18.08.2026 yildagi VII-24-101-8-0-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI SURXONDARYO VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlari narxlari (tariflari)ni belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-bob 46-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-6074-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi “Yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarini belgilash toʻgʻrisida” 243-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2026-yil 4-iyundagi 22-19-10/25-sonli xulosasi va “Surxondaryo suv taʼminoti” aksiyadorlik jamiyatining 2026-yil 5-iyundagi 01-03/256-sonli xati bilan kiritilgan viloyatdagi suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlari (tariflari)ni belgilash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari narxlari (tariflari) 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dizel yoqilgʻi bilan transportda tashib yetkazilib beriladigan ichimlik suv narxlari (tariflari) 2-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siqilgan gaz bilan transportda tashib yetkazilib beriladigan ichimlik suv narxlari (tariflari) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Surxondaryo suv taʼminoti” AJ (Oʻ. Abdulqosimov), tuman (shahar)larda aniq manzilli va muddatli reja-grafik asosida 2026-yil avgust oyida aholi oʻrtasida ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari uchun toʻlovlarni onlayn amalga oshirish boʻyicha turli shakldagi targʻibot tadbirlarini tashkil etsin va natijasi yuzasidan 2026-yil 5-sentabrga qadar xalq deputatlari viloyat Kengashiga yozma axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyat teleradiokompaniyasi (M. Jabborov), “Surxon tongi” va “Заря Сурхана” gazetalari tahririyati (S. Norqobilov)ga sohada amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2025-yil 16-maydagi “Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari narxlari (tariflari)ni belgilash toʻgʻrisida” VII-9-69-8-0-K/25-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (I. Yoqubov) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingandan keyin oʻn besh kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi A. CHORIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 18-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-24-101-8-0-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.