ILOVA
T/r | Konstitutsiyaviy sudning tavsiyalari | Amalga oshirish mexanizmi | Muddat | Masʼullar |
1. | Davlat organlari tomonidan xizmat koʻrsatilishini tartibga soluvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlarni hamda jarayonlarni ularning korrupsiyaga va byurokratiyaga qarshi kurashish boʻyicha talablarga muvofiqligi nuqtai nazardan baholashdan oʻtkazish. | 1. Baholashni oʻtkazish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish va uning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi choralarini koʻrish. | 2026-yil fevral | Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
2. Davlat organlarida xizmat koʻrsatilishini tartibga soluvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlarni hamda jarayonlarni korrupsiyaga va byurokratiyaga qarshi kurashish boʻyicha talablarga muvofiqligi nuqtai nazardan baholashdan oʻtkazish. | Reja-grafik asosida | |||
3. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2026-yil noyabr | |||
2. | Majburiyatlarning ixtiyoriy bajarilishini ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish. | 1. Majburiyatlarning ixtiyoriy bajarilishini ragʻbatlantirish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish. | 2026-yil fevral | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
2. Fuqarolarning majburiyatlariga oid qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish. | 2026-yil mart | |||
3. Majburiyatlarning ixtiyoriy bajarilishini ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2026-yil aprel | |||
3. | Fuqarolarga berilayotgan imtiyozlarni bosqichma-bosqich proaktiv shaklda koʻrsatishga oʻtish. | 1. Fuqarolarga berilayotgan imtiyozlarga oid qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish. | 2026-yil mart | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi |
2. Imtiyozlarni bosqichma-bosqich proaktiv shaklda koʻrsatishga oʻtish boʻyicha reja-grafik tasdiqlash. | 2026-yil aprel | |||
3. Imtiyozlarni bosqichma-bosqich proaktiv shaklda koʻrsatishga oʻtish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil may-iyun | |||
4. | Tijorat banklari tomonidan bank xizmatlarining koʻrsatilishida isteʼmolchilarning huquqlariga toʻliq rioya etilishini, moliyaviy ochiqlik kengaytirilishini, toʻlangan mablagʻning ortiqcha qismi asosiy qarzni soʻndirishga yoʻnaltirilganda kredit summasining oʻz vaqtida qayta hisoblanishini taʼminlash. | 1. Tijorat banklari tomonidan moliyaviy ochiqlikni kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrilishini taʼminlash. | 2026-yil mart | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (kelishuv asosida), Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi |
2. Toʻlangan mablagʻ asosiy qarzni soʻndirishga yoʻnaltirilganda kredit summasining oʻz vaqtida qayta hisoblanishini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish. | 2026-yil aprel | |||
3. Bank xizmatlarining koʻrsatilishida isteʼmolchilarning huquqlariga rioya etilishi holatini oʻrganib borish. | Har yili | |||
5. | Tadbirkorlik subyektlari uchun yangi majburiy talab joriy etilishi chogʻida Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestridagi shu sohaga oid boshqa bir talabning majburiy chiqarib yuborilishi boʻyicha («one in — one out») tartibni joriy etish. | 1. Yagona elektron reyestrni shakllantirish boʻyicha ishlarni yakunlash. | 2026-yil mart | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (Biznes-ombudsman) |
2. «One in — one out» tartibini joriy etish boʻyicha hujjat loyihasini ishlab chiqish, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil aprel-may | |||
6. | Toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonunlar loyihalarini tayyorlash va baholash metodikasini ishlab chiqish. | 1. Metodika loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil mart | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi |
2. Metodikani qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga yetkazish, zarur hollarda, ularning yuridik xizmatlariga metodikani qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari boʻyicha seminarlar oʻtkazish. | 2026-yil aprel — avgust | |||
7. | Har yili muayyan sohalar va tarmoqlar boʻyicha qonunlarni qayta koʻrib chiqish, tizimlashtirish orqali toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan va tizimlashgan qonunlarni qabul qilish boʻyicha dastur ishlab chiqish. | Dastur loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil mart-aprel | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi |
8. | Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishlarni yakunlash. Bunda: jarima tarzidagi maʼmuriy jazolar kuchaytirilishi mumkin boʻlgan baʼzi huquqbuzarliklarni aniqlashning aniq mezonlari va talablarini ishlab chiqish; maʼmuriy qamoq jazosini qoʻllashning adolat va insonparvarlik prinsiplariga muvofiq boʻlgan aniq mezonlarini ishlab chiqish hamda birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy qamoqning eng koʻp muddati qoʻllanilishini cheklash; moliyaviy imkoniyati cheklanganligi sababli ijro etilmagan jarima jazosini muqobil jazo sifatida qamoq bilan almashtirish mexanizmini qayta koʻrib chiqish hamda jarima tarzidagi maʼmuriy jazolar oʻrniga boshqa jazo choralari, shu jumladan majburiy jamoat ishlari qoʻllanilishini joriy etish. | 1. Yangi tahrirdagi kodeks loyihasini ishlab chiqish borasidagi ishlarni jadallashtirish va ishchi guruh tarkibini tasdiqlash boʻyicha farmoyish loyihasini tayyorlash va kiritish. | 2026-yil aprel | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi |
2. Jarima tarzidagi maʼmuriy jazolar kuchaytirilishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklarni aniqlashning aniq mezonlarini ishlab chiqish. | 2026-yil mart | |||
3. Jarima tarzidagi maʼmuriy jazolar kuchaytirilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasining tushuntirish xatida ushbu mezonlarga rioya etilganligi boʻyicha alohida asoslantirishlarni bayon etish. | Doimiy ravishda | |||
4. Loyihada birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga maʼmuriy qamoq qoʻllanilishini cheklash, ijro etilmagan jarimaning oʻrniga maʼmuriy qamoqdan boshqa muqobil jazolar tayinlanishi masalalarini nazarda tutish. | 2026-yil mart | |||
9. | Inson huquqlarini cheklovchi normalar mavjud boʻlgan qonunlar va qonunosti hujjatlar boʻyicha jamoatchilik muhokamasining oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi chogʻida unda inson huquqlarini cheklovchi normalar mavjudligi haqidagi maʼlumot vazirlik xulosasida alohida koʻrsatilishini taʼminlash. | 1. Inson huquqlarini cheklovchi normalar mavjud boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish shartligini belgilovchi qoidani loyihalarning jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil aprel | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
2. Adliya vazirligining huquqiy ekspertiza natijalari boʻyicha xulosasiga loyihada inson huquqlarini cheklovchi normalar mavjudligini koʻrsatuvchi band kiritilishini belgilash. | 2026-yil mart | |||
10. | Konstitutsiyani oʻqib-oʻrganish boʻyicha Milliy faoliyat dasturining ijrosini tahlil qilish va mazkur dasturni bugungi kun talablari asosida takomillashtirish. | 1. Milliy faoliyat dasturining ijrosini tahlil qilish. 2. Bugungi kun talablari asosida Milliy faoliyat dasturining yangi tahririni tayyorlash. | 2026-yil aprel | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
11. | Yangi konstitutsiyaviy prinsip va institutlarni oʻrganishga, ularning mazmun-mohiyatini yoritib berishga qaratilgan maqsadli ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish. | 1. Har yili yangi konstitutsiyaviy prinsip va institutlarni oʻrganish boʻyicha davlat buyurtmasi asosida kamida 2 ta ilmiy-tadqiqot loyihasini moliyalashtirish. 2. 2026-yilda Konstitutsiyaning 19 va 21-moddalaridan kelib chiqqan holda, imtiyozlarning yagona qonunda belgilanishi va qonunosti hujjatlaridagi inson huquqlarini cheklovchi normalarni qonun darajasida mustahkamlash boʻyicha maqsadli fundamental ilmiy-tadqiqot loyihalarining moliyalashtirilishini taʼminlash. | 2026-yil mart | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
12. | Barcha majburiy toʻlovlarni oʻzida jamlagan yagona qonun loyihasini ishlab chiqish borasidagi ishlarni jadallashtirish. | Qonun loyihasini ishlab chiqish hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish boʻyicha ishlarni yakunlash hamda loyihani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2026-yil mart | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
13. | Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ularni koʻrib chiqish uchun qonunda belgilangan talablarga javob bermagan taqdirda, murojaatlarda nazarda tutilgan asosli deb topilgan masalalarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan subyektlarga yuborish tartibini joriy etish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-253-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqib, qonunchilikka tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va kiritish. | 2026-yil sentabr | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi (kelishuv asosida), manfaatdor vazirlik va idoralar |
14. | Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga yuborgan murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan ishlarning koʻrib chiqilishi, xulosa va qarorlarning qabul qilinishi kabi protsessual masalalarni tartibga soluvchi qonuniy asoslarni takomillashtirish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-253-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqib, qonunchilikka tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va kiritish. | 2026-yil sentabr | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi (kelishuv asosida), Adliya vazirligi |
15. | Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 46, 48 va 53-moddalarida ayblanuvchining, gumon qilinuvchining va himoyachining jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishishga va undan nusxa olishga boʻlgan huquqini ham alohida belgilash hamda oʻz hisobidan nusxa olish uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilishini taʼminlash. | 1. Qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish. | 2026-yil fevral | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sudi (kelishuv asosida), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) |
2. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan qonun loyihasini ishlab chiqish, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda kiritish. | 2026-yil avgust | |||
16. | Manzil-koloniyada saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning taʼlim olishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrish, shuningdek ushbu muassasalardagi mahkumlarni oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼlimi bilan qamrab olish tizimini yoʻlga qoʻyish. | 1. Yangi tizimni yoʻlga qoʻyish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish. | 2026-yil fevral | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) |
2. Yangi tizimni yoʻlga qoʻyish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda kiritish. | 2026-yil avgust | |||
17. | Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan voyaga yetmaganlarning uzluksiz umumiy oʻrta taʼlim olishini taʼminlash, shu jumladan ularga sud-tergov jarayonlari sababli taʼlimdan uzilib qolish natijasida qoldirilgan dars soatlarini oʻzlashtirish va imtihon orqali qoplash imkonini yaratish. | 1. Yangi tizimni yoʻlga qoʻyish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish. | 2026-yil fevral | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) |
2. Yangi tizimni yoʻlga qoʻyish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda kiritish. | 2026-yil avgust | |||
18. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan taqdim etiladigan maxsus maʼruzalarda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarning huquqlarini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot alohida koʻrsatib oʻtilishini yoʻlga qoʻyish. | 1. Harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarning huquqlariga rioya etilishi holatini doimiy ravishda monitoring qilib borish. 2. Maxsus maʼruzalarda ushbu shaxslarning huquqlariga rioya etilishi holatini alohida aks ettirish. | 2026-yil davomida | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) |
19. | Sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soluvchi qonun hujjatini ishlab chiqib, unda ushbu munosabatlar barcha ishtirokchilarining xavfsizligiga, huquqlari va majburiyatlariga oid aniq normalarni belgilash. | 1. Sunʼiy intellekt bilan bogʻliq munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soluvchi qonun hujjatini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish. | 2026-yil fevral | Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
2. Ushbu masala boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish. | 2026-yil mart | |||
3. Qonun loyihasini ishlab chiqish, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda kiritish. | 2026-yil noyabr-dekabr | |||
20. | Barcha davlat organlari faoliyatini shaxsiy hayot daxlsizligi nuqtai nazaridan auditdan («privacy audit») oʻtkazish. | 1. Auditdan oʻtkazish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish va uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlash boʻyicha choralar koʻrish. | 2026-yil fevral | Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, vazirlik va idoralar |
2. Davlat organlari faoliyatida shaxsga doir maʼlumotlar daxlsizligiga rioya etilishi holati boʻyicha yalpi oʻrganish oʻtkazish. | Reja grafik asosida | |||
3. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasiga kiritish. | 2026-yil noyabr | |||
21. | Qonunchilikka muvofiq boʻlmagan tibbiy tusdagi reklama Internetda joylashtirilishi va tarqatilishining oldini olish boʻyicha huquqiy mexanizmlarni yaratish. | 1. Tibbiy tusdagi reklamaning Internetda joylashtirilishi va tarqatilishini tartibga solish, qonunchilikka muvofiq boʻlmagan tibbiy tusdagi reklama uchun javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish. | 2026-yil fevral | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Ushbu masala boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda kiritish. | 2026-yil iyun-iyul | |||
22. | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatiga zamonaviy raqamlashtirish dasturlarini joriy etish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyati ochiqligini taʼminlash uchun jismoniy va yuridik shaxslarga interaktiv xizmatlar koʻrsatiladigan axborot tizimlarini yaratish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-253-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan «2026-2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini raqamlashtirish Dasturi»ning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash. | Dasturda belgilangan muddatlarda | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi (kelishuv asosida), manfaatdor vazirlik va idoralar |