Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 6-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2495-10]
Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 15-yanvardagi OʻRQ-1112-son “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar uchun masofali video-uchrashuvlar oʻtkazish imkoniyatini yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi va 2026-yil 15-yanvardagi OʻRQ-1114-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 174-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2495, 2013-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 31-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHPULATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 27-aprel,
240-son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
2026-yil 15-aprel
Bosh prokuror N. YOʻLDOSHEV
2026-yil 10-aprel
Oliy sud raisi B. ISLAMOV
2026-yil 9-aprel
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOB
2026-yil 9-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2026-yil 27-apreldagi 240-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 13-bandning birinchi xatboshisidagi “yigirma toʻrt marta uzoq muddatli uchrashuvlar” degan soʻzlar “yigirma toʻrt marta uzoq muddatli uchrashuvlar va yigirma toʻrt marta masofali video-uchrashuvlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 26-bandning uchinchi xatboshisi, 33-bandning uchinchi xatboshisi, 41-bandning uchinchi xatboshisi, 48-bandning uchinchi xatboshisi, 65-bandning uchinchi xatboshisi, 143-band, XI bobning uchinchi paragrafi nomi, 272-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari, 275-band, 276-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari, 280, 282, 283, 285, 287 va 295-bandlar, 425-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari, 448, 451 va 453-bandlar, 16, 18, 28, 29 va 34-ilovalar matnidagi “telefon orqali” degan soʻzlar “masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 93, 401, 422 va 423-bandlar hamda 19-ilovaning matnidagi “professional taʼlim” degan soʻzlar “kasbiy taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 161-bandda:
beshinchi xatboshidagi “professional taʼlimga” degan soʻzlar “kasbiy taʼlimga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “telefon orqali” degan soʻzlar “masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. XI bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“XI bob. Mahkumlarning uchrashuvlari, masofali video-uchrashuvlari va telefon orqali soʻzlashuvlari”.
6. 273, 274, 278, 281 va 286-bandlardagi “Telefon orqali” degan soʻzlar “Masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 277-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“277. Mahkumlar telefon orqali soʻzlashuvga besh nafardan, masofali video-uchrashuvga ikki nafardan olib chiqiladi.”.
8. 279-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“279. Mahkum telefon orqali soʻzlashuvlarni bir abonent bilan olib borish muddati oʻn daqiqadan, masofali video-uchrashuv muddati oʻttiz daqiqadan oshmasligi lozim. Abonent javob bermagan yoki boshqa abonent bilan ulanib qolgan yoxud boshqa texnik sabablarga koʻra masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuvlar uzilib qolgan hollarda, mahkum takroran masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv olishga haqli.”.
9. 284-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“284. Quyidagilar taqiqlanadi:
tungi vaqtda masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashish hamda ularning oʻtkazilishiga ruxsat berish;
ikki yoki undan ortiq masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuvlarni birlashtirish;
guruh boʻlib yoki guruh nomidan, shuningdek boshqa mahkum(lar) nomidan masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv olib borish.”.
10. XII bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“XII bob. Uchrashuvlar, masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuvlar berish hamda posilka, yoʻqlov va banderollar olish muddatlarini hisoblab chiqish”.
11. 289-banddagi “Telefon orqali” va “telefon orqali” degan soʻzlar tegishli ravishda “Masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali” va “masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 290-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“290. Navbatdagi uchrashuvlar, masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuvlar mahkumning yil mobaynida olishi mumkin boʻlgan uchrashuvlari turi hamda masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuvlari miqdorini oʻn ikki oyga boʻlganda hosil boʻladigan davr hisobga olingan holda beriladi.”.
13. 2901-banddagi “telefon orqali qoʻshimcha soʻzlashishga” degan soʻzlar “qoʻshimcha masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuvga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 361-banddagi “sanitariya-gigiyena hamda qurilish normalari va qoidalariga” degan soʻzlar “sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 3991-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mahkumning mahkumlarda toʻgʻri maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan adabiyotlar roʻyxatidagi kitoblarni oʻqiganligi.”.
16. Quyidagi mazmundagi 3993-band bilan toʻldirilsin:
“3993. JK 73-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan mahkumning (bundan umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar mustasno) ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtash davrida kitob oʻqiganligi faktini aniqlash uning JIEM maʼmuriyatiga bergan arizasiga asosan, JIEM xodimlaridan, shuningdek jamoatchilik vakillaridan iborat komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya tarkibiga jamoatchilik vakillaridan, qoida tariqasida, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, jamoat tashkilotlarining hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan vakillari kiradi.
Komissiya yigʻilishi yiliga kamida ikki marta oʻtkaziladi.
Imtihon natijalari boʻyicha komissiya tomonidan mahkumning kitob oʻqiganligi faktini tasdiqlash haqida xulosa qabul qilinadi.
Komissiya xulosasi mahkumning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi. Xulosaning koʻchirma nusxasi prokurorga yuboriladi, mahkumga imzo qoʻydirib topshiriladi, shuningdek mahkumning himoyachisiga uning soʻroviga koʻra beriladi.
Mahkumning kitob oʻqiganligi faktini tasdiqlash haqida xulosa qabul qilinganda JIEM maʼmuriyati sudga jazoni oʻtash muddatini mahkum tuzalish yoʻliga oʻtganligi munosabati bilan qisqartirish toʻgʻrisida taqdimnoma yuboradi.
Mahkum yoki uning himoyachisi komissiya xulosasidan norozi boʻlgan taqdirda iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Mahkum tuzalish yoʻliga oʻtganligi munosabati bilan uning jazoni oʻtash muddatini qisqartirish JPKning 5362-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan amalga oshiriladi.”.
17. 413-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, JIEMlar adabiyotlar bilan, shu jumladan mahkumlarda toʻgʻri maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan adabiyotlar roʻyxatidagi kitoblar bilan taʼminlanishi shart.”.
18. 424-bandning oltinchi xatboshisi “qoʻshimcha uchrashuv yoki” degan soʻzlardan keyin “masofali video-uchrashuv yoxud” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
19. 473-banddagi “yengilroq jazo bilan almashtirishga” degan soʻzlar “yengilroq jazo bilan almashtirish, jazoni oʻtash muddatini shaxs tuzalish yoʻliga oʻtganligi munosabati bilan qisqartirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20. 30-ilovaning matnidagi “telefon orqali” va “Telefon orqali” degan soʻzlar tegishli ravishda “masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali” va “Masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/2495-10/0461-son)