1-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbasi | Masʼul ijrochilar |
I. Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini takomillashtirish | |||||
“Favqulodda vaziyatlar organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ishlab chiqish. | Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi | 2026-yil dekabr | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |
Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi sohasida davlat nazoratini amalga oshirish mexanizmini soddalashtirish, qoidabuzarliklar boʻyicha davlat inspektori tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirish orqali chora koʻrishni hamda davlat yongʻin nazorati organlari vakolatlarini favqulodda vaziyatlar organlari zimmasiga yuklatishni va huquqni qoʻllashda Favqulodda vaziyatlar vazirligining yagona organi deb eʼtirof etishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish. | Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi | 2026-yil iyul | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Oliy sud (B. Islamov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |
“Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga aholi gavjum boʻladigan obyektlarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablarni kuchaytirish va majburiy sugʻurtalashni joriy etishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. | Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi | 2026-yil may | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |
Ilmiy-texnik va innovatsion loyihalarni joriy etish orqali aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish dasturini qabul qilish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2026-yil mart | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Mudofaa sanoati agentligi (M. Ibodullayev) | |
Favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelish sabablari (manbalari), ushbu vaziyatlarda zarar koʻrgan odamlar soni, moddiy zarar miqdori va koʻlamini (hududlar chegaralari) tasniflash, shuningdek, favqulodda vaziyatlar va yongʻinlarni hisobga olish, ular toʻgʻrisida maʼlumotlarni yuritish hamda axborot almashish tartibini takomillashtirish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2026-yil mart | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), masʼul vazirlik va idoralar | |
Respublika tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida oʻta muhim, davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin-portlash xavfi yuqori obyektlarida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻlinmalarini tashkil etish tartibini takomillashtirish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2026-yil fevral | Hisob-kitoblarga asosan vazirlik va idoralarning mablagʻlari | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), masʼul vazirlik va idoralar | |
Yirik savdo, savdo-koʻngilochar, sport majmualari va boshqa xizmat koʻrsatish obyektlarida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻlinmalarini tashkil etish tartibini belgilash. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2026-yil dekabr | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), masʼul vazirlik va idoralar | |
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2026-yil dekabr | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), masʼul vazirlik va idoralar | |
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va yongʻin xavfsizligini taʼminlashda islohotlarni samarali amalga oshirish, jumladan, 2030-yilgacha favqulodda vaziyatlar tizimini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish yuzasidan sohada tajribaga ega xalqaro konsalting kompaniyalari (favqulodda vaziyatlar tizimi konsaltingiga ixtisoslashgan) bilan muzokaralar oʻtkazish va ularni jalb etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025 — 2027-yillar | Davlat budjeti mablagʻlari | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Qoʻchqorov), masʼul vazirlik va idoralar | |
II. Favqulodda vaziyatlar vazirligining nufuzini oshirish va qutqaruvchi kasbiga boʻlgan sadoqatni yuksaltirish | |||||
“Fidoyi qutqaruvchi” davlat mukofotini taʼsis etish. | Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi | 2026-yil fevral | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev) | |
Favqulodda vaziyatlar organlari xodimlari kunini belgilash. | Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi | 2026-yil fevral | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bayrogʻi va emblemasi namunalarini tasdiqlash. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasi | 2026-yil yanvar | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev) | |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi shaxsiy tarkibining maxsus kiyim-boshi, atributi va farqlovchi belgilarini xalqaro standartlarni hisobga olgan holda yangilash va birxillashtirish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2026-yil fevral | Hisob-kitoblarga koʻra, Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Mudofaa vazirligi (Sh. Xalmuxamedov) | |
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri — fuqaro muhofazasi boshligʻining favqulodda vaziyatlar davlat tizimiga kiruvchi vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va hokimliklarning fidoyilik koʻrsatgan rahbar va xodimlarini taqdirlash uchun “Fuqaro muhofazasi aʼlochisi” idoralararo koʻkrak nishonini taʼsis etish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2027-yil sentabr | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Mudofaa vazirligi (Sh. Xalmuxamedov) | |
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda oʻrnak va jasorat koʻrsatgani uchun “Fuqarolik jasorati”, favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida benuqson va koʻp yillik samarali xizmati (mehnati) uchun I, II va III darajali “Namunali xizmatlari uchun” va “Favqulodda vaziyatlar organlari faxriysi”, “Samarali hamkorlik uchun”, “Malakali ustoz”, I, II va III darajali “Jangovor faoliyati uchun”, I, II va III darajali “Maxsus qutqaruv ishlaridagi jasorati uchun”, “Yosh avlodni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun” koʻkrak nishonlarini taʼsis etish. | Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi loyihasi | 2026-yil yanvar | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev) | |
Aholining turli toifalari uchun moʻljallangan favqulodda vaziyatlarda harakat qilish qoidalarini targʻib qiluvchi targʻibot materiallarini yaratish hamda aholi oʻrtasida targʻibot qilish tartibini belgilash. | Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi loyihasi | 2026-yil yanvar | Favqulodda vaziyatlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Kinematografiya agentligi (Sh. Rizayev) | |
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining bayrogʻi va emblemasi (logotip) namunalarini tasdiqlash. | Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi loyihasi | 2026-yil fevral | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev) | |
III. Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va bartaraf etish tizimini takomillashtirish | |||||
Loyiha tashkilotlari tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda muntazam ravishda amaldagi normativ hujjatlarga rioya qilmaslik holatlariga yoʻl qoʻygan yuridik shaxslarning litsenziyasini toʻxtatib turish yoki bekor qilish vakolatini litsenziyalovchi organga berish. | Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi | 2026-yil mart | - | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Biznes ombudsman (J. Urunov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) | |
Favqulodda vaziyatlar vazirligida aviatsiya xizmatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish: aviatexnik va boshqa vositalarni xarid qilish hamda infratuzilmani yaratish boʻyicha kompleks dasturni tasdiqlash; aviatsiya xizmati havo kemalarining doimiy joylashuv hududlari va ulardan foydalanish tartib-taomillarini belgilash; aviatsiya xizmatining parvozlarini rejalashtirish va boshqarish hamda parvoz boʻlinmalarini tashkil etish uchun qoʻshimcha shtat birliklarini ajratish; aviatsiya xizmatining parvozlarini rejalashtirish va boshqarish hamda parvoz boʻlinmalarini yuqori malakali va tajribaga ega boʻlgan mutaxassislar va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya instituti bitiruvchilari bilan jamlash. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2026-yil aprel | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Mudofaa vazirligi (Sh. Xalmuxamedov) | |
Odamlar ommaviy yigʻiladigan obyektlarda (teatrlar, kinoteatrlar, stadionlar, konsert zallari, savdo va koʻngilochar majmualar va sh.k.) favqulodda vaziyatlarda aholini toʻplash joylari, panagohlar va oʻt oʻchirishda vertolyot yordamida suv olishga moʻljallangan tabiiy va sunʼiy suv havzalari hududlarining kadastr hujjatlarini Favqulodda vaziyatlar vazirligiga rasmiylashtirish tartibini joriy etish. Bunda ushbu obyektlarni mahalliy boshqaruv organlari tomonidan saqlash tartibini joriy etish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2026-yil sentabr | - | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Biznes ombudsman (J. Urunov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) | |
Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tartibini tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2025-yil dekabr | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev), masʼul vazirlik va idoralar | |
Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro muhofazasi qoidalarini tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2026-yil aprel | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Biznes ombudsman (J. Urunov) | |
Suv havzalarida choʻmilish xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2026-yil mart | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Biznes ombudsman (J. Urunov) | |
Aholi va moddiy-tovar boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish (vaqtincha koʻchirish) tartibini tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2026-yil dekabr | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), masʼul vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |
Iqtisodiyot obyektlarining barqaror faoliyatini taʼminlash va fuqaro muhofazasi muhandislik-himoya inshootlarini doimiy shay holatda saqlash maqsadida ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2027-yil fevral | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov), masʼul vazirlik va idoralar | |
Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasida davlat nazoratini yuritish tartibini takomillashtirish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2026-yil mart | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Biznes ombudsman (J. Urunov) | |
Elektr va gaz tarmogʻiga ulanish uchun murojaat qilgan maishiy isteʼmolchilarning xonadonlaridagi elektr va gaz jihozlarining texnik talablarga javob berishi majburiyatini belgilovchi tartibni joriy etish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2027-yil dekabr | - | Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Bosh prokuratura (Sh. Aminov), Biznes ombudsman (J. Urunov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |
Yongʻin oʻchirish suv taʼminoti tizimini (gidrantlar, kranlar, tabiiy va sunʼiy suv manbalari) yaratish, ulardan foydalanish tartib-taomillarini tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2026-yil noyabr | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), “Oʻzsuvtaʼminot” AJ (A. Suvonkulov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |
Fuqaro muhofazasi (qutqaruv) tuzilmalari va ular tashkil etiladigan tashkilotlarni belgilash, shuningdek, tuzilmalarni moddiy-texnik jihozlar bilan taʼminlash (tabellashtirish) tartibini takomillashtirish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2026-yil dekabr | Hisob-kitoblarga koʻra Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), masʼul vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va aholi hayot maromini taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ulardan foydalanish va tiklash tartibini takomillashtirish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2026-yil fevral | Hisob-kitoblarga koʻra Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |
Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimini takomillashtirish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2026-yil fevral | Hisob-kitoblarga koʻra Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), masʼul vazirlik va idoralar | |
Transchegaraviy favqulodda vaziyatlar xavf manbalarini barvaqt aniqlash, ularning xavf darajasi va ehtimoliy oqibatlarini baholash tartibini ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2026-yil mart | Hisob-kitoblarga koʻra, Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), DXX Chegara qoʻshinlari (S. Xusanov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) masʼul vazirlik va idoralar | |
Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish. Bunda aholi, ayniqsa, volontyorlar, koʻngilli qutqaruvchilarni favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilishga oʻrgatishni yoʻlga qoʻyish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2026-yil mart | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), masʼul vazirlik va idoralar | |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar FVB “Hayot faoliyati xavfsizligi” oʻquv markazlarida zamonaviy koʻrgazmali materiallar, interaktiv oʻqitish vositalari bilan jihozlangan favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash majmualarini ishga tushirish. | Amaliy chora-tadbirlar rejasi | 2025-yil dekabr | Favqulodda vaziyatlar vazirligiga Davlat budjeti doirasida ajratiladigan mablagʻlar, vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari, Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, mahalliy budjet mablagʻlari | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Vazirlar Mahkamasi, masʼul vazirlik va idoralar | |
Olis va chekka hududlarda joylashgan aholi yashash punktlaridagi mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, ayniqsa, bolalarni favqulodda vaziyatlarda amaliy harakatlanishga oʻrgatishga moʻljallangan mobil simulyatsion-targʻibot markazlari yordamida tayyorlashni tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar rejasi | 2025-yil dekabr | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Vazirlar Mahkamasi, masʼul vazirlik va idoralar | ||
Obyektlarda va xizmatlar koʻrsatish sohasida favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilishni taʼminlash maqsadida ayrim faoliyat turlarini elektron shaklda litsenziyalash (xulosa berish) tartibini takomillashtirish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2027-yil noyabr | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), masʼul vazirlik va idoralar | |
Aholi hamda turistlarga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan 24/7 rejimida ishlovchi koʻchalarda joylashgan xizmat koʻrsatish obyektlarida favqulodda vaziyat va yongʻinlarning oldini olish va tezkor bartaraf etishga qaratilgan tartib-taomillarni belgilash. Bunda: favqulodda vaziyatlar haqida ogohlantirish, xabar berish tizimini joriy etish; yongʻin oʻchirish gidrantlarining doimiy soz va shay holda boʻlishini taʼminlash; favqulodda vaziyat sodir boʻlganda evakuatsiya qilish va harakatlanish algoritmini belgilash. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2026-yil yanvar | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) “Oʻzsuvtaʼminot” AJ (A. Suvankulov) Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev) | ||
Binolarning fasadlari, evakuatsiya yoʻllari, shuningdek, yertoʻla va sokol qavatlari hamda sport inshootlari tribuna ostidagi xonalarning devorlari va shiftlarini pardozlash va osma shiftlarni oʻrnatishda yonuvchi material (konstruksiya)lardan foydalanishni cheklash boʻyicha talablarni shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritish. | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining buyrugʻi loyihasi | 2026-yil mart | - | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |
Normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan yerosti yongʻin oʻchirish gidrantlarining oʻrniga yer ustida oʻrnatiladiganlarini nazarda tutish boʻyicha talablarni shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritish. | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining buyrugʻi loyihasi | 2026-yil mart | - | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |
Ijtimoiy soha obyektlarida yogʻoch konstruksiyalardan (tomda) foydalanishni cheklash tartibini belgilash. Bunda: ijtimoiy soha obyektlarining namunaviy loyihalarini qayta ishlab chiqish; shaharsozlik normalari va qoidalariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining buyrugʻi loyihasi | 2026-yil mart | - | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov) | |
Bino va inshootlarni loyihalash va qurishda tarkibida polistirol boʻlgan sendvich panellardan foydalanishni bosqichma-bosqich taqiqlash tartib-taomillarini nazarda tutuvchi shaharsozlik normalari va qoidalarini belgilash. | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining buyrugʻi loyihasi | 2027-yil sentabr | - | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Biznes ombudsman (J. Urunov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) | |
Odamlar ommaviy boʻladigan obyektlar va baland binolardagi yongʻin signalizatsiyasi ishlaganligi haqida signalni qutqaruv qismining dispetcherlik xizmatiga parallel uzatishni nazarda tutuvchi qoidani shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritish. | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining buyrugʻi loyihasi | 2027-yil yanvar | - | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |
Koʻp qavatli uy-joy hamda bino va inshootlar ichidagi yongʻinga qarshi muhofaza muhandislik tizimlarining saqlanishi (texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash, tiklash, yangilash va boshqalar) uchun sarf-xarajatlarni uyni boshqaruvchi tashkilot va balansda saqlovchining mablagʻlari hisobidan qoplash tartibini belgilash. | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining buyrugʻi loyihasi | 2025-yil dekabr | - | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev) | |
Ilmiy-innovatsion va sinov-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish, uning asosiy yoʻnalishlarini inobatga olib, 2026 — 2030-yillarga moʻljallangan davlat ilmiy va innovatsion ustuvor loyihalar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Hukumatga kiritish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2026-yil fevral | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev) | |
IV. Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish va ularni tibbiy-ijtimoiy himoya qilishni takomillashtirish | |||||
Qutqaruvchi lavozimlariga ishga qabul qilish sharti (meʼyori)ni belgilash uchun “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish. | Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi | 2026-yil avgust | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), masʼul vazirlik va idoralar | |
Favqulodda vaziyatlar organlarida tibbiy va ijtimoiy-psixologik taʼminot xizmati faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2026-yil mart | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |
V. Favqulodda vaziyatlar organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash | |||||
Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari, qutqaruvchilari va ularning oila aʼzolariga quyidagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oluvchi kafolatlangan ijtimoiy-tibbiy, sogʻlomlashtirish-rekreatsiya xizmatini koʻrsatish, uy-joy va transport taʼminotini yaxshilash: Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi xodimlar va shifo oʻrinlari hamda mavjud boʻsh turgan binolar, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi balansidagi bino va inshootlar negizida davolash-profilaktika muassasalarini; Toshkent viloyatining togʻli hududidan Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratilgan 3 gektar yer maydonida sanatoriy-kurort muassasasi va bolalar oromgohini tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish; imtiyozli uy-joy ipotekasi va mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar bilan taʼminlash. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2027-yil dekabr | Hisob-kitoblarga koʻra budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Favqulodda vaziyatlar vazirligi, (B. Kudratxodjayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi (Q. Rafikov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), tijorat banklari | |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi boʻsh obyektlar, bino-inshoot va yer maydonlarini xususiy sektorga (tadbirkor) investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti asosida berish, shuningdek, xususiylashtirish dasturiga kiritish orqali realizatsiya qilish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2026-yil mart | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov) | |
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ilmiy va taʼlim tashkilotlari bino-inshootlarini vazifalariga mutanosib ravishda bosqichma-bosqich qurish, (rekonstruksiya), kapital taʼmirlash hamda jihozlash. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2026-yil fevral | Hisob-kitoblarga koʻra Harbiy-maʼmuriy sektorlarni rivojlantirish jamgʻarmasi va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) | |
Favqulodda vaziyatlar organlari tomonidan ommaviy tadbirlarda (alohida toifadagi ommaviy tadbirlar bundan mustasno) favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2025-yil dekabr | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi, (B. Kudratxodjayev), Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov) | |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilarining pul taʼminoti, ishchi va xizmatchilari (qutqaruvchilari)ning mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. Bunda Kasbiy kasalliklarning ogʻir shakllari (umumiy mehnat qobiliyatini yoʻqotish bilan) yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oʻta zararli, ayniqsa, ogʻir, kimyoviy moddalar bilan bogʻliq avariyalarni bartaraf etish, shuningdek, mazkur tizimda nazorat tadbirlarini oʻtkazuvchi va xavfli mehnat sharoitlarida xizmat qiluvchi (ishlovchi) Favqulodda vaziyatlar vazirligining harbiy xizmatchi va xizmatchilariga qonunchilikda belgilangan tartibda ustamalar toʻlash tartibini nazarda tutish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2026-yil aprel | Hisob-kitoblarga koʻra Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |
Qutqaruv boʻlinmalarining taktik tayyorgarligini sifatli tashkil etish, tabiiy, texnogen va radiatsion favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga tayyorlash boʻyicha Chirchiq harbiy dala-oʻquv maydonida quyidagi imkoniyatlarga ega oʻquv-mashq poligonini barpo etish: favqulodda vaziyatlarda (radiatsion, kimyoviy, tibbiy-biologik, togʻ-kon, vayrona, suvda) avariya va qidiruv-qutqaruv tadbirlarini tashkil etish majmuasi; ruhiy tayyorgarlik yoʻlagi, maxsus sport hamda issiq tutunxona majmuasi; baland qavatli binolar, sanoat korxonalari, transport (temir yoʻl, aviatsiya, avtomobil, metro) obyektlarida yongʻinlarni bartaraf etish hamda qutqaruv ishlarini olib borish majmuasi; maxsus avtomobil va texnikalarni boshqarishga tayyorlash maydoni. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2026-yil mart | Hisob-kitoblarga koʻra Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Mudofaa vazirligi (Sh. Xalmuxamedov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov) | |
VI. Favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish, prognozlash, ularning oldini olish va bartaraf etish tizimini raqamlashtirish orqali situatsion boshqarish amaliyotini joriy etish | |||||
Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va bartaraf etish tizimi natijadorligini yanada oshirish hamda sohani 2028 — 2030-yillarda zamonaviy yechimlar va sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida raqamli transformatsiya qilish strategiyasini belgilash. Bunda quyidagi yoʻnalishlarda manzilli chora-tadbirlar mexanizmlarini belgilash: aholining barcha qatlamlarida xavfsizlik madaniyatini yanada oshirish; xavf indikatorlari asosida mahallarda favqulodda vaziyatlarning barvaqt oldini olish, shu jumladan, “mahalla muhofazasi” tashkiliy-profilaktik tadbirlarni amalga oshirish; ijtimoiy-iqtisodiy soha va ishlab chiqarish obyektlari, savdo va koʻngilochar maskanlar, shuningdek, savdo majmualari (bozorlar)da kafolatli profilaktika mexanizmini yoʻlga qoʻyish; xavfli ishlab chiqarish hamda yongʻin-portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda maxsus tashkiliy-profilaktik tadbirlarni amalga oshirish orqali “xavfsiz texnosfera” konsepsiyasini joriy etish; sunʼiy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish orqali favqulodda vaziyatlar monitoringi va ularni prognozlash hamda kuch va vositalar boshqaruvini yoʻlga qoʻyish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2026-yil mart | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev) Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) masʼul vazirlik va idoralar | |
Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini quyidagi yoʻnalishlarda takomillashtirish: favqulodda vaziyatlarning milliy boshqaruv platformasida (axborot-dasturiy kompleksda) Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi idoralarini boshqarish (muvofiqlashtirish)ning tashkiliy-texnik tuzilmasi; sohaga oid ichki va tashqi (xalqaro) maʼlumotlar almashinuvining tartib-taomillari (reglamentlar); tezkor boshqaruv organlari xodimlariga qoʻyiladigan kasbiy talablarni belgilash. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2026-yil dekabr | Hisob-kitoblarga koʻra Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev) Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) masʼul vazirlik va idoralar | |
Aholiga favqulodda vaziyatlar xavfi haqida SMS-xabarnomalarni, shu jumladan, mobil ilovalar orqali lokal, mahalliy, respublika va transchegaraviy zonalar doirasida yuborishni yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar rejasi | 2026-yil dekabr | Hisob-kitoblarga koʻra | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev) masʼul vazirlik va idoralar | |
VII. Mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik oʻrnatish | |||||
ICDO (International Civil Defence Organization) Xalqaro fuqaro mudofaasi tashkilotiga aʼzo boʻlish imkoniyatlarini koʻrib chiqish. | Memorandum va bitim | 2026-yil dekabr | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) | |
INSARAG (International Search and Rescue Advisory Committee) Qidiruv-qutqaruv boʻyicha xalqaro maslahat qoʻmitasiga toʻlaqonli aʼzo boʻlish. | Qutqaruv boʻlinmasini xalqaro attestatsiyadan oʻtkazish va aʼzolik sertifikatini olish | 2027-yil dekabr | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) | |
Oʻzbekistonda Markaziy Osiyo favqulodda vaziyatlar idora rahbarlarining navbatdagi mintaqaviy forumini oʻtkazish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2026-yil oktabr | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), masʼul vazirlik va idoralar | |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish: “Digital Team” idoralararo raqamli jamoaning faoliyat yuritish tartibi va favqulodda vaziyatlar organlarining tegishli axborot-tahliliy platformalari va axborot tizimlariga integratsiya qilinadigan vazirlik va idoralarning axborot resurslari hamda maʼlumotlar bazasi roʻyxati; 2026 — 2030-yillarda favqulodda vaziyatlar organlari axborot infratuzilmasining moddiy-texnik taʼminotini rivojlantirish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2026-yil fevral | - | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov) | |
Kross-funksional guruhi aʼzolari faoliyatidan hamda erishilgan natijalaridan kelib chiqib, ragʻbatlantirib borish choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Favqulodda vaziyatlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari | Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Kudratxodjayev) | |
3-ILOVA
A.J. Ramatov | — | Bosh vazir oʻrinbosari, Ishchi komissiya raisi |
B.B. Kudratxodjayev | — | favqulodda vaziyatlar vaziri, Ishchi komissiya raisi oʻrinbosari |
Lavozimi boʻyicha | — | favqulodda vaziyatlar vazirining barcha oʻrinbosarlari |
Lavozimi boʻyicha | — | Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari |
Lavozimi boʻyicha | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari |
O.M. Umarov | — | raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari |
B.R. Mamatkarimov | — | energetika vazirining birinchi oʻrinbosari |
A.Ya. Xaydarov | — | iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari |
Sh.M. Rabiyev | — | adliya vaziri oʻrinbosari |
B.M. Usmanov | — | tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari |
A.I. Isoqjonov | — | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
D.N. Sattarov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi |
T.X. Abbosxonov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi |
S.U. Qudratov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati masʼul xodimi |
Z.A. Qaxramanov | — | Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimi |
Lavozimi boʻyicha | — | Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshligʻi, Ishchi komissiya kotibi |
4-ILOVA