XALQ DEPUTATLARI NAVBAHOR TUMANI KENGASHINING
Qarori
Navbahor tumani boʻyicha 2026-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Navbahor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori J. Xudoyberdiyevning hisoboti hamda Navbahor tumanida 2026-yil vegetatsiya davrida yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitini tasdiqlash hamda Kengashning agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 17-iyundagi DKQ 03-04/65-26-sonli qarorini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosi hamda Navbahor tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Navbahor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori J. Xudayberdiyev Navbahor tumani boʻyicha 2026-yil sugʻorish mavsumida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Z. Gʻulomov va Navbahor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori J. Xudayberdiyevlarga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish;
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni davom ettirish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlar tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilishi inobatga olinsin.
4. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari (Z. Gʻulomov), qaror ijrosini nazorat qilishni Xalq deputatlari Navbahor tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi (F. Rajabov) zimmasiga yuklatilsin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi T. ABDIYEV
Navbahor t.,
2026-yil 25-iyun,
VII-25-73-5-73-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.