20.12.2024 yildagi PF-223-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini taʼminlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarni kompleks rivojlantirish, yuqori iqtisodiy oʻsishga erishish, biznes muhitini yanada yaxshilash, oʻsish nuqtalarini ishga solish, yashil tamoyil va yondashuvlarni keng joriy etish orqali aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish borasida mahalliy hokimliklar masʼuliyati va hisobdorligini oshirish hamda ularning tashabbuskorligi, islohot va oʻzgarishlarga “egalik qilish” rolini kuchaytirishga qaratilgan tizimni joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2025-yilda respublika va hududlar kesimida iqtisodiy oʻsish, ishsizlik hamda kambagʻallik darajasini pasaytirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman va shaharlar kengashlari tomonidan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yillik dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) mahalliy budjet parametrlari bilan birga belgilangan muddatlarda tasdiqlanadi. Bunda 2025-yil uchun dasturlar, istisno tariqasida, 2025-yil 1-fevralgacha tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur asosida “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida yalpi hududiy mahsulot hajmi 6-7 foiz miqdorda oʻsishini taʼminlashga qaratilgan hududning tabiiy geografik joylashuvi, ixtisoslashuvi, mehnat resurslari hamda infratuzilmaviy imkoniyatlarini inobatga olgan holda sanoat, qishloq xoʻjaligi, eksport, investitsiyalar, qurilish, xizmat koʻrsatish va boshqa tarmoqlar boʻyicha kichik dasturlar ishlab chiqiladi va 2-ilovadagi yoʻnalishlarga muvofiq tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 10 kun muddatda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yillik dasturida nazarda tutiladigan kichik dasturlarni ishlab chiqish uslubiyotini mahalliy hokimliklarga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda hududlarning tabiiy geografik joylashuvi, demografik koʻrsatkichlari, xomashyo bazasi, ixtisoslashuvi, infratuzilmaviy imkoniyatlari, urbanizatsiya va aglomeratsiya jarayonlari, zaxiralari, yirik investitsiya loyihalari, resurslardan samarali foydalanishning asosiy yoʻnalishlari hamda tadbirkorlarning tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman (shahar) mahalliy budjetlarining xarajatlarini bosqichma-bosqich toʻliq oʻz daromadlari va ichki manbalar hisobidan qoplashga erishish maqsadida Oliy Majlis Senati va Vazirlar Mahkamasining mahalliy davlat hokimiyati organlariga quyidagi moliyaviy imkoniyat va vakolatlar berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2025-yil 1-yanvardan aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, davlat aktivlarini ijaraga berishdan tushumlarni toʻliq hajmda hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi tushumlarining kamida 50 foiz qismini tuman (shahar)lar budjetlariga oʻtkazish (yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan soliqlar hamda daromadlari xarajatlaridan koʻp boʻlgan tuman (shahar)lar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli boʻlgan aksiyalar (ulushlar)ni sotishdan tushgan mablagʻlarning (qonunchilikka muvofiq chegiriladigan xarajatlardan tashqari) 90 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetiga va Toshkent shahrining shahar budjetiga hamda obyekt joylashgan tuman (shahar) budjetiga teng ulushlarda taqsimlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet daromadlarining qoʻshimcha zaxiralarini aniqlash va undirish boʻyicha manfaatdorligini oshirish maqsadida 2025-yildan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)larning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining eng kam va eng yuqori qatʼiy belgilangan stavkalari doirasida tuman (shahar)lar kesimida yakka tartibdagi tadbirkorlarga qatʼiy soliq stavkalari miqdorini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solish maqsadida qoʻllanadigan koʻchmas mulk ijara qiymatining 1 metr kvadrat uchun oʻrnatilgan minimal miqdorlariga nisbatan tuman (shahar)lar kesimida 2 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyent, xususan, Toshkent shahrida ushbu oshiruvchi koeffitsiyentni yer soligʻi kabi zonalar kesimida qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari tuman (shahar)lar kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga 0,7 barobardan 1,5 barobargacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllash (qishloq xoʻjaligi, elektr stansiyalari, kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari va roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan yirik soliq toʻlovchilar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda qurilish materiallari boʻyicha (sement ishlab chiqarishga moʻljallangan ohaktoshdan tashqari) yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning qatʼiy belgilangan stavkalariga 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyent belgilash vakolatlarini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlariga Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini drayver loyihalarni amalga oshirish hamda yangi yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish uchun ularni zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlashga yoʻnaltirishga ruxsat berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklariga tadbirkorlik subyektlari uchun shart-sharoitlar yaratish va aholini tadbirkorlikka jalb qilish yoʻnalishida quyidagi vakolatlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2025-yil 1-martdan boshlab hududi 10 ming metr kvadratdan, baholangan qiymati 5 ming BHMdan oshmagan hamda 6 oy davomida sotilmagan mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli koʻchmas mulk obyektlarini (Toshkent shahri tumanlari va viloyat markazlari bundan mustasno) ikki yil ichida yangi loyihani ishga tushirish va ish oʻrinlari yaratish sharti bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻridan-toʻgʻri 10 yil muddatga ijaraga berish hamda davlat mulki uchun 4 yil davomida uzluksiz ijara toʻlovlarini amalga oshirgan va ijara shartnomasi shartlarini bajargan tadbirkorga xususiylashtirish yoki baholangan qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tan olingan xorijiy til va malaka sertifikatlarini olishga oʻqitadigan mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar yoki tashkilotlarga dastlabki birinchi yili ijara toʻlovi undirmasdan 5 yil muddatga keyinchalik uning muddatini uzaytirish sharti bilan ijaraga berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi bir oy muddatda mahalliy hokimliklarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berish va sotish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar Yer kodeksining 36-moddasida belgilangan tartibda bekor qilinganda, ushbu yer uchastkalarini davlat mulkidagi boʻsh turgan yer sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda 3-ilovaga muvofiq tuman (shahar)larni jadal kompleks rivojlantirish dasturi loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bir oy muddatda har bir tuman va shaharda hududning iqtisodiy oʻsishiga turtki beruvchi sanoat, qishloq xoʻjaligi hamda xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida 2025-yilga moʻljallangan kamida 5 tadan drayver loyihalarning manzilli roʻyxatini Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda dasturlar va drayver loyihalarning amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar uchun Davlat budjeti parametrlarida mablagʻlar alohida satrda aks ettiriladi hamda tuman (shahar) kengashlari qarorlari asosida ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman (shahar)lar hokimliklariga quyidagi yoʻnalishlarda maʼmuriy vakolatlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat boshqaruvi organlari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida “doimiy aloqa” tizimini yaratish maqsadida tuman (shahar)larda Tadbirkorlar jamoatchilik kengashini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2025-yil 1-yanvardan 4-ilovaga muvofiq vazirlik va idoralarning tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlarini masʼul vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, shuningdek, tegishli masʼullarga ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar 3-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha tuman (shahar)larda huquqiy eksperiment tariqasida tuman (shahar) hokimligi faoliyatini “Aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish” yangicha yondashuvi asosida tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tuman (shahar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan kelib chiqib, vazirlik va idoralarning tuman (shahar) boʻlinmalari amaldagi shtat birliklari hisobiga hokimga toʻgʻridan-toʻgʻri hisobot beradigan va loyihani boshlab, yakuniga yetkazadigan malakali xodimlardan iborat loyiha ofislari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofislarini tuzish va shtat birliklarini taqsimlash masalalari Vazirlar Mahkamasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Bunda Vazirlar Mahkamasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan bir hafta muddatda xulosasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofislari tomonidan amaliyotga joriy etilgan loyihalar natijadorligidan kelib chiqib, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan oʻzlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan loyiha ofislariga jalb qilingan xodimlarni mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining oʻn barobarigacha miqdorda bir martalik ragʻbatlantirish choralarini koʻrishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlik va idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining tegishli kompleksiga kiruvchi tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlarini har yili kvota doirasida tajriba almashish, zamonaviy ish uslublarini oʻrgatish maqsadida vazirlik (idora)larning markaziy apparatiga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik (idora)larning zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan salohiyatli kadrlari (boʻlim boshligʻi va undan yuqori lavozimlar)ni rotatsiya asosida masʼul lavozimlarga vaqtinchalik oʻtkazish tartibini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu tartibni joriy etish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar)lar hokimliklari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish miqdorini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi tegishli idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish borasida mahalliy hokimliklar faoliyatini 10 ta asosiy yoʻnalishlarda hisobdorligini oshirish boʻyicha “samaradorlik.uz” elektron platformasida baholash amaliyotini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2691-son qaroriga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 20-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-223-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilda respublika va hududlar kesimida iqtisodiy oʻsish, ishsizlik va kambagʻallik darajasini pasaytirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(foizda)

T/r

Hudud nomi

Yalpi ichki mahsulot/yalpi hududiy mahsulot oʻsish surʼati

Ishsizlik darajasi

Kambagʻallik darajasi

Oʻzbekiston Respublikasi

6,0

5,0

6,0

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

6,0

5,4

7,6

2.

Andijon viloyati

5,5

5,0

6,6

3.

Buxoro viloyati

6,1

4,7

5,4

4.

Jizzax viloyati

5,8

5,4

7,2

5.

Qashqadaryo viloyati

6,1

5,3

6,4

6.

Navoiy viloyati

6,1

2,5

3,4

7.

Namangan viloyati

6,4

4,7

5,3

8.

Samarqand viloyati

6,3

4,8

5,4

9.

Surxondaryo viloyati

6,1

5,6

4,9

10.

Sirdaryo viloyati

5,8

5,4

7,4

11.

Toshkent viloyati

6,8

5,1

4,5

12.

Fargʻona viloyati

6,3

4,5

5,0

13.

Xorazm viloyati

6,0

4,9

5,9

14.

Toshkent shahri

8,1

4,2

4,4

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturida nazarda tutiladigan kichik dasturlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Kichik dasturlar

Kichik dasturning asosiy mazmuni

Kichik dasturlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vazirlik va idoralar

1.

Hududiy sanoatni rivojlantirish kichik dasturi

Sanoatda qoʻshilgan qiymat hajmini yiliga oʻrtacha 8 — 10 foizga va mehnat unumdorligini 5-6 foizga oshirish uchun hududning tabiiy xomashyo, mehnat resurslarini va “solishtirma ustunliklarini” inobatga olgan holda xomashyodan tortib tayyor mahsulotgacha ishlab chiqarish zanjirini tashkil qilish, birinchi navbatda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashni kengaytirish orqali oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

2.

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish kichik dasturi

Bir gektardan olinadigan oʻrtacha daromadni uzluksiz oshirish, suv tejovchi hamda ilm-fan va seleksiya yutuqlariga asoslangan texnologiyalardan samarali foydalanish, hosildorligi past boʻlgan paxta va gʻalla yer maydonlarida, shuningdek, ijaraga berilgan yer maydonlari va aholi tomorqalarida “bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida yuqori daromadli eksportbop mahsulotlarni innovatsion yechimlar asosida yetishtirishni tashkil etish.

Dala chetlari hamda kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilishini samarali tashkil etish.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

3.

Qurilishni rivojlantirish kichik dasturi

Yangi bino, inshoot hamda shahar markazlarining zamonaviy qiyofasini shakllantirish, amalga oshirish hamda qurilishda energiya tejamkor va yashil texnologiyalarga ustuvorlik berish, bosh reja va master rejalar asosida kompleks tarzda muhandislik-transport kommunikatsiyasi, ijtimoiy soha, ishlab chiqarish hamda savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari bilan taʼminlash hamda urbanizatsiya jarayonlarini inobatga olgan holda koʻp qavatli uy-joylar qurish.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

4.

Xizmatlarni rivojlantirish kichik dasturi

Bozor xizmatlari hajmini oʻrtacha yillik 14-15 foizga, shu jumladan, IT xizmatlari hajmini kamida 15 — 20 foizga oshirish, bozorlarni zamonaviy shaklga keltirish, sayilgohlar, istirohat bogʻlari, sohil va yoʻlboʻyi infratuzilmasi imkoniyatlaridan toʻlaqonli foydalanish, transport va aloqa xizmatlarini yaxshilash, hudud ixtisoslashuvidan kelib chiqib, togʻli va togʻoldi hududlarda rekreatsion turizmni rivojlantirish.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Transport vazirligi,

Turizm qoʻmitasi,

tegishli vazirlik va idoralar

5.

Hududiy eksport va investitsiyalar hajmini oshirish kichik dasturi

Eksport hajmini yillik 15 — 20 foizga, shundan tayyor va yarim tayyor mahsulotlar eksportini 25 foizga oshirish uchun hududlarda xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar sonini koʻpaytirish, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega va hududning rivojlanishiga turtki beruvchi loyihalarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

tegishli vazirlik va idoralar

6.

Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish kichik dasturi

Tadbirkorlik faoliyati uchun qulay biznes infratuzilmasini yaratib, boʻsh turgan bino-inshootlar va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydonlarini sotish, aholi va tadbirkorlarning moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish, faoliyatini toʻxtatgan hamda kam quvvatda ishlayotgan tadbirkorlik subyektlarini sogʻlomlashtirish, aholini biznesga jalb qilish.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Kadastr agentligi,

tegishli vazirlik va idoralar

7.

Aholi bandligini va daromadlarini oshirish, ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirish kichik dasturi

Ishsizlik darajasini 5 foizgacha pasaytirish va kambagʻallik darajasini yiliga kamida 2-3 foizdan kamaytirib borish uchun aholini xorijiy tillarga, xalqaro tan olingan dasturlarga asosan yuqori daromadli kasblarga oʻqitish, ishsiz va kambagʻal aholining hunarmandchilik va tadbirkorlik bilan shugʻullanishiga sharoit yaratish, norasmiy band aholini qoʻllab-quvvatlash bilan ular faoliyatini legallashtirish.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Soliq qoʻmitasi,

tegishli vazirlik va idoralar

8.

Yashil tamoyil va yondashuvlarni joriy etish kichik dasturi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ulushini har yili 5 — 10 foizga oshirishni taʼminlashda yangi quriladigan va mavjud bino-inshootlar hamda xonadonlarda energiya samaradorlikni oshirishga qaratilgan quyosh panellari, geliokollektorlar va issiqlik nasoslarini oʻrnatish, “yashil makon” va boshqa yashil loyihalar doirasidagi tadbirlarni sifatli amalga oshirish.

Energetika vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

9.

Ijtimoiy sohani rivojlantirish kichik dasturi

2030-yilga qadar bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olish darajasini oshirish, maktablarda zamonaviy taʼlim olish uchun sharoit yaratish va yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish uchun ijtimoiy soha obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa ijtimoiy obyektlarda keng joriy etish, sogʻliqni saqlash sohasida kafolatlangan tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jadal kompleks rivojlantirish dasturi loyihalari ishlab chiqiladigan tuman (shahar)lar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Tuman (shahar) nomi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Qoʻngʻirot tumani

2.

Chimboy tumani

3.

Andijon viloyati

Asaka tumani

4.

Buxoro viloyati

Gʻijduvon tumani

5.

Jizzax viloyati

Gʻallaorol tumani

6.

Qashqadaryo viloyati

Yakkabogʻ tumani

7.

Navoiy viloyati

Xatirchi tumani

8.

Namangan viloyati

Chortoq tumani

9.

Samarqand viloyati

Bulungʻur tumani

10.

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo tumani

11.

Surxondaryo viloyati

Denov tumani

12.

Toshkent viloyati

Yangiyoʻl shahri

13.

Fargʻona viloyati

Quva tumani

14.

Margʻilon shahri

15.

Xorazm viloyati

Shovot tumani

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rahbarlari tuman (shahar) hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boʻlimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Boʻlimlar nomi

1.

Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi

2.

Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi

3.

Tuman (shahar) investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimi

4.

Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi

5.

Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi

6.

Tuman (shahar) madaniyat boʻlimi

7.

Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi

8.

Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) boʻlimi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Vazirlik va idoralarning tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari bir vaqtning oʻzida tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari lavozimini egallagan hollarda ularni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Tuman (shahar)ni jadal kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

1. Tuman (shahar) jadal kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini shakllantirish uslubiy yoʻriqnomasini ishlab chiqish.

2025-yil fevral

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

2. Dastur loyihasini ishlab chiqishning asosiy yoʻnalish va masalalarini mahalliy hokimlik rahbarlari va masʼullariga tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etish.

2025-yil mart

3. Qabul qilingan respublika, tarmoq, soha va hududlarni rivojlantirish dasturlari bilan uygʻunlikda tuman (shahar)ni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi loyihasini keng jamoatchilik va biznes vakillari fikrini inobatga olgan holda ishlab chiqish va Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishish.

doimiy

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

4. Tuman (shahar)ni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi loyihasini Xalq deputatlari tuman va shaharlar mahalliy kengashlariga mahalliy budjet parametrlari bilan birga tasdiqlash uchun kiritish.

belgilangan muddatda

2.

Davlat koʻchmas mulk obyektlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish.

1. Tuman (shahar)dagi davlat va davlat ishtirokidagi korxonalar tasarrufidagi boʻsh turgan hamda samarasiz foydalanilayotgan obyektlar, koʻp qavatli turarjoylarning foydalanilmayotgan yertoʻla qismi, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazish.

2. Shakllantirilgan roʻyxat asosida belgilangan tartibda obyekt va yerlarni tadbirkorlarga ijaraga berish yoki mulk huquqi asosida sotish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Har chorakda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Kadastr agentligi

3.

106 ta tuman va shaharda 136 ta master reja ishlab chiqishni yakunlash va tasdiqlash.

Bunda:

38 ta urbanizatsiya yoʻnalishidagi master reja;

20 ta turizm maskanlarini tashkil qilishga qaratilgan master reja;

10 ta kompleks iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan master reja;

68 ta yoʻlboʻyi infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan master rejani ishlab chiqish.

1. Master rejalarni tasdiqlangan minimal talablar asosida ishlab chiqilgan texnik topshiriqlarga muvofiq tayyorlash.

2025-yil fevral

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Turizm qoʻmitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Kadastr agentligi

2. “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari buyurtmachiligida ishlab chiqilgan master reja loyihalarini Master-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha loyiha ofislari tomonidan maʼqullangandan soʻng koʻrib chiqish, kelishish va tasdiqlash.

2025-yil mart

3. Tasdiqlangan master rejalarga muvofiq, master-rejalar hududidagi boʻsh yer uchastkalarini auksion savdolariga va “K-savdo” platformalariga chiqarish.

2025-yil davomida

4. Master rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni doimiy monitoring qilib borish.

doimiy

4.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tashkiliy tuzilmasidagi Master-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha loyiha ofislari (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ofislari) faoliyatini takomillashtirish

1. Loyiha ofislari rahbarlari va xodimlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishga qabul qilish va lavozimidan ozod etish, ragʻbatlantirish va jazo choralarini koʻrib borish.

2. Loyiha ofislariga master rejalarni ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachilik vazifasini bajarishga ruxsat berish.

3. Loyiha ofislariga tasdiqlangan master rejalarga muvofiq master reja hududlaridagi boʻsh yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish maqsadida “Yerelektron” AATga yer tanlash materiallarini kiritish va vakolatli organlarga kelishish uchun yuborish vakolatini berish.

4. Har chorakda bir marta Loyiha ofislari rahbarlari va xodimlarining malakasini oshirib borish.

Doimiy

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar hokimliklari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kadastr agentligi

5.

Ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlar hamda iqtisodiy faollik holatini real vaqt rejimida kuzatib borish va baholash imkonini beruvchi “Raqamli ofis” axborot tizimini ishga tushirish.

1. “Raqamli ofis” axborot tizimini joriy qilish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2025-yil yanvar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

2. Aholi va tadbirkorlik subyektlariga mahalla hududida koʻrsatilishi mumkin boʻlgan interaktiv davlat xizmatlari boʻyicha takliflarni shakllantirish.

2025-yil fevral

3. “Raqamli ofis” axborot tizimini yaratish va ishga tushirish choralarini koʻrish.

2025-yil may

6.

Hududlarda shakllangan yangi avlod tadbirkorlarini qoʻllab-quvvatlash.

1. Har bir tuman (shahar)larda innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha takliflari roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil fevral

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Har bir tuman (shahar)larda kamida 5 tadan startap va innovatsion loyihani amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash.

2025-yil mart

3. Oʻsish va rivojlanish salohiyatiga ega tadbirkorlik subyektlari loyihalari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish.

doimiy

7.

Kichik biznes subyektlari loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash.

1. Oʻsish va rivojlanish salohiyatiga ega kichik biznes subyektlarining istiqbolli loyihalari roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil fevral

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ,

tijorat banklari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. “Biznesga birinchi qadam”, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari, “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida istiqbolli loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash.

3. Har chorakda moliyalashtirilgan loyihalar monitoringini yuritish.

4. Mentorlar koʻmagida har bir hududda kamida 10 tadan yangi biznes loyihalarini amalga oshirish va muvofiqlashtirish.

doimiy

8.

Ijtimoiy sohalar, shu jumladan, maktab va maktabgacha taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, madaniyat obyektlari hamda istirohat bogʻlarini rivojlantirishda xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish.

1. Tuman (shahar)lardagi obyektlar va yer maydonlari negizida xususiylashtirish yoki davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish imkoniyati mavjud boʻlgan birlamchi loyihalar roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil yanvar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

tarmoq vazirlik va idoralari

2. Sohalarda belgilangan ustuvor vazifa va maqsadli koʻrsatkichlar hamda loyihalarni iqtisodiy asoslantirilganligidan kelib chiqib, loyihalarning yakuniy roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil fevral

3. Loyihalarni xususiylashtirish yoki davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish yuzasidan takliflarni shakllantirish va loyiha konsepsiyalari bilan birgalikda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritish.

2025-yil fevral

9.

Tashabbuskor hokimliklar faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash uchun ushbu hududlarga xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini keng jalb qilish.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishda natijaga asoslangan moliyalashtirish (PforR) tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2025-yil aprel

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

10.

Urbanizatsiya — 2040” konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

45 ta mintaqaviy, mahalliy va shahar aglomeratsiya hududlarini belgilash, tabiiy ravishda tez oʻsuvchi rivojlanish nuqtalarini aniqlash, shahar aholi punktlarining vertikal oʻsishini taʼminlash va hududlarning institutsional asosini mustahkamlashni nazarda tutuvchi “Urbanizatsiya — 2040” konsepsiyasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil may

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Sanoatni solishtirma ustunlikka ega boʻlgan sohalarida yuqori va oʻrta texnologiyali mahsulotlarga boʻlgan talab va hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda Jahon savdo tashkiloti qoidalariga toʻliq mos keluvchi sanoat siyosati konsepsiyasi asosida rivojlantirish.

Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda 2030-yilgacha respublika sanoatini rivojlantirish strategiyasi loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil avgust

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

Oʻzbekiston Respublikasining “Sanoat toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil dekabr

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son Farmoniga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2691-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar hokimliklari boshqaruv apparatining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hokim

Yordamchi

1

Hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi

Hokimning qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Hokimning oʻrinbosari — viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi

Hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi*

Hokimning turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari

Hokimning oʻrinbosari — Oila va xotin- qizlar boshqarmasi boshligʻi**

Hokimning mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi

Hokimning sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari va kotibiyati**

2

Kotibiyat

Mudir 1;

Bosh mutaxassis 1-2;

Yetakchi mutaxassis 0-1;

1-toifali mutaxassis 0-1.

2-3

Kotibiyat

Mudir 1;

Bosh mutaxassis 0-1;

Energiya menedjeri 1

Yetakchi mutaxassis 0-1;

1-toifali mutaxassis 0-1.

2 — 5

Kotibiyat

Mudir 0-1;

Bosh mutaxassis 1;

Yetakchi mutaxassis 0-1;

1-toifali mutaxassis 0-1.

1-2

Kotibiyat

Mudir 1;

Bosh mutaxassis 1-2;

Yetakchi mutaxassis 0-1;

1-toifali mutaxassis 0-1.

2 — 5

Kotibiyat

Mudir 0-1;

Bosh mutaxassis 1;

Yetakchi mutaxassis 0-1;

1-toifali mutaxassis 0-1.

1 — 3

Kotibiyat

Mudir 1;

Bosh mutaxassis 1;

Yetakchi mutaxassis 0-1;

1-toifali mutaxassis 0-1.

2 — 4

Kotibiyat

Mudir 1.

1

Kotibiyat

Mudir 1.

1

Kotibiyat

Mudir 1;

Bosh mutaxassis 1;

Yetakchi mutaxassis 0-1;

1-toifali mutaxassis 0-1.

2-3

Tashkiliy — kadrlar guruhi

4-5

Hokimning madaniyat masalalari boʻyicha maslahatchisi ********

1

Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash guruhi

Rahbar 0-1;

Bosh mutaxassis 1.

1-2

Master-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha Loyiha ofisi

Rahbar 1;

Bosh mutaxassis 1;

Yetakchi mutaxassis 1;

1-toifali mutaxassis 0-1.

3-4

Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va investitsiyalar jalb qilish boʻyicha shoʻbasi *******

Bosh mutaxassis 1.

1

Hokimning qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha maslahatchisi *****

1

Hokimning raqamlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi ****

1

Hokimning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samara- dorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi

1

Hokimning harbiy masalalar boʻyicha maslahatchisi***

1

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat shoʻbasi

Rahbar 1.

1

Protokol boʻlim ******

Bosh mutaxassis 1.

1

Ilm-fan va innovatsiyalar shoʻbasi **********

Mudir 1.

1

Ichki audit xizmati

Bosh mutaxassis 1.

1

Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi

Rahbar 0-1;

Bosh mutaxassis 1;

Yetakchi mutaxassis 0-1.

1 — 3

Hokimning matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi

1-2

Bolalarni himoya qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

0-1

Yer uchastkalarini olish va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish shoʻbasi

Rahbar 0-1;

Bosh mutaxassis 0-1;

0 — 2

Yuridik xizmat

Rahbar 1;

Yuriskonsult 1.

2

Ijro intizomi nazorati boʻlimi

Boshliq 1;

Bosh mutaxassis 1;

Yetakchi

mutaxassis 0-1.

2-3

Axborot — tahlil guruhi

Rahbar 1;

Bosh mutaxassis 1-2;

Yetakchi mutaxassis 0-1.

1-toifali mutaxassis 0-1.

3 — 5

Umumiy boʻlim

(Devonxona)

Boshliq 0-1;

Bosh mutaxassis 1;

Yetakchi mutaxassis 0-1.

1 — 3

Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi

Boshliq 0-1;

Bosh mutaxassis 1;

Yetakchi mutaxassis 0-1.

0 — 4

Ishlar boshqarmasi

Rahbar 1;

Bosh hisobchi 1;

Bosh mutaxassis 0-2;

Yetakchi mutaxassis 0-1.

2 — 4

Maxsus boʻlim ******

Boshliq 0-1;

Bosh mutaxassis 0-1.

2

Hokimning jamoatchilik bilan ishlash boʻyicha maslahatchisi *****

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 61 — 70 birlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jami boshqaruv xodimlari soni — 763 birlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar hokimliklarining budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha boshqaruv xodimlari shtat birliklarini kiritish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida hokimning “birinchi” oʻrinbosari lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Hokimlik shtat birligi soniga kirmaydi, Samarqand viloyatiga tegishli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Surxondaryo va Andijon viloyatiga tegishli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**** Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Navoiy, Namangan va Xorazm viloyatlarida tasdiqlangan shtat birligi doirasida, Andijon, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida hokimlik shtat birligi soniga kirmaydi va jamoatchilik asosida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
***** Qashqadaryo viloyatiga tegishli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
****** Toshkent viloyatiga tegishli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
******* Xorazm viloyatiga tegishli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
******** Namangan viloyatiga tegishli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
********* Navoiy viloyatiga tegishli” .
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 06/24/223/1043-son)