23.10.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3961
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining qarori, 23.10.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3961
Кучга кириш санаси
24.10.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Mahalliy tadbirkorlik subyektlarining xalqaro tovar derivativlari birjalari savdolarida ishtirok etishi ustidan nazoratni taʼminlash va ularning manfaatlarini himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 23-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3961]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 27-fevraldagi 82-son “Narx oʻzgaruvchanligi davrida moliyaviy xavf-xatarlardan samarali himoya qilishni tashkil etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahalliy tadbirkorlik subyektlarining xalqaro tovar derivativlari birjalari savdolarida ishtirok etishi ustidan nazoratni taʼminlash va ularning manfaatlarini himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais H. TURAXUJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 25 sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
05/15-05/01-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 16 sentabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 10 sentabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari N. SAYDULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 8 sentabr

Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 8 sentabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2026-yil 25-sentabrdagi 05/15-05/01-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy tadbirkorlik subyektlarining xalqaro tovar derivativlari birjalari savdolarida ishtirok etishi ustidan nazoratni taʼminlash va ularning manfaatlarini himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom mahalliy tadbirkorlik subyektlarining (paxta-toʻqimachilik korxonalari, elektrotexnika sanoati korxonalari, bugʻdoy yetishtiruvchilar va boshqalarning) xalqaro tovar derivativlari birjalari savdolarida ishtirok etishi ustidan nazoratni taʼminlash va ularning manfaatlarini himoya qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro birja vositachisi — Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida roʻyxatdan oʻtgan hamda mahalliy tadbirkorlik subyektlariga xalqaro tovar derivativlar savdolarida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etuvchi “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ huzuridagi “UZEX Global” MChJ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro broker — xalqaro tovar derivativlari savdolarini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan hamda xalqaro moliya bozorlarida brokerlik xizmatlarini koʻrsatish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan xorijiy kompaniya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agent — xalqaro tovar derivativlari savdolarida Xalqaro birja vositachisi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mijozlarni jalb qilish faoliyati bilan shugʻullanuvchi rezident yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers kontrakti — tovarni (bazaviy aktivni) kelajakda joriy bozor narxlarida sotish yoki sotib olish boʻyicha xalqaro tovar derivativlari savdolariga qoʻyiladigan kontrakt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers bitimi — fyuchers kontrakti shartlari (spetsifikatsiyasi) asosida tuziladigan bitim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron savdo tizimi — fyuchers bitimlarini tuzish, bajarish va hisobga olish imkoniyatini taʼminlovchi texnik, dasturiy hamda telekommunikatsiya vositalari majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich marja — xalqaro tovar derivativlari birjalari tomonidan belgilanadigan pozitsiyani ochish uchun hisobvaraqda mavjud boʻlishi shart boʻlgan minimal mablagʻlar miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllab-quvvatlovchi marja — xalqaro tovar derivativlari birjalari tomonidan belgilanadigan pozitsiya ochilgandan keyin hisobvaraqda saqlanishi shart boʻlgan minimal mablagʻlar miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq pozitsiya — mahalliy tadbirkorlik subyektlarining fyuchers bitimlarini tuzish natijasida yuzaga kelgan huquq va majburiyatlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq pozitsiya — bitta ochiq pozitsiya boʻyicha huquq va majburiyatlarning belgilangan tartibda tugatilishi natijasida yuzaga keladigan holat (bunda pozitsiyaning yopilishi ushbu pozitsiya doirasida yuzaga kelgan zararlar, hisoblangan komissiyalar va bajarilmagan hisob-kitob majburiyatlarini bekor qilish uchun asos boʻlmaydi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ofset bitimi — fyuchers kontrakti boʻyicha qarama-qarshi pozitsiya paydo boʻlishi bilan oldin ochilgan pozitsiyaga muvofiq mavjud boʻlgan huquq va majburiyatlarni bekor qiluvchi fyuchers bitimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Mahalliy tadbirkorlik subyektlarining xalqaro tovar derivativlari savdolaridagi ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalqaro tovar derivativlari savdolari xalqaro tovar derivativlari birjalari, shu jumladan Nyu-York interkontinental birjasi, London metall birjasi, Chikago tovar birjasi va boshqa birjalarda ular tomonidan belgilangan xalqaro birja qoidalariga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahalliy tadbirkorlik subyektlari xalqaro tovar derivativlari savdolarida ishtirok etish uchun Xalqaro birja vositachisi tomonidan qonunchilik hujjatlariga va xalqaro amaliyotga muvofiq tasdiqlangan xalqaro tovar derivativlari savdolariga kirish va ularda ishtirok etish qoidalariga (bundan buyon matnda Savdo qoidalari deb yuritiladi) muvofiq bevosita oʻzi yoki agentlar orqali Xalqaro birja vositachisida roʻyxatdan oʻtadi va u bilan shartnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahalliy tadbirkorlik subyektlari xalqaro tovar derivativlari savdolarida oʻz nomidan va oʻz hisobidan mustaqil ravishda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mahalliy tadbirkorlik subyektlari xalqaro tovar derivativlari savdolarida ishtirok etish uchun elektron savdo tizimidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mahalliy tadbirkorlik subyektlari xalqaro tovar derivativlari savdolarida ishtirok etishlari uchun Xalqaro birja vositachisida alohida (segregatsiyalangan) hisobvaraqlar ochadi va ulardan tegishli operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mahalliy tadbirkorlik subyektlari Xalqaro birja vositachisida ochilgan alohida (segregatsiyalangan) hisobvaraqlariga zarur mablagʻlarni milliy valyutada kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xalqaro birja vositachisi mahalliy tadbirkorlik subyektlari tomonidan milliy valyutada kiritilgan mablagʻlarni xizmat koʻrsatuvchi bank orqali chet el valyutasiga ayirboshlashni taʼminlaydi va ushbu mablagʻlarni mahalliy tadbirkorlik subyektlarini xalqaro tovar derivativlari savdolarida ishtirok etishi uchun yoʻnaltiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mahalliy tadbirkorlik subyektlari elektron savdo tizimi orqali fyuchers kontraktlarini tuzish, ochiq pozitsiyalarni yuritish va ularni ofset bitimlari orqali yopish bilan bogʻliq operatsiyalarni Savdo qoidalari va tegishli xalqaro birja qoidalarining talablariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tuzilgan fyuchers bitimlari boʻyicha tovarlarni (bazaviy aktivlarni) jismoniy yetkazib berish nazarda tutilmaydi (amalga oshirilmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mahalliy tadbirkorlik subyektlari oʻz mablagʻlari, ochiq pozitsiyalar va ular boʻyicha majburiyatlarning holatini muntazam nazorat qilib boradi hamda xalqaro tovar derivativlari savdolari bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni mustaqil ravishda baholaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mahalliy tadbirkorlik subyektlarining fyuchers kontraktlari boʻyicha bajarilmagan pul majburiyatlari ularning Xalqaro birja vositachisida ochilgan alohida (segregatsiyalangan) hisobvaraqlardagi mablagʻlar hisobidan bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mahalliy tadbirkorlik subyektlarining xalqaro tovar derivativlari savdolarida bajarilmagan majburiyatlari mavjud boʻlmagan yoki mavjud majburiyatlardan ortiqcha boʻsh turgan mablagʻlari boʻlgan taqdirda, Xalqaro birja vositachisi tomonidan mahalliy tadbirkorlik subyektlarining soʻroviga koʻra ularning ushbu pul mablagʻlari qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xalqaro tovar derivativlari birjalarida ishtirok etuvchilarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Xalqaro birja vositachisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xalqaro birja vositachisi xalqaro tovar derivativlari savdolarida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy tadbirkorlik subyektlaridan ular bilan xalqaro tovar derivativlari savdolarida ishtirok etishi uchun tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan taqdirda, ularga muvofiq haq olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy tadbirkorlik subyektlarining milliy valyutadagi mablagʻlarini faqat narxlar oʻzgarishlaridan himoyalanishi (xedjirlash) va xalqaro derivativlar bozorlarida foyda olishga intilish (xalqaro tovar derivativlari savdolarida ishtirok etish) maqsadida xizmat koʻrsatuvchi bank orqali ichki valyuta bozoridan chet el valyutasiga ayirboshlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy tadbirkorlik subyektlari va agentlardan xalqaro tovar derivativlari birjalarining talabiga muvofiq tegishli hujjatlarni talab qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy tadbirkorlik subyektlari Savdo qoidalari va xalqaro birja qoidalariga rioya qilmasligi natijasida ularni Savdo qoidalariga muvofiq xalqaro tovar derivativlari savdolarida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish yoki xalqaro birjalarning fyuchers savdolarida ishtirok etishini toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tovar derivativlari savdolarida qoʻshimcha tavakkalchiliklarni boshqarish (risk-menejment) choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy tadbirkorlik subyektlari marja taʼminotini belgilangan muddatda kiritmagan yoki fyuchers bitimini (ekspiratsiya) belgilangan oxirgi sanasigacha yopmagan yoxud qarzdorliklarni qoplash talablarini bajarmagan taqdirda mahalliy tadbirkorlik subyektlarining ochiq savdo pozitsiyalarini majburiy yopish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xatarlarning oldini olish maqsadida mahalliy tadbirkorlik subyektlari tomonidan tuzilishi mumkin boʻlgan fyuchers bitimlarining soniga limitlar belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tovar derivativlari birjalari yoki xalqaro brokerlarning tizimlarida texnik nosozliklar, fors-major holatlari yuzaga kelganligi asoslantirilgan taqdirda, mahalliy tadbirkorlik subyektlarini xalqaro tovar derivativlari savdolariga kirishini Savdo qoidalariga muvofiq vaqtincha toʻxtatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xalqaro birja vositachisi xalqaro tovar derivativlari savdolarida quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy tadbirkorlik subyektlarining shaxsiy hisobvaraqlari alohida yuritilishini (segregatsiyasini) taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy tadbirkorlik subyektlarining xalqaro tovar derivativlari savdolarida ishtiroki boʻyicha yozuvlarni yuritish va saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro derivativlar bozorlariga kirish bilan bogʻliq xizmatlar uchun tariflar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oshkor etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro birja vositachisida roʻyxatdan oʻtgan va yetarli mablagʻlarni kiritgan mahalliy tadbirkorlik subyektlari toʻgʻridan-toʻgʻri xalqaro tovar derivativlari savdolarida ishtirok etishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organga har bir mahalliy tadbirkorlik subyekti kesimida ularning ikkilamchi hisobvaraqlari qoldiqlari va aylanmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda xalqaro tovar derivativlari savdolarida ishtirok etish natijalari boʻyicha hisobotlarni taqdim etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy tadbirkorlik subyektlarining buyurtmasi asosida ularning boʻsh mablagʻlari, shu jumladan xalqaro tovar derivativlari savdolaridan kelib tushgan daromadni milliy valyutada qaytarib berishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tovar derivativlari birjalari yoki xalqaro brokerlarning tizimlarida texnik nosozliklar, fors-major holatlari yuzaga kelganligi asoslantirilgan taqdirda, mahalliy tadbirkorlik subyektlarini xalqaro tovar derivativlari savdolarida kirishini Savdo qoidalariga muvofiq vaqtincha toʻxtatish haqida zudlik bilan xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xalqaro birja vositachisining aybi bilan mahalliy tadbirkorlik subyektlarining manfaatlariga putur yetkazilganligi uchun Xalqaro birja vositachisi javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Mahalliy tadbirkorlik subyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mahalliy tadbirkorlik subyektlari xalqaro tovar derivativlari savdolarida ishtirok etishda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tovar derivativlari savdolarida ixtiyoriy ravishda, oʻz nomidan va hisobidan ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro birja vositachisidan xalqaro tovar derivativlari savdolarida tuzilgan bitimlar, ochiq pozitsiyalar va hisobvaraqlarning holati toʻgʻrisida axborot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro derivativlar bozorlariga kirish bilan bogʻliq xizmatlar uchun tariflar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tovar derivativlari savdolarida bajarilmagan majburiyatlar mavjud boʻlmagan yoki mavjud majburiyatlardan ortiqcha boʻsh turgan mablagʻlari boʻlgan taqdirda, Xalqaro birja vositachisiga soʻrov yuborish orqali pul mablagʻlarini qaytarishni talab qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mahalliy tadbirkorlik subyektlari xalqaro tovar derivativlari savdolarida ishtirok etishda quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro birja vositachisiga taqdim etiladigan maʼlumotlarning ishonchliligini, toʻliqligini taʼminlash hamda ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida Xalqaro birja vositachisini Savdo qoidalariga muvofiq xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tovar derivativlarida boshlangʻich va qoʻllab-quvvatlovchi marjaning yetarli miqdorda boʻlishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tovar derivativlari birjalarining qoidalariga muvofiq fyuchers bitimlarini tuzish, ochiq pozitsiyalarni yuritish hamda ularni ofset bitimlari orqali yopishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tovar derivativlari birjalarida fyuchers kontraktlari bilan savdo qilish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni mustaqil ravishda baholash va ularni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz hisobvaragʻidagi mablagʻlar va ochiq pozitsiyalar holatini muntazam nazorat qilish hamda oʻz majburiyatlarini vaqtida bajarish uchun yetarli mablagʻ mavjudligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro birja vositachisiga oʻz faoliyati, moliyaviy holati yoki savdo operatsiyalariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni xalqaro tovar derivativlari savdolari doirasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq oʻz vaqtida taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Agentlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agentlar Savdo qoidalariga muvofiq Xalqaro birja vositachisida roʻyxatdan oʻtgan holda u bilan tuzilgan shartnomaga asosan xalqaro tovar derivativlari savdolarida mijozlarni jalb etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agentlar xalqaro tovar derivativlari savdolarida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro birja vositachisi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq haq olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro birja vositachisidan zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro birja vositachisi bilan tuzilgan shartnoma shartlari buzilgan taqdirda oʻz huquq va qonuniy manfaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda himoya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agentlar xalqaro tovar derivativlari savdolarida quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro birja vositachisi bilan tuzilgan shartnomaga asosan agentlik xizmatlarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi jalb etgan mijozlarning hisobini yuritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni tashkil etuvchi maʼlumotlarni, shuningdek Savdo qoidalariga muvofiq tuzilgan shartnomalarning bajarilishi bilan bogʻliq maʼlumotlarni oshkor qilmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Mahalliy tadbirkorlik subyektlarining xalqaro tovar derivativlari birjalarida ishtirok etishi ustidan nazoratni taʼminlash va ularning manfaatlarini himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vakolatli organ Xalqaro birja vositachisi va mahalliy tadbirkorlik subyektlarining xalqaro tovar derivativlari savdolarida ishtirok etishda ular tomonidan qonunchilik hujjatlari, mazkur Nizom hamda Savdo qoidalarining talablariga rioya etilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Vakolatli organ doimiy nazoratni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushuntirishlar va (yoki) zarur materiallarni olish maqsadida xalqaro brokerga, tegishli xalqaro birjalarga hamda ularning regulyatorlariga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers bitimlarining barcha uchun teng miqdorda limitlarini belgilash boʻyicha Xalqaro birja vositachisiga takliflar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro birja vositachisi tomonidan taqdim etiladigan hisobotlarni tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro birja vositachisidan zarur axborot va hujjatlarni soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirishlar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vakolatli organ Xalqaro birja vositachisidan doimiy nazorat uchun zarur boʻlgan axborot va hujjatlarni soʻrov asosida oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mahalliy tadbirkorlik subyektlari xalqaro tovar derivativlari birjalarida oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida vakolatli organga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Vakolatli organ mahalliy tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq koʻrib chiqib, ularning xalqaro tovar derivativlari birjalarida manfaatlarini himoya qilish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2026 y., 10/26/3961/1073-son)