ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Muddati | Ijro uchun masʼullar |
I. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan qonunchilik asoslarini va institutsional tizimni takomillashtirish | ||||
1. | Xalqaro mehnat tashkilotining “Inson resurslarini rivojlantirishda kasbga yoʻnaltirish va kasbiy taʼlim toʻgʻrisida”gi (142-sonli) Konvensiyasi talablarini oʻrganish va uni ratifikatsiya qilish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish. | 1. Mutasaddi vazirlik va idoralar masʼullaridan iborat ishchi guruh tuzish. | aprel | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Ishchi guruh tomonidan qonunchilik talablarini hamda huquqni qoʻllash va xorijiy davlatlar amaliyotini oʻrganish. | avgust | |||
Bunda kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirish, xotin-qizlar, yoshlarni ish bilan taʼminlash va ular uchun samarali kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini yaratishga eʼtibor qaratish. | ||||
3. Oʻrganish natijalari asosida Qonun loyihasini ishlab chiqish va kelishish. | sentabr | |||
4. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | dekabr | |||
2. | Xalqaro mehnat tashkilotining “Hamshiralarning bandligi, mehnat sharoitlari va hayoti toʻgʻrisida”gi (149-sonli) Konvensiyasi talablarini oʻrganish va uni ratifikatsiya qilish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish. | 1. Mutasaddi vazirlik va idoralar masʼullaridan iborat ishchi guruh tuzish. | aprel | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
2. Ishchi guruh tomonidan qonunchilik talablarini hamda huquqni qoʻllash va xorijiy davlatlar amaliyotini oʻrganish. | avgust | |||
Bunda hamshiralarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, bandligini taʼminlash, hamshiralarga yuqori malaka va kasbiy taʼlim berish, shuningdek, ularning ish joyidagi xavfsizligini taʼminlashga oid jihatlarga eʼtibor qaratish. | ||||
3. Oʻrganish natijalari asosida Qonun loyihasini ishlab chiqish va kelishish. | sentabr | |||
4. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | dekabr | |||
3. | Vazirlik, idora, tashkilot va taʼlim muassasalaridagi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha Maslahat kengashlari faoliyatini rivojlantirishning huquqiy mexanizmini yaratish. | 1. Mutasaddi vazirlik va idoralarning mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tashkil etish. | aprel | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Vazirlik, idora, tashkilot va taʼlim muassasalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalarini oʻrganish. | iyun | |||
3. Maslahat kengashlari faoliyati tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | avgust | |||
4. | Ish joylarida xotin-qizlarning xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida Mehnat xavfsizligi va mehnat gigiyenasi tartiblarini takomillashtirish choralarini koʻrish. | 1. Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni oʻrganish. Bunda: mehnat xavfsizligi va mehnat gigiyenasi tushunchasini koʻrib chiqish; mehnat xavfsizligi va mehnat gigiyenasiga rioya etish yuzasidan ish beruvchilar va xodimlarning majburiyati va huquqlarini belgilash; korxonalar va tashkilotlar mehnat gigiyenasi xizmatlarini tashkil qilish; mehnat xavfsizligi va gigiyenasi tartib-taomillariga qatʼiy rioya etilishi boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish borasida vakolatlar belgilashga eʼtibor qaratish. | oktabr | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
2. Oʻrganish natijalari asosida takliflar ishlab chiqish. | noyabr | |||
3. Takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | noyabr | |||
5. | Xotin-qizlar va erkaklar oʻrtasida ish haqi miqdoridagi tafovutlarni bartaraf etish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish va maqbul jihatlarini amaliyotga joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Xotin-qizlar va erkaklar oʻrtasida ish haqi miqdoridagi tafovutlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida quyidagi xalqaro tajribani oʻrganish: 25 va undan ortiq xodimi boʻlgan barcha kompaniyalar va tashkilotlar gender asosidagi maosh tafovutlarini aniqlash va bartaraf etishda Islandiyaning “Teng maosh standarti” (Equal Pay Standard IS 16001) boʻyicha sertifikatsiya olish tizimi; 100 nafardan ortiq xodimi boʻlgan kompaniyalarning gender asosidagi maosh tahlilini oʻtkazish majburiyati yuzasidan Shveysariyaning “Gender tenglik toʻgʻrisida”gi (Gender Equality Act) Qonuni; 250 nafardan ortiq xodimi boʻlgan kompaniyalarning gender asosidagi maosh tafovutlari haqida hisobot berish majburiyati yuzasidan Buyuk Britaniyaning “Gender maosh tafovuti toʻgʻrisidagi hisobot berish” Qonuni (Gender Pay Gap Reporting Regulations); | may | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Oʻzbekiston ish beruvchilar konfederatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Oʻrganish natijalari asosida aniq takliflar ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | iyun | |||
6. | Kompaniyalarni gender tenglik boʻyicha baholash tizimi yuzasidan xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish va maqbul jihatlarini amaliyotga joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Fransiyadagi “Professional tenglik indeksi” (Index de l'égalité professionnelle) asosida kompaniyalarni gender tenglik boʻyicha baholash tizimini oʻrganish. Bunda 100 balldan iborat 5 ta mezonni, xususan, ishga qabul qilish (20 ball), ishchilarning lavozimga koʻtarilish (15 ball), maosh farqlari (40 ball), ota-onalik taʼtilidan keyin ishga qaytishi va ularning lavozimlarini saqlab qolishi (15 ball), direktorlar kengashi, boshqaruv rahbarlari kabi yuqori lavozimlarda gender tenglik (10 ball)ni koʻrib chiqish va yetarli ball toʻplamaganlarga moliyaviy jarimaga tortilishini koʻrib chiqish. | may | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi |
2. Oʻrganish natijalari asosida aniq takliflar ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | iyun | |||
7. | Kompaniya va korxonalarning boshqaruv kengashi aʼzolari orasida xotin-qizlar ulushini oshirish xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish va maqbul jihatlarini amaliyotga joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Kompaniya va korxonalarning boshqaruv kengashi aʼzolarining 30 — 40 foizi xotin-qizlardan iborat boʻlish majburiyati yuzasidan quyidagi xorijiy davlatlarning tajribasini oʻrganish: Germaniya (Frauenquote, 2015) — 30 foiz; Niderlandiya (Gender Quota Law, 2012) — 30 foiz; Italiya (Golfo-Mosca Law, 2011) — 33 foiz; Belgiya (Gender Quota Law, 2011) — 33 foiz; Norvegiya (Gender Representation on Company Boards Act, 2003) — 40 foiz; Fransiya (Copé-Zimmermann Law, 2011) — 40 foiz; Ispaniya (Equality Law, 2007) — 40 foiz; Shvetsiya (Gender Representation on Company Boards Act, 2018) — 40 foiz; Finlyandiya (Gender Representation on Company Boards Act, 2020) — 40 foiz; Daniya (Gender Representation on Company Boards Act, 2013) — 40 foiz. | aprel-may | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, vazirlik va idoralar |
2. Oʻrganish yakunlari yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | iyun | |||
8. | Xotin-qizlarning iqtisodiy huquqlarini taʼminlash xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish va maqbul jihatlarini amaliyotga joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Xorijiy davlatlarning xotin-qizlarga nisbatan sodir etilgan iqtisodiy zoʻravonlik (shaxsning moliyaviy manbalaridan foydalanishiga toʻsqinlik qilish, ish haqini yoki boshqa moliyaviy manbalarni oʻzlashtirish, kasb yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishiga toʻsqinlik qilish) yuzasidan quyidagi xorijiy davlatlarning tajribasini oʻrganish: AQSH (Violence Against Women Act, Section 42 U.S.C. § 13925); Buyuk Britaniya (Domestic Abuse Act 2021, Section 1); Avstraliya (Family Law Act 1975, Section 4AB); Kanada (Criminal Code of Canada, Section 264.1); Germaniya (Gewaltschutzgesetz, Section 1); Fransiya (Loi Schiappa, Article 222-33-2-1); Janubiy Koreya (Act on Special Cases Concerning the Punishment of Sexual Crimes, Article 3); Yaponiya (Act on the Prevention of Spousal Violence and the Protection of Victims, Article 10); Filippin (Anti-Violence Against Women and Their Children Act of 2004”; Section 3). | may | Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Oʻrganish yakunlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | iyun | |||
9. | Oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazishga oid jinoyatlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish masalasini oʻrganish va takliflar tayyorlash. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103 (oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish) va 1031 (oʻzini oʻzi oʻldirishga undash) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga insonparvarlik aktlari qoʻllanilmaslik (jazosini axloq tuzatish ishlari bilan almashtirish, jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish va hk.) masalasini oʻrganish. | may | Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Oʻrganish yakunlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | iyun | |||
10. | Uch yoshgacha farzandi boʻlgan talaba qizlarga masofaviy oʻqish imkoniyatini joriy etish. | 1. Amaldagi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish va oʻrganish. | aprel-may | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi |
2. Oʻrganish natijalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | may | |||
3. Takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | iyun | |||
11. | Iqtidorli qizlarning salohiyatini rivojlantirishga koʻmaklashish. | 1. Mutasaddi vazirlik va idoralarning mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tashkil etish. | aprel | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
2. Ishchi guruh tomonida oʻrganish ishlarini olib borish. | aprel | |||
3. Iqtidorli qizlarning salohiyati va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | avgust | |||
12. | Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarini gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazishni takomillashtirish. | 1. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarini gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganlik nuqtai nazaridan xatlovdan oʻtkazish. | may | Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Xatlov natijalari yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni hayʼat majlislarida muhokama qilish va ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish hamda Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga taqdim etish. | iyun | |||
13. | Genderga oid auditni oʻtkazish uslubiyatini takomillashtirish. | 1. Genderga oid auditni oʻtkazish yuzasidan xorijiy davlatlarning tajribasini oʻrganish. | aprel | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Oʻrganish natijalari boʻyicha yangi tahrirdagi genderga oid audit oʻtkazish uslubiyati loyihasini ishlab chiqish va Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga taqdim etish. | may | |||
II. Saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarini taʼminlash | ||||
14. | Xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirishda siyosiy partiyalarning “Ayollar qanoti” hamda “Deputat ayollar klubi” rolini kuchaytirish. | 1. Jamiyatda “Ayol siyosatchi” obrazi toʻgʻrisida ijobiy fikrni shakllantirishga qaratilgan targʻibot ishlarini olib borish. | doimiy | Siyosiy partiyalar (kelishuv asosida), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi, OʻzMTRK, OʻzA, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengashi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari |
2. Siyosatchi ayollar haqida media mahsulotlar tayyorlash hamda markaziy, mahalliy ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini tashkil etish. | har chorakda | |||
3. Siyosiy partiyalar “Ayollar qanoti”ning vazirlik va idoralar bilan hamkorligini kengaytirish. | har oyda | |||
4. Siyosiy partiyalarning “Deputat ayollar klubi” faoliyatini takomillashtirish boʻyicha umumtaʼlim, oliy oʻquv yurtlari hamda davlat organlarida xotin-qizlar uchun maxsus “siyosat soatlari”ni tashkil etish. | har oyda | |||
15. | Gender tenglikni taʼminlash maqsadida saylovlarda xotin-qizlarning roli va ishtirokini oshirishga qaratilgan kampaniyalar tashkil etish boʻyicha xorij tajribasini oʻrganish. | 1. Mutaxassislardan iborat ishchi guruhni tashkil etish. | aprel | Siyosiy partiyalar (kelishuv asosida), Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida), Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, OʻzMTRK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengashi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari |
2. Xorijdagi taniqli saylov kampaniyalari faoliyatini oʻrganish va tahlil etish. | iyun-iyul | |||
3. Oʻrganish natijalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila komissiyasiga takliflar kiritish. | avgust | |||
16. | Ayollar va erkaklar oʻrtasida saylov huquqlarini tushuntirishga qaratilgan oʻquv seminarlari va treninglar tashkil etish. | 1. Mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda saylov huquqi, uning tamoyillari va undagi gender tenglik masalalari boʻyicha reja-grafik asosida oʻquv seminarlarini tashkil etish. | aprel | Siyosiy partiyalar, (kelishuv asosida) Adliya vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi |
2. Oʻquv seminarlari, treninglarni malakali mutaxassislar bilan hamkorlikda oflayn shaklda vazirlik va idoralar, korxona va tashkilotlarda tashkil etish. | may | |||
3. Har bir oʻtkazilgan trening va seminarlarni OAV orqali keng targʻibotini amalga oshirish. | doimiy | |||
III. Davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash | ||||
17. | Davlat xizmatidagi xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish. | 1. Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallari tomonidan davlat boshqaruvining turli sohalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning bilim va kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli oʻquvlar tashkil qilish. 2. Respublika vazirliklar, idora, tijorat banklari va aksiyadorlik jamiyatlari kesimida xotin-qizlarga huquqiy savodxonlik (Inson huquqlari, mehnat huquqi, tadbirkorlik huquqi, moliya huquqi, oila huquqi hamda bola huquqlari) boʻyicha oʻquvlar tashkil qilish. 3. Qisqa muddatli oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan xotin-qizlarga sertifikatlar berish. | reja asosida | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi, Davlat boshqaruv akademiyasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
18. | “Ayollarning davlat xizmatidagi oʻrni” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish. | 1. Konferensiya ishtirokchilari roʻyxatini va dasturini tayyorlash. 2. Respublika vazirliklar, idora, tijorat banklari va aksiyadorlik jamiyatlari vakillarining konferensiyada faol ishtirokini taʼminlash. | sentabr | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Davlat boshqaruv akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
19. | “Rahbar ayollar maktabi” mavsum dasturi uchun tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqqan holda respublika, viloyat va tuman darajasida xotin-qizlarni oʻquvlarga jalb qilish. | 1. Hududlardan salohiyatli xotin-qizlardan iborat kadrlarni saralab olish va roʻyxatini shakllantirish. | aprel | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruv akademiyasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Saralab olingan xotin-qizlarning davlat boshqaruvi, strategik fikrlash, tadbirkorlik, moliyaviy savodxonlik, tizimli tahlil, sunʼiy intellekt asoslari va loyihalarda qoʻllanilishi, muammolarni manzilli hal etish boʻyicha koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan oʻquvlarni yoʻlga qoʻyish. | reja asosida | |||
3. Oʻquv yakunida aʼlo natijalarni qayd etganlarni yuqori lavozimlarga tavsiya etib borish. | avgust | |||
20. | “Hokimlikka tayyorlash maktabi” dasturi orqali zaxiraga olingan xotin-qizlarning mahalliy boshqaruv va hududiy rivojlanish sohasidagi bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish. | 1. Tinglovchilarni 6 hafta oʻz ish joylarida (3-marta 2 haftadan) mustaqil taʼlim olishi, 2 hafta vazirliklarda va 2 hafta hokimliklarda stajirovka oʻtashlarini tashkil etish. 2. Attestatsiya natijalariga koʻra yuqori koʻrsatkichlarga erishgan tinglovchilarning davlat boshqaruvi, inson resurslarini rivojlantirish, ijtimoiy xizmatlar, savdo, fan, taʼlim, madaniyat, qishloq xoʻjaligi, transport va infratuzilma, sogʻliqni saqlash, iqlim oʻzgarishi hamda mahalliy boshqaruv sohasida Germaniyada oʻquv stajirovkasini tashkil etish. | reja asosida | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruv akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
21. | “Ayol va jamiyat” mavzusida ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda targʻibotlar olib borish. | 1. “Ayol va jamiyat” mavzusida turkum dastur (podkastlar) tayyorlash boʻyicha Ishchi guruhni shakllantirish. | aprel | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Siyosiy partiyalar, OʻzMTRK, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Ishchi guruh tomonidan dastur ssenariysi va taklif etiladiganlar roʻyxatini shakllantirish. | aprel | |||
3. Tayyorlangan dasturni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish. | may | |||
22. | Xotin-qizlarning mansab pogʻonalarida koʻtarilishiga koʻmaklashib borish. | 1. Davlat organi, tashkiloti va korxonasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar orasidan istiqbolli va iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash va vazirlik va idoralar kesimida kadrlar zaxirasini shakllantirish. | aprel | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Zaxiraga kiritilgan xotin-qizlarning bilim va kasbiy koʻnikmalarini muntazam rivojlantirish hamda ularni yuqori rahbarlik lavozimlariga maqsadli tayyorlash boʻyicha maxsus oʻquv dasturlari va oʻquv rejalarini ishlab chiqish. Bunda: - har bir davlat organi, tashkiloti va korxonasi kadrlar zaxirasiga kiritilgan xotin-qizlar uchun qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish boʻyicha individual dastur, zaxiradagi kadrlarni oʻqitish dasturlari va rejalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; - oʻquv jarayoniga mahalliy va xorijiy yetakchi taʼlim va oʻquv muassasalarining yuqori malakali mutaxassislarini shartnoma asosida jalb qilish amaliyotini joriy etadi; - Individual dasturda zaxiradagi mutaxassis bilan uni kasbiy yuksaltirishda olib boriladigan individual ishlar, xususan, oʻqitish, malakasini oshirish, amaliyot oʻtashi, tajribali rahbarlar va mutaxassislarga biriktirilishi, rotatsiya qilinishi masalalariga eʼtibor qaratiladi. | may | |||
3. Maxsus oʻquv dasturlari va oʻquv rejalari asosida oʻquvlarni tashkil qilish. | reja asosida | |||
4. Har chorakda amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganib borish va monitoringini amalga oshirish. | har chorakda | |||
23. | Davlat organlari va tashkilotlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar ulushini oʻrganish va uni oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Ish joyida xilma-xillik va xizmat martabasi koʻtarilishida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratish borasida manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda mavjud holatni oʻrganish. | may | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Oʻrganish natijalari boʻyicha aniq takliflar tayyorlash va ularni Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga kiritish. | iyun | |||
3. Ish joyida xilma-xillik va xizmat martabasi koʻtarilishida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratilganligi borasida targʻibot tadbirlarini olib borish. | yil davomida | |||
24. | Davlat xizmatidagi faol xotin-qizlar haqidagi maʼlumotlarni “Vikipediya” maʼlumotlar bazasiga kiritish. | 1. Davlat xizmatidagi rahbar ayollarni, faol xotin-qizlarni Vikipediya maʼlumotlar bazasiga kiritib borish mexanizmini ishlab chiqish. | aprel | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi |
2. Respublikadagi yetakchi xotin-qizlarning yutuqlari, erishgan natijalari haqida maʼlumotlar kiritish. | may | |||
3. Uni yangilab borish boʻyicha amaliy ishlarni tashkil etish. | har chorakda | |||
25. | Sudyalar oliy maktabining Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga 2025/2026-oʻquv yili uchun xotin-qizlarga qoʻshimcha kvota ajratish choralarini koʻrish. | 1. Malakali mutaxassislardan iborat Ishchi guruh tuzish. | aprel | Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Sudyalar oliy maktabi (kelishuv asosida) |
2. Ishchi guruh tomonidan xotin-qizlarni sudyalikka jalb qilish borasida muvaffaqiyatli natijalarga erishgan xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasi va amaliyotini oʻrganish. | may | |||
3. Oʻrganish natijasiga koʻra xotin-qizlar uchun qoʻshimcha kvota belgilash maqbul deb topilgan taqdirda tegishli choralarni koʻrish. | iyun | |||
26. | Davlat xizmatida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlashga oid ijtimoiy va ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish. | 1. Davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash boʻyicha ilmiy tahlillarni amalga oshirish. | reja asosida | Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Davlat organlarida mazkur yoʻnalishda aniqlangan muammolar va ularning yechimi yuzasidan takliflar tayyorlash va Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari komissiyasiga kiritish. | oktabr | |||
27. | Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashlarida xotin-qizlarning ishtirokini kengaytirish. | 1. Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashiga nomzodlar yuzasidan eʼlon qilingan tanlovlarda xotin-qizlar ishtirokini taʼminlash. | reja-grafik asosida | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, vazirlik va idoralar |
2. Xotin-qizlarni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining korporativ boshqaruv boʻyicha oʻquv kurslariga keng jalb etish choralarini koʻrish. | doimiy | |||
28. | Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha gender Maslahat kengashlari aʼzolari malakasini oshirib borish. | 1. Maslahat kengashlari organlari ishini toʻgʻri va samarali tashkil etish maqsadida ularning aʼzolari uchun oʻquv dasturini va rejasini ishlab chiqish. | aprel | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar |
2. Oʻquvlarga yetakchi mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish. | reja-grafik asosida | |||
29. | Milliy kadrlar zaxirasida xotin-qizlar ulushini bosqichma-bosqich oshirish chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Milliy kadrlar zaxirasiga kiritish jarayonlarini tahlil qilish. | aprel | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, vazirlik, idora va tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Tahlil natijalari asosida Milliy kadrlar zaxirasida salohiyatli, faol xotin-qizlar ulushini bosqichma-bosqich oshirish choralarini koʻrish. | may | |||
30. | Ustuvor va talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar asosida iqtidorli xotin-qizlarni xorijdagi nufuzli taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalarda oʻqishini tashkil etish. | 1. “El yurt umidi” fondi tomonidan grantlar eʼlon qilish. 2. Shaffoflik prinsipi asosida nomzodlarni koʻrib chiqish. 3. Mazkur grantlar asosida taʼlim olgan xotin-qizlarni davlat xizmatiga jalb etishga koʻmaklashish. 4. Ushbu mutaxassis xotin-qizlarning mehnat faoliyatini monitoring qilish, ularning kasbiy jihatdan oʻsishiga koʻmaklashish. | doimiy | “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, vazirlik, idora va tashkilotlar |
31. | Jahon iqtisodiy forumining “Global gender tafovuti” (Global Gender Gap) indeksi bilan ishlashda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. | 1. Jahon iqtisodiy forumining “Global gender tafovuti” indeksi hisobotini tuzishda ishtirok etuvchi tashkilotlar (Xalqaro mehnat tashkiloti, YUNESKO, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va boshqalar) vakillari bilan onlayn va oflayn tarzda uchrashuvlarni tashkil etish. Indeksda Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilashga toʻsqinlik qilayotgan omillarni oʻrganish. | aprel-may | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Statistika agentligi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Oʻrganish natijalaridan kelib chiqib, hamkorlikdagi chora-tadbirlarni belgilash. | iyun | |||
32. | Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun indeksi”da Oʻzbekistonning oʻrnini yaxshilash choralarini koʻrish. | 1. Mutasaddi vazirlik va idoralar vakillarini hamda NNT va xalqaro tashkilotlar ekspertlarini jalb qilgan holda Indeksda Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilashga toʻsqinlik qilayotgan omillarni oʻrganish. | aprel-may | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, vazirlik va idoralar |
2. Oʻrganish natijalaridan kelib chiqib, Indeksning har bir oʻlchov mezoni boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish. | may | |||
3. Chora-tadbirlar loyihasini Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila komissiyasiga kiritish. | iyun | |||
33. | Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Ijtimoiy institutlar va gender indeksi”da (The Social Institutions and Gender Index) Oʻzbekistonning oʻrnini yaxshilash boʻyicha choralarni koʻrish. | 1. Mutasaddi vazirlik va idoralar vakillarini hamda NNT va xalqaro tashkilotlar ekspertlarini jalb qilgan holda “Ijtimoiy institutlar va gender indeksi” (The Social Institutions and Gender Index) indeksida Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilashga toʻsqinlik qilayotgan omillarni oʻrganish. | aprel | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, vazirlik, idora va tashkilotlar |
2. Oʻrganish natijalaridan kelib chiqqan holda Indeksning har bir oʻlchov mezonlari boʻyicha hamkorlikda chora-tadbirlarni ishlab chiqib, ijroga qaratish. | may | |||
34. | “Gender raqamli tafovut indeksi”da (The Gender Digital Divide Index) Oʻzbekistonning oʻrnini yaxshilash boʻyicha choralarni koʻrish. | 1. Ayollar va erkaklarning raqamli texnologiyalarga kirish darajasi, foydalanish koʻrsatkichlari va texnologik savodxonlik darajasini aniqlash uchun milliy va xalqaro statistik maʼlumotlarni toʻplash. | may | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
2. Ayollar va erkaklar oʻrtasida mavjud raqamli tafovutni aniqlash, jumladan, taʼlim, infratuzilmasi va iqtisodiy omillarning bu boradagi rolini oʻrganish. | iyun | |||
3. Oʻrganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha aniq choralarni belgilash. | iyul | |||
IV. Taʼlim, ilm-fan, sport hamda sogʻliqni saqlash sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash | ||||
35. | Davlat oliy taʼlim muassasalari boʻyicha tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun davlat granti asosida ajratiladigan qabul parametrlarining kamida 50 foizini aniq va tabiiy fanlar, texnika va tibbiyot yoʻnalishlari orasida taqsimlash holatini takomillashtirish. | 1. Xotin-qizlar uchun davlat granti asosida ajratiladigan qabul parametrlarining kamida 50 foizini aniq va tabiiy fanlar, texnika va tibbiyot yoʻnalishlari orasida taqsimlash holatini oʻrganish va takliflar ishlab chiqish. | may-iyun | Oila va xotin qizlar qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. Takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga kiritish. | iyun | |||
36. | Talaba qizlar oʻrtasida “STEM” (fan, texnologiyalar, muhandislik, matematika) ilm-fan haftaligini tashkil etish. | 1. Haftalikni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Haftalik doirasida tashkil qilinadigan tadbirlarda xotin-qizlarning faol ishtirok etishlari haqida targʻibot ishlarini tashkil etish. 3. Haftalik doirasida tashkil qilinadigan tadbirlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish. | 2025-yildan boshlab reja asosida | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
37. | “STEM” (fan, texnologiyalar, muhandislik, matematika) sohasi oʻquv jarayoniga chet eldan professor-oʻqituvchilar hamda soha mutaxassislarini jalb qilish. | 1. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining professor-oʻqituvchilarini oʻquv jarayoniga jalb qilish. 2. Xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bitiruvchisi boʻlgan va (yoki) faoliyat yuritayotgan vatandoshlarni oʻquv jarayonlariga jalb etish. | 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
38. | “GAP Women IT Union” loyihasi doirasida ayollarga IT boʻyicha taʼlim berish tashabbusini qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish. | 1. Taʼlim dasturini yoʻlga qoʻyish uchun oʻquv markazlarini jalb qilish. | aprel | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
2. Ishtirokchilarni tanlab olish uchun tanlov oʻtkazish. | aprel | |||
3. Onlayn va oflayn kurslarni tashkil etish. | may | |||
4. Natijalarni monitoring qilish va oʻquv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan xotin-qizlarga ishga joylashishda koʻmak berish. | iyun | |||
39. | Xotin-qizlarning raqamli texnologiyalardan toʻliq va teng foydalanishini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Xotin-qizlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalanishlariga koʻmaklashish, ular orasidan IT-mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan loyihalarni kengaytirish. | reja asosida | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
2. Xotin-qizlarning IT-sohasida startap loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish ishlariga koʻmaklashish. 3. Xotin-qizlarning IT-parklarga sayohatlarini tashkil qilish va ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsiyalar borasidagi qiziqishlarini oshirish. | doimiy | |||
40. | Xotin-qizlarning innovatsion startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash. | 1. Oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar tomonidan xotin-qizlarning ilmiy va startap gʻoyalarini roʻyobga chiqarishga boʻlgan ehtiyojlarini oʻrganish. | har chorakda | Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsiya ni rivojlantirish agentligi |
2. Oʻrganish natijasida innovatsion loyihalar boʻyicha “Olima ayol” va “Boʻlajak olim” tanlovlarida xotin-qizlarning faol ishtirok etishlarini taʼminlash. | aprel | |||
3. Tanlovlarda ishtirok etishning ahamiyati haqida tushuntirish-targʻibot tadbirlarini tashkil etish va xotin-qizlar uchun loyihalarni tayyorlash boʻyicha oʻquv seminarlarini oʻtkazish. | rejaga asosan | |||
41. | Sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, reproduktiv salomatlik qoidalarini targʻib etish, erta tugʻruq va erta nikohning oldini olish orqali xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash borasida taʼsirchan choralar koʻrish. | 1. “Sogʻlom turmush tarzi umummilliy harakati mahalladan boshlanadi” shiori ostida mahallalarda targʻibot tadbirlarini oʻtkazish. 2. Mahallalarda “Salomatlik maktabi” aʼzolari tomonidan aholi orasida, oila va xonadonlarda jismoniy faollik, salomatlikni mustahkamlash, zararli odatlarga qarshi kurashish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish boʻyicha seminarlar tashkil etish. 3. Oʻz vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtib borish hamda kasalliklarni erta aniqlash va profilaktikasi toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini tashkil etish. 4. Erta tugʻruq va erta nikohning oldini olish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish. | 2025-yildan boshlab reja asosida | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
42. | Ijtimoiy sohalarda, jumladan taʼlim, ilm-fan, sport va tibbiyot yoʻnalishlarida qaror qabul qilish jarayonida xotin-qizlar ishtirokini kuchaytirish. | 1. Taʼlim, ilm-fan, sport hamda sogʻliqni saqlash va shu kabi boshqa sohalarda vazirlik va idoralarning kollegial organlarini gender tenglik asosida tashkil etish masalasini koʻrib chiqish. | may | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Taʼlim, ilm-fan, sport hamda sogʻliqni saqlash sohalarida vazirlik va idoralarning kollegial organlarda xotin-qizlar va erkaklarning teng ishtirok etishini taʼminlash. | yil davomida | |||
43. | Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari bilan muntazam hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va ularning salohiyatidan samarali foydalanish choralarini koʻrish. | 1. Istiqbolli kadrlarni Milliy kadrlar zaxirasiga qoʻshish uchun oʻtkaziladigan tanlovlarda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari ishtirokini taʼminlash. 2. Sovrindorlarning faoliyatini monitoring qilish hamda ularni xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oila institutini mustahkamlash kabi targʻibot va tashviqot tadbirlariga keng jalb qilish. | doimiy | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
44. | Xotin-qizlarning barcha darajada teng huquqliligini taʼminlash hamda erkaklar va xotin-qizlar roli haqidagi gender stereotiplarga asoslangan kamsitish amaliyotlariga barham berish yuzasidan zarur choralar koʻrish. | 1. Aholida shakllangan gender stereotiplarni hududlar xususiyatidan kelib chiqqan holda tahlil etish va ularni bartaraf etishga qaratilgan targʻibot materiallari (qoʻllanma, buklet, flaer, taqdimot, infografika va boshqalar) ishlab chiqish. | aprel | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Mahallalar, taʼlim muassasalari va korxona, tashkilotlarda hamda OAVda targʻibot tadbirlarini oʻtkazish. | reja-jadval asosida | |||
V. Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash | ||||
45. | Xotin-qizlarning mehnat bozoridagi ishtirokini rivojlantirish va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish. | 1. Ayollar uchun moslashuvchan ish rejimi va masofadan turib ishlash tizimini rivojlantirish, bunday ish oʻrinlarini taklif etuvchi ish beruvchilarga imtiyozlar belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | rejaga asosan | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Tijorat banklari |
2. Uy bekalari, homilador, voyaga yetmagan bolasini parvarish qilayotgan ayollar uchun “Ayol-tadbirkor” loyihalarni joriy etish orqali uyda oʻtirgan ayollarga iqtisodiy imkoniyatlar yaratish. | doimiy | |||
3. Dastur boʻyicha ayollarni biznes yuritish boʻyicha oʻqitish, ularga oʻz biznes loyihasini yaratishga koʻmaklashish hamda oʻqitish yakuni boʻyicha gʻolib biznes loyihani aniqlash va uni davlat mablagʻlari asosida moliyalashtirish. | rejaga asosan | |||
46. | “Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | 1. Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari uchun mentorlarni tanlash boʻyicha ishlarni boshlash. | may | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi (kelishuv asosida) |
2. Yetuk mentorlar yordamida xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha malakasini oshirish ishlarini tashkil qilish. | reja asosida | |||
3. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan doimiy monitoring olib borish. | doimiy | |||
47. | Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash choralarini koʻrish. | 1. Uzoq muddatga xorijiy davlatlarda ishlab qaytib kelgan xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirib borish. 2. Ular bilan manzilli ishlarni tashkil etish. 3. Mutaxassislikka va malakaga ega boʻlmagan migratsiyadan qaytgan xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish orqali bandligini taʼminlash. | doimiy | Migratsiya agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
48. | Qishloq xoʻjaligi sohasiga xotin-qizlarni keng jalb qilish va malakasini oshirish. | 1. Qishloq xoʻjaligidagi 3 ta dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha 350 nafar xotin-qiz va yoshlar uchun zamonaviy texnologiyalar asosida seminar-treninglarni tashkil etish. | har chorakda | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston “Agrar soha ayollari uyushmasi”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Qishloq xoʻjaligi sohasiga xotin-qizlar qiziqishini oshirish boʻyicha targʻibotlar olib borish. | har chorakda | |||
49. | Agrar sektorida ayol rahbarlarning ulushini oshirish choralarini koʻrish. | 1. Joylarda ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish. | may | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
2. Sohada xotin-qizlarning rahbarlik lavozimlaridagi ulushini bosqichma-bosqich oshirish choralarini koʻrish. | doimiy | |||
50. | Xotin-qizlar masalalari boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlari salohiyatini kuchaytirish, gender siyosatini amalga oshirishda ular ishtirokini qoʻllab-quvvatlash. | 1. Xotin-qizlar masalalari boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlari salohiyatini kuchaytirish, gender siyosatini amalga oshirishda ular ishtirokini qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat grantlari, ijtimoiy buyurtmalarni eʼlon qilish. | har chorakda | Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, OʻzNNTMA va uning huzuridagi Jamoat fondi (kelishuv asosida), Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
2. Gender siyosatini amalga oshirishda xotin-qizlar masalalari boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlari salohiyatini oshirish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etish. | har chorakda | |||
VI. Tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash | ||||
51. | Jamiyatda tazyiq va zoʻravonlik bilan bogʻliq huquqbuzarliklarga murosasizlik munosabatini shakllantirish. | 1. Mahallalardagi “Huquqiy bilimlar” mavzusida uchrashuvlarni tashkil etish. | har oyning 10-sanasi | Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi Adliya vazirligi, Oliy sud, OʻzMTRK |
2. Muntazam ravishda televideniye va radio eshittirishlari orqali qonun majmualari sharhini xalqchil tilda berib borish, jamoat tashkilotlari, OAV vakillari va blogerlari ishtirokida ochiq muloqotlar tashkil etish. | har oyda | |||
52. | Zoʻravonlik sodir etgan shaxslar bilan tuzatish ishlarini olib borishni yanada kuchaytirish. | 1. Manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat tarkibda Ishchi guruh tuzish. | aprel | Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
2. Zoʻravonlik sodir etgan shaxslar bilan ishlashning tartiblarini oʻrganish va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | may | |||
3. Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | sentabr | |||
53. | Axborot xizmatlari vakillarining genderga oid masalalar yuzasidan malakasini oshirish. | 1. Seminarda ishtirok etadigan axborot xizmatlari roʻyxatini shakllantirish. | may | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
2. Seminarning dasturini (mavzular, spikerlar, interaktiv mashgʻulotlar) tuzish. | may | |||
3. Mutaxassis va ekspertlarni jalb qilgan holda seminar oʻtkazish. | iyun | |||
54. | Hududlarda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holati boʻyicha oʻrganish ishlarini oʻtkazish. | 1. Hududlarda oʻrganish oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh va savolnoma tuzish. | iyul | Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
2. Reja asosida oʻrganishlar olib borish. | reja asosida | |||
3. Oʻrganish yuzasidan tahliliy hisobot tayyorlash va Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila komissiyasiga kiritish. | noyabr | |||
55. | Media mahsulotlarini gender tenglik tamoyillari yuzasidan monitoring qilish. | 1. Ishlab chiqilgan tartib asosida har olti oyda media mahsulotlarni gender tenglik yuzasidan monitoringdan oʻtkazish. 2. Monitoring jarayonida aniqlangan muammoli holatlar, kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrib borish. | har 6 oy yakunlari boʻyicha | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi, OʻzMTRK, OʻzA |
VII. Oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash | ||||
56. | Umumtaʼlim maktablarida genderga oid huquqiy madaniyatni yoshlikdan shakllantirishga qaratilgan mashgʻulotlar oʻtkazish. | 1. Umumtaʼlim maktablarida genderga oid huquqiy madaniyatni yoshlikdan shakllantirish boʻyicha reja ishlab chiqish. | aprel | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, OʻzMTRK |
2. Rejaga asosan taʼlim muassasalarida oʻquvchilarga xos ochiq darslar, interfaol mashgʻulotlar, koʻrik-tanlovlar, viktorina oʻtkazish. | reja asosida | |||
3. Oʻquvchilarda huquqiy madaniyatni, jumladan xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligiga oid tushunchalarni singdirishga qaratilgan qisqa metrajli roliklar yaratish va targʻib qilish. | doimiy | |||
57. | Gender stereotiplarni oʻrganish boʻyicha aholi oʻrtasida keng qamrovda soʻrovnoma oʻtkazish. | 1. Ijtimoiy rollar, gender tengsizlik boʻyicha soʻrovnoma ishlab chiqish. | may | Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
2. Ushbu soʻrovnomani aholi oʻrtasida keng qamrovda oʻtkazish. | iyun | |||
3. Oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari tahlilini amalga oshirib, ijobiy yechim topish yoʻllarini izlash. | avgust | |||
58. | Tajriba tariqasida Samarqand shahar, Namangan va Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudlarida tashkil etilgan “Oila sudyalari”ning faoliyatini ommalashtirish. | 1. Oila sudyalari tomonidan koʻrib chiqiladigan 32 turdagi fuqarolik ishlari monitoringini olib borish. | aprel | Oliy sud (kelishuv asosida), Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Oila sudyalari boʻyicha xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish. | reja-grafik asosida | |||
3. Oila sudyalari tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlarning natijasi boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni taqdim etib borish. | har 6 oy yakuni boʻyicha | |||
4. Respublikaning boshqa hududlarida ham oila sudyalari tashkil etish masalasi boʻyicha takliflar tayyorlash. | oktabr | |||
59. | Nikohdan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtish, qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning va tugʻma nuqsonlar bilan bolalar tugʻilishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni kuchaytirish. | 1. Nikohlanuvchilarning belgilangan tartibda Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining laboratoriyasida molekulyar-genetik testdan oʻtkazilishini taʼminlash. 2. Spinal mushak atrofiyasining gen tashuvchiligi tasdiqlangan nikohlanuvchi shaxslar maʼlumotlarini Yagona milliy reyestrga kiritib borish. 3. Genetik shifokor tomonidan kasallikning oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini amalga oshirish. | doimiy | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi |
60. | Xotin-qizlar va erkaklarning jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitilishining oldini olishda davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish. | 1. Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun davlat granti eʼlon qilish va ijtimoiy buyurtmasini joylashtirib borish. 2. Grantning mazmun-mohiyatini targʻib qiluvchi ijtimoiy roliklar ishlab chiqib, davlat va televideniye kanallari va Internet saytlari hamda tarmoqlar orqali keng tarqatish. | doimiy | Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, MTRK, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi |
VIII. Gender jihatlarni hisobga olgan holda rejalashtirish va budjetlashtirish | ||||
61. | Davlat budjetidan ajratilgan genderga doir mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish. | 1. Davlat budjetidan ajratilgan genderga doir mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tayyorlash. 2. Maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish. | har chorak yakunlari boʻyicha keyingi oyning 10-sanasiga qadar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
62. | Xalqaro tashkilotlar bilan genderga yoʻnaltirilgan budjetlashtirishni davlat moliyasini boshqarish tizimiga bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha hamkorlikni davom ettirish | 1. Davlat moliyasini boshqarish islohoti doirasida sinov tariqasida dasturiy budjetlashtirish amalga oshirilayotgan pilot vazirliklarda genderga doir koʻrsatkichlarni ishlab chiqish. | oktabr-noyabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Vazirlik va idoralar xodimlarining genderga yoʻnaltirilgan budjetlashtirish boʻyicha bilim-koʻnikmalarini oshirish yuzasidan seminar-trening tashkil etish. | noyabr | |||
63. | Vazirlik va idoralarda gender auditni oʻtkazishdan manfaatdorlikni oshirish maqsadida genderga oid audit boʻyicha treninglarni tashkil etish. | 1. Treninglar dasturini ishlab chiqish. 2. Treninglar ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish. 3. Treninglarni vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda olib borish. | reja asosida | Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
IX. Gender statistikasi yuritilishini takomillashtirish | ||||
64. | Gender statistikasi uchun maʼlumotlarni yigʻish tizimini takomillashtirish. | 1. Masʼul xodimlarni oʻqitish uchun mutaxassis va xalqaro ekspertlarni jalb etish. | iyul | Milliy statistika qoʻmitasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Gender statistikasi boʻyicha bazani takomillashtirish uchun statistik maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va tahlil qilish bilan shugʻullanuvchi vazirlik va idoralarning xodimlarini oʻqitish. | avgust | |||
3. Gender statistikasi boʻyicha maʼlumotlarni toʻplash tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | sentabr | |||
65. | Open Data Watch tashkiloti tomonidan yangi ishlab chiqilgan “Gender Data Compass” reytingida Oʻzbekiston koʻrsatkichlari aks ettirilishini taʼminlash va ularni yaxshilash choralarini koʻrish. | 1. Open Data Watch tashkiloti bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. | iyun | Milliy statistika qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, masʼul vazirlik va idoralar |
2. Ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish asosida “Gender Data Compass” reytingida inobatga olinuvchi gender statistikasiga oid koʻrsatkichlarni xalqaro talablarga muvofiq shakllantirilish. | iyul | |||
3. “Gender Data Compass” reytingida inobatga olinuvchi gender statistikasiga oid koʻrsatkichlarni Milliy statistika qoʻmitasining gender.stat.uz portaliga joylashtirib, har yili yangilab borilishini taʼminlash. | har chorakda | |||
66. | Xalqaro tashkilotlar va boshqa foydalanuvchilarni gender statistikasiga oid koʻrsatkichlar bilan taʼminlash imkoniyatlarini oshirish. | 1. Milliy statistika qoʻmitasining gender.stat.uz portaliga joylashtirilgan gender statistikasiga oid koʻrsatkichlar tarkibini kengaytirish boʻyicha xalqaro tajribani va shakllantirish manbalarini oʻrganish. | avgust | Milliy statistika qoʻmitasi, masʼul vazirlik va idoralar |
2. Gender.stat.uz portaliga joylashtiriladigan gender statistikasiga oid koʻrsatkichlar sonini 200 tadan oshirish. | sentabr | |||