XALQ DEPUTATLARI KOSONSOY TUMANI KENGASHINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini taʼminlash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-172-sonli Farmonining ijrosi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.09.2025-yildagi PF-172-sonli Farmoni tumanda ijrosini sifat tashkil etish maqsadida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini xatlovdan oʻtakazish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish ishlarni tashkil etish boʻyicha kadastrlar palatasi tuman boʻlimining 15.12.2025-yildagi 25-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi qaror qiladi:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini taʼminlash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-172-sonli Farmoni maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.09.2025-yildagi PF-172-sonli Farmoni tumanda ijrosini sifat tashkil etish maqsadida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini xatlovdan oʻtakazish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish ishlarni tashkil etish boʻyicha ishchi guruh ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tuman ishchi guruhiga:
tumanda boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni hisobga olishni;
tuman hokimligi tasarrufidagi boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning hisobga olinishi va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar real vaqt rejimida Qishloq xoʻjaligi vazirligining “E-ijara” axborot tizimiga yuborilishini;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning oʻrnatilgan tartibda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlash;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan, birinchi navbatda, ikki oy ichida doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yerlardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash ishlarini samarali tashkil etsin va ijrosini taʼminlasin.
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer egalariga va foydalanuvchilariga oʻzining yer uchastkalariga boʻlgan egalik qilish va foydalanish huquqlarini 2027-yil 1-yanvarga qadar Xalq deputatlari tuman Kengashi qarori asosida ijara huquqiga oʻzgartirish imkoniyati berilganligi toʻgʻrisida batafsiltushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etsin.
3. Tuman hokimining matbuot kotibi — Axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi (R. Temirov) hamda tuman “Kosonsoynoma” gazetasi, ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositasi hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borish vazifasi yuklansin.
4. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari Gʻ. Shodibekov, nazorat qilish Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Z. Nuriddinov) zimmasiga yuklatilsin
Kengash raisi D. KADIROV
Namangan viloyati, Kosonsoy tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-14-123-6-80-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.