22.04.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3821
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining qarori, 22.04.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3821
Кучга кириш санаси
23.04.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarida sel va toshqin xavfi mavjud boʻlgan hududlarda toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallarini tozalash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 22-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3821]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-son “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarida sel va toshqin xavfi mavjud boʻlgan hududlarda toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallarini tozalash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv хoʻjаligi vaziri SH. XAMRAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1 aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01/32-6-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi A. ABDUXAKIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 14 yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vaziri B. KUDRATXODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30 dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B. ISLAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29 dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 14 mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 20 yanvar

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 1-apreldagi 01/32-6-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2025-yil 30-dekabrdagi 27-son, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining 2026-yil 14-yanvardagi 4-son hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 29-dekabrdagi 15-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarida sel va toshqin xavfi mavjud boʻlgan hududlarda toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallarini tozalash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarida sel va toshqin xavfi mavjud boʻlgan hududlarda toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallarini tozalash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilib olish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlari — daryolar, soylar, jilgʻalar, tabiiy koʻllar oʻzanlari, suv va sel-suv omborlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka — suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarini qum-shagʻal materiallaridan tozalash hamda mazkur faoliyat natijasida hosil boʻladigan materiallarni qazib olish huquqi yuzasidan tuzilgan shartnomada belgilangan geografik koordinata nuqtalari bilan chegaralangan tozalanishi lozim boʻlgan hudud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan ishlarni qabul qilib olish — suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarini qum-shagʻal materiallaridan tozalash hamda mazkur faoliyat natijasida hosil boʻladigan materiallarni qazib olish huquqi yuzasidan tuzilgan shartnoma asosida ularni tozalash ishlarini amalga oshirgan tashkilot tomonidan bajarilgan ishlarni oʻrganish, baholash va qabul qilish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining hududiy boshqarmalari hamda balansda saqlovchi hududiy suv xoʻjaligi tizimi tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma — suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarini qum-shagʻal materiallaridan tozalash hamda mazkur faoliyat natijasida hosil boʻladigan materiallarni qazib olish huquqi yuzasidan tuzilgan shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilish komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasining (bundan buyon matnda davlat muassasa deb yuritiladi) soʻroviga koʻra vakolatli organlar tomonidan belgilangan masʼul xodimlardan shakllantiriladigan, bajarilgan ishlarni koʻrib chiqish, ularning hajmi va sifatini baholash hamda qabul qilishni amalga oshiruvchi guruh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bajarilgan ishlarni qabul qilib olish mazkur Nizom, shartnoma, loyiha hujjatlari, topografik materiallar va davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Komissiyani shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shartnomaning amal qilish muddati tugashiga kamida ikki oy qolganda davlat muassasasi tomonidan vakolatli organlarning hududiy boshqarmalariga, shuningdek balansda saqlovchi hududiy suv xoʻjaligi tizimi tashkilotlariga komissiya tarkibiga kiritish uchun nomzodlar koʻrsatish toʻgʻrisida yozma yoki elektron shaklda soʻrov yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma tuzilgan uchastkaning nomi va joylashgan manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning raqami va amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya tarkibiga tavsiya etiladigan nomzodlarga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vakolatli organlarning hududiy boshqarmalari hamda balansda saqlovchi hududiy suv xoʻjaligi tizimi tashkilotlariga davlat muassasasining soʻrovi kelib tushgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida komissiya tarkibiga kiritish uchun kamida bitta masʼul xodim nomzodini yozma yoki elektron ravishda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Komissiya tarkibiga nomzod etib quyidagi talablarga javob beruvchi xodimlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
egallab turgan lavozimiga koʻra tegishli sohada vakolatga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi, favqulodda vaziyatlar, ekologiya, togʻ-kon yoki tegishli texnik yoʻnalishlar boʻyicha amaliy tajribaga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilinayotgan uchastkada bajarilgan ishlar yuzasidan bevosita moddiy manfaatdor boʻlmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat muassasasi taqdim etilgan nomzodlarni umumlashtiradi hamda shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan uchastkada bajarilgan suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarini tozalash ishlarini qabul qilib olish maqsadida nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida komissiya tarkibini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya, qoida tariqasida, toq sondagi aʼzolardan iborat boʻladi. Komissiya tarkibi kamida besh nafar aʼzodan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiya tarkibi, uning raisi va kotibi davlat muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya majlisi, agar uning tasdiqlangan tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Dastlabki oʻrganish hamda komissiyaning vazifalari va huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiya tarkibi tasdiqlangan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarida toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallarini tozalash ishlari yakunlanayotgan uchastkada bajarilgan ishlarning dastlabki oʻrganilishini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya shartnoma muddati tugashi munosabati bilan uchastkani qabul qilish uchun oʻrganish oʻtkazilishi haqida tashkilotni oʻrganish oʻtkaziladigan kundan kamida uch ish kuni oldin yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Dastlabki oʻrganish tashkilot rahbari yoki uning vakolatli vakili ishtirokida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Komissiya aʼzolari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi vazifalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hududiy boshqarmalari xodimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tozalangan oʻzanning maksimal suv sarfini oʻtkazish qobiliyati loyiha hujjatlarida koʻrsatilgan parametrlarga muvofiqligini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bahor-yoz mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan sel va toshqin suvlarini betalafot oʻtkazish qobiliyatini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻkma damba hosil qilish yoki tiklash ishlari loyiha va texnik hujjatlarga muvofiq bajarilganligini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzan tozalash ishlari loyiha hujjatlarida belgilangan koordinata nuqtalaridan chetga chiqmagan holda amalga oshirilganligini, shuningdek topografik hujjatlarda koʻrsatilgan sath belgilaridan past chuqurlikda qazish ishlari olib borilmaganligini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boshqarmalari xodimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzan tozalash va toʻkma damba tiklash ishlarining sifati va yetarliligini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sel oqimlari va toshqinlar mavsumida aholi punktlariga yaqin hududlar, qishloq xoʻjaligi yerlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini suv bosishi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bajarilganligini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hududiy boshqarmalari xodimlari qazib olingan qum-shagʻal materiallari hajmini aniqlash maqsadida marksheyderlik oʻlchov ishlarini amalga oshirishni tashkil etadi yoki bunday ishlarni tashkil etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hududiy boshqarmalari xodimlari oʻzan tozalash ishlari davlat ekologik ekspertizasi ijobiy xulosasida belgilangan talablar, cheklovlar va shartlarga muvofiq amalga oshirilganligini oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzan tozalash ishlari loyiha hujjatlarida, topografik materiallarda va davlat ekologik ekspertizasi xulosasida belgilangan parametrlar doirasida bajarilganligini aniqlash uchun zarur oʻlchov, koʻrik va tekshiruv ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanini tozalash jarayonida qum-shagʻal materiallarini qazib olish bilan bogʻliq hujjatlar, maʼlumotlar, hisob-kitoblar, sxemalar, dalolatnomalar va boshqa materiallarni tashkilotdan hamda vakolatli organlardan soʻrash va olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Dastlabki oʻrganish natijalari boʻyicha komissiya tomonidan aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat muassasasi tomonidan maʼlumotnoma rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida unda koʻrsatilgan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida tashkilotga yozma yoki elektron talabnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tashkilot talabnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar bartaraf etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, komissiya uchastkani qabul qilishni rad etish haqida asoslantirilgan xulosani rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosa rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran ikki kun ichida tashkilotga yozma shaklda bevosita yoki elektron pochta orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Qayta oʻrganish va uchastkani qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Shartnomaning amal qilish muddati tugagan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida Komissiya tomonidan talabnomada koʻrsatilgan kamchiliklarning bartaraf etilganligi joyiga chiqqan holda qayta oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qayta oʻrganish natijalariga koʻra komissiya tomonidan mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq uchastkani qabul qilish toʻgʻrisida uch nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Dalolatnomaning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi nusxasi — davlat muassasasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi nusxasi — uchastkani qabul qilib oluvchi hududiy suv xoʻjaligi tizimi tashkilotida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi nusxasi — oʻziga biriktirilgan uchastkada shartnoma asosida oʻzan tozalash ishlarini amalga oshirish huquqi berilgan tashkilotda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Uchastka mazkur Nizom talablariga muvofiq qabul qilib olingan kundan eʼtiboran tegishli balansda saqlovchi suv xoʻjaligi tizimi tashkilotiga topshirilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tashkilot uchastkani qabul qilish jarayoni va uning natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda, komissiya tomonidan qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 10 kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga apellyatsiya shikoyati berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻiga asosan apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish uchun besh nafar aʼzodan iborat Apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasining tarkibini shakllantirish va tasdiqlash apellyatsiya shikoyati kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Apellyatsiya komissiyasi tarkibi apellyatsiya berilgan uchastkani qabul qilish jarayonida ishtirok etmagan vakolatli davlat organlari xodimlaridan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni koʻrib chiqish sanasi va joyi toʻgʻrisida tashkilotni kamida 3 ish kuni oldin yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalariga koʻra Apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qabul qilingan qaror apellyatsiya shikoyatini bergan tashkilotga yozma shaklda bevosita yoki elektron pochta orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish muddati shikoyat kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tashkilot Apellyatsiya komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, ushbu qaror ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ayni bir uchastka boʻyicha Apellyatsiya komissiyasiga takroran apellyatsiya shikoyati berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarida sel va toshqin xavfi mavjud boʻlgan hududlarda toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallarini tozalash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanini tozalash jarayonida qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlari tugallangan uchastkani topshirish-qabul qilish boʻyicha

____-son

DALOLATNOMA

20__-yil “___”_________

_______________

(tuzilgan joy)

Suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarida sel va toshqin xavfi mavjud boʻlgan hududlarda toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallarini tozalash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tashkil etilgan qabul qilish komissiyasi tomonidan _______________ viloyati (shahri) _____________ tumani “_________” MFY hududidan oqib oʻtuvchi _________________ suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanidagi uchastka oʻzanni tozalash jarayonida qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlari tugallangan qismini qabul qilib olish komissiya tomonidan joyiga chiqqan holda oʻrganildi va quyidagilar aniqlandi:

1. Bajaruvchi:______________________ (tashkilotlar) tomonidan suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanini tozalash va qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlari yakunlanganligi aniqlandi.

2. Obyektning loyiha hujjatlari __________________ loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasi tomonidan 20__-yil “ ” dagi __son xulosasi berilgan.

3. Obyektda ishlar: “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasi xulosasida belgilangan parametrlar asosida (yoki parametrlardan chetga chiqqan holda) amalga oshirilgan (tagiga chiziladi).

4. Amalga oshirilgan loyiha hujjatlariga asosida: obyektda tozalanadigan suv xoʻjaligi obyektlari oʻzani uzunligi _____ m, eni ____ m va chuqurligi ____ metrni tashkil etadi.

Oʻzan tozalash jarayonida mazkur parametrlar toʻliq bajarilishi shartligi belgilangan boʻlib, hududning geografik koordinatalari:

1.

40°19'25.14''C

71°55'22.39''B

5.

2.

6.

3.

7.

4.

8.

5. Oʻzan tozalash ishlari olib borilgan vaqt: uchastkada suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanini tozalash jarayonida qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlarining

boshlanish vaqti:

“___”______ 20__-yil;

yakunlanish vaqti:

“___”______ 20__-yil.

6. Holati: Loyiha hujjatlariga asosan uchastkada suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanini tozalash jarayonida qum-shagʻal qazib olish ishlari toʻliq (yoki qisman) yakunlanib, quyidagi parametrlarga erishildi.

Texnik loyiha quvvatlari nomi

Oʻlchov birligi

(m)

Loyihaviy oʻlchamlari

Amalda bajarilganligi

oʻzan uzunligi

eni

chuqurligi

-

7. Shartnoma doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilgan (amalga oshirilgan tadbirlar yoritiladi).

8. Loyiha asosida belgilangan ishlar toʻliq yakunlanganligi munosabati bilan obyektda bajarilgan ishlarni tasdiqlovchi fotosuratlar, hisob-faktura va boshqa birlamchi ijro hujjatlari taqdim etiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, _____________ viloyati (shahri) __________ tumani “________” MFYdagi ___________ suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanidagi uchastka belgilangan tartibda “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasining ekologik ekspertizasi talablariga muvofiq bajarilganligi sababli ___________ viloyati (shahri) ___________ suv xoʻjaligi obyektini balansda saqlovchi tashkilotlarga topshirilishiga tayyor deb hisoblansin.

Ilova: Amalga oshirilgan ishlar fotolavhalari.

Komissiya raisi

“Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi boʻlinma boshligʻi

___________

____________________

(imzo)

(F.I.O.)

Qabul qilib olish komissiya aʼzolari:

Suv xoʻjaligi tizim tashkiloti boshligʻi (oʻrinbosari)

___________

____________________

(imzo)

(F.I.O.)

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boʻlim boshligʻi

___________

____________________

(imzo)

(F.I.O.)

Davlat ekologik nazorat inspeksiyasining inspektori

___________

____________________

(imzo)

(F.I.O.)

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hududiy boshqarmasi boʻlim boshligʻi

___________

____________________

(imzo)

(F.I.O.)

Komissiya kotibi:

“Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasining hududiy boʻlinmasi xodimi

___________

____________________

(imzo)

(F.I.O.)

Topshirdi:

Suv xoʻjaligi obyektlari oʻzanlarida toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallaridan tozalash ishlarini amalga oshirgan tashkilot rahbari

___________

____________________

(imzo)

(F.I.O.)

Qabul qilib oldi:

Suv xoʻjaligi obyektining balansda saqlovchi tashkilot rahbari (oʻrinbosari)

___________

____________________

(imzo)

(F.I.O.)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2026 y., № 10/26/3821/0411-son)