Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 12.06.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIOLOGIK RANG-BARANGLIKNI SAQLASh BOʻYIChA MILLIY STRATEGIYASI VA HARAKATLAR REJASI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 484-sonli “2019 — 2028-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Biologik rang-baranglik toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Dunyo miqyosidagi ekologik jamgʻarmaning moliyaviy va PROONning texnik yordami bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat oʻrmon qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining Biologik rang-baranglikni saqlash boʻyicha milliy strategiyasi va harakatlar rejasi maʼqullansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Milliy strategiya va harakatlar rejasini amalga oshirish va ularning oʻtkazilishini nazorat qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish uchun ilovaga* muvofiq tartibda Biologik rang-baranglik milliy komissiyasi tuzilsin.
 LexUZ sharhi
1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq yangi tahrirda bayon qilingan.
Bandning rus tilidagi matniga qarang.
* Ilova berilmaydi.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, tashkilotlar koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarda nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishida Biologik rang-baranglik milliy komissiyasiga yordam koʻrsatsinlar.
 LexUZ sharhi
2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq yangi tahrirda bayon qilingan.
Bandning rus tilidagi matniga qarang.
 LexUZ sharhi
2-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H.Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
 LexUZ sharhi
3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq yangi tahrirda bayon qilingan.
Bandning rus tilidagi matniga qarang.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 1-aprel,
139-son