Oʻzbekiston rivojlanishning muvozanatli va barqaror shakliga erishishidan, u uzoq muddatli istiqbolda millatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ehtiyojlari bogʻliq boʻlgan ekotizimlarning asosiy xizmatlarini taʼminlaydigan bioxilma-xillikni eʼtirof etishi, baholashi va saqlab qolishidan iboratdir.
44. Strategiyaning maqsadi 2029-yilga kelib bioxilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni, ekotizimlar faoliyat koʻrsatishi va ular tomonidan asosiy xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlash uchun samarali va shoshilinch chora-tadbirlar ishlab chiqilishidan iborat.
45. Bioxilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni, oziq-ovqat xavfsizligini, aholi yashashi uchun qulay muhitni hamda mamlakatni barqaror rivojlantirishni taʼminlash uchun 2029-yilgacha quyidagi strategik maqsadlar belgilandi:
bioxilma-xillik masalalarini davlat hokimiyati boshqaruvi organlari va butun jamiyatning faoliyatiga kiritish;
bioxilma-xillikka toʻgʻridan-toʻgʻri yuklamalarni qisqartirish, uning komponentlaridan oziq-ovqat landshaftlarida barqaror foydalanish;
muhofaza qilinadigan tabiiy muhitlar hududi tizimini rivojlantirish, ekotizim xizmatlari tomonidan taʼminlanadigan afzalliklar hajmini koʻpaytirish;
salohiyatni rejalashtirish, yaratish va moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish yoʻli bilan biologik xilma-xillik saqlash va undan barqaror foydalanish samaradorligini oshirish.
46. Strategiya turli darajalardagi davlat va nodavlat tuzilmalari, aholining kelishilgan saʼy-harakatlarini safarbar qilishga, shuningdek, bioxilma-xillikni saqlab qolish va undan barqaror foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan muayyan yoʻnalishlarni qoʻllab-quvvatlash va amalga oshirishdan manfaatdor boʻlgan donorlarni jalb etishga yoʻnaltirilgan.
47. Biologik xilma-xillik mavzularini davlat hokimiyati boshqaruvi organlari va butun jamiyatning faoliyatiga kiritish uchun:
atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimini takomillashtirish, biologik xilma-xillik komponentlari monitoringi bilan keng qamrab olish hisobiga uning mazmun-mohiyatini kengaytirish;
biologik xilma-xillik qadriyatlari va ekotizim xizmatlari toʻgʻrisida davlat hokimiyati boshqaruvi organlari, shuningdek, jamiyatning barcha qatlamlarining xabardorligi va bilimini oshirish;
biologik xilma-xilliklar qiymati va ekotizimlar xizmatlarini iqtisodiy baholashni ishlab chiqish va uning mexanizmlarini rejalashtirish jarayoniga kiritish;
tashkiliy-texnik, texnologik yechimlarni oʻz ichiga oladigan davlat ekologik ekspertizasi doirasida tabiatni muhofaza qilish tadbirlari iyerarxiyasini nazarda tutuvchi atrof muhitga taʼsir toʻgʻrisidagi bayonotlar loyihalariga xalqaro talablarni ishlab chiqish va joriy etish zarur.
48. Biologik xilma-xillikka toʻgʻridan-toʻgʻri yuklamalarni qisqartirish va uning komponentlaridan oziq-ovqat landshaftlarida barqaror foydalanish uchun:
eng zaif tabiiy ekologik tizimlar tanazzuli va fragmentatsiyasi surʼatlarini pasaytirish boʻyicha kompleks choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini;
takomillashtirilgan huquqiy va metodik asosda suv havzalari va boshqa ekotizimlarning biologik resurslaridan barqaror foydalanishni taʼminlash zarur.
49. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, ekotizimlar xizmatlari bilan taʼminlanadigan afzalliklar hajmini koʻpaytirish uchun:
muhofaza qilinadigan tabiiy hudud tizimini muqobil va samarali boshqarishni va tabiiy bogʻlar, kompleks buyurtmaxonalar va buyurtmaxonalar hisobiga tizim maydonini kengaytirishni;
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligini yuritish uchun foydalaniladigan biologik xilma-xillik komponentlarini saqlash va ulardan barqaror foydalanish davlat dasturi ishlab chiqilishini taʼminlash zarur.
50. Salohiyatni yaratishni rejalashtirish yoʻli bilan biologik xilma-xillikni saqlab qolish va ulardan barqaror foydalanish samaradorligini oshirish uchun milliy, hududiy va tarmoq rivojlanishi rejalarining tarkibiy qismlari sifatida ushbu Strategiyaning qoidalari kiritilishi va amalga oshirilishini taʼminlash zarur.
6-bob. Biologik xilma-xillikni saqlab qolish boʻyicha harakatlarning asosiy yoʻnalishlari
51. Biologik xilma-xillikni toʻgʻrisidagi konvensiyaning Tomonlari konferensiyasi (KT-10) qaroriga muvofiq 2010-yilda Konvensiya tomonlari boʻlgan mamlakatlar yangilashlari va “biologik xilma-xillikni saqlab qolish boʻyicha samarali va yangilangan milliy strategiyalar va harakatlar rejalarini boshlashi” kerak.
52. Strategiya va Strategiyani amalga oshirish boʻyicha Harakatlar rejasi biologik xilma-xillik komponentlarining hozirgi holatini, mamlakatning iqtisodiy, institutsional, huquqiy, taʼlim, ilmiy, axborot xususiyatlarini va boshqa xususiyatlarini tahlil qilishga asoslanishi kerak.
53. Oʻzbekiston tomonidan mustaqillik davrida koʻrilgan biologik xilma-xillikni saqlab qolish va undan barqaror foydalanishga doir saʼy-harakatlar erning tanazzulga uchrashi, choʻllanish, qurgʻoqchilik, areallar va turlar sonining qisqarishi sohasida va tabiiy resurslardan nobarqaror foydalanishning boshqa oqibatlari boʻyicha tendensiyalar uncha katta boʻlmagan sekinlashishiga olib keldi.
Biroq bioxilma-xillik masalalari iqtisodiyotning asosiy sektorlariga zarur darajada integratsiyalashtirilmadi.
54. Uzoq muddatli istiqbolda barqaror rivojlanishga erishish uchun biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanish masalalarini zarur tashkiliy va moliyaviy resurslar yaratilgan holda iqtisodiyotning barcha sektorlarini milliy rivojlantirish rejalariga kiritish zarur.
55. Mamlakatning yanada iqtisodiy rivojlanishi, aholi sonining va tabiiy resurslarga boʻlgan talabning oʻsishi sharoitlarida faqat “yashil iqtisodiyot” prinsiplariga amal qilish mamlakatning ekologik xavfsizligini, erning uzoq muddatli mahsuldorligini taʼminlashga, biologik xilma-xillikni va ekotizimlarning asosiy xizmatlarini saqlab qolishga qodirdir.
56. Biologik xilma-xillik saqlab qolinishi va undan barqaror foydalanishni taʼminlash quyidagi asosiy yoʻnalishlarni amalga oshirish bilan bogʻliqdir:
biologik xilma-xillikni saqlab qolish va undan barqaror foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlari davlat kadastri va monitoringi yuritilishini takomillashtirish;
ushbu sohada siyosatni shakllantirish va kompleks qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan biologik xilma-xillikning holati va ahamiyati toʻgʻrisidagi zamonaviy ilmiy axborotni takomillashtirish;
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish;
eng zaif tabiiy ekologik tizimlar tanazzuli va fragmentatsiyasi surʼatlarini pasaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
hayvonlar va oʻsimliklarning kamyob va yoʻqolib borayotgan turlarini tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
hayvonot va oʻsimliklar dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanish ustidan nazorat qilishni kuchaytirish;
ekologik turizmni rivojlantirish;
biologik xilma-xillikka nisbatan aholining xabardorligi va ekologik madaniyati darajasini oshirish.
1-§. Biologik xilma-xillik sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish
57. Tabiatdan foydalanish sohasidagi faoliyatning huquqiy va qonunchilik asosi 120 tadan ortiq qonunlar va qonunosti hujjatlarini oʻz ichiga oladi, ularning koʻpchiligi toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita biologik xilma-xillik masalalari bilan bogʻliqdir.
Biroq hamon nuqsonlar mavjud, ayniqsa biologik xilma-xillikka salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat loyihalarining atrof muhitga taʼsirini baholash qoʻllanilishiga nisbatan nuqsonlar mavjud.
58. Biologik xilma-xillikning davlat kadastri va monitoringini yuritishning institutsional va qonunchilik asoslarini takomillashtirish zarur. Tabiatdan foydalanishga va uni nazorat qilishga yoʻnaltirilgan qonunosti hujjatlari ham takomillashtirishni talab qiladi. Shuningdek, ham biologik xilma-xillikni saqlab qolish boʻyicha faoliyatni moliyalashtirishni izlash, ham davlat tomonidan ushbu sohaga investitsiyalarni baholash uchun yangi yondashuvlarni ishlab chiqish zarur.
59. Biologik xilma-xillikni saqlab qolish va undan barqaror foydalanish masalalarini iqtisodiyot sektorlariga integratsiyalash bilan bogʻliq muammolarni hal etish uchun qishloq, oʻrmon, baliqchilik xoʻjaligi va akvamadaniyatlar, energetika, yer usti transporti, qazib oluvchi sanoat va turizmning normativ bazalarini takomillashtirishni nazarda tutish zarur.
Bundan tashqari, tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi (yoʻriqnomalar, tartibotlar)ni amaliy qoʻllash mexanizmlarini kuchaytirish zarur.
2-§. Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlari davlat kadastri yuritilishini va monitoringi olib borilishini takomillashtirish
60. Hozirgi vaqtda Atrof tabiiy muhit davlat monitoringining umumiy tuzilmasida biologik xilma-xillik komponentlari yetarlicha ifodalanmasligi kuzatilmoqda.
Shu bilan birga, biologik xilma-xillikning tizimli monitoringini rivojlantirish, shu jumladan, monitoringning tegishli tuzilmalarini va uni amalga oshirish uchun asosiy yoʻnalishlarni rivojlantirish bilan bogʻliq muammolarni hal etish maqsadida muayyan xatti-harakatlar koʻrilmoqda. Respublikaning davlat qoʻriqxonalarida etalon ekotizimlar uchun biologik xilma-xillik monitoringining yagona kelishilgan tizimi ishlab chiqilmoqda.
61. Asoslangan qarorlar qabul qilish uchun biologik xilma-xillik komponentlarining holati va rivojlanishi dinamikasi toʻgʻrisida dolzarb va ishonchli maʼlumotlar mavjudligi zarur.
62. Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlari davlat kadastrini yuritish va monitoring olib borishni takomillashtirish maqsadida biologik xilma-xillik komponentlari monitoringining yagona tizimini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish, biologik xilma-xillik monitoringi usullari va obyektlarini birxillashtirish, biologik xilma-xillik monitoringi maʼlumotlar bazasini rivojlantirish va takomillashtirish zarur.
3-§. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish
63. Respublika muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimi umumiy oʻlchami, tarkibi, konseptual yondashuv, moliyalashtirish prinsiplari nuqtai nazaridan cheklanishlarga ega.
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini takomillashtirish va uni samarali boshqarishni taʼminlash bugungi kunda dolzarb vazifalar hisoblanadi.
64. Tizimni rivojlantirish, yaxshilash va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar samarali boshqarilishini taʼminlash maqsadida ilmiy tadqiqotlar va monitoring olib borishga, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar barpo etish tartibini, ularni moliyalashtirish manbalarini aniqlashga, kadrlar bilan taʼminlashni yaxshilashga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish zarur.
65. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-martdagi PQ-4247-son qaroriga muvofiq 2019 — 2022-yillar davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasida beshta yangi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tashkil etiladi. Bular:
Janubiy Ustyurt davlat qoʻriqxonasi;
“Beltov”, “Oqtepa” va “Oqdaryo-Qozoqdaryo” oraligʻi davlat buyurtmaxonalari;
“Sudochye” davlat buyurtmaxonasi negizida “Sudochye” koʻllar tizimi” davlat buyurtmaxonasi.
66. Yangi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan birgalikda istiqbolda mavjud davlat buyurtmaxonalarini ularga boshqarish, moliyalashtirish va muhofaza qilishning tegishli tartibi bilan birgalikda yuridik shaxs maqomini berish yoʻli bilan ularni rivojlantirish yoki qayta tashkil etishga alohida eʼtiborni qaratish zarur.
4-§. Eng zaif tabiiy ekologik tizimlarning tanazzuli va fragmentatsiyasi surʼatlarini pasaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish
67. Respublika iqtisodiyotida muhim rol oʻynaydigan chorvachilik tabiiy ekotizimlarga katta taʼsir koʻrsatmoqda. Bunda shuni hisobga olish zarurki, xususiy egaliklarda mollar bosh soni oʻsib bormoqda. Shu munosabat bilan yaylov ekotizimlari ayniqsa qoʻy-echkilardan katta yuklamaga duchor boʻlmoqda.
68. Oʻsimlik dunyosi davlat kadastrini yuritish, yaylovlarning tanazzuli va choʻllanish jarayonlarining oldini olish yuzasidan tadbirlarni ishlab chiqish uchun tabiiy yaylovlar va pichanzorlarda oʻsadigan oʻsimliklarni davriy biobotanik tekshirishdan oʻtkazish zarur.
69. Mamlakatda oʻrmonlar hududlarining qisqarishi hayvonlar va oʻsimliklar yashash joylari yoʻqolishiga olib keladi va oʻrmon ekotizimlari tanazzuli jarayonlariga koʻmaklashadi. Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryosi, Chirchiq daryosi, Ohangaron daryosi boʻylab joylashgan toʻqayzorlar mamlakatda maydoni kam toʻqayzorlar hisoblanadi.
70. Orol dengizining qurigan tubida oʻrmon-meliorativ ishlarni amalga oshirish hamda togʻ massivlari va toʻqaylarning oʻrmonlar bilan qoplanishini oshirish yoʻli bilan Orolboʻyini ekologik sogʻlomlashtirish yashash joyi tanazzulining davom etayotgan jarayonining oldini olish uchun ekologik sogʻlomlashtirish tadbirlari dolzarb hisoblanadi.
71. Orol dengizining qurigan tubida ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida oʻrmonzorlar barpo etish boʻyicha katta koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining “Orol dengizining qurigan tubida “yashil maydonchalar” — himoya oʻrmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 15-fevraldagi 132-son qarori bilan 2019-yilda 500 ming gektar erga koʻchatlar ekish nazarda tutilgan. Ushbu ishlar Orol dengizining qurigan tubini toʻliq oʻrmonzorlashtirishgacha davom ettirilishi kerak.
5-§. Hayvonlar va oʻsimliklarning kamyob va yoʻqolib borayotgan turlarini tiklash tadbirlarini amalga oshirish
72. Yangi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar barpo etish hamda mavjudlarini rivojlantirish hayvonlarning kamyob va yoʻqolib borayotgan turlari sonini tiklashda muhim oʻrin tutadi.
Tiklash va koʻpaytirish boʻyicha pitomniklar tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish hayvonlarni, asosan ularning kamyob va yoʻqolib borayotgan turlarining sonini tiklashga muayyan ulush qoʻshadi.
73. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan foydalanishni qisqartirish maqsadida respublikaning turli mintaqalarida plantatsiyalar tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish zarur.
6-§. Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish
74. Oʻsimliklar va hayvonlar turlaridan foydalanishning tijorat usullarini shartli ravishda:
oziq-ovqatbop va dorivor oʻsimliklarni yigʻish va sotishga;
yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilishga ajratish mumkin.
75. Oʻsimliklardan tijorat maqsadlarida foydalanish ekspert baholashga koʻra oxirgi 20 yilda ancha koʻpaygan. Bu tijorat kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan bozorlarda sotishdan tortib ularni qayta ishlash va marketingning murakkab mexanizmlarigacha kuzatiladi.
76. Hayvonlardan tijorat maqsadida foydalanishning istalgan turi katta iqtisodiy foyda olish uchun ulkan salohiyat hisoblanadi, biroq ushbu faoliyat barqaror boshqarilishi va ilmiy asoslangan maʼlumotlar asosida amalga oshirilishi lozim.
77. Ovchilik xoʻjaligini barqaror yuritishda ov mahsulotlarini barqaror olish va oʻlja olish imkoniyati yuzaga keladi. Oʻljadan olingan daromadlar ulardan biotexnik va muhofaza tadbirlarini amalga oshirishda, hayvonlarning ovlanadigan turlarini tiklashda foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi.
78. Hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish quyidagilar yoʻli bilan amalga oshiriladi:
muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida qoidalar, normalar va normativlarni belgilash;
cheklashlar va taqiqlarni belgilash;
maxsus foydalanish huquqini toʻxtatib turish, toʻxtatish, bekor qilish;
oʻzboshimchalik bilan foydalanish va foydalanishning belgilangan tartibi boshqacha tarzda buzilishlarining oldini olish;
yashash va oʻsish muhiti muhofaza qilinishini tashkil etish;
davlat kadastrini yuritish va monitoring olib borish;
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni tashkil etish va rivojlantirish, hayvonlar va oʻsimliklarning kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi turlarini Qizil kitobga kiritish;
pitomniklar va plantatsiyalarda hayvonlar va oʻsimliklarning kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi turlarini koʻpaytirish;
hayvonot va oʻsimliklar dunyosi obyektlarining davlat hisobini olib borish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish;
hayvonot va oʻsimliklar dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solish;
muhofaza qilish va oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlarni va boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
79. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 3-oktabrdagi PQ-3956-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining inspeksiya xizmati qayta tashkil etildi. Ushbu qarorga muvofiq hayvonot va oʻsimlik dunyosini saqlash ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat inspektorlari soni koʻpaytirildi hamda ularning faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobiga moliyalashtirish tartibi belgilandi.
80. Brokonyerlik darajasini pasaytirish maqsadida ekologik tadbirlarni tashkil etish yoʻli bilan aholi orasida ekologik ong darajasini hamda treninglar va taʼlim beruvchi seminarlar tashkil etish yoʻli bilan davlat inspektorlari malakasini oshirish zarur.
7-§. Ekologik turizmni rivojlantirish
81. Ekologik turizm Oʻzbekistonda rivojlanayotgan va istiqbolli tarmoq hisoblanadi. Ekologik turizm katta iqtisodiy daromad keltirishga qodirdir.
82. Tabiiy bogʻlarning rekreatsion zonalaridan, ayniqsa togʻlarda va togʻoldi yaqinidagi shaharlarda foydalanish soʻnggi 20 yilda shiddat bilan oʻsdi. Aholi anʼanaviy ravishda ommaviy dam oladigan joylarda rekreatsion yuklamaning oshishi ayniqsa mahalliy tabiiy oʻsimliklar dunyosi va hayvonlar toʻdalarining biologik xilma-xillik tuzilmasiga jiddiy taʼsir koʻrsatadi.
83. Uyushtirilgan ekologik turizm tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish zarur. Birinchi navbatda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish zarur, tegishli kadrlar tayyorlash masalasi ham muhim hisoblanadi.
8-§. Biologik xilma-xillikka nisbatan aholining ekologik madaniyati va xabardorligi darajasini oshirish
84. Bugungi kunda biologik xilma-xillikni saqlash va undan foydalanish uchun odamlar amal qilishi kerak boʻlgan chora-tadbirlardan ular xabardorligi darajasining yetarlicha emasligi tegishli chora-tadbirlar koʻrishni talab etadigan muhim va dolzarb masala boʻlib qolmoqda.
Ishlab chiqilgan dasturlar va harakatlar rejalari asosida turli maqsadli guruhlarning xabardorligini oshirishga tizimli, kompleks yondashuv mavjud emas.
85. Qaror qabul qiladigan mansabdor shaxslar va jamiyatning biologik xilma-xillik va ekotizimlar xizmatlarining ahamiyatidan, mamlakatning farovonligi va rivojlanishiga ularning ulushidan xabardorligini oshirish ham muhim hisoblanadi.
86. Jamoatchilikni biologik xilma-xillik sohasidagi masalalarni hal etishga, shu jumladan, uning monitoringini olib borish tadbirlariga jalb etish aholining xabardorligi va ekologik madaniyati darajasini oshirishga koʻmaklashadi.
7-bob. Strategiyani amalga oshirish mexanizmi
87. Strategiya Harakatlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlar toʻliq va oʻz vaqtida ijro etilishi orqali amalga oshiriladi.
Strategiyaning qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining iqlim oʻzgarishiga, choʻllanishga qarshi kurashga, suv resurslari va transchegaraviy suv oqimlaridan foydalanishga tegishli xalqaro shartnomalari doirasida ishlab chiqilgan boshqa hujjatlarga integratsiya qilinadi.
88. Strategiya milliy va mahalliy darajalarda atrof muhit muhofazasi boʻyicha harakatlar rejalarini, fundamental va amaliy tadqiqotlarni, atrof tabiiy muhit monitoringiga, biologik xilma-xillikka toʻgʻridan-toʻgʻri yuklamalarni qisqartirishga, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirishga, ekotizimlar xizmatlarini hisobga olgan holda biologik xilma-xillikni saqlab qolish va undan foydalanish samaradorligini oshirishga va iqlim oʻzgarishiga moslashishga, oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirishga, yaylovlarni barqaror boshqarishga, suv resurslarini muhofaza qilishga tegishli tarmoq rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish uchun huquqiy asoslardan biri boʻlib xizmat qiladi.
89. Strategiya amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan ijrochilar:
tadbirlarni bajarish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan tadbirlar belgilangan muddatlarga muvofiq amalga oshirilishini;
maqsadli moliyaviy mablagʻlardan samarali foydalanishni;
oxirgi yilda amalga oshirilgan tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlar har yili Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishini taʼminlaydilar. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi ishlarni muvofiqlashtiradi va ular bajarilishi ustidan nazorat qiladi.
8-bob. Strategiyani resurslar bilan taʼminlash va uni amalga oshirish bosqichlari
1-§. Strategiya amalga oshirilishini resurslar bilan taʼminlash
90. Masʼul ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, mavjud va tashabbus koʻrsatadigan milliy va xalqaro loyihalarning grant mablagʻlari hamda xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari Strategiya amalga oshirilishini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
91. Rejalashtiriladigan har bir tadbir boʻyicha moliyalashtirishning zarur hajmi tegishli tadbirlarni amalga oshirish uchun nazarda tutilgan aniq chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib alohida hisoblab chiqiladi.
92. Harakatlar rejasini amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarni safarbar qilish uchta asosiy yondashuvni nazarda tutadi. Bular:
biologik xilma-xillik saqlanishini taʼminlash va ekotizimlar xizmatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun ichki investitsiyalarni koʻpaytirish;
biologik xilma-xillikni saqlash boʻyicha Harakatlar rejasini amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy va texnik koʻmak olish;
biologik xilma-xillik va ekotizimlar xizmatlarini qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq faoliyatni moliyalashtirishning innovatsion mexanizmlarini aniqlash va ishlab chiqish.
2-§. Strategiyani amalga oshirish bosqichlari
93. Strategiyani amalga oshirish quyidagi davrlarga moʻljallanadi:
birinchi bosqich (2019 — 2023-yillar) — qonunchilik bazasini takomillashtirish va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida beshta muhofaza qilinadigan tabiiy hudud barpo etish;
ikkinchi bosqich (2024 — 2028-yillar) — maqsadli koʻrsatkichlarga va kutilayotgan natijalarga erishish.
9-bob. Maqsadli koʻrsatkichlar va kutilayotgan natijalar
94. Strategiyani amalga oshirish dasturlari boʻyicha:
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni 12 foizgacha kengaytirishga;
Orol dengizining qurigan tubini 1,2 mln gektargacha oʻrmonzorlashtirishga;
Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida jayronlarni 1000 tagacha koʻpaytirishga;
har yili 1000 tagacha tuvaloqlarni koʻpaytirish va tabiatga qoʻyib yuborishga;
markaziy boʻgʻinga — davlat qoʻriqxonalarining etalon ekotizimlariga ega boʻlgan biologik xilma-xillik komponentlari monitoringining yagona tizimini yaratishga;
zamonaviy bioaxborot texnologiyalar (GIS-texnologiyalar) asosida biologik xilma-xillikning davlat monitoringi va davlat kadastrining yagona axborot maʼlumotlar bazasini yaratishga;
uch tilda (oʻzbek, rus va ingliz tillarida) ish yuritadigan www.biodiversity.uz saytini yaratishga;
2 mln ga hajmda tabiiy yaylovlar va pichanzorlar oʻsimliklarini biobotanik tekshirishni har yili amalga oshirishga;
Oʻzbekiston suv havzalarida qushlarning ovlanadigan turlari soni har yili hisobga olinishiga;
Tozakoʻl va Toʻdakoʻl suv omborlarini xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan suvli-botqoq joylar roʻyxatiga (Ramsar Konvensiyasi) kiritish boʻyicha materiallarni tayyorlashga va belgilangan tartibda berilishini tashkil etishga;
(94-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2024-y., 09/24/26/0029-son)
ovchilik monitoringi va baliqchilik xoʻjaligi suv havzalarining biologik resurslari holati tizimini yaratishga;
biologik xilma-xillikka bosim pasayishiga;
zarur moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga;
iqtisodiyotning barcha sektorlarida biologik xilma-xillikni saqlash masalalari integratsiya qilinishiga;
ilmiy bilimlarga va oldini oluvchi yondashuvga asoslangan tegishli kompleks qarorlar qabul qilinishiga va samarali amalga oshirilishiga erishiladi.
95. Strategiyani amalga oshirish uchun 2019-2028-yillar davrida biologik xilma-xillikni saqlash va undan foydalanish boʻyicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqilgan. Harakatlar strategiyasi rivojlantirish strategiyalari va harakatlar rejalarini, sektorlar boʻyicha dasturlar va boshqa rejalarni tahlil qilishga asoslangan va manfaatdor vazirliklar va idoralarni, ilmiy jamoatchilikni va ekologik nodavlat notijorat tashkilotlarni jalb etgan holda maslahatlashuv jarayoni yakunlari boʻyicha ishlab chiqilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 484-son qaroriga 2-ILOVA
2019-2028-yillar davrida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasini amalga oshirishga doir
I. Biologik xilma-xillik mavzularini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va jamiyat faoliyatiga kiritish
1.1Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimiga biologik xilma-xillik monitoringini kiritish orqali uni takomillashtirish
1.
Oʻsimlik va hayvonot dunyosi monitoringini tashkil qilish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi biologik xilma-xillik komponentlarining yagona monitoringini olib borish tizimini yaratish.
Oʻsimlik va hayvonot dunyosi monitoringini olib borish tartibini belgilaydigan qaror loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2020-yil avgust
Davlat boshqaruvi respublika organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida) va budjetdan tashqari mablagʻlari,
grantlar
Davlat ekologiya qoʻmitasi,
Qishloq xoʻjalik vazirligi,
Fanlar akademiyasi, Oʻzgidromet,
Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻsimlik va hayvonot dunyosi davlat hisobini yuritish tizimini takomillashtirish, shuningdek, “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining 16-moddasiga muvofiq oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari va ularning yashash muhiti holatini kuzatish, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va tahlil qilish.
2.
Zamonaviy geoaxborot texnologiyalari (GIS- texnologiyalar) asosida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari davlat kadastri va monitoringi boʻyicha maʼlumotlar axborot bazasini yaratish.
1. Oʻzbekistonning yuqori togʻli ekotizimlarining bioxilma-xilligi ekologik axborotini boshqarish va monitoringini olib borish tizimini yaratish.
2. Elektron maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish, toʻldirish va integratsiyalash.
2020-yil noyabr
2020 — 2023-yillar
Davlat boshqaruvi respublika organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida) va budjetdan tashqari mablagʻlari,
grantlar
Davlat ekologiya qoʻmitasi,
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,
Fanlar akademiya�i,
Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar hokimliklari
Oʻzbekistonning yuqori togʻli ekotizimlari biologik xilma-xilligining holati haqidagi maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash va saqlash tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
Geoaxborot texnologiyalar asosida maʼlumotlar bazasini joriy etish va respublikaning biologik xilma-xilligi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan mutaxassislar va qaror qabul qiluvchi shaxslarni oʻz vaqtida va koʻrgazmali tarzda taʼminlash.
3.
Yagona davlat kadastrlari tizimining talablariga muvofiq muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarining kadastrini yuritish ishlarini takomillashtirish.
Tegishli kadastr obyektlarining davlat hisobini yuritish ishlarini tashkil etish va oʻtkazish.
Kadastr maʼlumotlarini toʻplash tizimini takomillashtirish.
Har yili
Davlat boshqaruvi respublika organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida) va budjetdan tashqari mablagʻlari
Davlat ekologiya qoʻmitasi,
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,
Fanlar akademiyasi,
Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi
Tegishli davlat kadastrlari boʻyicha ishlarni bajarish va manfaatdor idoralarni biologik xilma-xillikning sifat va miqdor koʻrsatkichlari bilan taʼminlash.
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi qoshida www. biodiversity.uz biologik xilma-xillik saytini uch tilda (oʻzbek, rus va ingliz tillarida) tashkil etish.
Domen va provayderni aniqlash. Maʼlumotlarni toʻplash va saytga joylashtirish
2020-yil iyun
Davlat ekologiya qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari
Davlat ekologiya qoʻmitasi
Biologik xilma-xillik bilan bogʻliq barcha normativ hujjatlarni hamda quyidagi maʼlumotlarni saytda joylashtirish:
MQTH, oʻsimlik va hayvonot dunyosi boʻyicha;
yillik monitoring natijalari va kadastr maʼlumotlari toʻgʻrisida;
oʻsimlik va hayvonot dunyosini ovlash boʻyicha kvotalarni tasdiqlash toʻgʻrisida;
oʻsimlik va hayvonot dunyosini ovlash, olib kirish va olib chiqish uchun beriladigan ruxsatnomalar toʻgʻrisida;
fuqarolarning murojaatlari boʻyicha, fuqarolar va tadbirkorlar uchun qulay boʻlgan sharoitlarni yaratadigan boshqa maʼlumotlar.
5.
Yovvoyi holda oʻsuvchi dorivor, oziq-ovqatbop va texnik oʻsimliklar turlarining tabiiy zaxiralarni xatlovdan oʻtkazish.
Har yili mavjud oʻsimlik turlarini oʻrganib chiqish va Davlat ekologiya qoʻmitasiga hisobot taqdim etish.
2019 — 2028yillar
Har yili ajratiladigan budjet ma�lagʻlari,
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi, Davlat ekologiya qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari
Fanlar akademiyasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi
Xatlov natijalariga koʻra tabiatga zarar yetkazilmaydigan holda yovvoyi holda oʻsadigan dorivor, oziq-ovqatbop va texnik oʻsimliklar turlari boʻyicha kvotalarni tasdiqlash va tayyorlash hajmlarini aniqlash.
6.
Yiliga 2 mln ga maydonda tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi oʻsimliklarni geobotanik oʻrganib chiqish.
Geobotanik oʻrganib chiqish va har yili Davlat ekologiya qoʻmitasiga hisobot taqdim etish
Har yili
31-yanvarga qadar
Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari
Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi
Oʻsimlik dunyosi davlat kadastri yuritilishini taʼminlash, yaylovlarning tanazzulga uchrashi va choʻllanishga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
7.
Oʻzbekiston suv havzalarida ov qilinadigan qushlarning hisobini yuritish.
Qushlarning qishki hisobini yuritish.
Har yili Davlat ekologiya qoʻmitasiga hisobot taqdim etish.
Doimiy asosda
Davlat ekologiya qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari
(150,0 mln soʻm)
Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi
Biologik resurslardan oqilona foydalanish, atrof muhit xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan tavsiyalar tayyorlash, shuningdek, suvda suzadigan qushlarni ovlash kvotasini va ov qilish muddatlarini belgilash.
8.
Tozakoʻl va Toʻdakoʻl suv omborlarini (Navoiy viloyati) xalqaro ahamiyatga (Ramsar konvensiyasi) ega boʻlgan suvli-botqoq joylar roʻyxatiga kiritishni taʼminlash.
Belgilangan shakl boʻyicha nomma-nom hujjatlarni tayyorlash.
2020-yil dekabr
Mablagʻ talab etilmaydi
Fanlar akademiyasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi
Atrof muhit muhofazasi boʻyicha xalqaro konvensiyalar boʻyicha majburiyatlarni bajarish maqsadida Quyimazor va Toʻdakoʻl suv omborlarini xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan suvli-botqoq joylar roʻyxatiga kiritish.
1.2. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamiyatning biologik xilma-xillikning ahamiyati va ekotizimlar xizmatlaridan xabardorligini va bilimini oshirish
9.
Biologik xilma-xillikni saqlash chora-tadbirlarini va ekotizimlar koʻrsatadigan xizmatlarni iqtisodiyot sektorlariga integratsiyalash.
Bioxilma-xillikni saqlash va ekotizimlar koʻrsatadigan xizmatlar boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni idoraviy dasturlar va rejalarga kiritish.
Doimiy asosda
Respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida) va budjetdan tashqari mablagʻlari
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi, “Issiqlik elektrostansiyalari” AJ, “Oʻzbekneftgaz” MXK, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Bioxilma-xillikni saqlashga va ekotizimlar koʻrsatadigan xizmatlarga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish.
10.
Biologik xilma-xillikning ahamiyati toʻgʻrisida jamiyatning xabardorligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarining (OAV) rolini oshirish.
Tegishli tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. Biologik xilma-xillik mavzulari ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritilishini tashkil etish.
Doimiy asosda
Respublika davlat boshqaruvi organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida) va budjetdan tashqari mablagʻlari
Davlat ekologiya qoʻmitasi
Biologik xilma-xillik va ekotizim koʻrsatadigan xizmatlarning ahamiyatini tashviq qilish sohasida OAV ishtirokini kengaytirish, shuningdek, ekologiya sohasida jurnalistlarning kasbiy mahoratini oshirishga koʻmaklashish.
11.
Biologik resurslarni saqlashning ahamiyatini oshirish hamda ularning ekotizimlari xizmatlaridan barqaror foyd�lanishni oshirish maqsadida aholi (tabiatdan foydalanuvchilar) uchun axborot kompaniyasini oʻtkazishni tashkil etish.
Seminar va treninglar oʻtkazish.
Doimiy asosda
Respublika davlat boshqaruvi organlarining mablagʻlari, grantlar
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Xalq taʼlim vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar hokimliklari
Biologik xilma-xillikni saqlash va undan hamda ekotizimlar xizmatlaridan barqaror foydalanish jarayonlariga iqtisodiy mexanizmlarni joriy etish.
Biologik xilma-xillikning iqtisodiy qiymatini baholash sohasida tajriba toʻplash, shuningdek, metodikani takomillashtirish uchun takliflar ishlab chiqish.
1.3. Biologik xilma-xillik va ekotizimlar xizmatlari qiymatini iqtisodiy baholash mexanizmini ishlab chiqish va rejalashtirish jarayoniga joriy qilish
12.
Biologik xilma-xillikni va ekotizimlar xizmatlari qiymatini iqtisodiy baholash mexanizmini yaratish.
Tajriba oʻtkaziladigan hududlar misolida biologik xilma-xillikni va ekotizimlar xizmatlari qiymatini iqtisodiy baholash boʻyicha metodik
tavsiyalarni ishlab
chiqish.
2023-yil
may
Respublika davlat boshqaruvi organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida) va budjetdan tashqari mablagʻlari,
BMTning Taraqqiyot dasturi/Global ekologik jamgʻarmaning “Bioxilma-xillikning global ahamiyatli turlari uchun asosiy togʻli mintaqalarda tabi�y va oʻrmon resurslarini bar�aror boshqarish” dasturlari liniyasi boʻyicha grantlar
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Moliya vazirligi,
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi
Biologik xilma-xillikni saqlash va barqaror foydalanishga va ekotizimlar taqdim qiladigan xizmatlar jarayoniga iqtisodiy mexanizmlarni joriy qilish.
Biologik xilma-xillikni va iqtisodiy baholash sohasida tajriba orttirish hamda ushbu masalada metodik tavsiyalarni takomillashtirish uchun takliflar ishlab chiqish.
13.
Biologik resurslarni muhofaza qilish, ulardan barqaror foydalanish va ularni qayta tiklashni ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish.
Tegishli Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2020-yillar oktyabr
Mablagʻ talab qilinmaydi
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Moliya vazirligi,
Fanlar akademiyasi.
Tabiatni muhofaza qilishga va tabiatni tiklash samaradorligiga olib keluvchi faoliyat amalga oshirilganligi uchun soliq, kredit imtiyozlari va boshqa imtiyozlar berish yoʻli bilan ekotizimlarni saqlash va ulardan barqaror foydalanish maqsadida tabiatdan foydalanuvchilarni ra�batlantirish.
II. Biologik xilma-xillikka toʻgʻridan-toʻgʻri yuklamalarni qisqartirish, uning komponentlaridan oziq-ovqat landshaftlarida barqaror foydalanish
14.
Orol dengizining qurigan tubida oʻrmon-meliorativ ishlarni amalga oshirish yoʻli bilan Orolboʻyini ekologik sogʻlomlashtirish.
Yangi oʻrmonzorlar barpo etish.
2019 — 2028-yillar
Budjet mablagʻlari (har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida) va budjetdan tashqari mablagʻlar, grantlar
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi
Muhofaza oʻrmon polosalari maydonini kengaytirish, tuz-chang koʻchishini qisqartirish va biologik xilma-xillikni tiklash.
15
Togʻli joylarda va toʻqayzorlarda choʻl hududlarning oʻrmon bilan qoplanishini, suv toʻplanadigan havzalarni koʻpaytirish.
Oʻrmon tiklash ishlarini olib borish.
2019 — 2028-yillar
Budjet (har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida) va budjetdan tashqari mablagʻlar, grantlar
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi
Choʻl hududlarini tiklash va oʻrmonzorlashtirish.
Togʻli joylarda suv toʻplanadigan havzalarni tiklash va oʻrmonzorlar barpo etish.
Toʻqayzorlarni tiklash va barpo etish.
Vodiy zonasida oʻrmonzorlarni tiklash va barpo etish.
16.
Biologik xilma-xillikni saqlash bilan bogʻliq masalalarni kompleks hal etish va biologik resurslarni boshqarish mexanizm�arini takomillashtirish, shu jumladan, landshaft darajasida rejalashtirish usullarini sinovdan oʻtkazish, tegishli qarorlar qabul qilish, bioxilma-xillikning asosiy zonalarini mustahkamlash, Gʻarbiy Tyonshon va Pomir-Oloy togʻ tizmalarida oʻsimlik dunyosi va hayvonlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishi uchun ragʻbatlar yaratish, mintaqaviy va xalqaro hamkorlik va oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish.
“Biologik xilma-xillikning global ahamiyatli turlari uchun muhim boʻlgan asosiy togʻli mintaqalarda tabiiy va oʻrmon resurslarini barqaror boshqarish” loyihasini amalga oshirish.
2019 —2021-yillar
Budjet (har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida) va
BMT TD va GEJ tomonidan ajratiladigan yillik budjet mablagʻlari doirasida
Davlat ekologiya qoʻmitasi,
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi
Muhof�za qilinadigan tabiiy hududarni rivojlantirish, mahalliy aholini ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash hamda ilvirs (togʻ qoploni) yashaydigan arealda (Gʻarbiy Tyonshon va Hisor) uni saqlab qolish uchun biologik xilma-xillikni boshqarishning ilgʻor mexanizmlari va yondashuvlarini joriy etish.
17
Tabiiy ekotizimlar — ilvirs (togʻ qoploni) yashaydigan joylarni saqlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilvirs (togʻ qoploni)ni saqlash dasturi va harakatlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi.
2021-yil
avgust
Donorlar: BMT TD/GEJning
“Biologik xilma-xillikning global ahamiyatli turlari uchun muhim boʻlgan asosiy togʻli mintaqalarda tabiiy va oʻrmon resurslarini barqaror boshqarish” dasturlari liniyasi boʻyicha grant mablagʻlari
Davlat Ekologiya qoʻmitasi,
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi.
“Ilvirs (togʻ qoploni)ni saqlash dasturi va harakatlar rejasi ilvirs (togʻ qoploni) koʻpayishini va asosiy togʻ landshaftlari bioxilma-xilligini saqlab qolish imkonini beradi.
18.
Baliq ovi va suv havzalarining baliqchilik xoʻjaliklari biologik resurslari holati monitoringi tizimini tashkil etish.
Metodik tavsiyalar-ni va ularni amalga oshirish dasturlarini ishlab chiqish.
2020-yil
oktyabr
Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi, “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” DUK mablagʻlari
“Oʻzbaliqsanoat” uyushmasi, Fanlar akademiyasi, “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” DUK, Davlat ekologiya qoʻmitasi
Biologik xilma-xillik monitoringi maʼlumotlari asosida suv havzalari baliqchilik xoʻjaliklarining samarali boshqarilishini taʼminlash.
III. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, ekotizimlar xizmatlari bilan taʼminlanadigan afzalliklar hajmini koʻpaytirish
3.1. Milliy ekologik tarmoqni (turli toifa va turlardagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar) tashkil etish, ularni samarali boshqarishni taʼminlash maqsadida mamlakatning muhofaza qilinadigan tabiiy hududlari umumiy maydonini kengaytirish
19.
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2028-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini tashkil etish va kengaytirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi.
2020-yil
Mablagʻ talab etilmaydi.
Davlat ekologiya qoʻmitasi
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning reprezentativ tizimini rivojlantirish va milliy ekologik tarmoqni tashkil etish, tabiiy muvozanatni taʼminlash, landshaft, fauna, flora va ekotizim xilma-xilligini saqlab qolish.
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va ularni boshqarish sohasida faoliyatning asosiy istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash.
3.2. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligini yuritishda foydalaniladigan biologik xilma-xillik komponentlarini saqlash va ulardan barqaror foydalanish dasturini ishlab chiqish
20.
Madaniy oʻsimliklar koʻpayishini tiklash maqsadida ularning yovvoyi ajdodlari genofondini saqlashni taʼminlash.
Biologik xilma-xillik komponentlarini ularning tabiiy sharoitlaridan tashqarida saqlash.
Qishloq xoʻjaligi ekinlari va ularning yovvoyi ajdodlari mahalliy navlari va shakllarining jonli kolleksiyalarini yaratish.
Madaniy oʻsimliklarning yovvoyi ajdodlari har xil populatsiyalari urugʻlari bankini tashkil etish.
2019 — 2022-yillarda va soʻngra doimiy asosda
Respublika davlat boshqaruvi organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida) va budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Davlat ekologiya qoʻmitasi,
Madaniy oʻsimliklarning yovvoyi gennofondini saqlab qolish. Madaniy oʻsimliklarning yovvoyi ajdodlari populatsiyalarini tiklash.
IV. Birgalikda rejalashtirish va salohiyatni tashkil etish yoʻli bilan biologik xilma-xillikni saqlash samaradorligini oshirish va undan barqaror foydalanish
21.
Biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanish boʻyicha Harakatlar rejasi bajarilishining tizimli monitoringi olib borilishini joriy qilish.
Masʼul ijrochilardan axborot toʻplash, axborotni tahlil qilish
har yili
15-dekabrgacha
Mablagʻ talab qilinmaydi
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti
Harakatlar rejasi bajarilishi toʻgʻrisida oʻz vaqtida va sifatli axborot bilan taʼminlash.
Monitoring natijalarini hisobotlarga va Milliy maʼruzalarga kiritish.
22.
Manfaatdor tomonlarni strategiyaning maqsadlari va vazifalari hamda uning bajarilishi, shu jumladan, mintaqaviy va xalqaro tadbirlarda, shu jumladan, Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi Konvensiya Tomonlari Konferensiyasida ishtirok etish toʻgʻrisida xabardor qilish.
Harakatlar rejasi bajarilishining borishi va natijalari toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlash va taqdim etish.
2019 — 2028-yillarda biologik xilma-xillikni saqlab qolish strategiyasining sharhlovchi materiallarini eʼlon qilish.
Strategiya qabul qilingandan keyin
Respublika davlat boshqaruvi organlarining budjet (har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida) va budjetdan tashqari mablagʻlari
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻzgidromet,
Davlat geologiya qoʻmitasi Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi va boshqa daxldor vazirliklar va idoralar
Biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanish boʻyicha Harakatlar rejasi bajarilishi toʻgʻrisida manfaatdor tomonlarni oʻz vaqtida xabardor qilish.
Mintaqaviy va xalqaro darajalarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash, xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan Oʻzbekistonga koʻmaklashishni faollashtirish.
23.
BMTning biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi Konvensiyasi talablariga muvofiq zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda Biologik xilma-xillik boʻyicha vositachilikning milliy mexanizmini rivojlantirish va barqaror ishlashini taʼminlash.
Biologik xilma-xillik boʻyicha vositachilik milliy mexanizmining www.cbd.uz saytini ishlab chiqish va kontentini toʻldirish.
doimiy asosda
Budjet (har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida) va budjetdan tashqari mablagʻlar
Davlat ekologiya qoʻmitasi
Milliy va xalqaro darajalarda manfaatdor tomonlar oʻrtasida biologik xilma-xillik va ekotizimlar xizmatlari sohasida axborot ayirboshlash maqsadida axborot texnologiyalarini joriy etish.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2024-y., 09/24/26/0029-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 484-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining biologik rang-baranglikni saqlash boʻyicha Milliy strategiyasi va Harakatlar rejasi toʻgʻrisida” 1998-yil 1-apreldagi 139-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Hukumat komissiyalarini tashkil etish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish va oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2000-yil 19-sentabrdagi 359-son qaroriga 1-ilovaning 11-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori)” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2019-y., 09/19/484/3281-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2024-y., 09/24/26/0029-son)