12.09.2025 yildagi PF-172-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini taʼminlash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida yer resurslaridan oqilona, samarali va uzluksiz foydalanish, boʻsh turgan yer uchastkalarining oʻz vaqtida hisobga olinishi va realizatsiya qilinishini tashkil qilish, yer maydonlarini qayta ijaraga berish tartibini soddalashtirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar va vazifalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tuman (shahar) hokimliklari tasarrufidagi boʻsh turgan yer uchastkalarini toʻliq hisobga olish va realizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni qayta ijaraga berish tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga boʻlgan huquqlarni toʻliq davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boʻsh turgan yer maydonlarini qisqa muddatda ijaraga berish, korxonalarning iqtisodiy holatidan qatʼi nazar, barcha turdagi qishloq xoʻjaligi yerlariga mos ekin ekish, normativ hosildorlikdan kam boʻlmagan mahsulot yetishtirish va hosilni nes-nobud qilmasdan oʻrib-yigʻib olish — yer uchastkalarining ijarachilari (egalari, foydalanuvchilari), ijaraga beruvchilari, agrosanoat majmuasi tarkibidagi davlat organlari va tashkilotlari uchun birinchi navbatdagi ustuvor vazifa ekanligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Boʻsh turgan yerlarni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Barcha tuman va shahar hokimlari quyidagilar uchun masʼul va shaxsan javobgar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tegishli tuman (shahar) hududida joylashgan barcha turdagi boʻsh turgan yer uchastkalari oʻn kun muddatda oʻz qaroriga asosan davlat yer kadastrida boʻsh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar bekor qilingan har bir holatda ushbu yer oʻn kun muddatda oʻz qaroriga asosan boʻsh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) boʻsh turgan yer uchastkalarini ular davlat yer kadastrida hisobga olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) yer fondi toifasini oʻzgartirish, yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish rejalashtirilgani sababli darhol realizatsiya qilinmaydigan yer maydonlari haqida ushbu yer uchastkasini hisobga olish toʻgʻrisidagi oʻz qarorida asoslantirilgan sabablarni koʻrsatib oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) boʻsh turgan yer uchastkalari oʻzboshimchalik bilan egallab olinishiga, yer berish tartibini buzgan holda ajratilishiga, boshqa shaxslar tomonidan yerdan xoʻjasizlarcha foydalanilishiga yoki uning yaroqsiz holga tushirilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) boʻsh turgan yer uchastkalarini hisobga olish toʻgʻrisidagi qarorlarini rasmiy eʼlon qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqini elektron onlayn auksion savdolari orqali sotishdan tuman (shahar) budjetiga tushgan mablagʻlar tuman (shahar) budjetining qoʻshimcha manbalari hisoblanishi belgilab qoʻyilsin. Bunda ushbu mablagʻlar qatʼiy ravishda hududiy investitsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlariga muvofiq tegishli tumanda (shaharda) qishloq va suv xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, sugʻorish tizimlarini yaxshilash, zamonaviy suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish, yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qayta foydalanishga kiritish, qishloq xoʻjaligi sohasidagi eng soʻnggi ilmiy yangilik va innovatsion yondashuvlarni joriy etish tadbirlarini moliyalashtirish uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlariga asosan yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yer uchastkalarini qisman qayta ijaraga berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar ijarachilariga oʻziga ijaraga berilgan yer uchastkalarining bir qismiga nisbatan ijara shartnomasi boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga oʻtkazish (qayta ijaraga berish) huquqi berilsin, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ijarachining oʻzida qoladigan va qayta ijaraga oluvchiga oʻtkaziladigan yer uchastkalarining maydoni Yer kodeksining 461-moddasida belgilangan oʻlchamlardan kam boʻlmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yer uchastkalarini qisman qayta ijaraga berishda ularni ijarachi va qayta ijaraga oluvchi oʻrtasida taqsimlash qishloq xoʻjaligi xaritasidagi konturlar yaxlitligi va amaldagi sugʻorish tizimini saqlab qolgan holda alohida turgan konturlarni qayta taqsimlash orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) yer uchastkalarini qisman qayta ijaraga berishda taraflar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga nisbatan faqat ijara huquqini tan olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yer kodeksining 46-moddasiga muvofiq, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar faqat ijara huquqi asosida ajratilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan barcha turdagi yerlarga nisbatan ijara huquqidan boshqa har qanday shakldagi huquq tan olinmaydi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi. Bunda ushbu qoida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) davlat organlari, muassasalari va korxonalarining ijara huquqidan boshqa turdagi huquq bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlariga hamda yer fondining boshqa toifalari tarkibidagi qishloq xoʻjaligi yerlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2021-yil 1-avgustga qadar yakka tartibda uy-joy qurish huquqi bilan dehqon xoʻjaligi va tomorqa xoʻjaligini yuritish uchun hamda bogʻdorchilik va uzumchilik shirkatlariga ajratilgan yerlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Qurolli Kuchlar, chegara, ichki ishlar va boshqa qoʻshinlarning harbiy qismlari, harbiy oʻquv yurtlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining doimiy faoliyati uchun Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga berishga haqli ekanligi belgilab qoʻyilsin. Bunda ushbu yerlar mudofaa ehtiyojlari uchun moʻljallangan yerlar tarkibida tegishlicha qishloq xoʻjaligi yerlari, shu jumladan, sugʻoriladigan yerlar sifatida avvalgi holatida hisobga olinadi. Ushbu yerlarda yer fondi toifasini oʻzgartirmasdan kapital qurilish obyektlari qurishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer egalariga va foydalanuvchilariga oʻzining yer uchastkalariga boʻlgan egalik qilish va foydalanish huquqlarini 2027-yil 1-yanvarga qadar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarori asosida ijara huquqiga oʻzgartirish imkoniyati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga egalik qilish va foydalanish huquqi ijara huquqiga oʻtkazilgan hollarda ijara muddati ijara shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab quyidagicha etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ular muassisligidagi yuridik shaxslar uchun — 30 yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun — 25 yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tuman (shahar) hokimliklari tomonidan oʻn kun muddatda boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni hisobga olish yuzasidan qarorlar Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasiga hisobga olish uchun yuborilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Kadastr agentligi bilan birgalikda tuman (shahar) hokimliklari tasarrufidagi boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning hisobga olinishi va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar real vaqt rejimida Qishloq xoʻjaligi vazirligining “E-ijara” axborot tizimiga yuborilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning oʻrnatilgan tartibda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Adliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Kadastr agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda yer uchastkalarini qisman qayta ijaraga berishda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatini ishga tushirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Kadastr agentligi bilan birgalikda 2026-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan, birinchi navbatda, ikki oy ichida doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yerlardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash ishlarini samarali tashkil etsin va yakunlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) har oy yakunida ushbu bandga hamda mazkur Farmonning 9-bandiga asosan qabul qilingan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlari va amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Adliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Kadastr agentligi va Oʻzagroinspeksiya bilan birgalikda ikki oy muddatda yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi boʻyicha huquq va majburiyatlarni toʻliq yoki qisman boshqa shaxsga oʻtkazishga (qayta ijaraga berishga) ruxsat berilgani munosabati bilan yerga oid huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralarini qayta koʻrib chiqishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ushbu Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qoʻchqorov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Farmon ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 12-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-172-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi PF-172-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6243-son Farmonining 3-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“maxsus iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun, shuningdek, mahalliy va chet ellik investorlar, shu jumladan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida boʻlgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishda ushbu yer uchastkalarini ijaraga olish huquqining baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan bozor qiymatiga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilanadigan miqdordagi mablagʻni ijaraga oluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga toʻlash sharti bilan. Bunda yer uchastkasining qiymati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bevosita yoki boʻlib-boʻlib toʻlanishi yoxud ijaraga oluvchi tomonidan tashkil etilgan (tashkil etiladigan) xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga davlat ulushi sifatida kiritilishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi PF-198-son Farmoni bilan tasdiqlangan Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturining 5-pozitsiyasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Amalga oshirish mexanizmi” ustunining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3-bosqich — tijorat tashkilotlariga tegishli obyektlar (har chorakda kamida 20 mingta);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bosqich — yakka tartibdagi turar joylar va boshqa obyektlar (har chorakda kamida 150 mingta);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bosqich — koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar (2025-yildan boshlab har chorakda kamida 100 mingta)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Ijro muddati” ustunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) “2023-yil dekabr” va “2024-yil dekabr” soʻzlari tegishincha “2027-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2027-yil dekabr”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-15-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2-bandning “v” va “g” kichik bandlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 4-bandning birinchi xatboshisi “foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan holda” soʻzlaridan keyin “toʻliq yoki qisman” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 5-bandning ikkinchi va beshinchi xatboshilaridagi “2024-yil 31-dekabrga qadar” soʻzlari “2027-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-36-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 1-ilovaning 1.2.3-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2-ilovaning 21-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-son Farmoni bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat aktivlarini xususiylashtirish va davlat mulkini ijaraga berish yoʻnalishlaridagi imtiyoz va qoʻllab-quvvatlash choralarining “II. Yer uchastkalarini realizatsiya qilishda” boʻlimi 2-bandi “b” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-fevraldagi “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-44-son qaroriga 9-ilovaning 83-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori bilan tasdiqlangan Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 7-bandning birinchi xatboshidagi “davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan” soʻzlari “tuman (shahar) hokimining qaroriga asosan boʻsh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olingan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 19-bandning uchinchi xatboshisidagi “lot qiymatining dastlabki 15 foizini” soʻzlari “lot qiymatini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Nizomga 1-ilova 1-bosqichining “Muddat” ustunidagi “Yer uchastkasi davlat zaxirasiga olinib, davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin” soʻzlari “Yer uchastkasi tuman (shahar) hokimining qaroriga asosan boʻsh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olingandan keyin” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son)