10.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3106-1
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.06.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (5-sonli BHS) “Qishloq xoʻjaligi”ga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 10-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3106-1]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 161-moddasiga asosan va budjet hisobini davlat sektorida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 13-noyabrdagi 143-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3106, 2018-yil 25-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 10/18/3106/2369-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (5-sonli BHS) “Qishloq xoʻjaligi”ga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir J. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 16-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
366-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 16-maydagi 366-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (5-sonli BHS) “Qishloq xoʻjaligi”ga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi “nasl qoldirish” degan soʻzlardan keyin “, degradatsiya” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi xatboshidagi “boshqa majburiy toʻlovlardan” degan soʻzlar “yigʻimlardan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hosil beruvchi oʻsimlik — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va yetkazib berishda foydalaniladigan, bir necha davrlar davomida hosil berishi kutiladigan hamda oʻzining qishloq xoʻjaligi mahsuloti sifatida sotilishi ehtimoli past boʻlgan (bundan uning qoldiq sifatida realizatsiya qilinishi holatlari mustasno) oʻsimlik.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi mazmundagi 11 — 15-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. Quyidagilar hosil beruvchi oʻsimlik hisoblanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qishloq xoʻjaligi mahsuloti sifatida yigʻib olish uchun yetishtiriladigan oʻsimliklar (masalan, yogʻoch olish maqsadida yetishtiriladigan daraxtlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish uchun parvarish qilinadigan va tashkilot tomonidan ushbu oʻsimliklarning oʻzini ham qishloq xoʻjaligi mahsuloti sifatida yigʻib olib realizatsiya qilish ehtimoli kam boʻlmagan (bundan ularning qoldiq sifatida realizatsiya qilinishi holatlari mustasno) oʻsimliklar (masalan, ham mevasi, ham yogʻochi uchun yetishtiriladigan daraxtlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bir yillik ekinlar (masalan, makkajoʻxori va bugʻdoy).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Hosil beruvchi oʻsimliklar hosil olish maqsadida foydalanilmay qoʻyilganda, ular kesilishi (masalan, oʻtin sifatida foydalanish uchun) va qoldiq sifatida realizatsiya qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoldiq sifatidagi bunday realizatsiya qilish hosil beruvchi oʻsimlikning ushbu Standartda belgilangan taʼrifiga muvofiqligini oʻzgartirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Hosil beruvchi oʻsimliklarda oʻsayotgan (yetishtirilayotgan) va hali yigʻib olinmagan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari biologik aktiv hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Boshqa budjet hisobi standartlarida taʼriflangan atamalar ushbu Standartda ham xuddi shu maʼnoda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tashkilot biologik aktivning haqiqiy qiymatini aniqlashda imkon qadar kuzatish mumkin boʻlgan bozor maʼlumotlaridan foydalanishi hamda kuzatish mumkin boʻlmagan maʼlumotlardan foydalanishni minimallashtirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda maʼlumotlar kuzatiladigan yoki kuzatilmaydigan boʻlishi mumkin va ular quyidagi turlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-daraja — baholash sanasida faol bozorlarda mavjud boʻlgan bir xil aktivlar yoki majburiyatlar uchun shakllangan narxlarni ifodalovchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-daraja — 1-daraja maʼlumotlariga kirmaydigan, biroq aktiv yoki majburiyatga doir bevosita yoki bilvosita kuzatish mumkin boʻlgan bozor narxlariga asoslangan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-daraja — aktiv yoki majburiyatga doir kuzatish mumkin boʻlmagan maʼlumotlar, shu jumladan tashkilotning ichki baholashiga asoslangan maʼlumotlar.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 4-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) biologik aktivlar, hosil beruvchi oʻsimliklar bundan mustasno;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Mazkur Standart quyidagilarga qoʻllanilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qishloq xoʻjaligi faoliyatiga tegishli hosil beruvchi oʻsimliklarga (bunda, ushbu Standart hosil beruvchi oʻsimliklardagi hosilga nisbatan qoʻllaniladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bogʻliq nomoddiy aktivlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) xizmatlar koʻrsatish yoki ishlarni bajarish uchun moʻljallangan biologik aktivlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) qishloq xoʻjaligi faoliyatiga tegishli yerni ijaraga olish natijasida yuzaga kelgan foydalanish huquqi aktivlariga.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 12-banddagi “26-bandida” degan soʻzlar “27-bandida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 13-banddagi “13-bandiga” degan soʻzlar “12-bandiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 16-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Almashuv operatsiyasida biologik aktiv yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish boʻyicha shartnoma ayrim hollarda zarar keltiruvchi shartnoma sifatida eʼtirof etilishi mumkin. Bunday shartnomalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (16-sonli BHS) “Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar” (roʻyxat raqami 3562, 2024-yil 22-oktabr) talablari qoʻllaniladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“24. Biologik aktiv dastlabki hisobga olinganda foyda yoki zarar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, biologik aktivning haqiqiy qiymatini sotish xarajatlarini chegirgan holda aniqlash natijasida zarar yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, biologik aktivning paydo boʻlishi natijasida foyda ham yuzaga kelishi mumkin (masalan, buzoq tugʻilganda).”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“27. Biologik aktivning haqiqiy qiymatini ishonchli aniqlash mumkin, deb hisoblanadi. Mazkur faraz faqat biologik aktiv dastlab hisobga olinayotganda, unga nisbatan bozorda eʼlon qilingan narxlar mavjud boʻlmagan va haqiqiy qiymatni aniqlashning muqobil usullari ishonchli natija bermaydi deb topilgan hollarda rad etilishi mumkin. Bunday hollarda biologik aktiv uning dastlabki qiymati boʻyicha jamgʻarilgan amortizatsiya va jamgʻarilgan qadrsizlanish zararlari chegirilgan holda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar keyinchalik ushbu biologik aktivning haqiqiy qiymatini ishonchli tarzda aniqlash imkoniyati yuzaga kelsa, tashkilot uni sotish xarajatlari chegirilgan holdagi haqiqiy qiymat boʻyicha baholaydi. Agar uzoq muddatli biologik aktiv sotish uchun moʻljallangan aktiv sifatida tasniflansa (yoki sotish uchun moʻljallangan guruh tarkibiga kiritilsa), uning haqiqiy qiymatini ishonchli tarzda aniqlash mumkin, deb hisoblanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 28-banddagi “uni chiqish vaqtigacha baholashni davom ettiradi.” degan soʻzlar “hisobdan chiqarilgunga qadar baholashni davom ettiradi, mazkur Standartning 27-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 29-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Standart qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ularni yigʻish paytidagi haqiqiy qiymatini ishonchli aniqlash mumkin degan farazga asoslanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagi mazmundagi 291-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“291. Biologik aktivning xarid qiymati, jamgʻarilgan amortizatsiyasi va jamgʻarilgan qadrsizlanish zararlarini aniqlashda, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini hisobga olishda tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (7-sonli BHS) “Tovar-moddiy zaxiralar” (roʻyxat raqami 3120, 2019-yil 14-yanvar) va Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (8-sonli BHS) “Koʻchmas mulk, bino va jihozlar” (roʻyxat raqami 3144, 2019-yil 20-mart) talablarini hisobga oladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagi mazmundagi 321 — 326-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“321. Tashkilot moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga quyidagi holatlarni baholash imkonini beradigan maʼlumotlarni yoritib berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) dastlabki hisobga olishdan keyin moliyaviy hisobotda haqiqiy qiymat boʻyicha baholanadigan biologik aktivlarning haqiqiy qiymatini aniqlashda qoʻllanilgan baholash usullari va kiritilgan maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) dastlabki hisobga olishdan keyin moliyaviy hisobotda 3-daraja maʼlumotlaridan foydalangan holda amalga oshirilgan haqiqiy qiymat baholashlarining hisobot davridagi moliyaviy natijaga yoki sof aktivlar (kapital) qiymatiga taʼsiri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
322. Tashkilot mazkur standartning 321‑bandidagi maqsadlarga erishish uchun quyidagilarni hisobga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) maʼlumotlarni yoritib berish talablarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tafsilotlar aniqligi (masalan, qoramol — sut beradigan sigir, buqa, yosh buzoq);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) turli talablarning har birining ahamiyati (ustuvorligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qay darajada umumlashtirish yoki alohida elementlarga ajratish kerakligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarning yoritib berilgan miqdoriy maʼlumotlarni baholash uchun qoʻshimcha maʼlumotga ehtiyoji bor yoki yoʻqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu Standart va boshqa budjet hisobi standartlariga muvofiq yoritib berilgan maʼlumotlar ushbu Standartning 321‑bandidagi maqsadlarga erishish uchun yetarli boʻlmasa, tashkilotlar mazkur maqsadlarga erishish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni (masalan, baholash boʻyicha qoʻshimcha tushuntirishlar yoki biologik aktivlar tasnifi boʻyicha izoh kabi maʼlumotlar) yoritib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
323. Tashkilot mazkur Standartning 321-bandida belgilangan maqsadlarga erishish uchun, dastlabki hisobga olishdan keyin moliyaviy hisobotda haqiqiy qiymat boʻyicha baholanadigan har bir biologik aktivning toifasi boʻyicha (biologik aktivlarning toifalari ushbu Standartning 324-bandiga muvofiq aniqlanadi) kamida quyidagi maʼlumotlarni ochib berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hisobot davri yakunidagi haqiqiy qiymat oʻlchovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) haqiqiy qiymat oʻlchovlari qaysi maʼlumotlar darajasiga kiritilganligi (1, 2 yoki 3-daraja);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kuzatish mumkin boʻlmagan maʼlumotlardan foydalangan holda aniqlangan haqiqiy qiymat oʻlchovlari uchun qoʻllanilgan baholash usullari va foydalanilgan maʼlumotlar tavsifi. Agar baholash usuli oʻzgargan boʻlsa (masalan, bozor yondashuvidan daromad yondashuviga oʻtish yoki qoʻshimcha baholash usulini qoʻllash), tashkilot ushbu oʻzgarish va uning sabablarini ochib berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot 3-darajaga kiritilgan haqiqiy qiymatni baholashda foydalanilgan kuzatish mumkin boʻlmagan muhim maʼlumotlar boʻyicha miqdoriy maʼlumotlarni ochib berishi kerak. Agar bunday miqdoriy maʼlumotlar shakllantirilmagan boʻlsa, ularni yaratish talab etilmaydi. Biroq tashkilot uchun olish imkoniyati mavjud va haqiqiy qiymatni aniqlash uchun muhim boʻlgan miqdoriy maʼlumotlar inkor etilmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tashkilot 3-daraja maʼlumotlariga asosan kiritilgan haqiqiy qiymat oʻlchovlari boʻyicha davr boshidan davr oxirigacha boʻlgan oʻzgarishlarni quyidagicha ochib berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davrida tan olingan jami natija va uning foyda yoki zarar hisobotida aks etgan elementlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jami aktivlar (kapital)da tan olingan umumiy foyda yoki zarar va uni tan olingan elementlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridlar, sotuvlar, hisobdan chiqarishlar va hisob-kitoblar (ushbu turdagi har bir oʻzgarish alohida ochib beriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) 3-daraja maʼlumotlariga asosan kiritilgan haqiqiy qiymat oʻlchovlari boʻyicha hisobot davri oxirida ushlab turilgan biologik aktivlarga taalluqli amalga oshirilmagan foyda yoki zararlardagi oʻzgarishlar hissasi hamda mazkur hisobga olingan foyda yoki zarar elementlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 3-daraja maʼlumotlariga asosan kiritilgan haqiqiy qiymat oʻlchovlari uchun qoʻllanilgan baholash jarayonlari tavsifi (jumladan, baholash siyosati va tartiblari qanday belgilanishi hamda haqiqiy qiymat oʻzgarishlarining davrlar orasida tahlil qilinishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) 3-daraja maʼlumotlariga asosan kiritilgan haqiqiy qiymat oʻlchovlari uchun oʻzgarishlarga nisbatan taʼsirchanlik boʻyicha tavsif. Agar bunday maʼlumotlar oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik mavjud boʻlsa, tashkilot ularning taʼsirini kuchaytirishi yoki kamaytirishi mumkinligini ham tavsiflashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
324. Tashkilotlar biologik aktivlarni toifalarga ajratishni quyidagilar asosida belgilaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) biologik aktivlarning tabiati, xususiyatlari va xavf-xatarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) haqiqiy qiymat oʻlchovi qaysi daraja maʼlumotlariga asosan aniqlanganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, 3-daraja maʼlumotlariga asosan kiritilgan haqiqiy qiymat oʻlchovlari uchun maʼlumotlar darajasi yuqoriroq boʻlishi talab etilishi mumkin, chunki bunday oʻlchovlar yuqori darajadagi noaniqlik va subyektivlik bilan tavsiflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haqiqiy qiymat oʻlchovlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish uchun biologik aktivlarni qanday darajada toifalarga ajratishni belgilash professional mulohazani talab etadi. Biologik aktivlar odatda moliyaviy hisobotda keltirilgan moddalarga nisbatan kengroq darajada toifalarga ajratishni talab qiladi. Biroq, tashkilot moliyaviy hisobotda keltirilgan moddalar bilan muvofiqlashtirish imkonini beruvchi yetarli maʼlumotlarni taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar boshqa budjet hisobi standarti biologik aktivlarni toifalarga ajratish tartibini belgilagan boʻlsa, tashkilot mazkur Standartda talab etilgan maʼlumotlarni taqdim etishda ushbu tartiblardan foydalanishi mumkin (agar u mazkur band talablariga javob bersa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
325. Moliyaviy hisobotda haqiqiy qiymat boʻyicha baholanmaydigan, ammo haqiqiy qiymati ochiqlab koʻrsatiladigan har bir biologik aktivlar toifasi uchun tashkilot ushbu Standartning 323-bandi “b”, “d” va “h” kichik bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlarni ochiqlab koʻrsatishi kerak, bundan mazkur bandning ikkinchi xatboshisidagi holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotdan 3-daraja maʼlumotlariga asosan kiritilgan haqiqiy qiymat oʻlchovlari boʻyicha ushbu Standartning 323-bandi “d” kichik bandida nazarda tutilgan muhim kuzatish mumkin boʻlmagan maʼlumotlarga oid miqdoriy ochiqlashlarni taqdim etish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot bunday biologik aktivlar uchun ushbu Standartda nazarda tutilgan boshqa ochiqlashlarni taqdim etishi shart emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
326. Tashkilot ushbu Standartda nazarda tutilgan miqdoriy ochiqlashlarni jadval shaklida taqdim qilishi kerak, agar boshqa maqbul shakl mavjud boʻlmasa.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ilova mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (5-sonli BHS) “Qishloq xoʻjaligi”ga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (5-sonli BHS) “Qishloq xoʻjaligi”ga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, biologik aktivlar va ularni qayta ishlash natijasida olinadigan (yigʻiladigan) mahsulotlarga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MISOLLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Biologik aktivlar

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari

Qayta ishlash natijasida olinadigan mahsulotlar

Qoʻylar

Jun

Ip-kalava, gilam

Yogʻoch-taxta uchun ekilgan oʻrmonzordagi daraxtlar

Kesilgan daraxtlar

Yogʻoch-taxta materiallari

Gʻalla ekini

Bugʻdoy

Un va un mahsulotlari

Sogʻin sigir

Sut

Pishloq

Paxta oʻsimligi

Terilgan paxta

Ip-tola, kiyim

Shakar qamish

Oʻrilgan shakar qamish

Shakar

Uzum toklari

Uzum

Vino

Goʻsht yoʻnalishidagi qoramollar

Goʻsht

Kolbasa mahsulotlari

Mevali daraxtlar

Yigʻilgan mevalar

Qayta ishlovdan oʻtgan mevalar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Baʼzi oʻsimliklar, masalan, olma daraxtlari, uzum toklari odatda hosil beruvchi oʻsimlik taʼrifiga mos keladi va Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (8-sonli BHS) “Koʻchmas mulk, bino va jihozlar” (roʻyxat raqami 3144, 2019-yil 20-mart) doirasiga kiradi. Ammo hosil beruvchi oʻsimliklarda oʻsadigan hosillar, masalan, olma, uzum va mevalar mazkur Standart doirasiga kiradi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2026 y., 10/26/3106-1/0583-son)