XALQ DEPUTATLARI ROMITAN TUMANI KENGASHINING
QARORI
Romitan tumanida vegetatsiya davri uchun yakuniy iste'molchilar kesimida ekinlarni sug'orish uchun suv olish limitlarini hududlar bo'yicha tasdiqlash to'g'risida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5 yanvardagi “Quyi bo'g'inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5 yanvardagi “Quyi bo'g'inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Romitan tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori G'.G'aybullayevning Romitan tumani bo'yicha 2025-yil vegetatsiya davrida sug'orish ishlari uchun ajratilgan suv limiti to'g'risidagi taklifi ma'qullansin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3.Tuman hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari-qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi A.Raxmatov, Romitan tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori G'.G'aybullayevlarga:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo'g'inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida iste'molchilarga suv yetkazib berish;
o'ziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sug'orish tarmoqlari va ularning gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash,
ta'mirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
iste'molchilar kesimida iste'mol qilingan suv hajmi to'g'risidagi ma'lumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv iste'molchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xo'jaligi xizmatilarini ko'rsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni o'z vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Tuman hokimligi apparati matbuot xizmati (I.Sattorov), “Romitannoma” tuman gazetasi (M.Atoeva), tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM (Gʼ.Gʼaybullayev) bilan birgalikda mazkur qarorning mazmunmohiyatini, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “suv — tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni davom ettirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi xolis va toʻliq maʼlumotlarni jamoatchilikka tezkorlik bilan yetkazish maqsadida tuman mahalliy ommaviy axborot vositasi va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borilishi tavsiya etilsin.
5. Mazkur qaror ijrosining nazorati Agrar, suv xo'jaligi masalalari va ekologiya bo'yicha doimiy komissiyasi raisi (Gʼ.Gʼaybullayev) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi BARNOYEV UMEDJON ISOYEVICH
Buxoro viloyati, Romitan tumani,
2025-yil 2-may,
VII-10-73-2-40-K/25-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.
(ilova Buxoro viloyati Xalq deputatlari Romitan tumani kengashining 2026-yil 13-yanvardagi VII-19-1-2-40-K/26-sonli qarori tahririda)