T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Muddati | Ijro uchun masʼullar |
I. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan qonunchilik asoslarini takomillashtirish | ||||
1. | Mehnat qonunchiligida ish joyida zoʻravonlik va shahvoniy shilqimlik holatlarining oldini olish, jabrlanuvchilarni himoya qilish va ish beruvchilarning majburiyatlarini belgilashga qaratilgan takliflar ishlab chiqish. | 1. Ish joyida zoʻravonlik va shahvoniy shilqimlikka oid xalqaro standartlar (shu jumladan, Xalqaro mehnat tashkilotining “Mehnat sohasida tazyiq va zoʻravonlik toʻgʻrisida”gi 190-sonli Konvensiya qoidalari) oʻrganish. | aprel | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ish beruvchilar Konfederatsiyasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
2. Oʻrganish natijalari asosida qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | may | |||
2. | Davlat xaridlari jarayonlariga gender tenglik talablarini integratsiya qilish boʻyicha tashkiliy va meʼyoriy asoslarni ishlab chiqish. | 1. Davlat xaridlarida gender tenglik talablarini (baho mezonlari, huquqiy shartlar, ijro kafolatlari) integratsiya qilish boʻyicha xalqaro ilgʻor amaliyotlarni oʻrganish. | aprel | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Budjet-soliq ilmiy tadqiqotlari instituti, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi |
2. Amaldagi davlat xaridlari tartib-taomillari va tender hujjatlarining gender tenglik talablariga muvofiqligini baholash, mavjud boʻshliq va muammolarni aniqlash. | aprel | |||
3. Xalqaro ilgʻor tajribalar va milliy tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda davlat xaridlari jarayonlariga gender tenglik talablarini integratsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | may-iyun | |||
3. | Ommaviy axborot vositalarida gender stereotiplaridan xoli obrazlarni shakllantirish boʻyicha huquqiy asoslarni takomillashtirish. | 1. Xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish. | mart | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi, OʻzMTRK, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi |
2. Oʻrganish natijalari asosida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga erkak yoki ayolni kamsituvchi obrazlarni yaratishni taqiqlovchi normani kiritishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosa va takliflar tayyorlash. | aprel | |||
3. Umumlashtirilgan xulosa va ishlab chiqilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | aprel | |||
4. | Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish va uning oldini olish boʻyicha chora-tadbir dasturini ishlab chiqish. | 1. Soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish. 2. Raqamli zoʻravonlikka qarshi kurashish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish. | mart | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
3. Sohaga doir milliy qonunchilik bazasini xatlovdan oʻtkazish, tahlil qilish va huquqiy boʻshliqlarni aniqlash. | aprel | |||
4. Tahlillar va xorijiy tajribaga tayangan holda Dastur loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga kiritish. | may | |||
5. | Onlayn zoʻravonlik, qalbaki akkauntlardagi tahqirlash va tahdid qilish holatlarini aniqlash hamda javobgarlikka tortishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash. | 1. Soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh shakllantirish. | mart | Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
2. Xorijiy tajribani oʻrganish, milliy qonunchilik bazasini tahlil qilish va zarur materiallarni toʻplash hamda tegishli takliflar tayyorlash. Bunda amaldagi qonun hujjatlariga “onlayn tazyiq va zoʻravonlik” tushunchasini kiritish, uning turlarini va javobgarlikka tortish mexanizmini belgilashni nazarda tutish. 3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish. | aprel | |||
4. Hujjat loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | may | |||
6. | Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanib, tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash hamda ularning shaxsiga doir maʼlumotlarni himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilik taklifini ishlab chiqish. | 1. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunni xalqaro tajribalar asosida qayta koʻrib chiqish va uni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash. Bunda: tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash; oilaviy (maishiy) zoʻravonlik holati yuzasidan murojaat qilgan shaxsning soʻroviga koʻra unga yozma yoki elektron javob xati yuborilmaslik kabi masalalarni nazarda tutish. 2. Loyihani belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | avgust | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi |
7. | Xodimlarning ota-ona va oila aʼzosi sifatidagi rollarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan oilaga yoʻnaltirilgan siyosatni (family-friendly policies) joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzgan holda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish. Bunda Koreya Respublikasi (Family-friendly Corporation Certification System), Finlyandiya (“Family-Friendly Workplace Certificate”), Avstraliya va Latviya (“Family-friendly workplace”) tajribasi, shu jumladan sertifikatlashtirish talablari, baholash mezonlari, audit va qayta baholash tartibi hamda ish beruvchilarni ragʻbatlantirish choralariga alohida eʼtibor qaratish. | aprel | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Ish beruvchilar Konfederatsiyasi, Oila va gender ilmiy tadqiqot instituti, Adliya vazirligi |
2. Tahlil natijasidan kelib chiqib, milliy qonunchilikni takomillashtirish, ish beruvchilarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini rivojlantirish hamda ish joylarida shu kabi siyosatlarni joriy etishni ragʻbatlantirish boʻyicha xulosa va takliflar ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | iyun | |||
II. Saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash | ||||
8. | Siyosiy partiyalar orqali xotin-qizlarning siyosiy faolligini ragʻbatlantirish va ularning yetakchilik va boshqaruv koʻnikmalarini rivojlantirish. | 1. Jamiyatda xotin-qizlarning siyosiy faolligini ragʻbatlantirishga qaratilgan siyosiy partiyalarning dasturlarini ishlab chiqish. | aprel | Siyosiy partiyalar (kelishuv asosida), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari (kelishuv asosida) |
2. Siyosiy partiyalar tomonidan davlat boshqaruvi uchun istiqbolli xotin-qizlar zaxirasini yaratish, ularni liderlik va boshqaruv koʻnikmalari boʻyicha tayyorlash (mentorlik, oʻquvlar). | reja asosida | |||
9. | Xotin-qizlarning siyosiy hayotdagi yutuqlarini targʻib qilish orqali ijtimoiy qarashlarni oʻzgartirish. | 1. Xotin-qizlarning siyosiy hayotdagi ishtiroki, yutuqlari va namunaviy obrazlarini keng yorituvchi maqsadli media-kontentlar (intervyu, koʻrsatuv, rolik, podkast) tayyorlash. | mart | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Siyosiy partiyalar (kelishuv asosida), Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi, OʻzMTRK, OʻzA |
2. Tayyorlangan kontentni telekanallar, Internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda rejali asosda joylashtirish, inflyuyenserlar va media hamkorlar orqali keng auditoriyaga yetkazish. 3. Tarqatilgan materiallarning qamrovi va taʼsir koʻrsatkichlarini (koʻrishlar soni, fikrlar, reaksiyalar, ijtimoiy soʻrovlar) tahlil qilish. | reja asosida | |||
10. | “Deputat va yoshlar”, “Siyosatga marhamat”, “Liderlar onlayn maktabi”, “Men muvaffaqiyatli ayolman”, “Men lider ayolman”, “Men deputat boʻlaman” mavzularida tadbirlar oʻtkazish. | 1. Tadbirlar dasturlari, formatlari (oflayn/onlayn), kalendar rejasi va jalb etiladigan mutaxassislarni (moderator, trener, spikerlar) belgilash. | aprel | Siyosiy partiyalar (kelishuv asosida), Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi, OʻzMTRK, OʻzA |
2. Reja asosida tadbirlarni (uchrashuvlar, treninglar, master-klasslar va ochiq muloqotlar) yuqori saviyada oʻtkazish va xotin-qizlar ishtirokini taʼminlash. | reja asosida | |||
III. Davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash | ||||
11. | Davlat tashkilotlarida nomzodlarni tanlash jarayonlarida jinsga oid maʼlumotlarni oshkor etmaslikka asoslangan (Blind recruitment) tizimni oʻrganish. | 1. Soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish. 2. Xorijiy davlatlarning (Koreya Respublikasi va boshqa) nomzodlar haqidagi jinsga oid maʼlumotlarni cheklash usullarini tahlil qilish. | mart | Boshqaruvi samaradorligi agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kasbiy taʼlim agentligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Ish beruvchilar Konfederatsiyasi |
3. Oʻrganish natijalari asosida davlat tashkilotlarida joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosa hamda takliflar ishlab chiqish. | mart | |||
4. Umumlashtirilgan xulosa va takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | aprel | |||
12. | Davlat fuqarolik xizmati va Milliy kadrlar zaxirasida xotin-qizlarning ulushini oshirish choralarini koʻrish. | 1. Davlat fuqarolik xizmatida xotin-qizlarning ulushini tahlil qilish. | mart | Boshqaruvi samaradorligi agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan xotin-qizlarning ulushini 2030-yilgacha 40 foizga yetkazishni bosqichma-bosqich amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va tasdiqlash. | mart | |||
3. “Yoʻl xaritalari” ijrosi yuzasidan monitoring olib borish va natijalari boʻyicha Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga axborot kiritish. | yil davomida doimiy | |||
13. | Xotin-qizlarda, shu jumladan, oliy taʼlim tashkilotlari talaba qizlarida davlat fuqarolik xizmatiga nisbatan qiziqishni oshirish boʻyicha amaliy tadbirlarni belgilash. | 1. Davlat fuqarolik xizmatida yuqori natijalarga erishgan xotin-qizlar ishtirokida “Muvaffaqiyat sari yoʻl” mavzusida uchrashuvlar tashkil etish, ularning shaxsiy tajribasi va kasbiy yoʻli haqida ochiq muloqotlar oʻtkazish. 2. Oliy taʼlim tashkilotlarida “Bir kunlik davlat xizmatchisi” formatidagi amaliy tadbirlarni tashkil etib, talaba qizlarga sohaning ish jarayonini yaqindan tanishtirish. | yil davomida doimiy | Boshqaruv samaradorligi agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti |
14. | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat kengashlari faoliyatini takomillashtirish. | 1. Gender maslahat kengashlari tashkil etilgan idora, tashkilot va muassasalar faoliyatini tahlil etish. | iyun | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Maslahat kengashlari aʼzolari uchun oʻquv seminarlari oʻtkazib borish. | reja asosida | |||
15. | Respublika va mahalliy hokimiyati organlarining yuridik xizmatlari xodimlari uchun normativ-huquqiy hujjatlarni gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish. | 1. Oʻquv kurslari reja-grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash. | mart | Adliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy tadqiqot instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Reja-grafikka asosan yuridik xizmatlar xodimlari uchun oʻquv kurslarini tashkil etish. 3. Oʻquvlarda qatnashgan yuridik xizmatlar xodimlariga sertifikatlar berish. | reja-grafikka asosan | |||
16. | Kompleks gender yondashuv asosida davlat organlari hamda tashkilotlarida genderga oid audit oʻtkazishning tartib-tamoyillari toʻgʻrisida oʻquvlar tashkil qilish. | 1. Genderga oid audit oʻtkazishning tartib-tamoyillariga bagʻishlangan oʻquv kurslarining dasturi va reja-grafigini ishlab chiqish. | mart | Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi (kelishuv asosida), Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Adliya vazirligi, “Oila va gender” ilmiy tadqiqot instituti, vazirlik va idoralar |
2. Tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq Kasaba uyushmalarining quyi boʻgʻindagi mutaxassislari, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida gender masalalari boʻyicha masʼul mutaxassislar uchun oʻquv kurslarini tizimli ravishda tashkil etish. | reja-grafikka asosan | |||
17. | 1. Forum konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish. | mart | Savdo-sanoat palatasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Markaziy bank, MTRK | |
2. Konsepsiyaga muvofiq “Ayollar korporativ forumi”ni tashkil etish va oʻtkazish. 3. Forum jarayonlarini OAV va Internet ijtimoiy tarmoqlarida yoritish. | II chorak | |||
IV. Taʼlim, ilm-fan, sport hamda sogʻliqni saqlash sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash | ||||
18. | Xotin-qizlarning ilmiy va startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash. | 1. Xotin-qizlar oʻrtasida “Olima ayol” va “Boʻlajak olim” tanlovlarining ahamiyati haqida tushuntirish-targʻibot tadbirlarini olib borish. | fevral | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Fanlar akademiyasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar |
2. Xotin-qizlar uchun loyihalarni tayyorlash boʻyicha maxsus treninglar tashkil etish. 3. Hududlardagi iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash va ularni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasiga jalb qilish choralarini koʻrish. 4. Yosh olima xotin-qizlarni Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining ilmiy faoliyatiga jalb etish. | reja asosida | |||
19. | Axborot texnologiyalari sohasida 100 ming nafar xotin-qizning savodxonligini oshirish. | 1. Xotin-qizlarni axborot texnologiyalari sohasida oʻqitish (gibrid formatda). Bunda: chekka va olis hududlarni qamrab olish; “Ayollar daftari” va “Kambagʻal oilalar reestri”ga kiritilgan xotin-qizlar ishtirokini taʼminlash. | reja asosida | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Xotin-qizlarning raqamli savodxonligini oshirishga qaratilgan videodarsliklar ishlab chiqish va ochiq taʼlim platformalariga joylashtirish. | doimiy | |||
20. | Maktab, litsey va kollejlarda “Dasturchi qizlar” (“Girl Code”) loyihasini amalga oshirish. | Maktab, litsey va kollejlarda 12 — 17 yoshdagi qizlar uchun (7 — 11-sinf) dasturlash, robototexnika, raqamli xavfsizlik boʻyicha maxsus doimiy asosda faoliyat olib boruvchi toʻgaraklarni tashkil etish. | doimiy | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
21. | Xotin-qizlarni STEM (Sience — tabiiy fanlar, Technology — texnologiyalar, Engineering — texnik ijodkorlik, Mathematis — matematika) sohasi yoʻnalishlarga jalb etish maqsadida taʼlim tashkilotlarining texnik fakultetlarida “Ochiq eshiklar kuni”ni tashkil etish. | 1. Tadbirlar dasturini ishlab chiqish va oʻtkaziladigan joylarni tayyorlash. | fevral | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Fakultetlar, mutaxassisliklar, oʻqish sharoitlari va kelajakdagi kasb imkoniyatlari haqida buklet, prezentatsiya va videoroliklar ishlab chiqish. | mart | |||
3.Tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish. | oʻquv yili davomida | |||
22. | Taʼlim tashkilotlarida “Bir qiz-bir mentor” dasturini joriy etish. | 1. Axborot texnologiyalari sohasidagi faol bitiruvchi yoki mutaxassisni taʼlim tashkilotidagi qizlarga mentor sifatida biriktirish. | sentabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Mentorlik faoliyati natijasida tajriba almashish, loyihalarda ishtirok etish, kelgusida IT sohasi boʻyicha yetuk kadr sifatida shakllantirish. | doimiy | |||
23. | Mahallalarda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini amalga oshirish. | 1. Sogʻlom ovqatlanish asoslari, jismoniy faollik, zararli odatlarga qarshi kurashish, oilani rejalashtirishda tibbiy madaniyatni oshirish boʻyicha barcha taʼlim tashkilotlari, mehnat jamoalari va mahallalarda targʻibot ishlarini tashkil etish. 2. Tadbirlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish. | yil davomida | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, OʻzMTRK, OʻzA |
24. | Professional sport bilan shugʻullanuvchi xotin-qizlar hamda sport taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan ayol murabbiylar ulushini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Xotin-qizlarni professional sport turlariga keng jalb etish, ularni saralash, tayyorlash va sport zaxirasini shakllantirish tizimini takomillashtirish. 2. Sport taʼlim tashkilotlari uchun ayol murabbiy kadrlarni maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini muntazam oshirib borish. | reja asosida | Sport vazirligi, Oʻzbekiston Davlat sport akademiyasi, Jismoniy tarbiya ilmiy-tadqiqotlar instituti, Sport turlarini rivojlantirish markazi |
V. Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash | ||||
25. | Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash choralarini koʻrish. | 1. Migratsiyadan qaytgan xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirish. | yil davomida | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kasbiy taʼlim agentligi, Migratsiya agentligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Xotin-qizlarning kasbga boʻlgan qiziqishlarini oʻrganish. 3. Mutaxassislik va malakaga ega xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish hamda boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish orqali bandligini taʼminlash. | reja asosida | |||
26. | Xorijda ishlash istagida yurgan 8 ming xotin-qizni “Xavfsiz migratsiya” tamoyili asosida kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish. | 1. Xorijda ishlash istagida yurgan xotin-qizlar uchun oʻquvlarni tashkil etish rejasini ishlab chiqish. | fevral | Migratsiya agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
2. Ish beruvchilar talabidan kelib chiqib, rejaga muvofiq oʻquvlar tashkil etish. | reja asosida | |||
27. | Xotin-qizlarni mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunar turlariga oʻqitish orqali ularning bandligini taʼminlashga koʻmaklashish hamda ular oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish. | 1. Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish grafigini ishlab chiqish. | fevral | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kasbiy taʼlim agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Ishsiz va daromad topish istagida boʻlgan xotin-qizlarni oʻquvlarga jalb qilish. 3. Ishlash istagida boʻlgan xotin-qizlar uchun boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkalarini tashkil etish. | tasdiqlangan grafik asosida | |||
28. | Xotin-qizlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda ularda loyihalarni shakllantirish koʻnikmalarini hosil qilish. | 1. Xotin-qizlarning innovatsion tashabbuskorligini oshirish maqsadida hududlardagi oliy taʼlim tashkilotlari miqyosida “innovatsion loyihalarni shakllantirish koʻnikmalari” mavzusini oʻz ichiga olgan seminar-treninglar tashkil etish. | mart — may | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Seminar-treningda faol qatnashgan hamda innovatsion loyihaga ega boʻlgan xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirish. | iyun — avgust | |||
3. Xotin-qizlar tomonidan shakllantirilgan innovatsion loyihalarni saralagan holda “Innoweek-2026” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida tashkil etiladigan koʻrgazmada ishtirok etish choralarini koʻrish. | oktabr-noyabr | |||
29. | Kasb-hunarga oʻqitish jarayonlarida xususiy sektor ulushini 40 foizga oshirish choralarini koʻrish. | 1. Talab yuqori boʻlgan kasb va xorijiy tillar roʻyxati hamda ushbu jarayonga jalb etiladigan xususiy oʻquv markazlarining reestrini shakllantirish. 2. Kasb-hunarga oʻqitishda xususiy sektor ulushini oshirish choralarini koʻrish. 3. Ishsizlar bilan bir qatorda, doimiy ishga ega boʻlgan va malakasini oshirish istagida boʻlgan shaxslarni ham kasb-hunarga oʻqitish yoki malakasini oshirish uchun “kasb vaucheri” tizimi orqali keng qamrab olish. | yil davomida | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kasbiy taʼlim agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi |
30. | Korxonalarda xotin-qizlarni ishga qabul qilish va lavozimga tayinlashda teng imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan majburiy korporativ rejalarni joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | 1. Majburiy korporativ rejalar mavjud boʻlgan xorijiy davlatlarning (jumladan, Yaponiya) huquqiy-meʼyoriy bazasini oʻrganish. | mart | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Boshqaruv samaradorligi agentligi, Kasbiy taʼlim agentligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Ish beruvchilar Konfederatsiyasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
2. Kompaniyalar tomonidan ishlab chiqiladigan harakat rejalarining mazmuni, maqsadli koʻrsatkichlari va amalga oshirish mexanizmlarini tahlil qilish. 3. Oʻrganilgan xorijiy tajriba asosida majburiy korporativ rejalarni joriy etishning samarali jihatlari, qoʻllash imkoniyatlari yuzasidan xulosa hamda takliflar tayyorlash. 4. Umumlashtirilgan xulosa va takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | aprel | |||
31. | Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) texnik hamkorlik dasturi doirasida rivojlanayotgan davlatlar uchun tashkil etiladigan oʻquv kurslarida oʻzbekistonlik tadbirkor ayollar ishtirokini taʼminlash. | 1. Malayziyada JICA koʻmagida tashkil etiladigan oʻquv kurslariga ariza topshirishga koʻmaklashish. 2. Oʻquv kurslarida ishtirok etadigan salohiyatli nomzodlarni shakllantirish va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligiga taqdim etish. 3. Oʻquv kurslari doirasida oʻrganilgan tajriba, bilim va koʻnikmalarni hududlardagi keng tadbirkor ayollar doirasida targʻib qilishni tashkil qilish. | yil davomida | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi |
32. | “Davlat xaridlarida tadbirkor ayollarni qoʻllab-quvvatlash” mavzusida xalqaro forum tashkil etish va oʻtkazish. | 1. Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda forumni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. | oktabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Xorijiy davlatlar vakillari, xalqaro moliya institutlarining ekspertlari, davlat buyurtmachilari hamda tadbirkorlik subyektlari ishtirokida Forumni oʻtkazish. | noyabr | |||
33. | Xotin-qizlar masalalari boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlari salohiyatini kuchaytirish. | 1. Xotin-qizlar va gender masalalari yoʻnalishidagi NNT uchun malaka oshirish oʻquvlarini tashkil qilish. | yil davomida | Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, OʻzNNTMA, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, vazirlik va idoralar |
2. Oʻquv natijalari boʻyicha Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga axborot kiritish. | har olti oyda bir marta | |||
34. | Gender siyosatini amalga oshirishga koʻmaklashuvchi nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat grantlari tanlovlarini tashkil etish va ijtimoiy buyurtmalarni joylashtirish. | 1. Davlat grantlari tanlovlarini tashkil etish. 2. Amalga oshirilgan gender loyihalarining samaradorligini baholash, monitoring qilish. 3. Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga maʼlumot kiritish. | yil davomida | Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, OʻzNNTMA, Adliya vazirligi |
35. | Genderga stereotiplarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish. | 1. Mutaxassislar, soha vakillari hamda jamoatchilik institutlari ishtirokida ishchi guruhni shakllantirish. | mart | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila va gender” ilmiy tadqiqot instituti, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, OʻzMTRK, OʻzA, Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Jamiyat hayotining turli sohalarida mavjud genderga asoslangan kamsitish va stereotiplarni aniqlash va natijalari asosida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish. Bunda: targʻibot materiallari, infografika, videoroliklar, maʼruzalar va tezislarni ishlab chiqish; targʻibot guruhlarini shakllantirish hamda hududlarda targʻibot tadbirlarini tashkil etish jadvallarini ishlab chiqish; mahallalar, taʼlim tashkilotlari, korxona va tashkilotlarda aholi turli qatlamlari uchun maqsadli targʻibot tadbirlarini tashkil etish; ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi oʻrtasida shakllangan gender stereotiplarni bartaraf etishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini amalga oshirish. | aprel | |||
VI. Tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash | ||||
36. | Tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan va sodir etishga moyilligi boʻlgan (tajovuzkor) shaxslarning zoʻravonlik xulq-atvorini tuzatish dasturidan oʻtkazish ishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish. | 1. Profilaktika inspektori va mahalladagi xotin-qizlar faoli hamkorligida tuzatish dasturidan oʻtuvchi shaxs haqidagi maʼlumotlarni qayd etib borish va har bir shaxs uchun alohida yigʻma jildni shakllantirish. 2. Tuzatish dasturidan oʻtuvchi shaxsning xulq-atvorini tuzatishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish va hisobini yuritish. 3. Tuzatish dasturlarining samaradorligini tahlil etib borish. | yil davomida | Ichki ishlar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
37. | Ijtimoiy tarmoqlar va veb-platformalarda joylashtirilgan kontentni (post, izoh, tasvir/video) sud qarorisiz tezkor tarzda cheklash hamda oʻchirish mexanizmlarini joriy etish. | 1. Foydalanuvchi uchun shikoyat qilish/apellatsiya mexanizmi, kontentni vaqtincha cheklash/oʻchirish yagona tartibi (algoritmi) boʻyicha xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish. | mart | Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
2. Oʻrganish natijalari asosida tegishli xulosa va takliflarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | may | |||
38. | Femitsidni alohida jinoyat tarkibi sifatida kvalifikatsiya qilish amaliyotini oʻrganish. | 1. Femitsid alohida jinoyat tarkibi sifatida belgilangan davlatlar (Italiya, Belgiya, Xorvatiya, Malta, Kipr, Gruziya va boshqalar) qonunchiligidagi huquqiy taʼrif, kvalifikatsiya belgilari (gender motivi, intim sherik tomonidan sodir etilishi, takroriy zoʻravonlik va h.k.) hamda jazo choralarini tahlil qilish. | mart | Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
2. Oʻrganish natijalari asosida femitsidni alohida jinoyat tarkibi sifatida kiritishga doir takliflar (taʼrif, jinoyat tarkibi, kvalifikatsiya belgilari, jazo, amaliyot uchun izoh) ishlab chiqish va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | aprel | |||
39. | Ruhiy buzilishlarga chalingan ota-onalar tomonidan xavf tugʻdiruvchi holatlarni idoralararo baholash tizimini joriy etish. | 1. Ota-onaning ruhiy holatini, zoʻravonlik tarixi, farzandga boʻlgan munosabatini baholash imkonini beruvchi standartlashtirilgan xavf baholash soʻrovnomalarini (masalan, CAF — Common Assessment Framework, DASH — Domestic Abuse, Stalking and Honour-Based Violence Risk Model) shakllantirish. 2. Soʻrovnomada quyidagi asosiy omillarni inobatga olish: ota-onaning ruhiy buzilish turi, zoʻravonlik tarixi, nazoratda boʻlish guruhi, bolaga nisbatan beparvolik yoki agressiv xatti-harakatlar, oilaning yashash joyidagi maishiy sharoitlari, oila aʼzolarining mehnat bandligi va hk. 3. Ushbu soʻrovnomada xavf darajasini aniqlashda Sogʻliqni saqlash, Maktabgacha va maktab taʼlimi, Ichki ishlar vazirliklari, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi ishtirokini va oʻzaro hamkorlik tartibini belgilash. | aprel | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
40. | Oilada tazyiq va zoʻravonlikning kelib chiqish sabab va omillari toʻgʻrisida ijtimoiy oʻrganish oʻtkazish. | Oilada tazyiq va zoʻravonlikning kelib chiqish sabab va omillari, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmat va yordamlar va ushbu sohaga oid ilmiy izlanishlar olib borish. | doimiy | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
41. | Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish xalqaro kunini keng nishonlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish xalqaro kunini nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi va dasturini ishlab chiqish. | oktabr | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, manfaatdor vazirlik-idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Respublika boʻylab xalqaro kunni keng nishonlash va jarayonlarni ommaviy axborot vositalari, Internet ijtimoiy tarmoqlarida yoritish. | noyabr | |||
VII. Oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash | ||||
42. | Ish beruvchilar uchun ish-hayot muvozanatini qoʻllab-quvvatlovchi davlat standartini (Work-Life Balance standarti) joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash. | 1. Singapurdagi “Tripartite Standard on Work-Life Harmony” talablari, mexanizmi, baho berish mezonlari berish tartibi hamda ish beruvchilarni ragʻbatlantirish amaliyotini tahlil qilish. | mart | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kambagʻallik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Ish beruvchilar Konfederatsiyasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, vazirlik va idoralar |
2. Tahlil natijalari asosida milliy standartni joriy etish boʻyicha xulosa va takliflar ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | may | |||
43. | Ota-onalarning bola parvarishi boʻyicha teng majburiyatlarini ragʻbatlantirish hamda onalar zimmasiga tushayotgan yukni kamaytirish maqsadida 12 oylik toʻliq haq toʻlanadigan, boshqa shaxsga oʻtkazilmaydigan taʼtil siyosatini joriy etish boʻyicha boʻyicha ilgʻor tajribani oʻrganish. | 1. Ota-onalar uchun toʻliq haq toʻlanadigan va boshqa shaxsga oʻtkazilmaydigan taʼtil tizimi joriy etilgan davlatlar (Shvetsiya, Norvegiya, Islandiya, Estoniya) tajribasini, bunda taʼtil muddatining faqat cheklangan qismini (masalan, 8 — 4 yoki 7 — 5 oy nisbatida) ota-onalar oʻrtasida taqsimlash mexanizmini oʻrganish. | mart | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kambagʻallik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
2. Oʻrganish natijalari asosida mazkur taʼtil tizimini milliy qonunchilikka joriy etishning maqsadga muvofiqligi boʻyicha asoslangan xulosalar va takliflar tayyorlash. | aprel | |||
3. Umumlashtirilgan xulosa va takliflarni Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga kiritish. | may | |||
44. | Korxonalar hisobotlarida otalarning bolalar parvarishi taʼtilidan foydalanish koʻrsatkichlarini majburiy aks ettirish boʻyicha xalqaro amaliyotni oʻrganish va takliflar ishlab chiqish. | 1. Otalarning bolalar parvarishi taʼtilidan foydalanish koʻrsatkichlarini hisobotlarda majburiy aks ettirishga oid xalqaro va xorijiy davlatlar amaliyotini (jumladan, Yaponiyaning “Bolalar parvarishi va oilaga gʻamxoʻrlik taʼtili toʻgʻrisida”gi Qonunini) oʻrganish. 2. Oʻrganish natijalari asosida mazkur amaliyotni joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan takliflar va xulosalar ishlab chiqish. | mart-aprel | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kambagʻallik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti, Milliy statistika qoʻmitasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
3. Umumlashtirilgan xulosa va takliflarni Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga kiritish. | may | |||
45. | Kompaniyalar tomonidan otalarning bola tarbiyasidagi ishtirokini taʼminlashga qaratilgan siyosatlarni ragʻbatlantirish boʻyicha tanlov tashkil etish amaliyotini oʻrganish. | 1. Kompaniyalarni ragʻbatlantirishga qaratilgan xorijiy tajribani (jumladan, “Ikumen Company Award”), tanlov mezonlari va baholash tartibini oʻrganish. | may | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
2. Oʻrganish natijalari asosida mazkur tanlovni joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosa va takliflar tayyorlash hamda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | iyun | |||
46. | Bolalar, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga parvarish xizmatlari koʻrsatish sohasida mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish boʻyicha talablarga rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Ish beruvchilar oʻrtasida mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish talablariga rioya etishning huquqiy ahamiyati boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish. 2. Xodimlar uchun mehnat shartnomasi tuzish orqali taʼminlanadigan ijtimoiy va huquqiy kafolatlar yuzasidan OAV va ijtimoiy tarmoqlarda targʻibot tadbirlarini tashkil etish. | doimiy | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
47. | Bolalar, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga parvarish xizmatlari koʻrsatish sohasidagi mutaxassislar (care workers) uchun milliy sertifikat tizimini joriy etish amaliyotini oʻrganish. | 1. Xorijiy davlatlar, xususan, Singapur (Workforce Skills Qualifications), Yaponiya (igo Fukushishi), Kanada (Personal Support Worker), Buyuk Britaniya (Care Certificate), Avstraliya (Certificate III or IV in Individual Support) tajribasini oʻrganish. | mart | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
2. Oʻrganish natijalari asosida mazkur sertifikatlash tizimini joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosa va takliflar tayyorlash hamda Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga kiritish. | may | |||
48. | Oilaviy yarashuv jarayonlarida mediatsiya institutidan samarali foydalanishni taʼminlash. | 1. Oilaviy nizolarni sudgacha hal etishda mediatsiya va mediatorlar ishtirokini taʼminlash boʻyicha xorijiy ilgʻor tajribalarni oʻrganish. | mart | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oliy sud, Odil sudlov akademiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi |
2. Oʻzbekiston sharoitiga mos modellarni aniqlash va mediatsiya amaliyotini kengaytirishga qaratilgan taklif va xulosa ishlab chiqish. | aprel | |||
3. Takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | may | |||
49. | Oila qurishda nikoh shartnomasi tuzishning afzalliklarini targʻib qilish. | 1. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali nikoh shartnomasining mohiyati va ahamiyatini, uning afzalliklarini yetkazish. Bunda nikoh shartnomasi: oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga, oʻzaro hurmat va tenglikka asoslangan munosabatlarni rivojlantirishga; voyaga yetmagan farzandlari ogʻir moddiy ahvolga tushib qolishining oldini olishga xizmat qilishini tushuntirishga alohida eʼtibor qaratish. | doimiy | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Namunaviy nikoh shartnomasi loyihasini tayyorlab, FHDYO organlari binolarining hamma uchun koʻrinadigan joylariga ilib qoʻyishni tashkil etish. | fevraldan boshlab | |||
50. | Oila mustahkamligi va farzand tarbiyasida ota-onalar masʼuliyatini oshirishga qaratilgan “Otalar maktabi” hamda “Onalar maktabi” loyihalarini Oila va xotin-qizlar maskanlarida tashkil etish. | 1. “Otalar maktabi” hamda “Onalar maktabi” loyihasi konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: farzand koʻrish uchun birga qaror qabul qilish, oilani rejalashtirish; oila mustahkamligini taʼminlashda ota-ona masʼuliyatini oshirish va majburiyatini tushuntirish; oilada sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va rivojlantirish. | II chorak | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Loyihalarni amalga oshirishda psixologlar, nuroniylar, diniy soha vakillari, sogʻliqni saqlash va boshqa tegishli mutaxassislarni jalb etish. 3. Loyihani tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish. | reja-jadval asosida | |||
51. | Xotin-qizlar, oila va gender masalalari boʻyicha ilmiy ishlarni amaliyotga keng joriy etish. | 1. Xotin-qizlar, oila va gender masalalari, boʻyicha ilmiy tadqiqotlar, dissertatsiyalar, tahliliy hisobotlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish. 2. Mazkur ilmiy ishlanmalardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida yagona elektron maʼlumotlar bazasini yaratish. | mart-aprel | Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oliy attestatsiya komissiyasi, vazirlik va idoralar tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot institutlari |
3. Tegishli ilmiy ishlarni saralab olish, amaliyotga tatbiq qilish boʻyicha takliflar tayyorlash va belgilangan tartibda kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | iyun | |||
52. | Bola tarbiyasida otaning rolini kuchaytirish va uning oilaviy yumushlarda faol ishtirokini ragʻbatlantirishga qaratilgan ijtimoiy qarashlarni ommalashtirish. | 1. Otalarning oilaviy hayotdagi faol rolini targʻib qilish yuzasidan media-reja ishlab chiqish. | mart | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik va idoralar |
2. Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek, taʼlim tashkilotlari va jamoat tashkilotlari orqali targʻibot kampaniyalarni amalga oshirish. | reja asosida | |||
53. | “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, erta nikoh va oilaviy ajrimlarning oldini olish: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etish. | 1. Konferensiya dasturini va chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Konferensiya materiallarini shakllantirish. 3. Konferensiyani tashkil etish va oʻtkazish. | may | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Nuroniy” jamgʻarmasi |
54. | 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Oila farovonligi” oyligini tashkil etish. | 1. “Oila farovonligi” oyligining konsepsiyasi va chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | mart | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Hududlardagi barcha mahallalarda, vazirlik va idoralarda “Oila farovonligi” oyligini tashkil etish. | may-iyun | |||
3. Oylik doirasida amalga oshirilgan ishlar haqidagi maʼlumotlarni umumlashtirish. | iyun | |||
55. | Hududlar kesimida oilaviy ajrimlar boʻyicha sotsiologik soʻrovnomalar oʻtkazish, ilmiy-amaliy xulosa va tavsiyalarni ishlab chiqish. | 1. Vazirlik va idoralar masʼullaridan iborat ishchi guruh tuzish. 2. Soʻrovnomalarni tuzish va hududlar boʻyicha sotsiologik soʻrovnomalar oʻtkazish reja-grafigini tasdiqlash. | fevral | Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy fikr markazi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
3. Sotsiologik soʻrovnomalar boʻyicha xulosalar va tavsiyalarni Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda uning hududiy boshqarmalariga taqdim qilish. 4. Tahlil natijalariga koʻra oilalarni mustahkamlash, oila farovonligiga erishishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash. | tadqiqot oʻtkazilgandan keyin 5 kun muddatda | |||
VIII. Gender jihatlarni hisobga olgan holda rejalashtirish va budjetlashtirish | ||||
56. | Genderga yoʻnaltirilgan budjetlashtirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish. | Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga genderga yoʻnaltirilgan budjetlashtirish boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. | aprel | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
57. | Genderga yoʻnaltirilgan budjetlashtirish boʻyicha tegishli mutaxassislar salohiyatini oshirish. | 1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazida hududiy iqtisodiyot va moliya organlari mutaxassislarining genderga yoʻnaltirilgan budjetlashtirish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish yuzasidan darslar kiritilishini taʼminlash. | mart | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi, Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi (kelishuv asosida) |
2. Mahalliy Kyengashlar va hokimliklarning genderga yoʻnaltirilgan budjetlashtirish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish yuzasidan oʻquv seminarlarini tashkil etish. | may | |||
58. | Xalqaro tashkilotlar bilan genderga yoʻnaltirilgan budjetlashtirishni davlat moliyasini boshqarish tizimiga bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha hamkorlikni davom ettirish. | Davlat moliyasini boshqarish islohoti doirasida sinov tariqasida dasturiy budjetlashtirish amalga oshirilayotgan pilot vazirlik va idoralarda genderga doir koʻrsatkichlarni ishlab chiqish. | dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
59. | Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining oʻquv dasturlariga gender budjetlashtirish masalalariga bagʻishlangan mavzularni kiritish. | 1. Oʻquv dasturlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash. | mart | Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Gender budjetlashtirishga oid oʻquv mavzulari, oʻquv modullari va oʻquv-uslubiy materiallar loyihasini ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etish choralarini koʻrish. | aprel-may | |||
IX. Gender statistikasi yuritilishini takomillashtirish | ||||
60. | Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirishda ularni qoʻllab-quvvatlaydigan dasturlarni kengaytirish natijalari statistikasini yuritish. | 1. Xalqaro tajriba va tavsiyalar asosida quyidagi koʻrsatkichlarni shakllantirish manbalarini takomillashtirish hamda ularni hududlar, yosh, jins kesimida shakllantirish choralarini koʻrish: a) qishloq xoʻjaligi yerlariga egalik qilgan yoki ulardan foydalanish uchun kafolatlangan huquqqa ega boʻlgan shaxslarning qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadigan umumiy aholi soniga nisbati, jinsi boʻyicha; b) qishloq xoʻjaligi yerlariga egalik qiladigan yoki ularga egalik qilish huquqiga ega boʻlgan ayollar ulushi, yerga egalik qilish turlari boʻyicha. 2. Ishlab chiqilgan koʻrsatkichlarni doimiy ravishda Milliy statistika qoʻmitasiga taqdim etib borish. | mart | Kadastr agentligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qishloq-xoʻjaligi vazirligi, “Fermerlar” uyushmasi Milliy statistika qoʻmitasi |
61. | Gender statistik metodologiya yuritishni qayta koʻrib chiqish. | 1. Xalqaro tajribani oʻrganish. 2. Gender statistik metodologiyani xalqaro standartlarga moslashtirish. | iyul | Milliy statistika qoʻmitasi |
3. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga axborot kiritish. | avgust | |||
62. | Ayollar tadbirkorligi bilan bogʻliq gender statistika koʻrsatkichlari tarkibini kengaytirish. | 1. Ayollar tadbirkorligi bilan bogʻliq gender statistika koʻrsatkichlarini shakllantirish. 2. Milliy statistika qoʻmitasining gender.stat.uz portalida ayollar tadbirkorligi boʻlimini ochish va mavzuga oid statistik maʼlumotlarni joylashtirish. | may | Soliq qoʻmitasi, Milliy statistika qoʻmitasi, Markaziy bank, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
63. | Oʻzbekistonda xotin-qizlar va erkaklar holatini aks ettiruvchi statistik toʻplam ishlab chiqish. | 1. “Oʻzbekistonda xotin-qizlar va erkaklar: fakt va raqamlar” nomli statistik toʻplamni ishlab chiqish. | sentabr | Milliy statistika qoʻmitasi |
2. Toʻplamni nashr etish hamda foydalanuvchilar uchun taqdimot qilish. | oktabr | |||