13.08.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3923
ONLINE TRANSLATE
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliyaviy hisobotning milliy standarti (1-sonli MHMS) “Moliyaviy hisobotlarda axborotlarni taqdim etish va yoritib berish”ni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 13-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3923]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-sentabrdagi PQ-282-son “Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliyaviy hisobotning milliy standarti (1-sonli MHMS) “Moliyaviy hisobotlarda axborotlarni taqdim etish va yoritib berish” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 130-son “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) “Moliyaviy hisobotni taqdim etish va hisob siyosati”ni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3544, 2024-yil 6-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 10/24/3544/0589-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir J. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 23-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
392-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 23-iyuldagi 392-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliyaviy hisobotning milliy standarti (1-sonli MHMS) “Moliyaviy hisobotlarda axborotlarni taqdim etish va yoritib berish”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Moliyaviy hisobotning milliy standarti (1-sonli MHMS) “Moliyaviy hisobotlarda axborotlarni taqdim etish va yoritib berish” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) mulkchilik shaklidan qatʼi nazar Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar (bundan Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar va budjet tashkilotlari mustasno) (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tomonidan umumiy maqsaddagi moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, taqdim etish va yoritib berishda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Standart umumiy maqsaddagi moliyaviy hisobotlarning toʻliq toʻplamiga doir talablarni, moliyaviy hisobotning asosiy shakllari va ularga doir izohlarning oʻzaro bogʻliqligini, axborotni taqdim etish va yoritib berishning umumiy talablarini, shuningdek moliyaviy hisobotlar moddalarini tasniflash, jamlash va alohida taqdim etishning umumiy qoidalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Standartda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobot — tashkilotning moliyaviy holati, moliyaviy natijalari, pul mablagʻlari harakati va xususiy kapitalidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi tizimlashtirilgan axborotni taqdim etuvchi, tegishli moliyaviy hisobot standartlari talablariga muvofiq tuziladigan hisobotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobotlarning toʻliq toʻplami — moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobot (balans), foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisidagi hisobot yoki foyda yoki zarar toʻgʻrisidagi alohida hisobot hamda boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisidagi alohida hisobot, xususiy kapitaldagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi hisobot, pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot, izohlar, shuningdek mazkur Standartda nazarda tutilgan hollarda qoʻshimcha qiyosiy maʼlumotni oʻz ichiga olgan moliyaviy hisobotlar toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhim axborot — tushirib qoldirilishi, notoʻgʻri aks ettirilishi yoki yetarli darajada ochiqlanmasligi (yashirilishi) moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarning (bundan buyon matnda foydalanuvchi deb yuritiladi) moliyaviy hisobotlar asosida qabul qiladigan qarorlariga taʼsir koʻrsatishi asosli ravishda kutilishi mumkin boʻlgan axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiyosiy maʼlumot — joriy hisobot davri koʻrsatkichlarini oldingi hisobot davri koʻrsatkichlari bilan taqqoslash uchun taqdim etiladigan axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tasniflash tuzatishlari — joriy hisobot davrida foyda yoki zarar tarkibiga qayta tasniflangan va joriy yoki oldingi hisobot davrlarida boshqa umumlashgan daromad tarkibida aks ettirilgan summalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oraliq jamlama — moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllarida mazkur Standartga muvofiq taqdim etiladigan hamda ikki yoki undan ortiq moddalar yigʻindisidan tashkil topgan, tashkilotning moliyaviy holati yoki moliyaviy natijalarining muayyan jihatini aks ettiruvchi yigʻindi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy maqsaddagi moliyaviy hisobotmavjud va potensial investorlar, qarz beruvchilar va boshqa kreditorlarga hisobot beruvchi tashkilot toʻgʻrisida mazkur tashkilotni resurslar bilan taʼminlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilishda foydali boʻladigan moliyaviy maʼlumotni taqdim etishga qaratilgan moliyaviy hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoritib berish — moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllarida yoki ularga doir izohlarda foydalanuvchilar uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha axborotni ochib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
izohlar — moliyaviy hisobotlarning ajralmas qismi boʻlib, moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllarida taqdim etilgan maʼlumotlarga doir tushuntirishlar, tafsilotlar, muhim hisob siyosati, baholash noaniqliklari va boshqa qoʻshimcha axborotni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Standartga muvofiq umumiy maqsaddagi moliyaviy hisobotlarda tashkilotning moliyaviy holati, moliyaviy natijalari, xususiy kapital tarkibidagi oʻzgarishlar hamda pul oqimlari toʻgʻrisida foydalanuvchilar uchun oʻrinli, ishonchli, qiyoslanuvchan va tushunarli axborot haqqoniy taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar boshqa moliyaviy hisobotlarning milliy standartlarida muayyan aktiv, majburiyat, xususiy kapital, daromad, xarajat, operatsiya, boshqa hodisa yoki shart-sharoitga nisbatan maxsus tan olish, baholash, taqdim etish yoki yoritib berish boʻyicha qoidalar belgilangan boʻlsa, bunday qoidalar mazkur Standart bilan birgalikda qoʻllaniladi. Bunda Moliyaviy hisobotlarning milliy standartlarida (bundan buyon matnda MHMS deb yuritiladi) belgilangan talablar qoʻllaniladi, mazkur Standart esa taqdim etish va yoritib berishning umumiy asoslarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Standartning 2-bandida nazarda tutilgan talablarni bajarish uchun tashkilot moliyaviy hisobotlarda muhim moddalarni alohida taqdim etadi, muhim boʻlmagan moddalarni esa ularning xususiyati va vazifasiga koʻra oʻxshash boshqa moddalar bilan jamlaydi. Bunda muhim axborotni jamlash, notoʻgʻri tasniflash yoki yetarli darajada oshkor qilmaslik natijasida umumiy maqsaddagi moliyaviy hisobotlardagi tashkilotning moliyaviy holati, moliyaviy natijalari va pul oqimlari toʻgʻrisida foydalanuvchilarning qaror qabul qilishiga salbiy taʼsir koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishning umumiy jihatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Moliyaviy hisobotlarning maqsadi, moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllari va izohlarning oʻrni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Moliyaviy hisobotlarning maqsadi foydalanuvchilarga tashkilotning aktivlari, majburiyatlari, xususiy kapitali, daromadlari, xarajatlari va pul oqimlari haqidagi moliyaviy axborotni taqdim etishdan iborat. Ushbu axborot foydalanuvchilarga tashkilotga kelgusida sof pul oqimlari kirib kelishi istiqbollarini hamda tashkilot rahbariyati tomonidan tashkilotning iqtisodiy resurslari qanday boshqarilayotganini baholashda foydali boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moliyaviy hisobotning toʻliq toʻplami quyidagilarni qamrab oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davri oxiri holatiga moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotni (balans);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davri uchun moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davri uchun xususiy kapitaldagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi hisobotni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davri uchun pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobotni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
izohlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Standartda nazarda tutilgan qiyosiy maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hollarda oldingi hisobot davri boshiga moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilarida keltirilgan moliyaviy hisobotlar shakllari ushbu Standart maqsadlari uchun moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllari deb yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashkilot moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni quyidagi shakllardan birida taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foyda yoki zarar hamda boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisidagi yagona hisobot shaklida (bunda foyda yoki zarar qismi avval, undan keyin bevosita boshqa umumlashgan daromad qismi keltiriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foyda yoki zarar toʻgʻrisidagi alohida hisobot hamda boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisidagi alohida hisobot shaklida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Standartning 7-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan foyda yoki zarar hamda 7-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan foyda yoki zarar toʻgʻrisidagi alohida hisobot foyda yoki zarar toʻgʻrisidagi hisobot deb yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Standartning 7-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan boshqa umumlashgan daromad hamda 7-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisidagi alohida hisobot boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisidagi hisobot deb yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tashkilot moliyaviy hisobotlarning har bir asosiy shaklini moliyaviy hisobotlarning toʻliq toʻplami bilan birgalikda taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Moliyaviy hisobotlarning maqsadiga erishish uchun tashkilot axborotni moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllarida taqdim etadi va izohlarda yoritib beradi. Bunda tashkilot faqat muhim axborotni taqdim etadi yoki yoritib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tashkilot moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllarida tan olingan aktivlari, majburiyatlari, xususiy kapitali, daromadlari, xarajatlari va pul oqimlari boʻyicha vazifalarini hisobga olgan holda tuzilmali va umumlashtirilgan moliyaviy axborotni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tashkilot moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllarini taqdim etish yoki izohlarda yoritib berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda mazkur Standart talablarini hisobga oladi. Bunda moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllarida axborot jamlangan holda beriladi, izohlarda batafsil yoritib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Muhim axborot va qoʻshimcha yoritib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. MHMSda muayyan axborotni moliyaviy hisobotning asosiy shakllarida taqdim etish yoki izohlarda yoritib berish nazarda tutilgan boʻlsa, tashkilot bunday axborot muhim boʻlmagan hollarda uni alohida taqdim etmasligi yoki yoritib bermasligi mumkin. Mazkur qoida MHMSda bunday axborotni taqdim etish yoki yoritib berishga oid talablar keltirilgan yoki ular eng kam talablar sifatida belgilangan taqdirda ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. MHMSda nazarda tutilgan muayyan talablarga rioya qilinishi moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga operatsiyalar, hodisalar va vaziyatlarni (bundan buyon matnda operatsiyalar deb yuritiladi) tashkilotning moliyaviy holati va moliyaviy natijalariga taʼsirini tushunish uchun yetarli boʻlmasa, tashkilot bunday taʼsirni tushunish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha axborotni izohlarda yoritib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllarida axborotni taqdim etishning umumiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tashkilot moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllari boʻyicha taqdim etiladigan muhim axborotni aniqlashda mazkur Standartning 11-bandida nazarda tutilgan moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllari boʻyicha vazifasini hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllari foydalanuvchilar uchun foydali boʻlgan tuzilmali va umumlashtirilgan moliyaviy axborotni taqdim etishi lozim. Bunda tashkilot mazkur Standartning 16 — 18-bandlarida belgilangan talablarga rioya qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tashkilot moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllarida foydalanuvchilar uchun foydali boʻlgan tuzilmali va umumlashtirilgan moliyaviy axborotni taqdim etish maqsadida mazkur Standartda har bir hisobot shakli uchun belgilangan maxsus talablarga amal qiladi. Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobotga nisbatan esa tegishli moliyaviy hisobotning milliy standarti talablari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. MHMSda moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllarida muayyan satrlarni alohida taqdim etish talab etilgan boʻlsa, tashkilot, agar bunday taqdim etish foydalanuvchilar uchun foydali boʻlgan tuzilmali va umumlashtirilgan moliyaviy axborotni taqdim etishi uchun zarur boʻlmasa, ushbu satrlarni alohida taqdim etmasligi mumkin. Bu qoida, moliyaviy hisobotning milliy standartlarida muayyan satrlar roʻyxati keltirilgan yoki ular eng kam talablar sifatida belgilangan taqdirda ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agar moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllarida foydalanuvchilar uchun foydali boʻlgan tuzilmali va umumlashtirilgan moliyaviy axborotni taqdim etish uchun zarur boʻlsa, tashkilot qoʻshimcha moddalar yoki oraliq jamlamalarni taqdim etadi. Bunday moddalar yoki oraliq jamlamalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MHMSga muvofiq tan olingan va baholangan summalardan tashkil topishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Standartda belgilangan hisobot tuzilishiga muvofiq boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davrlar boʻyicha izchil qoʻllanilishi hamda moliyaviy hisobotning milliy standartlarida nazarda tutilgan jami va oraliq jamlamalarga nisbatan ustun darajada ajratib koʻrsatilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Moliyaviy hisobotlarni identifikatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tashkilot moliyaviy hisobotlarni aniq identifikatsiya qilishi va ularni ushbu moliyaviy hisobotlar bilan birga eʼlon qilingan boshqa axborotdan ajratib koʻrsatishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Moliyaviy hisobotlar davlat organiga yoki boshqa vakolatli organga taqdim etilsa, mazkur Standart talablari ushbu moliyaviy hisobotlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Bunda moliyaviy hisobot bilan birga taqdim etilgan, lekin moliyaviy hisobotning asosiy shakllari yoki ularga doir izohlar tarkibiga kirmaydigan boshqa axborot, agar boshqa MHMSda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur Standart talablari boʻyicha hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tashkilot har bir moliyaviy hisobot shaklini va izohlarni aniq identifikatsiya qilishi lozim. Bunda tashkilot quyidagi maʼlumotlarni aniq koʻrsatishi va zarur hollarda takrorlashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot beruvchi tashkilotning nomi yoki uni identifikatsiya qilishning boshqa usuli, shuningdek oldingi hisobot davri oxiridan buyon ushbu maʼlumotdagi yuz bergan har qanday oʻzgarishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobotlar alohida tashkilotga yoki tashkilotlar guruhiga tegishliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davri oxirining sanasi yoki moliyaviy hisobotlar qamrab olgan davr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etish valyutasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobotlardagi summalarni koʻrsatishda qoʻllanilgan yaxlitlash darajasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Hisobot taqdim etish davriyligi va izchillik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tashkilot moliyaviy hisobotlarning toʻliq toʻplamini foydalanuvchilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan hisobot davri uchun kamida yilda bir marta taqdim etadi. Agar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollarda tashkilot bir yildan uzoq yoki qisqa davr uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etsa, u bunday davrdan foydalanish sababi va moliyaviy hisobotlardagi summalar toʻliq qiyoslanuvchan emasligini yoritib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tashkilot moliyaviy hisobotlardagi moddalarni taqdim etish, yoritib berish va tasniflash tartibini bir hisobot davridan keyingi hisobot davriga nisbatan saqlab qolishi lozim, bundan quyidagi hollar mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot faoliyati xususiyatidagi muhim oʻzgarishlar yoki moliyaviy hisobotlarni qayta koʻrib chiqish natijasida boshqacha taqdim etish, yoritib berish yoki tasniflash yanada oʻrinli va ishonchli axborotni taʼminlashi aniq boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar MHMSda bunday oʻzgartirish nazarda tutilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Qiyosiy axborot va qayta tasniflash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. MHMSda boshqacha talab nazarda tutilmagan boʻlsa, tashkilot joriy hisobot davri uchun moliyaviy hisobotlarda keltirilgan barcha summalar boʻyicha oldingi hisobot davriga oid qiyosiy axborotni taqdim etadi. Joriy moliyaviy hisobotlarni tushunish uchun zarur boʻlgan tavsifiy va izohlovchi axborot ham taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tashkilot har bir moliyaviy hisobot shaklida va izohlarda joriy hamda oldingi hisobot davri uchun axborotni taqdim etadi. Qoʻshimcha qiyosiy axborot mazkur Standartda nazarda tutilgan hollarda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Agar tashkilot moliyaviy hisobotlardagi moddalarni taqdim etish, yoritib berish yoki tasniflashni oʻzgartirsa, u qiyosiy summalarni ham qayta tasniflaydi, bundan qayta tasniflash amalda imkonsiz boʻlgan hollar mustasno. Qiyosiy summalar qayta tasniflangan taqdirda tashkilot quyidagilarni (shu jumladan, oldingi hisobot davri boshiga nisbatan ham) yoritib beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tasniflashning xususiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tasniflangan har bir modda yoki moddalar sinfi summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tasniflash sababi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Agar qiyosiy summalarni qayta tasniflash amalda imkonsiz boʻlsa, tashkilot quyidagilarni yoritib beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
summalarni qayta tasniflamaslik sababi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar summalar qayta tasniflangan boʻlsa, kiritilishi mumkin boʻlgan tuzatishlarning xususiyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Agar tashkilot hisob siyosatini retrospektiv tarzda qoʻllasa, moliyaviy hisobotlar moddalarini retrospektiv tarzda qayta hisoblasa yoki qayta tasniflasa va bunday oʻzgarish oldingi hisobot davri boshidagi moliyaviy holat toʻgʻrisidagi axborotga muhim taʼsir koʻrsatsa, tashkilot qiyosiy axborotga qoʻshimcha ravishda oldingi hisobot davri boshiga moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotni ham taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Standartning 28-bandiga muvofiq oldingi hisobot davri boshida moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobot taqdim etilgan hollarda, ushbu hisobotga doir izohlarni taqdim etish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Axborotni jamlash va alohida taqdim etish tamoyili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur Standart maqsadlari uchun modda deganda aktiv, majburiyat, xususiy kapital vositasi yoki rezerv, daromad, xarajat yoki pul oqimi, shuningdek ularning jamlangan yoki alohida taqdim etilgan qismi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot jamlash va alohida taqdim etish tamoyillarini qoʻllash natijasida muhim hisoblangan moddalarni moliyaviy hisobotlarda alohida taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida taqdim etilgan modda moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllarida alohida modda deb yuritiladi. Moddalarga doir boshqa muhim axborot izohlarda yoritib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. MHMSda jamlash yoki alohida taqdim etish boʻyicha maxsus qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tashkilot:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, daromadlar, xarajatlar va pul oqimlarini ularning umumiy xususiyatlariga koʻra tasniflaydi va jamlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy boʻlmagan xususiyatlarga ega moddalarni alohida taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllarida foydalanuvchilar uchun foydali boʻlgan tuzilmali va umumlashtirilgan moliyaviy axborotni taqdim etish maqsadida moddalarni jamlaydi yoki alohida taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
izohlarda muhim axborotni yoritib berish maqsadida moddalarni jamlaydi yoki alohida taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobotlarda jamlash yoki alohida taqdim etish natijasida muhim axborot yashirilishiga yoʻl qoʻymaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Agar tashkilot tomonidan mazkur Standartning 31-bandiga muvofiq, muhim axborot moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllarida taqdim etilmasa, bunday axborot izohlarda yoritib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tashkilot moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllarida taqdim etilgan moddalarni, jumladan jami koʻrsatkichlar, oraliq jamlamalar va alohida moddalarni, shuningdek izohlarda yoritilgan moddalarni ularning xususiyatlarini haqqoniy aks ettiradigan tarzda nomlaydi va tavsiflaydi. Bunda moliyaviy hisobotlarda foydalanuvchilar uchun moddani toʻgʻri tushunish uchun zarur boʻlgan barcha tavsiflar va tushuntirishlar keltirilishi lozim. Zarur hollarda, tashkilot qoʻllanilgan atamalarning maʼnosini hamda aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, daromadlar, xarajatlar va pul oqimlari qanday jamlangani yoki alohida taqdim etilgani haqidagi maʼlumotni ham keltiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Oʻzaro hisobga olishga yoʻl qoʻymaslik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tashkilot aktivlar va majburiyatlarni, daromad va xarajatlarni oʻzaro hisobga olmaydi, MHMSda bunday tartib talab etilgan yoki ruxsat berilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tashkilot aktivlar va majburiyatlarni, daromad va xarajatlarni alohida taqdim etadi. Oʻzaro hisobga olish foydalanuvchilarning sodir boʻlgan operatsiyalarni tushunish hamda tashkilotning kelgusidagi pul oqimlarini baholash imkoniyatini kamaytiradi, sodir boʻlgan operatsiyalarning iqtisodiy mazmunini aks ettiradigan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Aktivlarni ularning qiymatini kamaytiruvchi tegishli rezervlar chegirilgan holda koʻrsatish hisobga olish deb hisoblanmaydi. Bunday rezervlarga, jumladan zaxiralar qiymatining pasayishi boʻyicha rezervlar hamda moliyaviy aktivlar boʻyicha kutilayotgan kredit yoʻqotishlari uchun rezervlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobot (balans)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Joriy va uzoq muddatli aktivlar va majburiyatlarni tasniflash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tashkilot moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotda (balans) joriy va uzoq muddatli aktivlar va majburiyatlarni alohida tasniflar sifatida taqdim etadi, likvidlilik darajasiga asoslangan holda taqdim etish foydalanuvchilar uchun foydali boʻlgan moliyaviy axborotni yaxshiroq taʼminlaydigan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda tashkilot barcha aktivlar va majburiyatlarni likvidlilik darajasiga koʻra taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Taqdim etishning qaysi usuli qoʻllanilishidan qatʼi nazar, tashkilot hisobot davridan keyin oʻn ikki oy ichida hamda oʻn ikki oydan keyin qoplanishi yoki soʻndirilishi kutilayotgan summalarni oʻz ichiga olgan har bir aktiv va majburiyat moddasi boʻyicha oʻn ikki oydan keyin qoplanishi yoki soʻndirilishi kutilayotgan summani izohlarda yoritib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Agar tashkilot moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotda (balans) joriy va uzoq muddatli aktivlar va majburiyatlarni alohida tasniflar sifatida taqdim etsa, u kechiktirilgan soliq aktivlari va kechiktirilgan soliq majburiyatlarini joriy aktivlar yoki joriy majburiyatlar sifatida tasniflamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tashkilot quyidagi hollarda aktivni joriy aktiv sifatida tasniflaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktiv odatdagi operatsion sikl davomida realizatsiya qilinishi, sotilishi yoki isteʼmol qilinishi kutilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktiv asosan savdo maqsadida ushlab turilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktiv hisobot sanasidan keyin oʻn ikki oy ichida qaytarilishi, sotilishi yoki boshqa tarzda realizatsiya qilinishi kutilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktiv pul mablagʻlari yoki ularning ekvivalenti boʻlsa, bundan u hisobot davridan keyin kamida oʻn ikki oy mobaynida ayirboshlash yoki majburiyatni soʻndirish uchun foydalanilishi cheklangan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tashkilot mazkur Standartning 40-bandida koʻrsatilgan aktivlardan tashqari barcha aktivlarni uzoq muddatli aktivlar sifatida tasniflaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tashkilot quyidagi hollarda majburiyatni joriy majburiyat sifatida tasniflaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyat odatdagi operatsion sikl davomida soʻndirilishi kutilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyat asosan savdo maqsadida ushlab turilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyat hisobot sanasidan keyin oʻn ikki oy ichida soʻndirilishi talab etilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot hisobot sanasida mazkur majburiyatni soʻndirishni hisobot sanasidan keyin kamida oʻn ikki oy muddatga kechiktirish huquqiga ega boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Tashkilot mazkur Standartning 42-bandida koʻrsatilgan majburiyatlardan tashqari barcha majburiyatlarni uzoq muddatli majburiyatlar sifatida tasniflaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotda (balans) taqdim etiladigan moddalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Tashkilot moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotda (balans), kamida, quyidagi moddalarni alohida taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy vositalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya koʻchmas mulki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomoddiy aktivlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gudvil (agar mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy aktivlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulushli qatnashish usuli boʻyicha hisobga olingan investitsiyalar (agar mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik aktivlar (agar mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-moddiy zaxiralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo va boshqa debitorlik qarzlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotish uchun moʻljallangan aktivlar va sotish uchun moʻljallangan chiqib ketuvchi guruhlar tarkibiga kiritilgan aktivlar jami (agar mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo va boshqa kreditorlik qarzlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezervlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy soliq boʻyicha aktivlar va majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kechiktirilgan soliq aktivlari va kechiktirilgan soliq majburiyatlari (agar mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotish uchun moʻljallangan chiqib ketuvchi guruhlar tarkibiga kiritilgan majburiyatlar (agar mavjud boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Tashkilot moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotda (balans) nazorat qilmaydigan ulushlarni, shuningdek bosh tashkilot mulkdorlariga tegishli chiqarilgan kapital va rezervlarni alohida taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Mazkur Standartning 37-bandi talablarini hisobga olgan holda, moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobot (balans) moddalarni taqdim etishning qatʼiy tartibi yoki shaklini belgilamaydi. Bunda tashkilot moddalarni nomlash, joylashtirish va oʻxshash moddalarni jamlash usulini oʻz faoliyati va operatsiyalari xususiyatidan kelib chiqqan holda, aktivlar, majburiyatlar va kapital haqida foydalanuvchilar uchun foydali boʻlgan tuzilmali va umumlashtirilgan moliyaviy axborotni taʼminlash maqsadida aniqlashtirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot tashkilot tomonidan mazkur Standartning 7-bandiga muvofiq yagona hisobot shaklida yoxud foyda yoki zarar toʻgʻrisidagi alohida hisobot hamda boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisidagi alohida hisobot shaklida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Foyda yoki zarar toʻgʻrisidagi hisobotning umumiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. MHMSda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tashkilot hisobot davridagi barcha daromad va xarajat moddalarini foyda yoki zarar toʻgʻrisidagi hisobotga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Foyda yoki zarar toʻgʻrisidagi hisobotda daromadlar va xarajatlarni tasniflash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Tashkilot foyda yoki zarar toʻgʻrisidagi hisobotga kiritilgan daromad va xarajatlarni quyidagi toifalardan biriga tasniflaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsion faoliyat toifasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyati toifasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish faoliyati toifasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foyda soligʻi boʻyicha toifa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilgan faoliyatga doir toifa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Tashkilot daromad va xarajatlarni operatsion, investitsiya va moliyalashtirish faoliyati toifalariga tasniflashda uning aniqlangan asosiy tadbirkorlik faoliyati mavjud yoki mavjud emasligini baholaydi. Mazkur Standart maqsadlari uchun aniqlangan asosiy tadbirkorlik faoliyati quyidagilardan biri asosida aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan turdagi aktivlarga investitsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarga moliyalashtirish xizmatini koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Agar tashkilot aniqlangan asosiy tadbirkorlik faoliyatiga ega boʻlsa, u mazkur Standartga muvofiq ayrim daromad va xarajatlarni, agar ushbu faoliyat asosiy tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaganida investitsiya yoki moliyalashtirish faoliyati toifasiga kiritilishi lozim boʻlsa ham, operatsion faoliyat toifasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Agar tashkilotning asosiy tadbirkorlik faoliyati muayyan turdagi aktivlarga investitsiya qilishdan yoki mijozlarga moliyalashtirish xizmatini koʻrsatishdan iborat boʻlsa, u bu holatni izohlarda yoritib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Agar tashkilot oʻzining asosiy tadbirkorlik faoliyatiga doir baholash natijasini oʻzgartirsa, u bunday oʻzgartirishni, uning sanasi hamda daromad va xarajatlarning tasnifiga taʼsirini izohlarda yoritib beradi. Agar bunday axborotni taqdim etish amalda imkonsiz boʻlsa, tashkilot bu holatni ham yoritib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Operatsion faoliyat toifasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Tashkilot foyda yoki zarar toʻgʻrisidagi hisobotga kiritilgan, lekin investitsiya, moliyalashtirish faoliyati toifasiga, foyda soligʻi boʻyicha toifaga yoki tugatilgan faoliyatga doir toifaga kiritilmagan barcha daromad va xarajatlarni operatsion faoliyat toifasiga tasniflaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Investitsiya faoliyati toifasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Tashkilot quyidagi manbalardan olingan daromadlar va ular bilan bogʻliq xarajatlarni investitsiya faoliyati toifasiga kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsir ostidagi (qaram) tashkilotlarga, qoʻshma korxonalarga va konsolidatsiya qilinmagan shuʼba tashkilotlariga kiritilgan investitsiyalardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida holda va tashkilotning boshqa resurslaridan asosan mustaqil ravishda daromad keltiruvchi boshqa aktivlardan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Mazkur Standartning 55-bandida nazarda tutilgan aktivlarga oid investitsiya faoliyati toifasiga kiritiladigan daromadlar va xarajatlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu aktivlardan olinadigan daromadni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu aktivlarni dastlabki va keyingi baholash natijasida tan olinadigan, shu jumladan ularni hisobdan chiqarish bilan bogʻliq daromad va xarajatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu aktivlarni sotib olish yoki chiqib ketishi bilan bevosita bogʻliq xarajatlarni, jumladan bitim xarajatlari va sotish xarajatlarini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Agar tashkilot taʼsir ostidagi (qaram) tashkilotlarga, qoʻshma korxonalarga yoki konsolidatsiya qilinmagan shuʼba tashkilotlariga investitsiya kiritishni asosiy tadbirkorlik faoliyati sifatida amalga oshirsa, u mazkur Standartning 56-bandida nazarda tutilgan daromad va xarajatlarni ulushli qatnashish usuli qoʻllanilgan hollarda investitsiya faoliyati toifasiga, boshqa hollarda esa operatsion faoliyat toifasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Tashkilot pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlaridan yuzaga keladigan mazkur Standartning 56-bandida nazarda tutilgan daromad va xarajatlarni investitsiya faoliyati toifasiga kiritadi, quyidagi hollar bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar tashkilot alohida holda va tashkilotning boshqa resurslaridan mustaqil ravishda daromad keltiruvchi moliyaviy aktivlarga investitsiya qilishni asosiy tadbirkorlik faoliyati sifatida amalga oshirsa, bunday daromad va xarajatlar operatsion faoliyat toifasiga kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar tashkilot ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan shartga javob bermasa, lekin mijozlarga moliyalashtirish xizmatini koʻrsatishni asosiy tadbirkorlik faoliyati sifatida amalga oshirsa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarga moliyalashtirishni taʼminlash bilan bogʻliq pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlaridan yuzaga keladigan daromad va xarajatlar operatsion faoliyat toifasiga kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarga moliyalashtirishni taʼminlash bilan bogʻliq boʻlmagan pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlaridan yuzaga keladigan daromad va xarajatlar tashkilot tomonidan qabul qilingan hisob siyosatiga muvofiq operatsion faoliyat toifasi yoki investitsiya faoliyati toifasiga kiritiladi. Bunda tanlangan hisob siyosati mazkur Standartning moliyalashtirish toifasiga doir qoidalari bilan izchil boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Agar tashkilot mazkur Standartning 58-bandida nazarda tutilgan pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlarini ularning mijozlarga moliyalashtirish bilan bogʻliqligiga qarab ajrata olmasa, u bunday pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlaridan yuzaga keladigan barcha daromad va xarajatlarni operatsion faoliyat toifasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Agar tashkilot alohida holda va tashkilotning boshqa resurslaridan asosan mustaqil ravishda daromad keltiruvchi aktivlarga investitsiya qilishni asosiy tadbirkorlik faoliyati sifatida amalga oshirsa, u mazkur Standartning 58-bandda nazarda tutilgan daromad va xarajatlarni operatsion faoliyat toifasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Moliyalashtirish faoliyati toifasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Tashkilot moliyalashtirish toifasiga kiritiladigan daromad va xarajatlarni aniqlashda quyidagi majburiyatlar oʻrtasini farqlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) faqat moliya jalb qilish bilan bogʻliq operatsiyalar natijasida yuzaga kelgan majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) faqat moliya jalb qilish bilan bogʻliq boʻlmagan operatsiyalar natijasida yuzaga kelgan boshqa majburiyatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Agar mazkur Standartning 61-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan majburiyatlar boʻyicha ushbu Standartda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, tashkilot foyda yoki zarar toʻgʻrisidagi hisobotga kiritilgan quyidagi summalarni moliyalashtirish toifasiga tasniflaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyatlarni dastlabki va keyingi baholash natijasida yuzaga keladigan, shu jumladan ularni hisobdan chiqarish bilan bogʻliq daromad va xarajatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu majburiyatlarni jalb qilish va soʻndirish bilan bevosita bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar, jumladan bitim xarajatlarini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Agar mazkur Standartda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tashkilot mazkur Standartning 61-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan majburiyatlar boʻyicha moliyalashtirish faoliyati toifasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foiz daromadlari va xarajatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foiz stavkalari oʻzgarishi natijasida yuzaga keladigan daromad va xarajatlarni, faqat tashkilot bunday daromad va xarajatlarni moliyaviy hisobotning milliy standartlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni qoʻllash maqsadida alohida aniqlagan boʻlsa kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Agar tashkilot mijozlarga moliyalashtirish xizmatini asosiy tadbirkorlik faoliyati sifatida amalga oshirsa, u daromad va xarajatlarni quyidagicha tasniflaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Standartning 61-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan majburiyatlar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bunday majburiyatlar mijozlarga moliyalashtirish xizmatini koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlsa — operatsion faoliyat toifasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bunday majburiyatlar mijozlarga moliyalashtirish xizmatini koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmasa — tashkilot tomonidan qabul qilingan hisob siyosatiga muvofiq operatsion faoliyat toifasi yoki moliyalashtirish toifasiga. Bunda tanlangan hisob siyosati mazkur Standartning pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlaridan yuzaga keladigan daromad va xarajatlarni tasniflashga doir qoidalari bilan izchil boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur Standartning 61-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan majburiyatlar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ushbu majburiyatlar boʻyicha yuzaga kelgan daromad va xarajatlar mazkur Standartning 64-bandiga muvofiq moliyalashtirish faoliyati toifasiga kiritilishi lozim boʻlsa — moliyalashtirish faoliyati toifasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ushbu majburiyatlar boʻyicha yuzaga kelgan daromad va xarajatlar mazkur Standartning 64-bandiga muvofiq moliyalashtirish faoliyati toifasiga kiritilmasa — operatsion faoliyat toifasiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Agar tashkilot mazkur Standartning 64-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni ularning mijozlarga moliyalashtirish xizmatini koʻrsatish bilan bogʻliqligiga koʻra ajrata olmasa, u bunday majburiyatlar boʻyicha barcha daromad va xarajatlarni operatsion faoliyat toifasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Foyda soligʻi boʻyicha toifa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Tashkilot foyda yoki zarar toʻgʻrisidagi hisobotga kiritilgan foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar yoki daromadlarni, shuningdek ular bilan bogʻliq valyuta kursi farqlarini foyda soligʻi boʻyicha toifaga tasniflaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Tugatilgan faoliyatga doir toifa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Tashkilot sotish uchun moʻljallangan uzoq muddatli aktivlar va tugatilgan faoliyatga doir tegishli standart talablariga muvofiq tugatilgan faoliyatdan yuzaga keladigan daromad va xarajatlarni tugatilgan faoliyatga doir toifaga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Oraliq jamlamalar va jami koʻrsatkichlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Tashkilot foyda yoki zarar toʻgʻrisidagi hisobotda quyidagi oraliq jamlamalar va jami koʻrsatkichlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsion foyda yoki zararni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish va foyda soligʻidan oldingi foyda yoki zararni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foyda yoki zararni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Operatsion foyda yoki zarar operatsion faoliyat toifaga kiritilgan barcha daromad va xarajatlarning jami hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Moliyalashtirish va foyda soligʻidan oldingi foyda yoki zarar quyidagilardan tashkil topadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsion foyda yoki zarardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyat toifasiga kiritilgan barcha daromad va xarajatlardan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Foyda yoki zarar — foyda yoki zarar toʻgʻrisidagi hisobotga kiritilgan daromadlardan xarajatlar chegirilgandan keyingi jami koʻrsatkich hisoblanadi. Bunda u foyda yoki zarar toʻgʻrisidagi hisobotdagi barcha toifalarga kiritilgan daromad va xarajatlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Agar tashkilot mazkur Standartning 64-bandi “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hisob siyosatini qoʻllasa, yaʼni mijozlarga moliyalashtirish xizmatini koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan ayrim majburiyatlar boʻyicha daromad va xarajatlarni operatsion toifaga kiritsa, u holda mazkur Standartning 68-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan moliyalashtirish va foyda soligʻidan oldingi foyda yoki zarar koʻrsatkichi qoʻllanilmaydi. Bunday holda tashkilot mazkur Standartning 19-bandiga muvofiq operatsion foyda yoki zarardan keyin va moliyalashtirish toifasidan oldin qoʻshimcha oraliq jamlamani taqdim etish zarurligini baholaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Agar tashkilot mazkur Standartning 72-bandida nazarda tutilgan operatsion foyda yoki zarar hamda investitsiya toifasiga kiritilgan barcha daromad va xarajatlarni oʻz ichiga olgan qoʻshimcha oraliq jamlamani taqdim etsa, mazkur oraliq jamlama tarkibida moliyalashtirishga doir summalar mavjud emasligini nazarda tutuvchi tarzda nomlashi mumkin emas. Bunda tashkilot mazkur Standartning 33-bandga muvofiq, ushbu oraliq jamlamani uning tarkibiga kiritilgan summalarni haqqoniy aks ettiradigan tarzda nomlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Foyda yoki zarar toʻgʻrisidagi hisobotda taqdim etiladigan moddalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Tashkilot foyda yoki zarar toʻgʻrisidagi hisobotda kamida quyidagi moddalarni alohida taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushumni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsion xarajatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulushli qatnashish usuli boʻyicha hisobga olingan taʼsir ostidagi (qaram) tashkilotlar va qoʻshma korxonalar foydasi yoki zararidagi ulushni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar yoki daromadni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilgan faoliyat boʻyicha jami koʻrsatkichni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Agar moliyaviy instrumentlarga yoki sugʻurta shartnomalariga doir moliyaviy hisobotning milliy standartlarida ayrim daromad va xarajat moddalarini foyda yoki zarar toʻgʻrisidagi hisobotda alohida taqdim etish talab etilgan boʻlsa, tashkilot bunday moddalarni mazkur Standart talablariga muvofiq alohida taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Tashkilot foyda yoki zarar toʻgʻrisidagi hisobotda hisobot davri uchun foyda yoki zararning nazorat qilinmaydigan ulushlari hamda bosh tashkilot mulkdorlariga tegishli qismlarini alohida taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-§. Operatsion faoliyat toifasida xarajatlarni taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Tashkilot foyda yoki zarar toʻgʻrisidagi hisobotning operatsion faoliyat toifasida xarajatlarni foydalanuvchilar uchun foydali boʻlgan tuzilmali va umumlashtirilgan moliyaviy axborotni taqdim etadigan tarzda tasniflaydi va taqdim etadi. Bunda xarajatlar ularning turlari yoki tashkilotdagi vazifalari boʻyicha tasniflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Foyda yoki zarar toʻgʻrisidagi hisobotning operatsion faoliyat toifasida har bir xarajat moddasi ularning turlari yoki tashkilotdagi vazifalari boʻyicha tasniflanadi. Bunda ayni bir moddaga nisbatan faqat bitta tasniflash belgisi qoʻllaniladi, barcha moddalar uchun bir xil tasniflash belgisini qoʻllash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Xarajatlarni turlari boʻyicha tasniflashda tashkilot sarf etilgan iqtisodiy resurslarning turiga doir operatsion xarajatlar haqida axborotni, ushbu resurslar qaysi faoliyat uchun sarf etilganiga qarab ajratmagan holda taqdim etadi. Bunday axborotga, jumladan, xomashyo va materiallar xarajatlari, xodimlar bilan bogʻliq xarajatlar, amortizatsiya va eskirish xarajatlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Xarajatlar vazifasi boʻyicha tasniflanganda, operatsion xarajatlarni sarf etilgan resurs qaysi faoliyatga tegishli boʻlsa, shu asosda taqsimlaydi va jamlaydi. Bunda sotish tannarxi kabi moddalar tashkilotning ishlab chiqarish yoki daromad keltiruvchi boshqa faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni, jumladan xomashyo va materiallar xarajatlari, xodimlar bilan bogʻliq xarajatlar, amortizatsiya va eskirish xarajatlarini oʻz ichiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Xarajatlarni vazifasi boʻyicha tasniflashda tashkilot bir xil turdagi iqtisodiy resurslarga taalluqli xarajatlarni bir nechta moddalar oʻrtasida taqsimlashi va turli xil iqtisodiy resurslarga taalluqli xarajatlarni bitta modda tarkibida jamlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Agar tashkilot foyda yoki zarar toʻgʻrisidagi hisobotning operatsion toifasida xarajatlarni vazifasi boʻyicha tasniflasa va bunda sotish tannarxidan foydalansa, u sotish tannarxini alohida modda sifatida taqdim etadi. Ushbu modda zaxiralar boʻyicha MHMSda nazarda tutilgan zaxiralar xarajatlarining jami summasini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Agar tashkilot xarajatlarni vazifasi boʻyicha tasniflasa, u har bir funksiya boʻyicha modda tarkibiga kiritilgan xarajatlarning turlari haqida sifat tavsifini izohlarda yoritib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Agar tashkilot foyda yoki zarar toʻgʻrisidagi hisobotning operatsion faoliyat toifasida xarajatlarni vazifasi boʻyicha tasniflasa, u izohlarda kamida quyidagi xarajat turlari boʻyicha jami summani yoritib beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amortizatsiya va eskirish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar bilan bogʻliq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qadrsizlanish boʻyicha zararlar va ularning tiklanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxiralar qiymatining kamayishi va uning tiklanishi bilan bogʻliq summalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Tashkilot mazkur Standartning 84-bandida nazarda tutilgan har bir xarajat turi boʻyicha ushbu summa operatsion faoliyat toifasidagi qaysi moddalar tarkibiga kiritilganini va agar tegishli boʻlsa, ushbu summa operatsion faoliyat toifasidan tashqari qaysi moddalar tarkibiga ham kiritilganini izohlarda yoritib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-§. Boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisidagi hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Tashkilot boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisidagi hisobotda quyidagi jami koʻrsatkichlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foyda yoki zararni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa umumlashgan daromadni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jami umumlashgan daromadni, yaʼni foyda yoki zarar hamda boshqa umumlashgan daromadning jami summasini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Tashkilot hisobot davri uchun jami umumlashgan daromadning nazorat qilmaydigan ulushlar hamda bosh tashkilot mulkdorlariga tegishli qismlarini alohida taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Tashkilot boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisidagi hisobotga kiritilgan daromad va xarajatlarni quyidagi ikki toifadan biriga tasniflaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan shartlar bajarilganda kelgusida foyda yoki zarar tarkibiga qayta tasniflanadigan daromad va xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusida foyda yoki zarar tarkibiga qayta tasniflanmaydigan daromad va xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Tashkilot boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisidagi hisobotning har bir toifasida quyidagi moddalarni alohida taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulushli qatnashish usuli boʻyicha hisobga olingan taʼsir ostidagi (qaram) tashkilotlar va qoʻshma korxonalarning boshqa umumlashgan daromadidagi ulushni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa umumlashgan daromadning boshqa moddalarini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Tashkilot boshqa umumlashgan daromad moddalariga doir qayta tasniflash tuzatishlarini boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisidagi hisobotda yoki izohlarda yoritib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Boshqa umumlashgan daromad tarkibida oldin tan olingan summalarni foyda yoki zarar tarkibiga qayta tasniflash mazkur Standart maqsadlari uchun qayta tasniflash tuzatishlari deb yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Tashkilot qayta tasniflash tuzatishlarini ular foyda yoki zarar tarkibiga qayta kiritilgan hisobot davrida boshqa umumlashgan daromadning tegishli moddasi tarkibida aks ettiradi. Agar bunday summalar joriy yoki oldingi hisobot davrlarida boshqa umumlashgan daromad tarkibida aks ettirilgan boʻlsa, ular jami umumlashgan daromad tarkibida bir xil summaning ikki marta hisobga olinishiga yoʻl qoʻymaslik uchun qayta tasniflangan davrda boshqa umumlashgan daromad tarkibidan chiqarib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Agar tashkilot qayta tasniflash tuzatishlarini izohlarda yoritib bersa, u boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisidagi hisobotda boshqa umumlashgan daromad moddalarini tegishli qayta tasniflash tuzatishlaridan keyingi summalar asosida taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Tashkilot boshqa umumlashgan daromadning har bir moddasiga, shu jumladan qayta tasniflash tuzatishlariga, tegishli foyda soligʻi summasini boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisidagi hisobotda yoki izohlarda yoritib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Tashkilot boshqa umumlashgan daromad moddalarini quyidagi usullardan biri boʻyicha taqdim etishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli soliq taʼsiri chegirilgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli soliq taʼsiri chegirilgunga qadar, bunda ushbu moddalarga tegishli foyda soligʻining jami summasi alohida koʻrsatiladi (tashkilot ushbu usulni tanlasa, foyda soligʻi summasini mazkur Standartning 89-bandida belgilangan toifalar oʻrtasida taqsimlaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Xususiy kapitaldagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Tashkilot hisobot davri uchun xususiy kapitaldagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etadi. Xususiy kapitaldagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi hisobot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davri uchun jami umumlashgan daromadni, bunda bosh tashkilot mulkdorlariga va nazorat qilmaydigan ulushlarga tegishli jami summalar alohida koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy kapitalning har bir tarkibiy qismi boʻyicha hisob siyosati retrospektiv qoʻllanilganligi yoki retrospektiv qayta hisoblash natijasida tan olingan oʻzgarishlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy kapitalning har bir tarkibiy qismi boʻyicha davr boshidagi va davr oxiridagi balans qiymati oʻrtasidagi taqqoslashni, bunda kamida quyidagilar natijasida yuzaga kelgan oʻzgarishlar alohida koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foyda yoki zarar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa umumlashgan daromad;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdorlar bilan ularning mulkdor sifatidagi munosabatlaridan kelib chiqadigan operatsiyalar, bunda mulkdorlar tomonidan kiritilgan qoʻyilmalar, ularga taqsimlangan summalar hamda nazoratni yoʻqotishga olib kelmaydigan shuʼba tashkilotlardagi ulush oʻzgarishlari alohida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Hisob siyosatidagi oʻzgarishlar va xatolarni tuzatish bilan bogʻliq retrospektiv tuzatishlar Oʻzbekiston Respublikasi moliyaviy hisobotning milliy standarti (2-sonli MHMS) “Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash asoslari: hisob siyosati va hisob baholari (roʻyxat raqami 3810, 2026-yil 11-aprel) talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunday tuzatishlar xususiy kapitaldagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi hisobotda xususiy kapitalning tegishli tarkibiy qismlari boʻyicha, shu jumladan taqsimlanmagan foydaning davr boshidagi qoldigʻiga kiritilgan tuzatishlar sifatida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Tashkilot xususiy kapitalning har bir tarkibiy qismi boʻyicha hisob siyosatidagi oʻzgarishlar va xatolarni tuzatish natijasida yuzaga kelgan tuzatishlarni oldingi hisobot davrlari va davr boshi kesimida alohida koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Tashkilot xususiy kapitalning har bir tarkibiy qismi boʻyicha boshqa umumlashgan daromadning moddalar kesimidagi tahlilini xususiy kapitaldagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi hisobotda yoki izohlarda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Tashkilot hisobot davri davomida mulkdorlarga taqsimot sifatida tan olingan dividendlar summasini va dividendning bir aksiyaga toʻgʻri keladigan summasini xususiy kapitaldagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi hisobotda yoki izohlarda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Izohlar. Izohlarning tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Tashkilot izohlarda quyidagilarni yoritib beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobotlarni tayyorlash asosi va qoʻllanilgan hisob siyosati toʻgʻrisidagi axborotni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllarida taqdim etilmagan, lekin boshqa moliyaviy hisobotning milliy standartlarida talab etilgan axborotni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllarida taqdim etilmagan, lekin ularni tushunish uchun zarur boʻlgan boshqa axborotni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Tashkilot izohlarni imkoni boricha tizimli tarzda taqdim etadi. Izohlarning tartibini belgilashda tashkilot moliyaviy hisobotlarning tushunarliligi va qiyoslanuvchanligiga taʼsirini hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Tashkilot moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllarida keltirilgan har bir modda boʻyicha izohlardagi tegishli axborotga havola keltiradi. Agar izohlarda yoritilgan summa moliyaviy hisobotlarning asosiy shakllaridagi bir yoki bir nechta modda tarkibiga kiritilgan boʻlsa, tashkilot izohlarda ushbu summa qaysi modda yoki moddalar tarkibiga kiritilganini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Tashkilot moliyaviy hisobotlarni tayyorlash asosi hamda qoʻllanilgan hisob siyosatiga doir axborotni moliyaviy hisobotlar tarkibida alohida boʻlim sifatida taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Agar quyidagi axborot moliyaviy hisobotlar bilan birga eʼlon qilingan boshqa axborot tarkibida yoritib berilmagan boʻlsa, tashkilot uni izohlarda yoritib beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning joylashgan joyi va huquqiy shaklini, roʻyxatdan oʻtgan hududi va manzilini, agar asosiy faoliyat joyi roʻyxatdan oʻtgan manzilidan farq qilsa — asosiy faoliyat joyi manzilini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot faoliyatining xususiyati va uning asosiy faoliyati tavsifini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning bevosita bosh tashkiloti hamda guruhning yakuniy bosh tashkiloti nomini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar tashkilot faoliyati muayyan muddat bilan cheklangan boʻlsa, uning faoliyat muddati toʻgʻrisidagi axborotni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Agar tashkilot rahbariyati moliyaviy hisobotdan tashqari jamoatchilikka eʼlon qilinadigan axborotda yoki foydalanuvchilarga taqdim etiladigan boshqa ochiq materiallarda moliyaviy natijalarning mazkur Standartda nazarda tutilmagan oraliq jamlamasi, koʻrsatkichi yoki samaradorlik oʻlchovidan foydalansa, moliyaviy hisobot izohlarida bunday koʻrsatkichning nomi, mazmuni, hisoblash usuli, uning foydali deb hisoblanganlik sabablari hamda moliyaviy hisobotdagi miqdoriy moslashtirilishi (solishtirmasi) yoritib berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Mazkur Standartning 106-bandida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar betaraf, tushunarli va foydalanuvchilarni chalgʻitmaydigan tarzda taqdim etilishi shart. Tashkilot bunday koʻrsatkichni hisoblash usulini bir hisobot davridan boshqasiga asossiz oʻzgartirmasligi lozim. Agar hisoblash usuli oʻzgartirilsa, uning mazmuni, sababi va taqqoslanuvchanlikka taʼsiri izohlarda ochib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Tashkilot foydalanuvchilarga tashkilotning moliyaviy natijalariga taʼsirini tushunish uchun muhim boʻlgan daromadlar va xarajatlarning xususiyati va summasi toʻgʻrisidagi axborotni izohlarda alohida yoritib beradi. Bunday axborot, jumladan, miqdori, takrorlanish darajasi yoki vujudga kelish sabablariga koʻra odatiy faoliyat natijalarini tushunishda alohida ahamiyatga ega boʻlgan moddalarga nisbatan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Kapitalni boshqarishga doir axborotni yoritib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Tashkilot izohlarda kapitalni boshqarish maqsadlari, siyosati va asosiy jarayonlari toʻgʻrisidagi axborotni yoritib beradi. Agar tashkilot kapitalga nisbatan tashqi talablarga boʻysunsa yoki kapitalni boshqarishda muayyan koʻrsatkichlardan foydalansa, bunday talablar va koʻrsatkichlar mazkur Standartning 110 va 111-bandlariga muvofiq ochib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Tashkilot izohlarda quyidagilar maʼlumotlarni yoritib beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kapitalni boshqarish maqsadlari, siyosati va jarayonlari toʻgʻrisidagi sifat jihatidan axborotni, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital sifatida boshqariladigan kapital tarkibiy qismlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar tashkilot kapitalga nisbatan tashqi talablarga boʻysunsa, bunday talablarning xususiyatini va ular kapitalni boshqarishda qay tarzda inobatga olinayotgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapitalni boshqarish maqsadlariga qay tarzda erishilayotgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kapital sifatida boshqarilayotgan koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi qisqacha miqdoriy axborotni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan axborotda oldingi hisobot davriga nisbatan yuz bergan oʻzgarishlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) hisobot davrida tashkilot kapitalga nisbatan tashqi talablarga rioya etgan-etmaganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) agar tashkilot bunday tashqi talablarga rioya etmagan boʻlsa, buning oqibatlarini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Agar kapitalga nisbatan turli talablar qoʻllanilsa yoki kapitalni boshqarish usullari turlicha boʻlsa va ularni jamlangan holda yoritib berish foydalanuvchilarga foydali axborotni taʼminlamasa yoki tashkilotning kapital resurslari toʻgʻrisidagi tushunchasini buzsa, tashkilot har bir tegishli talab boʻyicha axborotni alohida yoritib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Tashkilot moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotda (balans), xususiy kapitaldagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi hisobotda yoki izohlarda aksiyadorlik kapitali yoki unga tenglashtirilgan kapitalning har bir turi boʻyicha quyidagi axborotni yoritib beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqarishga ruxsat etilgan aksiyalar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqarilgan va toʻliq toʻlangan, shuningdek chiqarilgan, lekin toʻliq toʻlanmagan aksiyalar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir aksiyaning nominal qiymati yoki aksiyalar nominal qiymatga ega emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davri boshidagi va oxiridagi muomaladagi aksiyalar soni oʻrtasidagi taqqoslash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu turdagi aksiyalarga tegishli huquqlar, imtiyozlar va cheklovlar, shu jumladan dividendlarni taqsimlash va kapitalni qaytarishga doir cheklovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning oʻziga yoki uning shuʼba tashkiloti yoxud taʼsir ostidagi (qaram) tashkilotlariga tegishli aksiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
opsionlar yoki aksiyalarni sotish shartnomalari boʻyicha chiqarish uchun zaxira qilingan aksiyalar, shu jumladan ularning shartlari va summalari toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Tashkilot xususiy kapital tarkibidagi har bir rezervning xususiyati va maqsadini yoritib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Agar tashkilotning kapitali aksiyadorlik kapitali shaklida ifodalanmagan boʻlsa, u xususiy kapitaldagi ulushning har bir toifasi boʻyicha hisobot davridagi oʻzgarishlar hamda ushbu toifaga tegishli huquqlar, imtiyozlar va cheklovlar toʻgʻrisidagi axborotni yoritib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Tashkilot izohlarda quyidagilarni yoritib beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobotlarni eʼlon qilish uchun tasdiqlangunga qadar taklif etilgan yoki eʼlon qilingan, lekin hisobot davrida mulkdorlarga taqsimot sifatida tan olinmagan dividendlar summasini va bir aksiyaga toʻgʻri keladigan dividendlar summasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tan olinmagan har qanday kumulyativ imtiyozli dividendlar summasini.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026 y., 10/26/3923/0839-son)