Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олиш1.1. Mazkur davlat sanitariya qoidalari va normalari (bundan keyin matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi
Qonuni asosida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 10 martdagi PQ-1500-sonli
qarorini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олишBelgilangan talablarning bajarilishi suv orqali tarqaladigan zamburugʻli, virusli, bakterial va parazitar kasalliklarga nisbatan epidemik xavfsizlikni taʼminlaydi; suvning kimyoviy tarkibi inson organizmiga zararli taʼsir koʻrsatishining, jumladan shilliq pardalar va teriga taʼsirlanish keltirishi; nafas olish, shikastlanmagan teri orqali va suv yutish paytida zararli moddalar kirishidan kelib chiqadigan zaharlanishlarning oldini oladi (
1-ilova).
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олиш2.4. Hovuzlarning vazifasiga koʻra qurilishiga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
1-jadvalda keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олиш2.11. Vannalarning aylanma yoʻlaklari, devorlari va tagini qoplash uchun qoʻllaniladigan reagentlar va dezinfeksiyalovchi moddalarga chidamli hamda ushbu sanitariya qoidalarining
1.4-bandini inobatga olgan holda sifatli mexanik tozalash va dezinfeksiya oʻtkazish imkonini beradigan materiallardan foydalanish kerak. Qoplama plitalar orasidagi choklar puxta qilib toʻldirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олиш2.19. Suzish hovuzlari vannalaridan va filtrlarni yuvishdan, shuningdek, toshib ketadigan novlardan, oyoq vannalaridan, aylanma yoʻlaklardan hamda hovuz vannalari devorlari va tubini yuvishdan hosil boʻlgan ifloslangan suvni kanalizatsiyaga oqizish lozim. Markazlashtirilgan kanalizatsiya tizimi mavjud boʻlmagan holda mazkur suv “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunga (
73-modda) muvofiq suv havzasiga oqizilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олиш3.4. Retsirkulyatsion suv almashinuvida xlorlash va bromlashda har bir tashrif buyuruvchi uchun retsirkulyatsion sarfi kamida 2 m
3/soatni, UB-nurlantirishda 1,8 m
3/soatni va ozonlashda kamida 1,6 m
3/soatni tashkil etishi lozim. Bunda toʻliq suv almashinuvi vaqti va tashrif buyuruvchilar soni
1-jadvalga muvofiq hisoblanishi kerak. Bir kecha-kunduzda qoʻshiladigan yangi suv miqdori hovuz kosasi hajmining kamida 10 — 15 foizini tashkil etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олишtashrif buyuruvchilar sonining
1-jadval talablariga muvofiqligi va ularning shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi va hokazo.
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олиш1-jadval |
|
Basseyn turlari va ularning tuzilishiga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari |
| | | | | |
Basseyn turi (vazifasi) | Suv yuzasi maydoni, m2 | Suv harorati, °C | Bir kishiga toʻgʻri keladigan suv yuzasi maydoni, m2 (kamida) | Toʻliq suv almashinuvi vaqti, soat (koʻpi bilan) |
qish | yoz |
Sport basseynlari | 1000 gacha | 28 — 30 | 25 — 27 | 8,0 | 8,0 |
1000 dan ortiq | 10,0 |
Sogʻlomlashtiruvchi basseynlar | 400 gacha | 29-30 | 26-27 | 5,0 | 6,0 |
400 dan ortiq | 8,0 |
Bolalar oʻquv basseynlari: | |
7 yoshgacha | 60 gacha | 30 — 32 | 28 — 30 | 3,0 | 0,5 |
7 yoshdan katta | 100 gacha | 29-30 | 28 — 30 | 4,0 | 2,0 |
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олиш3.8.3.
3.8.2-bandda koʻrsatilmagan zararsizlantirish usullaridan foydalanishga, ularning ishonchliligi va xavfsizligi maxsus texnologik va gigiyenik tadqiqotlar bilan asoslangan hollarda ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олишMarkazlashtirilgan ichimlik suvi taʼminoti tizimidan keladigan oqar suv tipidagi hovuzlarni, shuningdek
3.5-bandda koʻrsatilgan hovuzlarni qoʻshimcha zararsizlantirishsiz ishlatishga, agar hovuzdagi suvning mikrobiologik koʻrsatkichlari ushbu sanitariya qoidalarining
2-jadvalida keltirilgan talablarga mos boʻlsa, ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олишZararsizlantiruvchi reagentning ishchi dozasi
2-jadvalga muvofiq uning qoldiq konsentratsiyasini doimiy ravishda saqlash uchun tajriba yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олиш3.8.6. Basseyn ishidagi uzoq tanaffus davrida (2 soatdan ortiq) vannalardagi suvda zararsizlantiruvchi moddalarning miqdorini quyidagi qoldiq konsentratsiyalargacha oshirishga ruxsat etiladi: erkin xlor — 1,5 mg/l, bogʻlangan xlor — 2,0 mg/l, brom — 2,0 mg/l va ozon — 0,5 mg/l. Tashrif buyuruvchilarni qabul qilish boshlanishiga qadar koʻrsatilgan zararsizlantiruvchi moddalarning qoldiq miqdori
2-jadvalda keltirilgan darajalardan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олиш2-jadval |
|
Basseyn vannasidagi suv sifati koʻrsatkichlari va meʼyorlari (foydalanish jarayonida) |
| | |
T/r | Koʻrsatkichlar | Meʼyorlar |
1. | Organoleptik va kimyoviy koʻrsatkichlar |
Loyqalik, mg/dmє | 2 dan ortiq emas |
Rangliligi, gradus | 20 dan ortiq emas |
Hidi, ball | 2 dan ortiq emas |
pH | 6 — 9 |
Xloridlar (osh tuzini elektroliz qilish orqali olingan natriy gipoxlorit bilan suvni zararsizlantirishda), mg/dmє | 400 dan ortiq emas |
Qoldiq erkin xlor (xlorlashda), mg/l | 0,2 dan kam emas — 0,5 dan ortiq emas |
Qoldiq brom (bromlashda), mg/l | 0,8 — 1,2 |
Qoldiq ozon (ozonlashda), mg/l | 0,1 dan kam emas va 0,3 dan ortiq emas (basseyn vannasiga tushishdan oldin) |
Xloroform (xlorlashda), mg/l | 0,1 dan ortiq emas |
Formaldegid (ozonlashda), mg/l | 0,1 dan ortiq emas |
2. | Mikrobiologik koʻrsatkichlar |
2.1 | Asosiy koʻrsatkichlar: |
100 ml dagi umumiy koliform bakteriyalar | 1 dan ortiq emas |
100 ml dagi termotolerant koliform bakteriyalar | yoʻq boʻlishi kerak |
100 ml dagi kolifaglar | yoʻq boʻlishi kerak |
oltin rang stafilokokk (Staphylococcus aureus) 100 ml da | yoʻq boʻlishi kerak |
2.2. | Qoʻshimcha: |
ichak infeksiyalari qoʻzgʻatuvchilari | yoʻqligi |
koʻk yiring tayoqchasi (Pseudomonas aeruginosa) 100 ml da | yoʻqligi |
3. | Parazitologik koʻrsatkichlar |
Lyambliya sistalari (Giardia intestinalis) 50 l da | yoʻqligi |
Gelmint tuxumlari va lichinkalari 25 l da | yoʻqligi |
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олиш3.9.1. Kundalik tozalash ish kuni oxirida oʻtkazilishi lozim. Smenalar orasidagi tanaffuslarda tozalash zarurati ushbu sanitariya qoidalarining
3.7-bandiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олишHavza vannalari (asosan ochiq) devorlarining oʻsib ketishiga qarshi kurashish va ularni tozalashni osonlashtirish uchun vannalar suviga vaqti-vaqti bilan 1,0 — 5,0 mg/l konsentratsiyali mis kuporosi (mis sulfat) eritmasi yoki ushbu sanitariya qoidalarining
1.4-bandiga muvofiq shu maqsad uchun moʻljallangan reagentlar qoʻshib turilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олиш3.9.5 Suzish havzalari suvini zararsizlantirish uchun tavsiya etiladigan reagentlar hamda xonalar va vannalarga ishlov berish uchun moʻljallangan dezinfeksiyalovchi vositalar
3-ilovada keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олиш3-jadval |
|
Yopiq suzish havzalarining asosiy xonalari uchun mikroiqlim koʻrsatkichlariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar |
| | | | | |
T/r | Xonaning vazifasi | Havo harorati, 0S | Nisbiy namlik, % | 1 soatda havo almashinuvi darajasi | Havo harakati tezligi, m/s |
1. | Basseyn vanna zallari | suv haroratidan 1-2 daraja yuqori | 50 — 55 gacha | har bir shugʻullanuvchiga kamida 80 m3/soat va har bir tomoshabinga kamida 20 m3/soat | 0,2 dan oshmagan holda |
2. | Mashgʻulotlarga tayyorgarlik zallari | 18 | 60 gacha | har bir shugʻullanuvchiga kamida 80 m3/soat | 0,5 dan oshmagan holda |
| kiruvchi havo | chiquvchi havo | |
3. | Kiyinish-yechinish xonalari | 25 | 60 gacha | dush xonalarini hisobga olgan holda muvozanat boʻyicha | 2 (dush xonalaridan) | meʼyorlanmagan |
4. | Dush xonalari | 25 | 60 gacha | 5 | 10 |
5. | Massaj xonalari | 22 | 60 gacha | 4 | 5 |
6. | Sauna kamerasi | 120 dan oshmagan holda | quruq | 4 | 5 (odamlar boʻlmagan vaqtda davriy ravishda ishlaydigan) |
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олиш3.11.2. Basseynga tashrif buyurishga ruxsat beruvchi davolash-profilaktika muassasasining maʼlumotnomasi ushbu aholi punktida (shahar, tuman)
1-ilovada koʻrsatilgan kasalliklar boʻyicha noqulay sanitariya-epidemiologik vaziyat yuzaga kelganda talab etiladi. Bunday hollarda, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati hududiy markazlari suzish havzalari maʼmuriyatiga tegishli tahlillardan oʻtmagan tashrif buyuruvchilarni kiritmaslik toʻgʻrisida koʻrsatma beradi.
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олиш |
Suzish havzalari suvi orqali tarqalishi mumkin boʻlgan yuqumli kasalliklar |
| | |
T/r | Kasalliklar | Suv omillari bilan bogʻliqlik darajasi |
1. | Adenovirusli faringokonyunktival isitma | +++ |
2. | Epidermofitiya ("suzuvchilar qichimasi") | +++ |
3. | Virusli gepatit A | ++ |
4. | Koksaki infeksiyasi | ++ |
5. | Dizenteriya | ++ |
6. | Otitlar, sinusitlar, tonzillitlar, konyunktivitlar | ++ |
7. | Teri sili | ++ |
8. | Terining zamburugʻli kasalliklari | ++ |
9. | Legionellyoz | ++ |
10. | Enterobioz | ++ |
11. | Lyamblioz | ++ |
12. | Kriptosporidioz | ++ |
13. | Amyobali meningoensefalit | + |
14. | Poliomiyelit | + |
15. | Traxoma | + |
16. | Yuqumli vulvovaginit | + |
17. | Gonoreya vulvovaginiti | + |
18. | Askaridoz | + |
19. | Trixotsefalyoz | + |
20. | Oʻtkir salmonellyoz gastroenteritlari | + |
21. | Strongiloidoz | + |
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олишushbu sanitariya qoidalarining
2.5-bandiga muvofiq tashrif buyuruvchilar oqimini tashkil etishga rioya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олишtashrif buyuruvchilarning haqiqiy sonining
1-jadvalda koʻrsatilgan sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олиш2. Mikroiqlim va yoritilganlik parametrlari ustidan laboratoriya nazorati ushbu sanitariya qoidalarining
3-jadvali va
3.10.4-bandiga muvofiq oʻtkaziladi hamda quyidagi takroriylikda (kamida) tadqiqotlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олишTashrif buyuruvchilarning mikroiqlim sharoitlari boʻyicha shikoyatlari mavjud boʻlsa, suzuvchilarning nafas olish zonasidagi havoda erkin xlor va ozon miqdori tekshiriladi, shuningdek, zallarda ishlatilayotgan uskunalardan chiqayotgan texnogen shovqin darajasining gigiyenik meʼyorlarga muvofiqligi oʻlchanadi (
3.10.3, 3.10.5-bandlar).
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олишTadqiqotlar natijasi qoniqarsiz boʻlsa, xonalar va jihozlarni asosli tozalash va dezinfeksiya qilish, soʻngra yuvindilarni tahlil uchun qayta olish lozim. Xodimlar va tashrif buyuruvchilarda patogen bakteriyalar, gelmint tuxumlari va sodda jonivorlar sistalari mavjudligini aniqlash uchun tekshiruv oʻtkazish, shuningdek, maktab va maktabgacha yoshdagi bolalarda tibbiy maʼlumotnomalar mavjudligini nazorat qilishni kuchaytirish zarur (
3.11.2-band).