27.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3870
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashqi auditi va moliyaviy nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 27-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3870]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat tashqi auditi va moliyaviy nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi oʻrinbosar M. ABDULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 2-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 26-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 15-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2026-yil 2-iyundagi 101-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashqi auditi va moliyaviy nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi (bundan buyon matnda Hisob palatasi deb yuritiladi) vakolatiga kiradigan masalalarga doir tadbirkorlik subyektlarida davlat tashqi auditi va moliyaviy nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv — tadbirkorlik subyekti tomonidan faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini tekshirish uchun kerakli materiallar, hujjatlar yoki ularning faoliyatiga doir maʼlumotlarni olish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirish orqali Hisob palatasi vakolati doirasida oʻtkaziladigan nazorat tadbiri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi — Hisob palatasi tomonidan tegishli nazorat sohasi boʻyicha aniq mezonlarga asoslanib, tadbirkorlik subyekti tomonidan oʻz faoliyatida qonunchilik buzilish xavfi darajasini aniqlash mexanizmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hisob palatasi tomonidan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablarga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minimal talablarga zid boʻlgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi tadbirkorlik subyektida tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshiriqlariga asosan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra, Hisob palatasi tomonidan tadbirkorlik subyektida oʻtkaziladigan tekshiruvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼi nazar, tadbirkorlik subyektiga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xavf darajasini tahlil qilishga doir umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tadbirkorlik subyektining qonunni buzish xavfi darajasini tahlil qilish jarayoni tadbirkorlik subyekti faoliyatini toʻxtatib turish, unga toʻsqinlik qilish yoki faoliyatini amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashishni nazarda tutuvchi xatti-harakatlarni oʻz ichiga olmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy maʼlumotlar (litsenziya, ruxsat etuvchi va davlat organlarida mavjud boshqa hujjatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy statistika maʼlumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan banklarning axborot tizimlari, dasturiy taʼminotlari va maʼlumotlar bazasi tahlili natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik subyektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xavf darajasi tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektidan hujjatlar va axborotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nazorat vakolatiga kirmaydigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tahlil qilish va baholash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xavf darajasi tasnifi va ularni mezonlariga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida xavf darajasini baholash oʻrganiladigan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan mazkur Nizomning 1 — 4-ilovalarida koʻrsatilgan asosiy koʻrsatkichlarga (sub-koʻrsatkichlarga) tadbirkorlik subyekti faoliyatining muvofiqligini “ball” tizimi asosida baholash orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sub-koʻrsatkichlar mavjud boʻlganda har bir asosiy koʻrsatkichning bahosi ushbu koʻrsatkich ostidagi sub-koʻrsatkichlar bahosining yigʻindisidan kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hisob palatasi tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasini baholash uchun mazkur Nizomning 1 — 4-ilovasida koʻrsatilgan asosiy koʻrsatkichlar va sub-koʻrsatkichlarni “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tashkilotlarning xavf darajasi asosiy koʻrsatkichlar va sub-koʻrsatkichlar boʻyicha mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlardan foydalangan holda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida avtomatik ravishda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, oʻrta va yuqori darajalarga tasniflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda baholash natijasida aniqlangan xavf darajasining umumiy ballari asosida tadbirkorlik subyekti tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfi quyidagi uch xil toifaga tasniflanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi yuqori — baholash natijalari boʻyicha 81 balldan 100 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi oʻrta — baholash natijalari boʻyicha 61 balldan 81 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi past — baholash natijalari boʻyicha 61 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Baholash natijalariga muvofiq huquqbuzarlik xavfi yuqori va oʻrta tasnifidagi tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni oʻtkazish amaldagi qonunchilik hujjatlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar faqatgina Hisob palatasining vakolatiga kiradigan masalalarni oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori tasnifidagi tadbirkorlik subyektida profilaktika tadbirlarini oʻtkazmasdan va ularning natijasini kutmasdan quyidagi holatlar doirasida tadbirkorlik subyektida tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqish mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilishining yuqori xavfi mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat xavfsizligiga zarar yetkazish xavfining oldini olish uchun kechiktirib boʻlmaydigan holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan holatlar aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarga moddiy zarar yetkazilayotganligi holatlari aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xavf darajasi past boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Budjet tizimi budjetlariga va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarga mablagʻlar tushumlarining toʻliqligini taʼminlash va qoʻshimcha daromadlarni jalb qilish doirasida amalga oshirilgan tahlillarda tadbirkorlik subyektlarida aniqlangan soliq xavflari boʻyicha nazorat tadbirlarini oʻtkazish uchun tahlil materiallari soliq organlariga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xavfni tahlil etish natijalaridan norozi boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashqi auditi va moliyaviy nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ulushi mavjud boʻlgan korxonalar faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Koʻrsatkichlarga qoʻyilishi mumkin boʻlgan ballar

(maksimal 100 ball)

Oʻtkazilgan tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Moliyaviy barqarorlik koʻrsatkichlari

25

1.1.

Aktivlar rentabelligi koeffitsiyenti (salbiy)

5

1.2.

Xarajatlar rentabelligi koeffitsiyenti (salbiy)

5

1.3.

Bank kreditlarini EBITDA koʻrsatkichiga nisbati (salbiy)

5

1.4.

Toʻlov qobiliyati (qoplash) koeffitsiyenti (salbiy)

5

1.5.

Xarajatlarning daromadga nisbatan oʻsish koeffitsiyenti

5

2.

Qarzdorlik va moliyaviy majburiyatlar

20

2.1.

Budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldida qarzdorligi mavjudligi

5

2.2.

Debitorlik qarzlarning oʻsishi

4

2.3.

Davlat ulushi boʻyicha dividend toʻlovidan qarzdorlik yoki dividend toʻlovining kamayishi

4

2.4.

Soliq qarzining oʻsishi

4

2.5.

Sud qarorlari va boshqa hujjatlarga asosan qoʻllanilgan moliyaviy jarima va penyalar

3

3.

Soliq va moliyaviy hisobot intizomi

20

3.1.

Soliqlarning kam hisoblanishi

5

3.2.

Soliq va moliyaviy hisobotlarning oʻz vaqtida taqdim etilmasligi

5

3.3.

Ilgari taqdim etilgan soliq hisobotlariga bir necha bor oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi

4

3.4.

Audit xulosasining oʻz vaqtida taqdim etilmasligi

3

3.5.

Korxona haqidagi maʼlumotlarning hisobotlarda notoʻgʻri aks ettirilganligi

3

4.

Nazorat tadbirlarining natijalari

20

4.1.

Oxirgi uch yilda oʻtkazilgan nazorat tadbirlari va tahlillarda aniqlangan kamchiliklar

8

4.2.

Masofaviy nazorat markazi tomonidan risklarning aniqlanishi va tasdigʻini topishi

5

4.3.

Yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar (salbiy)

3

4.4.

Ommaviy axborot vositalari yoki boshqa tashqi manbalardan olingan maʼlumotlar (salbiy)

2

4.5.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimlarining tahlili natijalari (salbiy)

2

5.

Mansabdor shaxslar javobgarligi va korporativ boshqaruv

15

5.1.

Mansabdor shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilganligi (korxona rahbarlari, muassislari, ijrochi direktor, bosh buxgalter va boshqalar)

5

5.2.

Mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllanilishi

4

5.3.

Biznes reja koʻrsatkichlarining bajarilmasligi

3

5.4.

Korporativ boshqaruv organlari tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan masalalar boʻyicha tegishli qarorlarning belgilangan muddatlarda qabul qilinishi va tashkil etilishi taʼminlanmasligi

2

5.5.

Oshkoralik va hisobdorlik talablarining buzilishi (yillik hisobot, ochiq maʼlumotlar)

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashqi auditi va moliyaviy nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kafolati ostida xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan tashqi qarz mablagʻlarini oʻzlashtirishda qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Koʻrsatkichlarga qoʻyilishi mumkin boʻlgan ballar

(maksimal 100 ball)

Oʻtkazilgan tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Oxirgi uch yilda oʻtkazilgan nazorat tadbirlari va tahlillarda aniqlangan kamchiliklar

10

2.

Tashqi qarz mablagʻlarining jalb qilinishi

10

3.

Tashqi qarz mablagʻlarining oʻzlashtirilishi

10

4.

Davlat kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz mablagʻlarining qaytarilishi

5

5.

Tashqi qarz mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi

10

6.

Toʻlov qobiliyati (qoplash) koeffitsiyenti (salbiy)

10

7.

Loyihalarning belgilangan muddatlarda topshirilishi

10

8.

Loyihaning tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslarga muvofiqligi

5

9.

Dastlabki tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslarga loyiha doirasida kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar (salbiy)

10

10.

Qarz bitimlarining Hukumat qarorlari qabul qilingunga qadar imzolanishi (salbiy)

10

11.

Mansabdor shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilganligi (korxona rahbarlari, muassislari, ijrochi direktor, bosh buxgalter va boshqalar)

5

12.

Sud qarorlari va boshqa hujjatlarga asosan moliyaviy jarima va penyalar qoʻllanilganligi

5

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashqi auditi va moliyaviy nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tizimida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Koʻrsatkichlarga qoʻyilishi mumkin boʻlgan ballar

(maksimal 100 ball)

Oʻtkazilgan tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Kapital monandligi va yetarliligi

16

1.1.

Regulyativ kapitalning monandlik koeffitsiyenti

4

1.2.

I darajali kapitalning monandlik koeffitsiyenti

4

1.3.

I darajali asosiy kapitalning monandlik koeffitsiyenti

4

1.4.

Leveraj

4

2.

Likvidlik va mablagʻlar bilan taʼminlanganlik

12

2.1.

Yuqori likvidli aktivlarning jami aktivlardagi ulushi

4

2.2.

Likvidlikni qoplash meʼyori koeffitsiyenti

4

2.3.

Sof barqaror moliyalashtirish meʼyori koeffitsiyenti

4

3.

Kredit tavakkalchiligi va aktivlar sifati

36

3.1.

Bankning bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori

4

3.2.

Banklararo operatsiyalar uchun bir bankka yoki oʻzaro aloqador banklar guruhiga toʻgʻri keluvchi maksimal tavakkalchilik

4

3.3.

Bankning bir qarzdor yoki oʻzaro aloqador qarzdorlar guruhiga toʻgʻri keluvchi taʼminotsiz (ishonchga asoslangan) kredit, shuningdek faktoring xizmatlari uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori

4

3.4.

Bankning barcha yirik tavakkalchiliklarining umumiy miqdori

4

3.5.

Muammoli kreditlar boʻyicha yaratilgan ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi yaratilgan zaxiralar

10

3.6.

Muammoli kreditlarning jami kreditlardagi ulushi (foizda)

10

4.

Daromadlilik va rentabellik

12

4.1.

Aktivlar rentabelligi (ROA)

6

4.2.

Kapital rentabelligi (ROE)

6

5.

Bozor va konsentratsiya tavakkalchiliklari

24

5.1.

Bir yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini yoki aksiyalarini sotib olishning maksimal qiymati

4

5.2.

Qimmatli qogʻozlar bilan bitimlarni amalga oshirish, yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini yoki aksiyalarini sotib olish yigʻindisi

4

5.3.

Bankka aloqador bitta shaxsga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng koʻp miqdori

4

5.4.

Bankka aloqador boʻlgan barcha shaxslarga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng koʻp miqdori

4

5.5.

Koʻchmas mulk va boshqa mol-mulklarning jami qiymatining I darajali kapitaldagi ulushi

4

5.6.

Ochiq valyuta pozitsiyasi, sof / Jami regulyativ kapital

4

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashqi auditi va moliyaviy nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan mablagʻ oluvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Koʻrsatkichlarga qoʻyilishi mumkin boʻlgan ballar

(maksimal 100 ball)

Oʻtkazilgan tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Budjet mablagʻlarini olish shartlariga mos kelmasligi

25

2.

Budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarning (majburiyatlarning) bajarilmasligi

25

3.

Budjet mablagʻlari belgilangan yoʻnalishlarda sarflanmasligi

25

4.

Ishchi sonining kamayganligi

10

5.

Korxona mansabdor shaxslarining maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilganligi

10

6.

Mablagʻ oluvchi tadbirkorlik subyekti ustidan shikoyat ariza kelib tushganligi

5

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2026 y., 10/26/3870/0648-son)