04.02.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3769
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining qarori, 04.02.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3769
Кучга кириш санаси
04.02.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarida yadroviy yoqilgʻilarni saqlash va tashishda xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 4-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3769]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-son “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarida yadroviy yoqilgʻilarni saqlash va tashishda xavfsizlik qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Transport vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais A. RAFIQOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 23-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vaziri I. MAXKAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 20-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vaziri B. KUDRATXODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 8-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasi agentligi direktori A. AXMEDXADJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 9-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi prezidenti SH. AYUPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 25-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 23-yanvardagi 29-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarida yadroviy yoqilgʻilarni saqlash va tashishda xavfsizlik qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar atom energiyasidan foydalanish obyektlarida yadroviy yoqilgʻilarni saqlash va tashishda xavfsizlik talablarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Qoidalar yangi va ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootlari, himoya kameralari, shuningdek yadroviy yoqilgʻini saqlash hamda tashish uchun moʻljallangan quyidagi texnik va transport uskunalarga xavfsizlik talablarini belgilaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kranlar, qisqichlar, traverslar (koʻtargichlar), shtangalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
platformalar, aravachalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklash uchun moʻljallangan qurilmalar va mexanizmlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlash gʻiloflari, saqlash stellajlari, qadoqlar va penallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi va ishlatib boʻlingan issiqlik ajratuvchi toʻplamlar uchun baraban turidagi konteynerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik ajratuvchi toʻplamlarni yigʻish va ajratish (demontaj qilish) qurilmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik ajratuvchi toʻplamlarni yuvish stendlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik ajratuvchi toʻplamlarni nazorat qilish stendlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt ichida tashish va saqlash uchun foydalaniladigan transport komplektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovutish suyuqligidan issiqlikni chiqarish tizimi uskunalari, tozalash tizimlari, daraja nazorati, sovutish suyuqligining harorati va kimyoviy holatini nazorat qilish vositalari, shamollatish tizimi (ventilyatsiya), saqlash inshootini toʻldirish va boʻshatish uskunalari, sovutuvchi muhitni sizib chiqishini nazorat qilish va yigʻish vositalari, radiatsiya nazorati vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlash havzasiga joylashtirishga tayyorlash uchun moʻljallangan uskunalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini atom energiyasidan foydalanish obyektidan tashqariga yuborishga tayyorlash uchun moʻljallangan uskunalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy yoqilgʻi — nazorat qilinadigan yadroviy boʻlinish reaksiyasini amalga oshirish hisobiga yadroviy qurilmada issiqlik energiyasi va (yoki) nurlanish oqimlarini olish uchun moʻljallangan yadroviy material;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻi — yadroviy reaktorning faol zonasidan butunlay chiqarib tashlangan va texnik xususiyatlariga koʻra yadroviy qurilmada foydalanish uchun moʻljallanmagan yadroviy material;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan hamda yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti uchun masʼul etib tayinlangan hamda oʻz kuchlari bilan yoki boshqa yuridik shaxslarni jalb etgan holda yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga qodir boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlash havzasi — yadroviy qurilma yoki yadroviy materiallarni saqlash punktining tarkibiga kiruvchi, ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini suvda yoki boshqa suyuq muhitda vaqtincha saqlash uchun moʻljallangan inshoot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt ichida tashish va saqlash uchun foydalaniladigan transport komplektlari — yadroviy yoqilgʻi yoki ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini joylashtirish hamda saqlash, shuningdek obyekt hududida tashish vaqtida yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlovchi texnik vositalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi toifali yadroviy yoqilgʻini saqlash inshooti — yadroviy yoqilgʻini saqlash uchun moʻljallangan inshoot (suv yoki boshqa sekinlashtiruvchi moddalarning inshootga kirib kelishiga yoʻl qoʻyilmaydi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi toifali yadroviy yoqilgʻini saqlash inshooti — yadroviy yoqilgʻini saqlash uchun moʻljallangan inshoot (suv yoki boshqa sekinlashtiruvchi modda bilan toʻlib qolishiga texnik vositalar orqali yoʻl qoʻyilmaydi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy yoqilgʻini saqlash — loyiha hujjatlarida belgilangan miqdordagi yadroviy yoqilgʻini izolyatsiya qilingan sharoitlarda, keyinchalik chiqarib olish (olib chiqish) maqsadida saqlashni nazarda tutuvchi jarayon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy yoqilgʻini tashish — yadroviy yoqilgʻini atom energiyasidan foydalanish obyektining hududi doirasida texnologik jarayonga muvofiq transport va yuk koʻtarish vositalaridan foydalanib harakatlantirish (koʻchirish) va tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faol zona komponentlari — yadroviy reaktorning faol zonasi tarkibiga kiruvchi va unda joylashadigan (yoki bevosita unga xizmat qiladigan) konstruktiv elementlar majmui (issiqlik ajratuvchi toʻplamlar (yoqilgʻi elementlari) hamda ularning ushlab turuvchi konstruktiv qismlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Umumiy xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Asosiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Atom energiyasidan foydalanish obyektining loyihasida yadroviy yoqilgʻini saqlash va tashish tizimi nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot atom energiyasidan foydalanish obyekti boʻyicha xavfsizlikni asoslash yuzasidan hisobot ishlab chiqishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xavfsizlikni asoslash yuzasidan hisobotda yadroviy yoqilgʻini saqlash va tashishda yuz berishi mumkin boʻlgan buzilishlar, loyihaviy avariyalar uchun boshlangʻich hodisalar hamda loyihadan tashqari avariyalar roʻyxati keltirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Loyihaviy avariyalar uchun boshlangʻich hodisalarning roʻyxatiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyekti joylashgan maydonga xos tabiiy hamda texnogen kelib chiqishga ega ichki va tashqi taʼsirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektining elektr energiyasi bilan taʼminlanishi toʻliq toʻxtashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootida va (yoki) yadroviy yoqilgʻini tashuvchi transport vositalarida yongʻin sodir boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik ajratuvchi toʻplam va issiqlik ajratuvchi elementlar orasidagi masofa oʻzgarishiga va (yoki) qobiq butligining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan jismlarning tushishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport-texnologik jarayonlar vaqtida alohida issiqlik ajratuvchi toʻplamlarning, obyekt ichida tashish va saqlash uchun foydalaniladigan transport komplektlarining, shuningdek ishlatib boʻlingan issiqlik ajratuvchi toʻplamlar joylashtirilgan penallar va qoplamalarning tushib ketishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlash havzasidan sovutuvchi muhitning sizib chiqish ehtimoli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya natijasida hosil boʻlgan uchar jismlarning taʼsiri (bosim ostida ishlaydigan tizimlar buzilishi oqibatida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shamollatish (ventilyatsiya) tizimi ishlamay qolishi natijasida ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootida portlash xavfini tugʻdiruvchi aralashmalar hosil boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy yoqilgʻini saqlash va tashish jarayonida issiqlikni olib ketishning buzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy yoqilgʻini tashish jarayonida qadoqlarning mahkamlanishining buzilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Loyihadan tashqari avariyalarning roʻyxatiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy yoqilgʻini saqlash va muomalada boʻlish tizimlarida oʻz-oʻzini qoʻllab-quvvatlovchi zanjir reaksiyasi yuzaga kelishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootining toʻliq suvsiz qolishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik uskunalar va qurilish konstruksiyalarining saqlash inshooti qoplamasiga yoki saqlanayotgan yadroviy yoqilgʻiga tushishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi toifali yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootini suv bosishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Atom energiyasidan foydalanish obyektining loyihasida yadroviy yoqilgʻini saqlash va tashish jarayonida bajariladigan yadroviy xavfli ishlar roʻyxati keltirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Atom energiyasidan foydalanish obyektining loyihasida shikastlangan yadroviy yoqilgʻini saqlash va tashish uchun texnik vositalar nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Yadroviy yoqilgʻini saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootlari yongʻin oʻchirish vositalari, yongʻin signalizatsiyasi, shamollatish (ventilyatsiya) tizimi, ishchi va favqulodda yoritish tizimlari hamda videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan hamda soz holatda boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻinni oʻchirishda neytronlarning samarali koʻpayish koeffitsiyentini oshirishi mumkin boʻlgan vositalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Atom energiyasidan foydalanish obyektida yadroviy yoqilgʻini saqlashning ruxsat etilgan muddati loyiha hujjatlarida koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootlarida qadoqlash majmualari tarkibiga kirmaydigan yonuvchan, zaharli yoki portlovchi moddalarni saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootlarida yadroviy yoqilgʻini saqlash tizimining elektr taʼminoti bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan kabel liniyalarini, shuningdek yonuvchan va portlovchi suyuqliklar hamda portlovchi gazlar oʻtuvchi quvurlarni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootlarida yongʻin yuzaga kelganda shamollatish (ventilyatsiya) tizimini avtomatik oʻchirish imkoniyati taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maʼlum bir turdagi yadroviy yoqilgʻini saqlash uchun obyekt ichida tashish va saqlash uchun foydalaniladigan transport komplektlaridan foydalanish imkoniyati loyiha hujjatlarida keltirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootlarida boʻlinuvchi materialni oʻz ichiga olmaydigan faol zona komponentlarini saqlashga ruxsat etiladi. Bunda, komponentlarning turlari hamda ularni joylashtirish joylari atom elektr stansiyasi va reaktor qurilmasi loyihasida koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootlarida avariya sodir boʻlganda xodimlarning toʻsiqsiz evakuatsiya qilish imkoniyati taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Yadroviy yoqilgʻini tashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Atom energiyasidan foydalanish obyektining ichida yadroviy yoqilgʻini tashish maxsus transport vositalarida, shuningdek obyekt ichida tashish va saqlash uchun moʻljallangan transport komplektlarida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yadroviy yoqilgʻini tashish uchun moʻljallangan maxsus transport vositalariga qoʻyiladigan talablar loyiha hujjatlarida belgilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Atom energiyasidan foydalanish obyektining ichida yadroviy yoqilgʻini tashishda boshqa yuklarni tashish uchun moʻljallangan transport vositalaridan ularni maxsus qayta jihozlash sharti bilan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qadoqlash moslamalari transport vositasiga mahkamlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Atom energiyasidan foydalanish obyekti hududiga xos tabiiy va texnogen taʼsirlar sharoitida tashish jarayonida yadroviy yoqilgʻining transport komplektidan tushib ketishi yoki undagi yadroviy yoqilgʻining oʻzaro joylashuvi buzilishiga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootlarida yadroviy yoqilgʻi mavjud boʻlganda, ushbu hududlar orqali koʻtarish va yuklash uskunalarining tarkibiy qismlarini, shuningdek yadroviy yoqilgʻini qadoqlash vositalari bilan bogʻliq boʻlmagan yuklarni tashish, ularning harakat yoʻnalishlarini belgilash hamda harakatlantirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootlari uchun ushbu talabni bajarish imkoni boʻlmaganda, saqlanayotgan yadroviy yoqilgʻi yuklar yoki yadroviy yoqilgʻi qadoqlarining tushib ketishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan shikastlanishlardan himoyalangan boʻlishi, bunda himoya konstruksiyalarining yuklar va yadroviy yoqilgʻi qadoqlarining tushib ketishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan dinamik hamda statik yuklamalarga bardoshliligi (mustahkamligi) loyiha hujjatlarida asoslanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yadroviy yoqilgʻini tashiyotgan transport vositasining yurish qismida, ulovchi moslamalarida yoki qadoqning transport vositasiga mahkamlanishida nuqson aniqlanganda transport vositasining harakati toʻxtatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Atom energiyasidan foydalanish obyektida yadroviy yoqilgʻini tashish va saqlash uchun foydalaniladigan transport komplektlari hamda transport vositalarini obyekt hududidan tashqariga joʻnatishga tayyorlash uchun maxsus joylar va jihozlar boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Yadroviy yoqilgʻini saqlash va tashish uskunalarining xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yadroviy yoqilgʻini saqlash va tashish tizimining xavfsizlik uskunalarini loyihalashda ularni sinovdan oʻtkazish, texnik xizmat koʻrsatish hamda taʼmirlash imkoniyati inobatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yadroviy yoqilgʻini harakatlantirish uchun moʻljallangan transport-texnologik uskunalar yadroviy yoqilgʻining harakat tezligi va tezlanishi transport-texnologik uskunalarning texnik shartlarida belgilangan chegaraviy qiymatlardan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yadroviy yoqilgʻini saqlash va tashish uchun moʻljallangan uskunalarda yadroviy yoqilgʻiga shikast yetkazishi mumkin boʻlgan oʻtkir qirralar boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yadroviy yoqilgʻini saqlash va tashish uskunasining konstruksiyasi issiqlik ajratuvchi toʻplamlar va issiqlik ajratuvchi elementlarning shikastlanishiga yoki ularning geometrik shakli buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan zarbalar hamda boshqa yuklamalarning oldini olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Yadroviy yoqilgʻi bilan muomala qilishda faqat loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan, texnik jihatdan soz va foydalanishga yaroqli, shuningdek texnik koʻrikdan, sinovlardan hamda texnik nazoratdan oʻtgan uskunalardan foydalanish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Atom energiyasidan foydalanish obyekti ichida tashish va saqlash uchun foydalaniladigan transport komplektlari konstruksiyasida barcha tashqi ajraluvchi ulanish nuqtalarini tamgʻalash imkoniyati boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Yadroviy yoqilgʻini saqlash va tashish tizimi (qoplamalar, obyekt ichida tashish va saqlash uchun moʻljallangan transport komplektlari, yangi va ishlatib boʻlingan issiqlik ajratuvchi toʻplamlar uchun barabanlar) uskunalarining konstruksiyasi yadroviy yoqilgʻini panjara (oraliq) masofalarida joylashtirish orqali yadro xavfsizligini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Yadroviy xavfsizlikni taʼminlash maqsadida konstruksiya materiallari tarkibida neytronlarni yutuvchi nuklidlar boʻlgan uskunalar (stellajlar va gʻiloflar) loyihaviy avariyalar holatlarida mexanik, kimyoviy yoki radiatsiya taʼsirlar natijasida ularning neytron yutish qobiliyati kamayishiga yoʻl qoʻymaslikni taʼminlaydigan tarzda oʻrnatilishi va ishlab chiqarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yadroviy yoqilgʻini saqlash va tashish uchun moʻljallangan uskunaning konstruksiyasi yadroviy yoqilgʻining nazoratsiz yoki oʻz-oʻzidan siljishiga, shuningdek tushib ketishiga yoʻl qoʻymasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talab elektr taʼminoti uzilganda yoki qayta tiklanganda ham taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yadroviy yoqilgʻi va ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlash va tashishda xavfsizlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Yadroviy yoqilgʻi va ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlash va tashishda yadroviy xavfsizlik quyidagilar orqali taʼminlanishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik ajratuvchi elementlar va issiqlik ajratuvchi toʻplamlarni gʻiloflarda, stellajlarda, shtabellarda, yangi va ishlatilgan toʻplamlar barabanlarida hamda obyekt ichida tashish va saqlash uchun foydalaniladigan transport komplektlarida joylashtiriladigan soniga qoʻyilgan cheklovlar orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qadoqlar, guruhdagi gʻiloflar hamda shtabellardagi qadoqlar sonini cheklash orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻiloflar, shtabellar, stellajlar, yangi va ishlatilgan toʻplamlar barabanlari hamda obyekt ichida tashish va saqlash uchun foydalaniladigan transport komplektlariga joylashtirishdagi guruhlarga qoʻyilgan cheklovlar orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geterogen yoki gomogen yutuvchi materiallardan foydalanish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik ajratuvchi elementlar va issiqlik ajratuvchi toʻplamlar, geterogen yutuvchi materiallar, qadoqlar, qoplamalar, stellajlar va shtabellarning joylashuvini nazorat qilish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootlarida neytron sekinlashtiruvchi moddalarning mavjudligini va/yoki paydo boʻlishini nazorat qilish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlashga moʻljallangan quruq inshootlarda sovutish muhitining mavjudligi, holati va tarkibini hamda neytron sekinlashtiruvchi moddalar paydo boʻlishini nazorat qilish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy yoqilgʻini saqlash va tashish tizimining texnologik parametrlari talablariga rioya etish orqali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Issiqlik ajratuvchi toʻplamlarni qoplamalar, stellajlar va qadoqlarda joylashtirish qadami, shuningdek ularning oʻzaro joylashuvi yadroviy yoqilgʻini saqlash va tashish jarayonida neytronlarning samarali koʻpayish koeffitsiyenti normal ekspluatatsiya, ekspluatatsiya buzilishlari hamda loyihaviy avariyalar sharoitida 0,95 dan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda loyihaviy avariyalar uchun boshlangʻich hodisalar natijasida neytron sekinlashtiruvchi moddalarning (suvning) miqdori, taqsimoti va zichligi aniqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Loyihaviy avariyalarning boshlangʻich hodisalarini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neytronlarning samarali koʻpayish koeffitsiyentini oshirishga olib keladigan gʻiloflar, yangi va ishlatib boʻlingan issiqlik ajratuvchi toʻplamlarni oʻz ichiga olgan barabanlar, stellajlar, qadoqlar ichida issiqlik ajratuvchi toʻplamlarni qayta guruhlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neytronlarning samarali koʻpayish koeffitsiyentini oshirishga olib keladigan issiqlik ajratuvchi elementlar va toʻplamlarning geometrik konfiguratsiyasidagi, shuningdek issiqlik ajratuvchi toʻplamlarda issiqlik ajratuvchi elementlarni joylashtirish panjarasining oraliq masofasidagi oʻzgarishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvning qaynashi, bugʻ va suv aralashmasining hosil boʻlishi hamda uning natijasida neytronlarning samarali koʻpayish koeffitsiyentining oshishi, shuningdek suv himoya qatlamining kamayishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geterogen yoki gomogen neytron yutuvchilarning samaradorligi pasayishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv yoki bugʻ aralashmasining qadoq, qoplama, yangi yoki ishlatilgan issiqlik ajratuvchi toʻplam barabaniga, shuningdek ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻi uchun quruq saqlash inshootiga kirib borishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Stellajlar va gʻiloflar konstruksiyasidagi chiqarib olinmaydigan geterogen yutuvchilar qoʻllanilganda, yadroviy yoqilgʻini joylashtirish oraliq masofasini ularning yutilish qobiliyatini hisobga olgan holda tanlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqarib olinadigan geterogen yutuvchilarni stellaj va gʻiloflarda ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootlarining yadroviy xavfsizligini tahlil qilishda quyidagi talablar inobatga olinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootlarida boyitilish darajasi turlicha boʻlgan yadroviy yoqilgʻi mavjud boʻlganda, yadroviy xavfsizlik hisob-kitoblarida barcha yadroviy yoqilgʻi maksimal boyitilish darajasiga ega deb qabul qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootlarida nuklid tarkibi turlicha boʻlgan yadroviy yoqilgʻi mavjud boʻlganda, yadroviy xavfsizlik hisob-kitoblarida barcha yadroviy yoqilgʻining nuklid tarkibi neytronlarning maksimal samarali koʻpayish koeffitsiyentini taʼminlaydigan tarkibga mos deb qabul qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normal ekspluatatsiya sharoitida gomogen yutuvchilar (borli suv) qoʻllaniladigan ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlash joylarida, shuningdek ajratib olinadigan yutuvchilarni oʻz ichiga olgan yadroviy yoqilgʻi uchun yadroviy xavfsizlik tahlilida yutuvchi moddaning mavjudligi hisobga olinmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootlarida neytronlarni qaytaruvchi (reflektor) mavjud boʻlishi mumkinligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Atom energiyasidan foydalanish obyektida yadroviy yoqilgʻini saqlash va tashish boʻyicha yadroviy xavfsizlikni asoslashda qoʻllaniladigan hisoblashlarda hisoblash usullarining xatoliklari, yadroviy yoqilgʻining boyitilish darajasi va nuklid tarkibini aniqlashdagi xatoliklar, shuningdek yadroviy yoqilgʻini ishlab chiqarishdagi ruxsat etilgan ogʻishlar inobatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Yadroviy yoqilgʻining yonish darajasi yadroviy xavfsizlik parametri sifatida qoʻllash loyiha hujjatlari asosida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Birinchi toifali yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootida quyidagilar taʼminlanishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv bosish ehtimoli mavjud boʻlgan darajadan yuqorida joylashtirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv yoki boshqa neytron sekinlashtiruvchi moddalar kirib kelishi mumkin boʻlgan qoʻshni xonalar mavjud boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv va boshqa neytron sekinlashtiruvchi moddalarga moʻljallangan quvurlar mavjud boʻlmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ikkinchi toifali yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootida quyidagilar taʼminlanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qoidalarning 41-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilarida belgilangan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni aniqlash signalizatorlari hamda drenaj tizimlari yoki suvni aniqlash signalizatorlariga ulangan favqulodda suv chiqarish nasoslari mavjud boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Qadoqlar yoki issiqlik ajratuvchi toʻplamlarni shtabelda joylashtirish maxsus stellajlar va uyachalar yordamida mustahkamlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadoqlar guruhining oʻzaro joylashuvi ularning konstruksiyasi orqali taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootining loyiha hujjatlarida stendlar va stollarda vizual tekshirish, issiqlik ajratuvchi toʻplamlarni yigʻish yoki ajratish, shuningdek geometrik oʻlchamlarni nazorat qilish uchun joylashtiriladigan issiqlik ajratuvchi elementlar hamda toʻplamlar sonining ruxsat etilgan chegaralari belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootida qadoqlar yoki qoplamalar guruhining joylashuvi maxsus belgilash chiziqlari bilan koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarining tokchalar, qadoqlar va boshqa obyektlar bilan toʻqnashuvining oldini olish maqsadida cheklagichlardan (toʻsiqlar) foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Neytronlarni, sekinlashtiruvchi xossalarga ega boʻlgan materiallarni qoplamalar, stellajlar va qadoqlar guruhlari orasiga, shuningdek ularning ichiga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Nuklid tarkibi va boyitilish darajasi turlicha boʻlgan yadroviy yoqilgʻini birgalikda saqlashning xavfsizligi loyiha hujjatlarida asoslanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootlari oʻz-oʻzini qoʻllab-quvvatlovchi zanjir reaksiyasi yuzaga kelganini bildiruvchi favqulodda ogohlantirish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Yadroviy yoqilgʻini saqlash inshooti loyihasida harorat va namlikni normada ushlab turishni taʼminlaydigan tizimlar nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootlaridagi drenaj quvurlarining diametri suvning maksimal oqimini toʻplanishsiz chiqarishni taʼminlashi, bunda suvning drenaj orqali inshootga qayta kirib kelishiga yoʻl qoʻyilmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootining reaktor yaqinida joylashgan yoqilgʻini saqlashga moʻljallangan sigʻim boʻlishi, bunda yoqilgʻining radioaktivligi va issiqlik ajralishi uni xavfsiz olib chiqish mumkin boʻlgan darajagacha kamayishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlash havzalari quyidagi xavfsizlikni taʼminlovchi tizimlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovutuvchi muhitdan issiqlikni olib ketish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovutuvchi muhitning solishtirma aktivligini nazorat qilish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovutuvchi muhitni tozalash tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik nazorat tizimi (sovutuvchi muhitdagi gomogen yutuvchilar miqdorini yoki stellajlardagi geterogen yutuvchilar miqdorini, sovutuvchi muhit harorati va sathini, suvning kimyoviy tarkibini, havodagi vodorod miqdorini nazorat qilishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiya nazorat tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shamollatish (ventilyatsiya) tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlash havzalarini toʻldirish va boʻshatish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovutuvchi muhitning sizib chiqishlarini aniqlash, yigʻish va qaytarish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxira suv bilan toʻldirish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariyalar vaqtida avtomatik toʻldirish tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Reaktorga yaqin yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootlarida ekspluatatsiyaning har qanday bosqichida faol zonani toʻliq tushirish imkonini beradigan boʻsh hajm mavjud boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlash havzalarida bir nechta alohida boʻlinmalar yoki havzalar mavjud boʻlsa, har bir boʻlinma va (yoki) havzada ishlatib boʻlingan issiqlik ajratuvchi toʻplamlardan issiqlikni alohida olib ketish imkoniyati boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootida saqlash havzasining bir boʻlinmasidan boshqa boʻlinmaga taʼmirlash ishlari yoki favqulodda holatlarda ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini koʻchirish uchun boʻsh oʻrinlar boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlash havzalarida barcha quvurlar havzaning yuqori qismiga ulangan boʻlishi, bunda quvurlar yorilgan taqdirda ham sovutish muhiti sathi yadroviy yoqilgʻi ustidagi zarur darajadan pasayib ketmasligi taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlash havzalarida drenaj oʻrnatish suvni tushira oladigan turdagi nasoslar yordamida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlash havzalarida suv yoki boshqa suyuqlikning balandlik farqi hisobiga quvur orqali oʻz-oʻzidan oqib ketishining (sifon effekti) yuzaga kelishi oldi olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sovutuvchi muhitni kiritish yoki chiqarish quvurlari havo tiqinlari hosil boʻlganda yoki quvurlar yorilganda (sizib chiqqanda) ham sovutuvchi muhit sathi yadroviy yoqilgʻini xavfsiz saqlash uchun zarur boʻlgan minimal darajadan pastga tushmasligini taʼminlashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Yadroviy yoqilgʻini saqlash havzalari boʻlinmalari oʻrtasidagi shlyuz eshiklari har ikkala tomondan suv bosimiga moʻljallangan boʻlishi va ularning mustahkamligi bir tomonda suv mavjud boʻlmagan holatda ham ikkinchi tomondagi suv bosimiga bardosh berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlash havzalarida sovutuvchi muhitning toshib ketishining oldi olinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Yadroviy yoqilgʻini saqlash inshootining konstruksiyasi normal ekspluatatsiya, ekspluatatsiya buzilishlari hamda loyihaviy avariyalar holatlarida sovutuvchi muhitning sizib chiqishi va (yoki) oqib ketishiga, shuningdek zaxira va (yoki) favqulodda zaxira toʻldirish hajmidan ortiq yoʻqotishlar yuzaga kelmaslikni taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlash havzalarini qoplashda, stellajlar, qopqoqlar, qadoqlar hamda yuklash va tushirishda foydalaniladigan jihozlarni tayyorlashda qoʻllaniladigan konstruksiya materiallari korroziyaga chidamli boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoplama germetiklikni hamda kuch taʼsirlarini qabul qilish (bardoshlilik) qobiliyatini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlash havzalari sovutuvchi muhitning sizib chiqishini aniqlash hamda sizib chiqish manbalarini belgilash qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi, bunda saqlash havzasining konstruksiyasi sizib chiqishlarni bartaraf etish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlash havzalarida radioaktiv suvning sizib chiqishini nazorat ostidagi yigʻuv havzalariga toʻplash tizimlari boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Yadroviy yoqilgʻini saqlash inshooti loyihasida quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
germetik boʻlmagan issiqlik ajratuvchi toʻplamlar bilan ishlash texnologiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik ajratuvchi toʻplamlarning germetik emasligini belgilovchi talablar, shuningdek boʻlinish mahsulotlarining sovutuvchi muhitga ruxsat etilgan qiymatlardan ortiq tarqalmasligiga oid chora-tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
germetik boʻlmagan issiqlik ajratuvchi toʻplamlar bilan ishlashning xavfsizlik asoslari, shuningdek ularni xavfsiz saqlash uchun cheklovlar va shartlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoritish uchun foydalaniladigan uskunalarning materiallari saqlash havzasi muhiti taʼsiriga nisbatan korroziyaga chidamli boʻlishi hamda sovutuvchi muhitni ifloslantirmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Shamollatish (ventilyatsiya) tizimining filtrlovchi uskunalari radionuklidlar va radioaktiv aerozollarning ehtimoliy chiqishini cheklashni taʼminlaydigan tarzda loyihalashtirilishi hamda foydalanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Shamollatish (ventilyatsiya) tizimi suvning radiolizi natijasida hosil boʻladigan vodorodni suyultirish hamda uni xavfsiz tarzda chiqarishni taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Yadroviy yoqilgʻi, penal yoki qoplama saqlash havzasining tubiga tushib ketganda, ushbu holat bartaraf etilmaguncha barcha rejalashtirilgan transport jarayonlari toʻxtatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Loyiha hujjatlarida yadroviy yoqilgʻini saqlash havzasini boʻshatmasdan hamda yadroviy yoqilgʻini toʻliq chiqarib olmasdan, tushib ketgan yadroviy yoqilgʻi, qoplamalar yoki qadoqlarni chiqarish uchun moʻljallangan uskunalar nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini quruq saqlash inshootlarida saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini quruq saqlash inshootlarida gazsimon sovutuvchi muhitning sizib chiqishini nazorat qilish vositalari, shuningdek boshlangʻich hodisa natijasida germetiklik buzilganda radioaktiv moddalar chiqishini ruxsat etilgan chegaralarda ushlab turishni taʼminlaydigan filtrlash vositalari boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Yadroviy yoqilgʻi obyekt ichida tashish va saqlash uchun moʻljallangan transport komplektlarida saqlansa hamda loyihaviy boshlangʻich hodisalar sharoitida ularning germetikligi buzilmasligi taʼminlansa, bunda yadroviy yoqilgʻini saqlash inshooti uchun alohida germetiklik talablari belgilanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Loyiha hujjatlarida obyekt ichida tashish va saqlash uchun moʻljallangan transport komplektlariga texnik xizmat koʻrsatish hamda nazorat qilish ishlari hajmi, shu jumladan germetiklik tizimini va ushbu komplektlar sirtining haroratini asbob-uskunalar yordamida nazorat qilish tartibi belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Loyiha hujjatlarida ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻi saqlanadigan obyekt ichida tashish va saqlash uchun moʻljallangan transport komplektlarini ochish ishlarini bajarish uchun maxsus xonalar hamda vositalar nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini quruq saqlash inshootlarida obyekt ichida tashish va saqlash uchun moʻljallangan transport komplektlaridan hamda ochiq maydonlardan foydalanish imkoniyati loyiha hujjatlarida belgilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini quruq saqlash inshootlari uchun moʻljallangan obyekt ichida tashish va saqlashda foydalaniladigan transport komplektlariga quyidagi talablar qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport komplektlari konstruksiyasi normal ekspluatatsiya, ekspluatatsiya rejimining buzilishi hamda loyihaviy avariyalar sharoitida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha tashqi va ichki taʼsirlarni inobatga olgan holda loyihalanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
germetiklik tizimi konstruksiyasi ichki boʻshliqda yuzaga keladigan maksimal bosim, ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻining radiatsiyaviy va fizik-kimyoviy xususiyatlari, komplekt ichidagi gaz muhitining harorati hamda atrof-muhit harorati inobatga olingan holda hisoblash yoʻli bilan asoslanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday ajraluvchi ulanish kamida ikki qatlamli germetiklik toʻsigʻiga ega boʻlishi, har bir toʻsiq loyiha hujjatlarida belgilangan germetiklik parametrlarini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konstruksiya germetiklik tizimini nazorat qilish imkonini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
germetiklikni nazorat qilish usullari hamda ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻi va transport komplektlari germetikligini tekshirish oraligʻi loyiha hujjatlarida belgilanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radionuklidlar chiqishi boʻyicha xavfsiz ekspluatatsiya chegaralari loyiha hujjatlarida belgilanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konstruksiya ichki boʻshliqni quritish (suvdan tozalash) imkonini taʼminlashi, saqlash muddati, ichki gaz tarkibi va ruxsat etilgan namlik miqdoriga doir talablar loyiha hujjatlarida asoslanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konstruksiya dezaktivatsiya ishlarini bajarish imkonini taʼminlashi, suyuqliklar toʻplanib qoladigan turgʻun zonalar mavjud boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy qismlar materiallari dezaktivatsiya eritmalariga bardoshli boʻlishi, ionlashtiruvchi nurlanish taʼsiriga hamda avariya sharoitlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan harorat taʼsiriga chidamli boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Obyekt ichida tashish va saqlash uchun moʻljallangan transport komplektlari loyihalanayotganda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy va fizik-kimyoviy oʻzaro taʼsirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhit haroratining davriy oʻzgarishi natijasida materiallar xossalarining oʻzgarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt ichida tashish va saqlash uchun moʻljallangan transport komplektlarining ekspluatatsiya sharoitlari, jumladan nurlanish, issiqlik ajralishi, ichki bosim, namlik, parchalanish mahsulotlarining mavjudligi hamda atrof-muhit holati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Radioaktiv moddalarning chiqib ketishi mumkin boʻlgan klapanlar ruxsatsiz taʼsirlardan himoya qiluvchi texnik vositalar bilan jihozlangan hamda sizib chiqishlarni ushlab qoluvchi qurilmalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Issiqlik ajratuvchi toʻplamni ajratish jarayonida issiqlik ajratuvchi elementlar qobigʻining yaxlitligi buzilmasligi taʼminlanishi hamda issiqlik ajratuvchi elementlarni tadqiq qilish ishlari loyihaviy texnologiyaga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Himoya kameralarida issiqlik ajratuvchi elementlar hamda issiqlik ajratuvchi toʻplamlar ajratilgan holda maxsus uskunalarda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Sochilib ketgan yadroviy materiallarni yigʻish va saqlash uchun texnik vositalar nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Sochilib ketgan yadroviy materiallar ular uchun maxsus moʻljallangan, xavfsiz geometriyaga ega idishlarga joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sochilmalarni yigʻishda changyutgichlardan foydalanilganda, changyutgichning yigʻuvchi qismi ham xavfsiz geometriyaga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Himoya kamerasi loyihasida yadroviy yoqilgʻi sochilmalarini vaqtincha saqlash uchun maxsus joylar nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Dezaktivatsiya eritmalari quyiladigan drenaj tizimlari xavfsiz geometriyaga ega filtr-choʻkma uskunalari bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filtr-choʻkmadan oʻtgan yadroviy materiallarning mayda zarrachalarini choʻktirish uchun xavfsiz geometriyaga ega choʻkma idishlari nazarda tutilishi, hosil boʻlgan choʻkma esa qayta ishlash uchun ajratilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Shamollatish tizimi (ventilyatsiya), filtrlari xavfsiz geometriyaga ega boʻlishi hamda uning ichida yadroviy materiallar toʻplanib qolishi mumkin boʻlgan nazoratsiz turgʻun zonalar mavjud boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Issiqlik ajratuvchi elementlar hamda issiqlik ajratuvchi toʻplamlarni saqlash va tashish uchun moʻljallangan uskunaga joylashtirish va undan chiqarib olish jarayonida ularning tashqi yuzalarini mexanik shikastlanishiga yoʻl qoʻyilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlash havzasida tashish uchun moʻljallangan uskuna, ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻining suv sathi belgilangan darajadan yuqoriga koʻtarilishining oldini oluvchi avtomatik toʻxtatib qoʻyish (blokirovka) tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Suv ostida bajariladigan texnologik jarayonlar uchun foydalaniladigan uskuna va asboblar ichki boʻshliqlari suvga choʻktirilganda hamda saqlash havzasidan chiqarilganda ularni quritish imkoniyati taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Yadroviy yoqilgʻini saqlash inshooti va unga tegishli uskunalar loyihalanayotganda quyidagi yuklamalar inobatga olinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaga muvofiq joylashtiriladigan maksimal issiqlik ajratuvchi toʻplamlar, boshqaruv va himoya tizimi elementlari, qoʻshimcha yutuvchilar mavjudligida yuzaga keladigan yuklamalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik taʼsirlar natijasida yuzaga keladigan yuklamalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvning gidrostatik bosimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harorat taʼsiri natijasida yuzaga keladigan yuklamalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt ichida tashish va saqlash uchun foydalaniladigan transport komplektlari toʻliq yuklanganda yuzaga keladigan yuklamalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Yadroviy yoqilgʻini suv ostida yuk koʻchirish uchun moʻljallangan yuk koʻchirish mexanizmi quyidagi holatlarning oldini oluvchi avtomatik toʻxtatib qoʻyish (blokirovka) tizimi bilan jihozlangan boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik ajratuvchi toʻplamlarni saqlash havzasi stellajlari uyachalariga yoki qoplamalarga joylashtirish (yoki ularni chiqarib olish) jarayonida yuk koʻchirish mexanizmining harakatlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk koʻchirish mexanizmi shtangasi bilan yadroviy yoqilgʻini saqlash havzasi konstruksiyalarining toʻqnashuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk koʻtarish kuchidan ortiqcha kuch taʼsirida yadroviy yoqilgʻini saqlash havzasi stellajlaridan issiqlik ajratuvchi toʻplamlarni chiqarib olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Avtomatlashtirilgan tizimlar tomonidan boshqariladigan yuk koʻchirish mexanizmlari uchun shtanga va issiqlik ajratuvchi toʻplamlarning barcha harakatlarini hamda avtomatik toʻxtatib qoʻyish (blokirovka) tizimi ishga tushish holatlarini avtomatik aniqlash, shuningdek ushbu tizimlarning mavjudligi va ularning ishlashga yaroqliligini tekshirish vositalari nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Loyiha hujjatlarida yadroviy yoqilgʻini saqlash va tashish uchun moʻljallangan uskunalarning ishga yaroqliligini tekshirish boʻyicha zarur sinovlar, jumladan saqlash inshootlarining yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari hamda saqlash qoplamasining germetikligini sinash nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Mazkur Qoidalarning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.02.2026 y., 10/26/3769/0108-son)