18.03.2026 yildagi 01/2-9-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHNQ 2.04.02-19 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 27-martda hisobga olindi, hisob raqami 392]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF-185-son “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. SHNQ 2.04.02-19 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir SH. XIDOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 18-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01/2-9-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 13-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari J. JABBOROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 5-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 18-martdagi 01/2-9-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
.

SHNQ 2.04.02-19 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 8.16-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8.16. Yongʻin oʻchirish gidrantlari avtomobil yoʻllari boʻylab qatnov qismi chetidan 2,5 m dan ortiq boʻlmagan masofada, biroq bino devorlaridan kamida 5 m masofada joylashtirilishi kerak. Bunda yongʻin oʻchirish gidrantlariga yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari hamda yongʻinni oʻchirish texnikasining qattiq qoplamali yoʻl orqali erkin yetib borishi taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin oʻchirish gidrantlarini suv taʼminoti quvurining boshi berk uzatmasidan tortilgan quvuriga yoki binolarga kiritilayotgan suv uzatmalariga oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi mazmundagi 8.161 — 8.167-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8.161. Suv taʼminoti tarmoqlarida yer usti yongʻin oʻchirish gidrantlarini Oʻz DSt EN 14384:2009 talablariga muvofiq oʻrnatish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yer usti yongʻin oʻchirish gidrantlarining konstruksiyasi, berkitish armaturalari hamda ularni joylashtirish sharoitlari tashqi havo harorati manfiy boʻlgan davrda muzlab qolmasligini va uzluksiz ishlashini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.162. Muzlash xavfi mavjud hududlarda yer usti yongʻin oʻchirish gidrantlarining suv keltiruvchi quvuri hamda drenaj klapani yerning hisobiy muzlash chuqurligidan kamida 1,0 — 1,2 m pastda joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Drenaj klapani atrofida suvning gruntga erkin singishini taʼminlash maqsadida chuqurligi kamida 300 mm, kengligi kamida 800 mm boʻlgan hamda donadorligi 20 — 40 mm li shagʻal yostiqcha koʻzda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shagʻal qatlami ostiga uning loyqalanishini oldini olish uchun filtrlovchi material yotqizilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.163. Yer osti suvlari sathi yuqori boʻlgan sharoitlarda drenaj klapani teskari klapan bilan jihozlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda drenaj suvlarini drenaj quduqlariga yoki alohida qum filtrlarga olib chiqish uchun diametri 100 mm boʻlgan drenaj quvurlarini oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Drenajni yomgʻir suvlari oqizish tizimlariga yoki maishiy oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlariga ulashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.164. Yer usti yongʻin oʻchirish gidranti korpusining turgʻunligini (barqarorligi) taʼminlash uchun drenaj ustidagi grunt zichlangan boʻlishi va uning atrofida suv toʻplanib qolishini oldini olish maqsadida gidrant maydonchasi qiya boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Drenaj ostida loyqalanadigan tuproqdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.165. Suv taʼminoti tarmogʻida yongʻin oʻchirish gidrantlarini joylashtirish ushbu tarmoq xizmat koʻrsatadigan bino va inshootning yoki uni qismining istalgan nuqtasida yongʻinni oʻchirish suv sarfini inobatga olgan holda kamida ikkita yongʻin oʻchirish gidranti orqali taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi yongʻinni oʻchirish uchun suv sarfi 15 l/sek va undan koʻp boʻlganda kamida ikkita gidrantdan, suv sarfi 15 l/sek kam boʻlganda bitta gidrantdan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qattiq qoplamali yoʻllar boʻylab uzunligi 200 m dan ortiq boʻlmagan yongʻin oʻchirish yenglarini yotqizish imkoniyati hisobga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.166. Yongʻin oʻchirish gidrantlarining soni va ular orasidagi masofa yongʻinni oʻchirish uchun umumiy suv sarfi va oʻrnatilgan turdagi gidrantlarning oʻtkazuvchanlik xususiyatlarining yigʻindisini hisobga olgan hisob-kitob yoʻli bilan aniqlanadi, biroq 150 m dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 m uzunlikdagi yongʻin oʻchirish yengdagi bosim yoʻqotish h, m, quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bu yerda, qn — yongʻin oʻchirish uchun chiqayotgan suv oqimining unumdorligi, l/s.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.167. Aholi yashash punktlarida va sanoat korxonalarida yongʻinga qarshi suv quvurlarining diametri kamida 100 mm, aholisi 5 ming kishidan koʻp boʻlmagan punktlarida esa kamida 75 mm boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi soni 500 kishigacha boʻlgan aholi yashash punktlarida suv taʼminoti tarmoqlarida yongʻin oʻchirish gidrantlari oʻrniga yongʻin oʻchirish kranlari bilan jihozlangan diametri 80 mm boʻlgan ustunlarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻinga qarshi suv taʼminoti manbalariga olib boruvchi avtomobil yoʻllari va yoʻlaklarga yongʻinni oʻchirish texnikalari yilning barcha fasllarida erkin kirib borishi taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer usti yongʻin oʻchirish gidrantlari va suv havzalari (suv manbalari) oldida va ular tomon harakatlanish yoʻnalishi boʻylab tegishli koʻrsatkichlar (hajmdor yoritgichli yoki yassi, nur qaytaruvchi qoplamaga ega, atmosfera yogʻingarchiliklari va quyosh radiatsiyasiga chidamli) oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ularning ustida suv manbaigacha masofani koʻrsatadigan raqamlar aniq yozilgan boʻlishi lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 9.4-banddagi “tashqi gidrantlaridan” degan soʻzlar “yer usti yongʻin oʻchirish gidrantlaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.