Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
buyrugʻi
Ichki ishlab chiqarish transportidan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 6-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2511-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF-111-son “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son “Mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid ayrim nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 30-avgustdagi 66-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2511, 2013-yil 2-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 40-son, 534-modda) bilan tasdiqlangan Ichki ishlab chiqarish transportidan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2026-yil 27-aprel,
15-2026/B-son
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 27-apreldagi 15-2026/B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Ichki ishlab chiqarish transportidan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar ichki ishlab chiqarish transportidan foydalanishda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.”.
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.”.
3. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.”.
“6. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.”.
5. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”.
6. 11 va 12-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
12. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.”.
7. 13-banddagi “GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat tashkilotlari zararli moddalarining yoʻl qoʻyiladigan chiqarishlarini oʻrnatish qoidalari” degan soʻzlar “GOST 17.2.3.02-2014 “Sanoat tashkilotlari ifloslantiruvchi moddalarning yoʻl qoʻyiladigan chiqarishini oʻrnatish qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 17-banddagi “tibbiy koʻrikdan” degan soʻzlar “majburiy tibbiy koʻrikdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 18 va 19-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
19. Tashkilot rahbari majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.”.
10. 20-banddagi “tibbiy koʻriklarning” degan soʻzlar “majburiy tibbiy koʻriklarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 22-banddagi “KMK 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Proyektlash meʼyorlari” degan soʻzlar SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 61-bandidagi “mehnat muhofazasi” degan soʻzlar “mehnatni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/2511-1/0462-son)