15.05.2026 yildagi 243-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda jahonda yuz berayotgan geosiyosiy ziddiyatlar va keskinliklar, global iqtisodiyotdagi, shu jumladan, xalqaro neft bozoridagi uzoq muddatli noaniqliklar va xalqaro yuk tashishlar bozori konyunkturasining oʻzgarishi sharoitida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan ishonchli taʼminlash, shuningdek, yoqilgʻi-energetika korxonalari moliyaviy holatini barqarorlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yoqilgʻi-energetika resurslarining 2026-yil 1-iyundan kuchga kiradigan narxlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Energetika vazirligi ushbu qarorga muvofiq yoqilgʻi-energetika resurslarining joriy etilayotgan yangi narxlarini barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda neft-gaz va energetika sohasini rivojlantirish, yoqilgʻi-energetika resurslarini yetkazib berish sifatini yaxshilash va ularning narxlari oʻzgarishiga oid mavzular ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “Hududgaztaʼminot” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda tabiiy gaz va elektr energiyasini yetkazib berishdagi yoʻqotishlarni qisqartirishga qaratilgan maqsadli koʻrsatkichlarni belgilagan holda, hududgaz taʼminoti filiallari hamda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari rahbarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini bajarishda qoloqlikka yoʻl qoʻygan rahbarlarga nisbatan qatʼiy moliyaviy va intizomiy jazo choralarini qoʻllash inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi Energiya samaradorligi milliy agentligi bilan birgalikda tizimli ravishda yirik tarmoq va davlat korxonalarida bir birlik mahsulot ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) uchun sarflanadigan yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash choralarini belgilab borsin va ularning amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi 2026-yil 1-iyulga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy gaz va elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotish tariflarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr va issiqlik energiyasi, shuningdek, tabiiy gaz isteʼmolchilari va ulgurji qayta sotuvchilardan tushadigan mablagʻlarni taqsimlash tartibini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin va 2026-yil 1-iyundan boshlab kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 243-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energetika resurslarining 2026-yil 1-iyundan kuchga kiradigan yangi narxlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Isteʼmolchilar nomi

Oʻlchov birligi

Oʻlchov birligi uchun narxlar

(QQS hisobga olingan holda, soʻm)

I.

Elektr energiyasi

1.1.

Isteʼmolchilarning I va II guruhlari

kVt soat

1 100

1.2.

Isteʼmolchilarning III guruhi, shu jumladan aholi:

1.2.1.

Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalar bilan jihozlangan koʻp kvartirali uylar
va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy isteʼmolchilar uchun bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

oyiga 200 kVt soatgacha;

oyiga 201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha;

oyiga 501 kVt soatdan 1 000 kVt soatgacha;

oyiga 1 001 kVt soatdan 5 000 kVt soatgacha;

oyiga 5 001 kVt soatdan 10 000 kVt soatgacha;

oyiga 10 001 kVt soat va undan yuqori.



325

450

550

800

950

1 100

1.2.2.

Qolgan maishiy isteʼmolchilar uchun bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

oyiga 200 kVt soatgacha;

oyiga 201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha;

oyiga 501 kVt soatdan 1 000 kVt soatgacha;

oyiga 1 001 kVt soatdan 5 000 kVt soatgacha;

oyiga 5 001 kVt soatdan 10 000 kVt soatgacha;

oyiga 10 001 kVt soat va undan yuqori.


650

900

1 100

1 600

1 900

2 200

1.3.

Isteʼmolchilarning IV guruhi

1 100

II.

Tabiiy gaz

2.1.

Barcha isteʼmolchilar uchun
(2.2. — 2.4. bandlardan tashqari)

kub metr

2 000

2.2.

Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (shu jumladan, balansida avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari mavjud boʻlgan yuridik shaxslar) uchun

2 750

2.3.

Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga (gazni hisobga olish priborlari mavjud boʻlganda):

kub metr

a) isitish mavsumi* davomida bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

oyiga 500 kub metrgacha;

oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha;

oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha;

oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha;

oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori.


1 100

2 000

2 300

2 700

3 300

b) boshqa mavsum* davomida bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

oyiga 100 kub metrgacha;

oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha;

oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha;

oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha;

oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori.


1 100

2 000

2 300

2 700

3 300

2.4.

Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga (gazni hisobga olish priborlari mavjud boʻlmaganda):

a) ovqat tayyorlash va issiq suv taʼminoti uchun

2 000

b) isitish uchun

1 550

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Isitish mavsumi (boshqa mavsum) Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarori bilan tasdiqlangan 2024-yil 1-maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlarini (2-ilova) amal qilish muddatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 243-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-apreldagi 204-son qaroriga 1-ilovaning “I. Elektr energiyasi” qismining 1.1., 1.2., 1.2.1., 1.2.2. va 1.3. pozitsiyalari, “II. Tabiiy gaz” qismining 2.1., 2.2., 2.3., 2.4., 2.5. va 2.6. pozitsiyalari hamda izohining birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2024-2025-yillarda yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich oʻzgarish grafigiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida” 2025-yil 31-martdagi 194-son qaroriga ilovaning 1 va 2-bandlari chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2026-y., 09/26/243/0486-son)