Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026 06.04.2026 yildagi 74-8-211-Q/26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SURXONDARYO VILOYATI BANDIXON TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan tumandagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Surxondaryo viloyati Bandixon tumani hokimining 2026 yil 29 apreldagi 82-8-211-Q/26-sonli «Tumandagi maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan tumandagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida»gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2024-yil 3-iyundagi 143-8-211-Q/24-sonli qarori bilan tumandagi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining mikrohududlari belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan vaqt davomida tumanda yangidan 44- va 45-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablari tashkil etildi hamda baʼzi koʻcha va uy raqamlarida oʻzgarish boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining 27, 47-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi nizomning 39, 41-bandlari, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”ning 1-bob 2-bandi hamda 2-, 3-boblariga asosan, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-, 25-moddalariga, tuman Adliya boʻlimining 2026-yil 18-fevraldagi 28/1-63/8-son taqdimnomasi hamda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 08-yanvardagi “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-457-son Qonunining 59-moddasiga muvofiq, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2026-yil 13-yanvardagi “Tumandagi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash haqida”gi 01-62-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining yangi tahrirdagi mikrohududi roʻyxati mahalla fuqaro yigʻinlaridagi va koʻchalar boʻyicha ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining oʻrinbosari (U.Qulmamatov), tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (Lavozimiga koʻra) va tumandagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlarining zimmalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga 7 yoshga toʻladigan yilda toʻliq qamrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan doimiy monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, tumandagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalar rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi (X.Toʻrayev) va mahalla fuqarolar yigʻini raislariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qamrab olish jarayonida tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ilovasi tuman “Yangi Bandixon” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimining 2026-yil 17-yanvardagi “Tuman hokimining 2024-yil 03-iyundagi 143-8-211-Q/24-son qarori ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrsida”gi 20-8-211-Q/26-son qarori bekor qilish hamda Tuman hokimining 2024-yil 03-iyundagi 143-8-211-Q/24-son qarori bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari U.Qulmamatov va tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudiri (Lavozimiga koʻra) zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi A. ALLAMURADOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Bandixon tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 6-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74-8-211-Q/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.