19.08.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3927
ONLINE TRANSLATE
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tijorat operatorlari faoliyatini boshlash va tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 19-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3927]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-son “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-dekabrdagi 885-son “Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Elektron tijorat operatorlari faoliyatini boshlash va tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq 2026-yil 24-sentabrdan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor D. LI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 5 avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 5-avgustdagi 24-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tijorat operatorlari faoliyatini boshlash va tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom elektron tijorat operatorlari faoliyatini boshlash va tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asoslantirilgan mulohaza — qonunchilikda belgilangan talablarga qoʻshimcha ravishda xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ tomonidan qoʻllaniladigan, koʻrib chiqilayotgan masalaning haqiqiy mazmuni rasmiy mazmunidan ustuvorligini nazarda tutuvchi professional baholash. Asoslantirilgan mulohaza vakolatli organ tomonidan elektron tijorat operatori faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida olingan axborotga, jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlardan, davlat organlaridan, shu jumladan chet el nazorat organlari hamda tashkilotlaridan, boshqa ochiq manbalardan olingan va asoslantirilgan mulohazani shakllantirish uchun muhim boʻlgan boshqa axborotga asoslanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimi — vakolatli organni elektron tijorat operatori faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabardor qilishni masofaviy shaklda amalga oshirish uchun moʻljallangan maxsus elektron tizim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tijorat operatori — elektron tijoratni amalga oshirish uchun texnik, tashkiliy va axborot infratuzilmasi bilan taʼminlovchi yuridik shaxs. Elektron tijorat operatori faoliyatini elektron savdo platformasi operatori, buyurtmalar agregatori operatori, raqamli striming xizmati operatori sifatida amalga oshirishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron savdo platformasi operatori — elektron savdo platformasiga egalik qiluvchi va (yoki) uni boshqaruvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmalar agregatori operatori — buyurtmalar agregatoriga egalik qiluvchi va (yoki) uni boshqaruvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli striming xizmati operatori — raqamli striming xizmatiga egalik qiluvchi va (yoki) uni boshqaruvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqnoma — xabardor qiluvchilar elektron tijorat operatori faoliyatini boshlagani yoki tugatgani haqida vakolatli organni xabardor qilganini tasdiqlovchi, matritsali shtrix kodga (QR-kod) ega boʻlgan elektron hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabardor qiluvchilar — vakolatli organga xabarnoma yuborgan va xabarnomalar reyestriga kiritilgan elektron tijorat operatori faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabarnoma — xabardor qilish tartibida faoliyatni amalga oshirishni boshlash (tugatish) uchun xabardor qiluvchilar tomonidan vakolatli organga yuboriladigan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabarnomalar reyestri — faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshirayotgan, toʻxtatib turilgan, qayta tiklangan, tugatilgan xabardor qiluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan vakolatli organning maʼlumotlar bazasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xabardor qiluvchilar elektron tijorat operatori faoliyatini boshlash yoki tugatish toʻgʻrisidagi xabarnomani mazkur Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq ushbu faoliyatni boshlashdan oldin axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabarnoma axborot tizimi orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xabarnoma axborot tizimi orqali qabul qilingan vaqtdan boshlab, vakolatli organ tomonidan kirim qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xabarnomada koʻrsatilgan axborotning ishonchliligi uchun xabardor qiluvchilar masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Elektron tijorat operatori faoliyati bilan vakolatli organni xabardor qilmasdan shugʻullanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xabardor qilish tartibida elektron tijorat operatori faoliyatini tashkil etish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xabardor qilish tartibida elektron tijorat operatori faoliyatini tashkil etish uchun quyidagi talablar va shartlar amal qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsi shaklida davlat roʻyxatidan oʻtishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasining elektron tijorat, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, mualliflik va turdosh huquqlar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama sohasidagi qonunchilik va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) vakolatli organning soʻroviga muvofiq elektron tijorat subyektlarining faoliyatiga oid maʼlumotlarni bepul taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari talablariga rioya qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) elektron tijorat ishtirokchilariga xizmatlar koʻrsatish uchun zarur darajada ishlashi taʼminlangan axborot tizimining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) faoliyat boshlanishi haqidagi xabarnoma maʼlumotlarining haqqoniyligini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalari tuzish, shartnomalarga oʻzgartirishlar kiritish va ularni bekor qilish holatlarini, shuningdek, amaldagi mehnat shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy roʻyxatga olish — agar xodimlar uchun tegishli faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun bunday talab mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) xabardor qiluvchining nomi, joylashgan joyi (yashash manzili) oʻzgarganligi yoki filial va vakolatxona ochilganligi toʻgʻrisida roʻyxatga olingandan keyin oʻn ish kuni ichida vakolatli organni xabardor qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) xabardor qilish tartibiga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyat (harakat) turining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda boshqa talablar va shartlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xabardor qilish tartibida elektron tijorat operatori faoliyatini boshlash haqida xabarnoma yuborish va uni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xabardor qiluvchilar axborot tizimiga Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirib, elektron tijorat operatori faoliyatini boshlashi uchun vakolatli organga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xabarnomani yuborishda quyidagi maʼlumotlar kiritiladi (yuklanadi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashgan manzili va elektron pochtasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs rahbarining telefon raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tijorat operatori faoliyati amalga oshiriladigan joy manzili (manzillari, kadastr raqami);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tijorat operatori faoliyatini amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs rahbarining pasport raqami, seriyasi yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabardor qiluvchilar tomonidan xabarnomani yuborishda ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xabarnomaga ilova qilinadigan (yuklanadigan) tegishli hujjatlar elektron shaklda (PDF, PNG yoki JPEG formatda) boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xabardor qiluvchilardan mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar va hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar idoralararo hamkorlik tizimlarida mavjud maʼlumotlar asosida shu kunning oʻzida axborot tizimi orqali vakolatli organ tomonidan taqqoslanadi va oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xabarnoma quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notoʻgʻri yoki yolgʻon axborot kiritilganligi axborot tizimi orqali aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tijorat operatori faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshirish uchun belgilangan talablar va shartlarga rioya etilmagan yoki ular bajarilganligi tasdiqlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar xabardor qiluvchilar avval xabarnomalar reyestriga kiritilgan boʻlsa va ularning faoliyati amalga oshirilayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ yoki sud tomonidan xabardor qiluvchilarning faoliyati muayyan muddatga toʻxtatib turilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabardor qiluvchilar tomonidan elektron tijorat operatori faoliyatini amalga oshirish sudning qaroriga asosan taqiqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda koʻrsatib oʻtilgan holatlardan tashqari boshqa asoslar bilan xabarnomani qabul qilmaslikka yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilangan talablarga rioya qilingan holda yuborilgan xabarnoma axborot tizimi orqali shu kunning oʻzida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qabul qilingan xabarnoma asosida ushbu Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq tasdiqnoma axborot tizimi orqali bir ish kuni ichida elektron shaklda rasmiylashtiriladi hamda xabardor qiluvchining shaxsiy kabinetiga avtomatik yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda berilgan tasdiqnoma xabardor qiluvchi tomonidan qogʻozda chop etilishi mumkin. Bunda qogʻozda chop etilgan tasdiqnomalar elektron shaklda berilgan tasdiqnomalarga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tasdiqnomani elektron tijorat operatori faoliyatini amalga oshirish maqsadida boshqa yuridik shaxsga berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tasdiqnoma davlat tilida rasmiylashtiriladi. Xabardor qiluvchilar xohishiga koʻra tasdiqnoma axborot tizimi imkoniyati doirasida boshqa tillarda rasmiylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tasdiqnoma yuborilgan xabardor qiluvchilar toʻgʻrisidagi axborot shu kunning oʻzida xabarnomalar reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xabardor qiluvchining nomi yoki yuridik manzili oʻzgarganda, u roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng yoki uning filial va vakolatxonasi ochilgandan soʻng, xabardor qiluvchilar bu haqida vakolatli organga oʻn ish kuni ichida axborot tizimi orqali xabarnoma yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xabarnoma olingan kundan boshlab bir ish kuni ichida tasdiqnoma vakolatli organ tomonidan qayta rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Xabardor qiluvchilarning xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini toʻxtatish, qayta tiklash va tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xabardor qiluvchilarning elektron tijorat operatori faoliyati quyidagi asoslarga koʻra toʻxtatib turilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organning tashabbusi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tijorat operatori faoliyatini tugatish toʻgʻrisida ish sudda koʻrib chiqilib, sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vakolatli organ elektron tijorat operatori tomonidan ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlar buzilganligi aniqlangan taqdirda, elektron tijorat operatori faoliyatini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Elektron tijorat operatori faoliyatini toʻxtatish asoslari aniqlangan taqdirda, toʻplangan maʼlumotlar va hujjatlar asosida vakolatli organ elektron tijorat operatori faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishi mumkin. Tekshirish natijalari boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi va xabardor qiluvchilar (yoki ularning vakili) dalolatnoma bilan tanishtiriladi (imzosi olinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agarda xabardor qiluvchilar (yoki ularning vakili) dalolatnoma bilan tanishishdan (imzo qoʻyishdan) bosh tortgan taqdirda, dalolatnomaga bu haqda tegishli maʼlumot kiritilib, xolis guvohlar ishtirokida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Rasmiylashtirilgan dalolatnoma elektron shaklda (PDF formatda) vakolatli organ tomonidan bir ish kuni ichida xabardor qiluvchilarning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda dalolatnoma shaxsiy kabinetga yuborilgan kunda xabardor qiluvchilar u bilan tanishtirilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Dalolatnoma tuzilgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida vakolatli organ aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va elektron tijorat operatori faoliyatini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish yuzasidan qaror qabul qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qaror vakolatli organning birinchi rahbari (yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs) tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qabul qilingan qaror axborot tizimi orqali xabardor qiluvchilarning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga shu kunning oʻzida yuboriladi hamda xabarnomalar reyestrida elektron tijorat operatori faoliyati toʻxtatilganligi toʻgʻrisida maʼlumot kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Elektron tijorat operatori oʻzining faoliyatini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror kelib tushgan kundan eʼtiboran qarorda koʻrsatilgan muddatda aniqlangan holatlarni bartaraf etishi va asoslantiruvchi hujjatlarni ilova qilgan holda axborot tizimidagi shaxsiy kabineti orqali vakolatli organga yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vakolatli organ kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi xabarni va bu haqda asoslantiruvchi hujjatlarni olgandan soʻng besh ish kuni ichida maʼlumotlarni tahlil qiladi. Zaruratga koʻra, tekshiruvlarni muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ bilan kelishilgan holda joyiga chiqqan holda oʻrganishi mumkin va bu haqda ushbu Nizomning 19 va 20-bandlarida nazarda tutilgan tartibda dalolatnoma rasmiylashtiriladi va xabardor qiluvchilarga axborot tizimi orqali yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qarorda nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilganligi yoki bartaraf etilmaganligi boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilgandan soʻng bir ish kuni ichida vakolatli organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tijorat operatori faoliyatini qayta tiklash yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tijorat operatori faoliyatini qayta tiklash yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi qarorning elektron shaklini xabardor qiluvchilarning axborot tizimidagi shaxsiy kabineti orqali yuborishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tijorat operatori faoliyatini qayta tiklash yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi maʼlumotni xabarnomalar reyestriga kiritishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bir ish kuni ichida vakolatli organ elektron tijorat operatori faoliyatini qayta tiklash yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilmasa, xabardor qiluvchilarning elektron tijorat operatori faoliyati qayta tiklangan hisoblanadi va xabarnomalar reyestrida avtomatik ravishda bu haqda maʼlumot chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Elektron tijorat operatori faoliyati quyidagi holatlarda tugatilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tijorat operatorining oʻz faoliyatini ixtiyoriy ravishda tugatish toʻgʻrisida vakolatli organga yuborgan xabarnomasiga asosan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomda nazarda tutilgan talablar va shartlar buzilgan taqdirda, sudning qaroriga asosan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xabardor qiluvchilar elektron tijorat operatori faoliyatini tugatish toʻgʻrisida axborot tizimidagi shaxsiy kabineti orqali soddalashtirilgan tartibda vakolatli organga xabarnoma yuboradi. Bunda alohida maʼlumot va hujjatlarni axborot tizimiga kiritish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Elektron tijorat operatori faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgandan soʻng, elektron tijorat operatori faoliyati xabarnomada koʻrsatilgan sanadan tugatilgan hisoblanadi va bu haqdagi maʼlumot xabarnomalar reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Xabardor qiluvchilarning elektron tijorat operatori faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi vakolatli organning arizasi sudga quyidagi hollarda beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabardor qiluvchilar tomonidan elektron tijorat operatori faoliyatini boshlash toʻgʻrisida yuborilgan xabarnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning yolgʻon yoki notoʻgʻri ekanligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomda belgilangan talablar va shartlar buzilishiga olib kelgan kamchiliklar xabardor qiluvchilar tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabardor qiluvchilar tomonidan mazkur Nizomning 2-bobidagi xabardor qilish tartibida elektron tijorat operatori faoliyatini tashkil etish talablar va shartlari muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, agar bu qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilishiga, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari poymol qilinishiga, jamoat xavfsizligi holati yomonlashishiga va atrof-muhitga zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsа.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur Nizomning 2-bobidagi xabardor qilish tartibida elektron tijorat operatori faoliyatini tashkil etish talab va shartlarining 5-bandi “a” va “f” kichik bandlarida belgilangan talablar va shartlarning bajarilmaganligi bir marta qoʻpol ravishda buzilishga kiradi, “b”, “d”, “e”, “g”, “h”, “i”, “j” kichik bandlarida belgilangan talablar va shartlarning bir yil davomida ikki va undan ortiq marta bajarilmaganligi muntazam ravishda buzilish deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mazkur Nizomning 30-bandida belgilangan hollarda vakolatli organ aniqlangan holatlar yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtiradi va bir ish kuni ichida xabardor qiluvchilarning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Dalolatnoma rasmiylashtirilgandan soʻng vakolatli organ besh ish kuni ichida sudga xabardor qiluvchilarning elektron tijorat operatori faoliyatini tugatish haqida daʼvo arizasini kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudga kiritilgan elektron tijorat operatori faoliyatini tugatish haqidagi daʼvo arizasining elektron shakli (PDF formatini) axborot tizimi orqali xabardor qiluvchilarning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga vakolatli organ tomonidan shu kunning oʻzida yuborilishi hamda bu haqda xabarnomalar reyestriga tegishli maʼlumotlar kiritilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Vakolatli organ besh ish kuni ichida sudga elektron tijorat operatori faoliyatini tugatish haqidagi daʼvo arizasini kiritmasa, xabardor qiluvchilarning faoliyati qayta tiklangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Elektron tijorat operatori faoliyatini tugatish haqidagi daʼvo arizasi sudda koʻrib chiqilib, sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar xabardor qiluvchilarning faoliyati muayyan muddatga toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Vakolatli organ ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan holatlar yuzasidan sudga kiritilgan daʼvo arizasida xabardor qiluvchilar tomonidan yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarning ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda uch oygacha boʻlgan muddatga xabardor qiluvchilarning xabardor qilish tartibida elektron tijorat operatori faoliyatini taqiqlash toʻgʻrisida talab qoʻyishi mumkin. Bunda elektron tijorat operatori faoliyatini amalga oshirishni taqiqlashning aniq muddati sud tomonidan qonunda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan soʻng, vakolatli organ uch ish kuni ichida bu haqda xabarnomalar reyestriga tegishli maʼlumotni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tijorat operatori faoliyati sud tartibida tugatilgan shaxslar axborot tizimida alohida roʻyxatga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Elektron tijorat operatori faoliyatini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Xabarnomalar reyestriga kiritilgan hamda elektron tijorat operatori faoliyatini amalga oshirayotgan xabardor qiluvchilarning mazkur Nizomning 2-bobidagi xabardor qilish tartibida elektron tijorat operatori faoliyatini tashkil etish talab va shartlariga rioya etishi vakolatli organ tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Nazorat qilish quyidagi shakllar boʻyicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimi orqali xabardor qilish tartibida elektron tijorat operatori faoliyatini tashkil etish talab va shartlariga rioya etilishi boʻyicha masofaviy monitoring;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabardor qilish tartibida elektron tijorat operatori faoliyatini tashkil etish talab va shartlariga rioya etilishini, asoslar mavjud boʻlgan taqdirda va tekshiruvlarni muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ bilan belgilangan tartibda kelishilganda, joyiga chiqqan holda tekshirish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabardor qiluvchilarning faoliyati bilan bogʻliq statistik axborotlarini va boshqa axborotlarni tahlil qilish orqali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organga xabardor qiluvchilar faoliyatini nazorat qilish bilan bogʻliq tadbirlarni oʻtkazish chogʻida mazkur Nizomda nazarda tutilmagan talablar va shartlarning bajarilishini tekshirish yoki ulardan ushbu shartlar va talablarning bajarilishini talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Vakolatli organ axborot tizimi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, xabardor qiluvchilarning xodimlari xabardor qilish tartibida elektron tijorat operatori faoliyatini tashkil etish talab va shartlariga rioya qilganligi toʻgʻrisida kiritilgan maʼlumotlar, shuningdek boshqa vakolatli organlar va idoralardan olingan boshqa axborotlar asosida masofaviy monitoringni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Vakolatli organ masofaviy monitoringni amalga oshirish jarayonida xabardor qiluvchilar tomonidan xabardor qilish tartibida elektron tijorat operatori faoliyatini tashkil etish talab va shartlarini buzish holatlari aniqlangan taqdirda, oʻn ish kunidan kam boʻlmagan muddatda aniqlangan holatlarni bartaraf etish yuzasidan xabardor qiluvchilarga axborot tizimidagi shaxsiy kabineti orqali ogohlantirish xati yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xabardor qiluvchilarning faoliyatini toʻxtatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Agarda ogohlantirish xatida koʻrsatilgan muddatda xabardor qiluvchilar aniqlangan holatlarni bartaraf etmasa va bu haqda vakolatli organni axborot tizimi orqali xabardor qilmasa, vakolatli organ “xavfni tahlil qilish” tizimi natijalari asosida joyiga chiqqan holda tekshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Elektron tijorat operatori faoliyatini tashkil etish talablari va shartlariga rioya etilishini joyiga chiqqan holda tekshirish quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, jamoatchilik nazorati subyektlarining murojaatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Mazkur Nizomning 42-bandida nazarda tutilgan tekshirishlar belgilangan tartibda tekshiruvlarni muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ bilan kelishilgan holda oʻn kungacha boʻlgan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Xabarnomalar reyestrini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Vakolatli organ elektron tijorat operatori faoliyatini boshlash yoki tugatish boʻyicha xabarnomalar reyestrini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Xabarnomalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabardor qiluvchilarning reyestrga kiritilgan sanasi va tartib raqami, ularning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), telefoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabardor qiluvchilarning elektron tijorat operatori faoliyatini amalga oshirayotgan manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabardor qiluvchilarning elektron tijorat operatori faoliyatini yuritish holati (amalda, toʻxtatilgan, qayta tiklangan, tugatilgan) va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabardor qiluvchilarning faoliyati toʻxtatilganligi yoki tugatilganligi asoslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabardor qiluvchilar faoliyatini amalga oshirish uchun qoʻyilgan taqiqning qolgan muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Xabarnomalar reyestrida mavjud boʻlgan maʼlumotlar vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Vakolatli organ tomonidan xabardor qiluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi va unda xabardor qiluvchilar xabarnomani yuborishda kiritilgan (yuklangan) barcha maʼlumotlarning elektron nusxalari saqlanadi. Bunda xabarnomalar reyestriga kiritilmagan maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda, vakolatli organ tomonidan ushbu maʼlumotlarning uchinchi shaxslarga oshkor qilinmasligi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Manfaatdor shaxslar elektron tijorat operatori faoliyatini boshlash yoki tugatish boʻyicha vakolatli organning harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan norozi boʻlgan taqdirda, sudga yoki boshqa vakolatli organlarga qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tijorat operatori faoliyatini boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tijorat operatori faoliyatini boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni organni xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Xabardor qiluvchilar

1. Tasdiqnoma olish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Axborot tizimida roʻyxatdan oʻtadi hamda mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan barcha zarur maʼlumotlarni kiritgan (yuklagan) holda xabarnoma yuboradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Vakolatli organ

Xabarnoma axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

Taqdim etilgan kunda

3-bosqich

Vakolatli organ

Qabul qilingan xabarnoma asosida tasdiqnoma elektron shaklda rasmiylashtiriladi va xabardor qiluvchining shaxsiy kabinetiga avtomatik yuboriladi hamda xabarnomalar reyestriga kiritiladi.

Bir ish kuni ichida

4-bosqich

Xabardor qiluvchilar

Xabardor qiluvchining nomi, yuridik manzili oʻzgarganligi roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng yoki uning filial va vakolatxonasi ochilgandan soʻng vakolatli organga axborot tizimi orqali xabarnoma yuboradi.

Oʻn ish kuni ichida

5-bosqich

 

Vakolatli organ

Belgilangan talablarga muvofiq yuborilgan xabarnoma asosida tasdiqnoma vakolatli organ tomonidan qayta rasmiylashtiriladi.

Bir ish kuni ichida

6-bosqich

Xabardor qiluvchilar

Elektron tijorat operatori faoliyatini ixtiyoriy ravishda tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda, oʻz faoliyatini tugatish haqida xabarnoma yuboradi.

Qaror qabul qilingandan soʻng uch ish kuni ichida

7-bosqich

Vakolatli organ

Belgilangan talablarga rioya qilingan holda yuborilgan xabarnomani axborot tizimi orqali qabul qiladi va xabardor qiluvchining faoliyati tugatilganligi toʻgʻrisida xabarnomalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.

Taqdim etilgan kunda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tijorat operatori faoliyatini boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan хabarnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisida


TASDIQNOMA
№ 000000

 __________________________________ (yuridik shaxsning nomi)
 

Elektron tijorat operatori sifatida faoliyati

Tasdiqnoma reyestri boʻyicha tartib raqami:
X-0000

STIR (Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami):
000 000 000

Pochta manzili:

________________________________________________

Faoliyat amalga oshiriladigan manzil:

________________________________________________

Vakolatli organ:
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Xabarnoma yuborilgan sana:_________________________

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2026 y., 10/26/3927/0857-son)