27.02.2026 yildagi 82-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narx oʻzgaruvchanligi davrida moliyaviy xavf-xatarlardan samarali himoya qilishni tashkil etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 19-martdagi PF-50-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, mahalliy tadbirkorlik subyektlarini narx oʻzgaruvchanligi davrida moliyaviy xavf-xatarlardan samarali himoya qilish va qoʻshimcha daromad manbaini shakllantirish boʻyicha ularni xalqaro tovar derivativlari savdolarida toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etishlari uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish, tovar-xomashyo birjalari sohasiga zamonaviy savdo vositalarini joriy qilishni izchil davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — Respublika birjasi) huzurida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi “UZEX Global” masʼuliyati cheklangan jamiyatini (keyingi oʻrinlarda — Xalqaro birja vositachisi) tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika birjasi Xalqaro birja vositachisi faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil qilish uchun dunyoning yetakchi tovar birjalari savdolari tizimiga kirish boʻyicha yetarli tajribaga ega va xalqaro tan olingan investitsiya kompaniyasini jalb qilish choralarini koʻrsin. Bunda quyidagilar Xalqaro birja vositachisi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari sifatida nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy tadbirkorlik subyektlari (paxta-toʻqimachilik korxonalari, elektrotexnika sanoati korxonalari, bugʻdoy yetishtiruvchilar va boshqalar) kelgusi yillar uchun ishlab chiqariladigan tovarlar narxlarining noqulay oʻzgarishidan moliyaviy himoyalanish uchun xalqaro tovar derivativlari birjalari, shu jumladan, Nyu-York interkontinental birjasi, London metall birjasi, Chikago tovar birjasi va boshqa birjalarning tovar derivativlari savdolarida ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida oʻquv seminarlari va mahorat saboqlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“oʻzbek milliy tovar derivativlari” savdolari tizimini amaliyotga joriy qilishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xalqaro tovar derivativlari savdolarida mahalliy tadbirkorlik subyektlarining ishtirokini muvofiqlashtirish va ularni tartibga solish, sohani rivojlantirish, xalqaro tovar derivativlari savdolari ishtirokchilariga maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish, xorijiy davlatlardagi masʼul tartibga soluvchi tashkilotlar hamda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik qilish boʻyicha vakolatli organ (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahalliy tadbirkorlik subyektlari xalqaro tovar derivativlari savdolarida ishtirok etgan holda savdo qilishi, shuningdek, ichki va tashqi tovar bozorlaridagi narxlar oʻzgarishlaridan himoyalanishi (xedjirlash) va qoʻshimcha daromad olishi uchun shart-sharoit yaratilishida quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro birja vositachisi tomonidan mahalliy tadbirkorlik subyektlari xalqaro tovar derivativlari savdolarida ishtirok etgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri savdo qilishi uchun zarur texnologik yechim va operatsion sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro birja vositachisi tomonidan mahalliy tadbirkorlik subyektlari xalqaro tovar derivativlari savdolarida toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etishi va tavakkalchiliklarni boshqarish (risk-menejment) boʻyicha konsalting xizmatlarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy tadbirkorlik subyektlarini Xalqaro birja vositachisida roʻyxatdan oʻtkazish, unda ikkilamchi hisobvaraqlarni ochish va mazkur hisobvaraqlarga milliy valyutada avans mablagʻlarini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro birja vositachisi tomonidan mahalliy tadbirkorlik subyektlari shaxsiy hisobvaraqlari alohida yuritilishini (segregatsiyasini) taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro birja vositachisi mahalliy tadbirkorlik subyektlari tomonidan milliy valyutada kiritilgan mablagʻlarni chet el valyutasiga onlayn ayirboshlashni (konvertatsiya qilishni) taʼminlashi va ushbu mablagʻlarni mahalliy tadbirkorlik subyektlarini xalqaro tovar derivativlari savdolarida ishtirok etishi uchun yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro birja vositachisi hisobvaragʻidagi chet el valyutasidan faqat mahalliy tadbirkorlik subyektlari xalqaro tovar derivativlari savdolarida ishtirok etishi maqsadida foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro birja vositachisida roʻyxatdan oʻtgan va yetarli mablagʻlarni kiritgan mahalliy tadbirkorlik subyektlari toʻgʻridan-toʻgʻri xalqaro tovar derivativlari savdolarida ishtirok etishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro birja vositachisi mahalliy tadbirkorlik subyektlarining buyurtmasi asosida ularning boʻsh mablagʻlari, shu jumladan, xalqaro tovar derivativlari savdolaridan kelib tushgan daromadni milliy valyutada qaytarib berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy tadbirkorlik subyektlari xalqaro tovar derivativlari savdolari ishtirokidan olingan daromadlardan narxlar oʻzgaruvchanligi natijasida kelib chiqqan moliyaviy yoʻqotishlarni qoplash uchun foydalanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro birja vositachisi tomonidan mahalliy tadbirkorlik subyektlarining xalqaro tovar derivativlari savdolarida ishtiroki boʻyicha yozuvlarni yuritish va saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro birja vositachisi vakolatli organga har bir mahalliy tadbirkorlik subyekti kesimida ularning ikkilamchi hisobvaraqlari qoldiqlari va aylanmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda xalqaro tovar derivativlari savdolarida ishtirok etish natijalari boʻyicha hisobotlarni taqdim etib borishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mahalliy tadbirkorlik subyektlarining xalqaro tovar derivativlari savdolarida ishtirok etish uchun milliy valyutada kiritilgan mablagʻlarini Xalqaro birja vositachisi tomonidan chet el valyutasiga ayirboshlash va xalqaro tovar derivativlari birjalariga oʻtkazishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vakolatli organ Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda ilgʻor xorijiy tajriba asosida mahalliy tadbirkorlik subyektlari xalqaro tovar derivativlari birjalarida ishtirok etishi ustidan nazoratni taʼminlash va ularning manfaatlarini himoya qilishni koʻzda tutuvchi tartibni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 27-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2026-y., 09/26/82/0177-son)