XALQ DEPUTATLARI SIRGʼALI TUMANI KENGASHINING
Qarori
Sergeli tumanida 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlarga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6 , 24-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PF-6121-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydonlari boʻyicha yer soligʻi stavkasiga, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga va noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdorini qoʻllash yuzasidan, Xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PF-6121-sonli Farmonining 1-bandi 2-xat boshiga muvofiq, 2021-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan belgilangan yer soligʻi stavkalariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun daha, massiv va mahalla kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash tartibi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20 -dekabrdagi PF-223-sonli Farmoni bilan 2025-yildan boshlab suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga 0,7 barobardan 1,5 barobargacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllash, noruda qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning qatʼiy belgilangan stavkalariga 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyent belgilash joriy etilganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2026-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1108-sonli Qonunini maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari va Prezidentining Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olib, Sergeli tuman soliq inspeksiyasining 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydonlari boʻyicha yer soligʻi stavkasiga, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga va noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar yuzasidan kiritilgan taklifi maʼqullansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksining 27-moddasi va Soliq kodeksiga asosan “2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydonlari boʻyicha yer soligʻi stavkasiga, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga va noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish uchun “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali” elektron tizimiga joylashtirilganligi inobatga olinsin.
4. Xalq deputatlari tuman Kengashiga yuridik va jismoniy shaxslardan mahalliy budjetga undiriladigan ayrim soliq turlariga qoʻllaniladigan oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdorlari quyidagicha:
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydonlari boʻyicha mahallalar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer soligʻi stavkasiga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar 1-ilovaga muvofiq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar 2-ilovaga muvofiq;
noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Sergeli tumani soliq inspeksiyasi (X. Kosimov)ga ushbu qarorni sifatli darajada ijrosini taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
6. Sergeli tuman soliq inspeksiyasi tomonidan budjet daromadlari koʻrsatkichlarining bajarilishini taʼminlash, soliq bazasini kengaytirish hamda iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish ustidan qatʼiy nazoratni oʻrnatilishi uchun Xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashiga doimiy ravishda maʼlumot kiritib borsin.
7. Sergeli tuman hokimligi va tuman soliq inspeksiyasi, mazkur qarordan kelib chiqqan holda, yuridik va jismoniy shaxslarning yer soliqlari boʻyicha belgilangan stavkalari, soliq solish tartiblari hamda boshqa maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlasin.
8. Mazkur qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Ushbu qaror bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashining mahalliy budjet, iqtisodiy islodotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi A. Mirxidoyatov va Sergeli tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Jumabaev zimmasiga yuklatilsin.
Sessiya raisi U. MUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2025-yil 30-dekabr,
III-17-96-14-201-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.