16.07.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3900
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SUV XOʻJALIGI VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer usti suvidan oqilona foydalanish va suv isteʼmoli qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 16-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3900]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yer usti suvidan oqilona foydalanish va suv isteʼmoli qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir SH. XAMRAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 2-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01/30-3-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 4-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 12-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining 2026-yil 2-iyuldagi 01/30-3-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer usti suvidan oqilona foydalanish va suv isteʼmoli qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom yer usti suvidan oqilona foydalanish va suv isteʼmoli qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv — tadbirkorlik subyekti tomonidan faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini tekshirish uchun kerakli materiallar, hujjatlar yoki ularning faoliyatiga doir maʼlumotlarni olish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (bundan buyon matnda Inspeksiya deb yuritiladi) vakolati doirasida oʻtkaziladigan nazorat tadbiri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi — Inspeksiya tomonidan yer usti suvidan oqilona foydalanish va suv isteʼmoli sohasida aniq mezonlarga asoslanib, tadbirkorlik subyekti tomonidan oʻz faoliyatida qonunchilik buzilish xavfi darajasini aniqlash mexanizmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Inspeksiya tomonidan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablarga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minimal talablarga zid boʻlgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi tadbirkorlik subyektida tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼi nazar, tadbirkorlik subyektiga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xavf darajasini tahlil qilishga doir umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tadbirkorlik subyektining qonunni buzish xavfi darajasini tahlil qilish jarayoni tadbirkorlik subyekti faoliyatini toʻxtatib turish, unga toʻsqinlik qilish yoki faoliyatini amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashishni nazarda tutuvchi xatti-harakatlarni oʻz ichiga olmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy maʼlumotlar (litsenziya, ruxsat etuvchi va davlat organlarida mavjud boshqa hujjatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy statistika maʼlumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik subyektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xavf darajasi tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektidan hujjatlar va axborotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nazorat vakolatiga kirmaydigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tahlil qilish va baholash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xavf darajasi tasnifi va ularning mezonlariga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida xavf darajasini baholash oʻrganiladigan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq Yer usti suvidan oqilona foydalanish va suv isteʼmoli sohasida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlariga tadbirkorlik subyekti faoliyatining muvofiqligini “ball” tizimi asosida baholash orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Inspeksiya tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasini baholash uchun mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq Yer usti suvidan oqilona foydalanish va suv isteʼmoli sohasida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlarini “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tashkilotlarning xavf darajasi ushbu koʻrsatkichlar boʻyicha mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlardan foydalangan holda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida avtomatik ravishda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, oʻrta va yuqori darajalarga tasniflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda baholash natijasida aniqlangan xavf darajasining umumiy ballari asosida tadbirkorlik subyekti tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfi quyidagi uch xil toifada tasniflanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi yuqori — baholash natijalari boʻyicha 81 balldan 100 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi oʻrta — baholash natijalari boʻyicha 61 balldan 81 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi past — baholash natijalari boʻyicha 61 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Baholash natijalariga muvofiq huquqbuzarlik xavfi yuqori va oʻrta tasnifidagi tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni oʻtkazish amaldagi qonunchilik hujjatlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar faqatgina Inspeksiyaning vakolatiga kiradigan masalalarni oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xavf darajasi past boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xavfni tahlil etish natijalaridan norozi boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer usti suvidan oqilona foydalanish va suv isteʼmoli qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer usti suvidan oqilona foydalanish va suv isteʼmoli sohasida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xavf darajasini baholashning asosiy koʻrsatkichlari va sub-koʻrsatkichlari*

Koʻrsatkichlarga qoʻyilishi mumkin boʻlgan ballar (maksimal 100 ball)

Oʻtkazilgan tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Suvdan foydalanishda suvning hisobi va hisobotini yuritish tartibiga rioya etmaslik

25

1.1. Suv olish joylari suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanmaganligi

6

 

1.2. Suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlangan suv olish joylarida suvning hisobi yuritilmaganligi

10

 

1.3. Oʻziga tegishli suv xoʻjaligi obyektlari va ulardagi inshootlarni texnik jihatdan soz holatda saqlanmaganligi, shuningdek, ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etilmaganligi

2

 

1.4. Suvning kundalik hisobi jurnallari belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi

3

 

1.5. Yetkazib berilgan suv boʻyicha “Suv hisobi” axborot tizimi orqali ikki tomonlama tuziladigan elektron dalolatnoma suvdan foydalanuvchi tomonidan 10 kunlik muddatda koʻrib chiqilmaganligi hamda eʼtiroz boʻlmaganda tasdiqlanmaganligi

3

 

1.6. Olingan suvdan qanday maqsadlarda va qaysi konturda foydalanilayotganligi toʻgʻrisida belgilangan muddatlarda suv yetkazib beruvchi tashkilotlarga maʼlumot taqdim etilmaganligi

1

 

2.

Suvdan ruxsat beruvchi hujjatlarsiz foydalanish

27

2.1. Suv olish uchun buyurtmanoma berilmaganligi

7

2.2. Suvdan foydalanish jadvali ishlab chiqilmaganligi va tegishli suv yetkazib beruvchi tashkilot bilan kelishilmaganligi

1

2.3. Suvdan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomasiz suvdan foydalanilganligi

7

2.4. Suvdan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma “Suv hisobi” axborot tizimida elektron shaklda tasdiqlanmaganligi

4

2.5. Suv obyektlaridan ruxsatsiz yoki oʻzboshimchalik bilan suv olinganligi

6

2.6. Suv yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan kelishilmagan holda, suv uzatilishini koʻpaytirish yoki kamaytirish maqsadida suv obyektlaridagi gidrotexnika inshootlarini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirishi, shuningdek ularga muvaqqat toʻsiqlarni, nasos stansiyalarini, nasoslarni, suvni koʻtaradigan va suv oladigan boshqa inshootlarning oʻrnatilganligi

2

3.

Suvlardan nooqilona foydalanish

20

3.1. Belgilangan suv olish limitlariga rioya etilmaganligi

7

3.2. Suvni tejash imkonini beradigan agrotexnika tadbirlari amalga oshirilmaganligi

2

3.3. Sugʻorish uchun berilgan suvlar (oqizib yuborilishi texnologik jarayonda nazarda tutilmagan boʻlsa) kollektor-drenaj tarmogʻiga, suv obyektlariga va joy relefiga oqizib yuborilganligi

5

3.4. Suv resurslaridan nooqilona foydalanilganligi

5

3.5. Suvdan maqsadsiz foydalanilishga yoʻl qoʻyilganligi

1

4.

Subsidiya olib joriy qilingan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalaridan maqsadli va samarali foydalanmaslik

15

4.1. Subsidiya olib joriy qilingan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalaridan besh yildan kam boʻlmagan muddatda maqsadli va samarali foydalanilmaganligi

5

4.2. Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilingan maydonga loyihada belgilangan ekindan boshqa ekin joylashtirilganda, ushbu ekinni sugʻorishda mavjud suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalaridan toʻliq foydalanish imkoni boʻlmagan taqdirda, uning asosiy qismlaridan foydalanilmaganligi

5

4.3. Subsidiya olib joriy qilingan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalaridan yoki uning asosiy qismlaridan maqsadli va samarali foydalanmaslik holati tasdiqlanib, berilgan ogohlantirish xati boʻyicha subsidiya belgilangan tartibda ixtiyoriy qaytarilmaganligi

1

4.4. Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha subsidiyaning dastlabki 50 foizi toʻlab berilganidan soʻng ikki oy muddat ichida texnologiyalar oʻrnatib ishga tushirilmaganligi

1

4.5. Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilinganda sugʻorish uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari orqali yuritilmaganligi

3

5.

Suvni va suv obyektlarini muhofaza qilish, suvning zararli taʼsirining oldini olish boʻyicha belgilangan majburiyat, tartib va rejimlarga rioya etmaslik

13

5.1. Boshqa suvdan foydalanuvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilishiga, shuningdek suv xoʻjaligi obyektlariga va tabiiy resurslarga zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻyish

2

5.2. Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarini, sohil boʻyi mintaqalarini va sanitariya muhofazasi zonalarini saqlashning belgilangan rejimiga rioya etilmaganligi

5

5.3. Suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etadigan avariyalar hamda boshqa tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi toʻgʻrisida oʻziga xizmat koʻrsatadigan suv yetkazib beruvchi tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻz vaqtida xabardor qilinmaganligi

2

5.4. Suvlarning ifloslanishi, bulgʻanishi va kamayib ketishining oldini olish hamda ularni bartaraf etish, suv obyektlariga suvlarning zararli taʼsirini bartaraf etish choralari koʻrilmaganligi

2

5.5. Oqova suvlar suv obyektlariga va joy relyefiga oqiziladigan joylarning avtomatik ravishda monitoring qilish vositalari bilan jihozlanmaganligi

2

Jami ballar yigʻindisi

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh: har bir koʻrsatkich va sub-koʻrsatkich alohida hisoblanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2026 y., 10/26/3900/0745-son)