13.01.2026 yildagi VII-19-1-2-40-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.01.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI ROMITAN TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashining 2025-yil 2-may kunidagi VII-10-73-2-40-K/25-sonli qarori ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, Romitan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Gʻ.Gʻaybulloyevning 2025-yil 28-noyabr kunidagi 264/1-sonli xati bilan kiritgan taklifini tinglab, muhokama qilib hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6 , 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Romitan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Gʻ. Gʻaybulloyevning 2025-yil 28-noyabr kungi 264/1-sonli xati bilan kiritilgan taklifi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashining 2025-yil 2025-yil 2-may kunidagi VII-10-73-2-40-K/25-sonli qarorining ilovasiga oʻzgartirish kiritilsin va ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qarorning bajarilishini taʼminlash vazifasi tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi A. Raxmatov va qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Gʻ. Gʻaybulloyev zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimligining axborot xizmati rahbari I. Sattorovga mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi O. JUMAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati, Romitan tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 13-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-19-1-2-40-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.