29.12.2025 yildagi III-18-134-14-199-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirobod tumanida joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha 2026-yilda soliq stavkasiga qoʻllanadigan koeffitsiyentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 61-bob, 429-moddasiga muvofiq, yer soligʻi boʻyicha yuridik shaxslardan hamda 62-bob, 437-moddasi, yer soligʻi boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, koʻcha kesimida tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan kiritilishi belgilab qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 24-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ‑78‑son qaroriga asosan tumanlar (shaharlar) va zonalarga qarab oʻrnatiladigan oshiruvchi koeffitsiyentni faoliyat yoki obyekt turlari boʻyicha tabaqalashtirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 17-dekabrdagi 03/41-4-28285-sonli xati asosida “Mirobod tumanida joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha 2026-yilda soliq stavkasiga qoʻllanadigan koeffitsiyentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Salaydinov va tuman soliq inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari S. Ibroximbekovning axborot va takliflarini tinglab, muhokama qilib, soliq yoʻnalishidagi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi muvofiq, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi, qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Mirobod tumanida joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha 2026-yilda soliq stavkasiga qoʻllanadigan koeffitsiyentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Salaydinov hamda Mirobod tuman soliq inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari S. Ibroximbekovning axborotlari, takliflari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan, Mirobod tuman hokimligi, Mirobod tuman soliq inspeksiyasi hamda Kengash deputatlari va doimiy komissiyalari tomonidan bildirilgan takliflar asosida tayyorlangan Kengash qarori loyihasi, regulation.gov.uz saytida ID-111079-sonli raqam bilan 15 kun muddatga jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mirobod tumanida 2026-yilda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan jismoniy shaxslarga tegishli turar joylari joylashgan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalariga qoʻllanilgan koeffitsiyentlar miqdori (1-ilova)ga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirobod tumanida 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan noturar-joy binolari joylashgan yer maydonlariga belgilangan soliq stavkalariga qoʻllanilgan koeffitsiyentlar miqdori (2-ilova)ga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mirobod tumani hokimining birinchi oʻrinbosari A. Salaydinov va tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi X. Inomovga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qaror kuchga kirgandan soʻng besh kunlik muddat ichida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun 2026-yilga belgilangan soliq stavkalarini jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman hokimining matbuot kotibi (D. Raxmatova)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror matbuotda rasmiy eʼlon qilinishi hamda tuman hokimligining web-sayti, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror 2026-yilning 1-yanvar sanasidan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror ijrosi yuzasidan, tuman soliq inspeksiyasi hamda jismoniy yoki yuridik shaxslar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar oʻrnatilgan tartibda sud orqali hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “Mirobod tumanida joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha 2025-yilda soliq stavkasiga qoʻllanadigan koeffitsiyentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi III-4-030-14-199-K/24-sonli qarori, 2026-yil 1-yanvaridan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Mamanazarov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi A. SAYFUTDINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III-18-134-14-199-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.