22.01.2008 yildagi 0245-08-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining sanitariya qoidalari va meʼyorlari, gigiyena normativlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet eldan keltirilgan ishlatilgan buyumlarni “second hand” olib kirish, sotishga tayyorlash, saqlash va sotish boʻyicha sanitariya qoidalari va meʼyorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya meʼyorlari, qoidalari va gigiyenik normativlariga rioya qilmaslik qonun boʻyicha taʼqib qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu gigiyenik normativlar, sanitariya qoidalari va meʼyorlariga mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar, muassasalar va alohida shaxslar rioya qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEʼYORIY HAVOLALAR
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “ISTEʼMOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Isteʼmolchi oʻzi sotib olgan tovar sanitariya-gigiyena, shu jumladan radiologik, epidemiyaga qarshi va boshqa amaldagi meʼyor hamda qoidalar talablariga muvofiq tayyorlanganligi yoki bajarilganligi, uning hayoti, sogʻligʻi, atrof-muhit uchun xavfsiz ekanligi, shuningdek uning mol-mulkiga zarar yetkazmasligi kafolatini olish huquqiga ega” (12-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tovarning (ishning, xizmatning) konstruktiv, ishlab chiqarish, retseptura yoki boshqa kamchiliklari, shuningdek isteʼmolchining hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulki xavfsizligini taʼminlamaydigan materiallar, uskunalar, asbob-uskuna, jihozlar, moslamalar yoki boshqa vositalarning qoʻllanilishi natijasida isteʼmolchining hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi shart” (20-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “DAVLAT SANITARIYA NAZORATI TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aholining sanitariya-epidemiologik farovonligini taʼminlashning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: sanitariya-epidemiyaga qarshi choralar ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatning majburiy qismi sifatida oʻtkazilishi; mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, alohida shaxslar tomonidan sanitariya meʼyorlari, gigiyena normativlariga rioya qilmaslik va sanitariya-epidemiyaga qarshi choralar oʻtkazmaslik oqibatida aholi salomatligiga va atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplash” (2-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat organlari, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar: sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash maqsadida belgilangan tartibda tasdiqlangan sanitariya meʼyorlari, qoidalari va gigiena normativlariga rioya qilishlari shart” (7-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarning rahbarlari va alohida shaxslar obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, korxonalarni texnik jihatdan qayta jihozlash va ularni ishga tushirish jarayonida sanitariya meʼyorlari, qoidalari va gigiena normativlariga rioya etishlari shart” (9-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, xususiy shaxslar kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallarni saqlash, qoʻllash, zararsizlantirish paytida aholining farovonligini taʼminlovchi sanitariya meʼyorlari, qoidalari va gigiena normativlariga rioya etishlari shart” (11-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat organlari, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar chet eldan sotib olinadigan texnologiyalar, materiallar, xom ashyo va mahsulotlarni yetkazib berish, sotish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan sanitariya meʼyorlari, qoidalari va gigiena normativlariga rioya qilishlari shart” (16-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, mansabdor va boshqa shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq intizomiy va maʼmuriy javobgarlikka tortiladi” (29-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. UMUMIY TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Sanitariya qoidalari (bundan keyin Qoidalar deb yuritiladi) keyinchalik sotish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga ishlatilgan kiyim-kechak, “Second Hand” poyabzallarini olib kiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qoidalar idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, ichki muhitning belgilangan koʻrsatkichlarini saqlab qolish uchun maxsus qurilish tadbirlarini talab qilmaydigan, ishlatilgan kiyim-kechak, poyabzal buyumlarini (bundan keyin “Second Hand” buyumlari deb yuritiladi) qabul qilish, saralash, saqlash va sotish amalga oshiriladigan omborxonalar, doʻkonlar va boshqa binolar hamda joylarga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Insonparvarlik yordami sifatida keladigan tovarlarga alohida talablar qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qoidalarning bajarilishi uchun javobgarlik jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek “Second Hand” buyumlarini olib kirish va sotish bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Qoidalar talablarini buzgan aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “SECOND HAND” BUYUMLARINI OLIB KIRISHDA SANITARIYA-GIGIYENA VA EPIDEMIYAGA QARSHI TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Chet eldan keltirilgan “Second Hand” buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlash (bojxona nazorati ostida saqlash bundan mustasno) va sotishga faqat davlat sanitariya nazorati organlari va muassasalarining “Second Hand” buyumlari boʻyicha oʻtkazilgan davlat sanitariya-gigiyena ekspertizasi natijalariga asoslangan xulosasi mavjud boʻlgan taqdirdagina ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlatilgan shaxsiy gigiyena buyumlari, atir-upa va pardoz mahsulotlari, maishiy kimyoviy moddalar, ichki kiyimlar, paypoq mahsulotlari, ayollarning shaxsiy buyumlari, chaqaloqlar uchun mahsulotlar (shiqildoqlar, tishlovchi halqalar, sut idishlari, soʻrgʻichlar), choyshablar, oʻyinchoqlar, bir martalik idish-tovoqlarni sotish qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqaruvchining tegishli tamgʻasi boʻlmagan hayvon terisi va moʻynasini sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat sanitariya nazorati organlari va muassasalarining “Second Hand” buyumlarining epidemiologik xavfsizligi toʻgʻrisidagi xulosasini berish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomaning joʻnatuvchi va qabul qiluvchi koʻrsatilgan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning nomi, miqdori va xususiyatlari koʻrsatilgan tovar kuzatuv hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchi mamlakatning tovarlarning epidemiologik jihatdan xavfsizligini tasdiqlovchi sertifikati yoki boshqa hujjati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etkazib beruvchi mamlakat hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilinib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. “Second Hand” buyumlarini yetkazib berish shartnomasi (kontrakti)da yetkazib beruvchi tomonidan kir yuvish yoki kimyoviy tozalash (buyumlar turiga qarab), dezinfeksiya va dezinseksiya oʻtkazilishi koʻzda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. “Second Hand” buyumlari eksport qiluvchi mamlakatning sertifikati yoki boshqa hujjati bilan birga kelishi kerak. Ushbu hujjat yetkazib berilayotgan partiyaning dezinfeksiya va dezinseksiya qilinganligini tasdiqlovchi boʻlishi va yetkazib beruvchi mamlakat sogʻliqni saqlash organlari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi lozim (milliy sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli ruxsatnomasi (litsenziyasi)ga ega tashkilot tomonidan berilgan). Hujjatlarda “Second Hand” buyumlariga dezinfeksiya ishlovi berishda qoʻllanilgan usullar, vositalar va tartiblar aniq koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanitariya nazorati organlari va muassasalarining “Second Hand” tovarlarining epidemiologik xavfsizligi toʻgʻrisidagi xulosasi ushbu Qoidalarning 2.2-bandida koʻrsatilgan taqdim etilgan hujjatlar davlat sanitariya-gigiyena ekspertizasidan oʻtkazilgandan soʻng hamda “Second Hand” buyumlarini yuvish yoki kimyoviy tozalash (buyumlar turiga qarab) yoki kamerali dezinfeksiya qilish (zarur hollarda) amalga oshirilgandan keyin beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.6. “Second Hand” buyumlarini yuvish yoki kimyoviy tozalash (buyumlarning turiga qarab) quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2-bandda koʻrsatilgan hujjatlardan birining mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beruvchi mamlakatdan Oʻzbekiston Respublikasiga tashish paytida buyumlarning ikkilamchi ifloslanish belgilari mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7. “Second Hand” buyumlarni kamerali dezinfeksiya qilish quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2-bandda koʻrsatilgan hujjatlardan birining mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda “Second Hand” buyumlarini dezinfeksiya va dezinseksiya qilish usullari, vositalari va rejimlari haqidagi maʼlumotlarning yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Second Hand” buyumlarini zararsizlantirish va dezinfeksiya qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanmagan usullar, vositalar va rejimlardan foydalanilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “SECOND HAND” BUYUMLARINI SAQLASH, AJRATISH VA SOTISH JOYLARI HAMDA XONALARIGA QOʻYILADIGAN SANITARIYA-GIGIYENA VA EPIDEMIYAGA QARSHI TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. “Second Hand” buyumlarini saqlash, ajratish, saralash va sotish maxsus moʻljallangan joylarda va xonalarda amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. “Second Hand” buyumlarini sotishga ixtisoslashtirilgan doʻkonlarda va boshqa savdo shoxobchalarida, kiyim-kechak bozorlarining maxsus ajratilgan joylarida (sektorlarida) ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. “Second Hand” buyumlarini saqlash, ajratish, saralash va sotish xonalari hamda joylari Davlat sanitariya nazoratining hududiy muassasalari bilan kelishilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Gigiyenik ekspertiza oʻtkazish va savdo qilish huquqini olish uchun Davlat sanitariya nazorati hududiy muassasalarining xulosasini olish maqsadida quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan binolarni ajratish uchun ruxsatnoma hujjatlari, bino ijarasi shartnomasi va boshqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olinadigan tovarlarning assortimenti va hajmi, tovarlarga koʻzda tutilgan qoʻshimcha ishlov (kimyoviy tozalash, yuvish, dazmollash va hokazo) batafsil koʻrsatilgan tushuntirish xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan xona va unga tutash xonalarning eksplikatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isitish, shamollatish, yoritish, suv taʼminoti va oqava suv tizimi, xonalarni dezinfeksiya qilish imkoniyatlari haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni tashish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. “Second Hand” buyumlarini saqlash, qadoqlash, saralash va sotish uchun moʻljallangan joylar va xonalarning hujjatlarini koʻrib chiqish va tekshirishda sanitariya-epidemiologiya xizmati mutaxassislari ishchilarning sogʻligʻi uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini, sotuvchilar, xaridorlar va atrof-muhit uchun tovar xavfsizligini taʼminlaydigan umumeʼtirof etilgan sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi talablarga asoslanishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6. Oziq-ovqat doʻkonlari va omborxonalari, bolalar va davolash-profilaktika muassasalari, yotoqxonalar, mehmonxonalar vestibyullari, turar joy binolarida “Second Hand” buyumlarini saqlash, qadoqlash, saralash va sotish uchun joylar va xonalarni joylashtirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.7. “Second Hand” buyumlarini saqlash, saralash va sotish bir-biridan ajratilgan xonalarda yoki joylarda amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.8. “Second Hand” buyumlari ombori, doʻkonlari yoki boshqa sotish punktlari bir-biridan ajratilgan xonalar toʻplamiga ega boʻlishi kerak: buyumlarni qabul qilish, saqlash, ajratish va saralash, savdo qilish, shuningdek sanitariya-maishiy xonalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.9. “Second Hand” buyumlari ombori, doʻkonlari yoki boshqa sotish punktlari suv taʼminoti tizimiga ulanishi va kanalizatsiyaga tutashtirilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.10. Xonalarning balandligi kamida 2,8 metr boʻlishi va toza saqlanishi kerak. Devorlar, shiftlar va pollar nam tozalash va dezinfeksiyalash oson boʻlgan qoplama bilan qoplanishi lozim. Xodimlar uchun maishiy xonalar koʻzda tutilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.11. Buyumlarni koʻzdan kechirish, ajratish va saralashni balandligi kamida 10 santimetr boʻlgan, gigiyenik qoplamali pol stellajlarida oʻtkazish lozim. Bu xonani tozalash imkoniyatini taʼminlaydi va boshqa omborxona xonalarining ifloslanishini oldini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo zalidagi buyumlarni sotish uchun moʻljallangan idishlar va stellajlar ham qoplamaga ega boʻlishi yoki nam tozalash va dezinfeksiyalash oson boʻlgan materiallardan tayyorlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.12. Kundalik tozalash ish kuni oxirida oʻtkazilishi shart. Smenalar orasidagi tanaffuslarda tozalash zarurati kelib tushayotgan tovarning hajmi va turiga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hojatxona, dushxona, yechinish xonasi va buyumlarni ajratish xonalari har kuni dezinfeksiya qilinishi lozim. Qolgan xonalarni tozalash va dezinfeksiya qilish jadvali maʼmuriyat tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.13. Dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlari ixtisoslashtirilgan xizmatlar tomonidan buyurtmalar yoki shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.14. “Second Hand” omborlari, doʻkonlari yoki boshqa buyumlarni sotish punktlarining xonalari “Tabiiy va sunʼiy yoritish” QMQ talablariga muvofiq yetarli darajada sunʼiy va tabiiy yoritilgan boʻlishi hamda “Isitish, shamollatish va konditsiyalash” QMQ talablariga binoan sunʼiy harakatlantiriluvchi kiritish-soʻrish ventilyatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi shart. Qolgan xonalarda bir soat ichida kamida bir marta havo almashinuvini taʼminlaydigan tabiiy umumiy almashinuv ventilyatsiyasini oʻrnatishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.15. Texnologik jarayon meʼyorlari boʻyicha havo harorati belgilanmagan omborxonalarda markazlashtirilgan isitish tizimini oʻrnatmaslikka yoʻl qoʻyiladi. Bunda vaqtinchalik ish joylarida mahalliy isitish tizimi nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.16. “Second Hand” buyumlarini saqlash, ajratish, saralash va sotish bilan shugʻullanuvchi xodimlar uchun maʼmuriy va maishiy xonalar “Maʼmuriy va maishiy binolar” QMK talablariga muvofiq tashkil etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.17. Buyumlarni ajratish va saralash bilan band boʻlgan ishchilar GOST 12.4.011 talablariga muvofiq maxsus kiyim, shaxsiy himoya vositalari, shu jumladan changdan nafas olish organlarini himoyalovchi vositalar bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.18. “Second Hand” buyumlarini ajratish, saralash va sotishga tayyorlash bilan bogʻliq ishchilar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 yoshdan kichik boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga qabul qilinishda va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻiga muvofiq davriy profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joyida xavfsizlik texnikasi qoidalari boʻyicha yoʻriqnoma olish va sanitariya minimumi boʻyicha taʼlim olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “SECOND HAND” BUYUMLARIGA QOʻYILADIGAN SANITARIYA-GIGIYENA VA EPIDEMIYAGA QARSHI TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. “Second Hand” buyumlari solingan konteynerlar yoki toylarda paydo boʻladigan begona hidni yoʻqotish, ulardagi dezinfeksiya vositalari qoldiq miqdorini kamaytirish uchun toylar ochilgandan soʻng qismlarga ajratish boshlanishidan oldin shamollatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. “Second Hand” buyumlarini qismlarga ajratish va saralash jarayoni nafaqat tovarlarni turi va eskirish darajasiga koʻra taqsimlashni, balki ifloslanish darajasini aniqlashni va imkon qadar ifloslanish turini belgilashni ham oʻz ichiga olishi kerak: birlamchi — yetkazib beruvchi mamlakatdan kelgunga qadar; ikkilamchi — tashish, qismlarga ajratish, saralash jarayonidagi ifloslanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Qismlarga ajratilayotgan toyda hatto bitta ifloslangan buyum aniqlansa, butun toy tovari buyum turiga qarab yuvishga yoki kimyoviy tozalashga yuborilishi shart. Ikkilamchi ifloslangan buyumlar ham yuvilishi yoki kimyoviy tozalanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. “Second Hand” buyumlarini yuvish markazlashtirilgan holda kirxonalarda amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Savdo zallari va “Second Hand” buyumlarini ogʻirligiga qarab sotiladigan joylarda aholini sotib olingan tovarlarni yuvish yoki kimyoviy tozalashga topshirish zarurligi haqida xabardor qilish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6. “Second Hand” buyumlarini saqlash, qismlarga ajratish va sotish uchun moʻljallangan barcha xonalar va joylar toza saqlanishi shart. Har kuni xonalar nam latta bilan artilib, oyiga kamida bir marta dezinfeksiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.7. Kiyim-kechak bozorlarida ochiq lotoklarda “Second Hand” buyumlarini sotishda, savdo oʻtkaziladigan joylar savdo tugashi bilan har kuni tozalanishi kerak. Hududni tozalash ishlarini tashkil etish bozor maʼmuriyati zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.8. “Second Hand” buyumlarini yoʻlovchi tashiydigan transportda yoki oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashishga moʻljallangan transportda tashish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “SECOND HAND” BUYUMLARNI KAMERALI DEZINFEKSIYALASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. “Second Hand” buyumlarini kamerali dezinfeksiyalash va dezinseksiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ushbu tibbiy faoliyat turlarini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) mavjud boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. “Second Hand” buyumlarini kamerali dezinfeksiyalash usullari, vositalari va tartiblari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining amaldagi meʼyoriy hujjatlari talablariga muvofiq, buyumlarning turi va ular tayyorlangan mato turiga qarab tanlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3. Qoʻllaniladigan dezinfeksiya rejimlari SanQvaMda koʻrsatilgan infeksiya turlariga koʻra buyumlarni zararsizlantirishni taʼminlashi kerak: “Davolash muassasalarida dezinfeksiya va sterilizatsiya tadbirlarini tashkil etish hamda nazorat qilish qoidalari va meʼyorlari” va “Epidemiologik oʻchoqlarda yakuniy va joriy dezinfeksiyani tashkil etish hamda oʻtkazish qoidalari va meʼyorlari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.4. Kamerali dezinfeksiya rejimini tanlash zararsizlantirilgan buyumlarning tovar koʻrinishi, rangi va oʻlchamini saqlashni taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.5. Oʻtkazilgan kamerali dezinfeksiya natijalariga koʻra nazorat laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazilishi va “Second Hand” buyumlarining kamerali dezinfeksiyasi oʻtkazilganligi tegishli maʼlumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.