NAMANGAN VILOYATI MINGBULOQ TUMANI HOKIMINING
QARORI
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2026-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
“Аholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 38-moddasi, “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 43-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 04-avgustdagi “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-126-sonli Farmoniga asosan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida tumanda 2026-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida qaror qilaman:
1. Tumandagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
2026-yilda mazkur toifadagi shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori belgilangan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Аholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 38-moddasiga asosan tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar (Keyingi oʻrinlarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar deb yuritiladi.) uchun ish oʻrinlarining eng kam miqdori (2-ilova) xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha 116,8 tani tashkil etadigan 7.0 foiz miqdorida, shu jumladan:
nogironlar uchun 3,0foiz (50 ta);
Kambagʻal oilalar reestridagi oilalarning aʼzolari uchun 2,9 foiz (49 ta);
Oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlanganlar uchun 0.7 foiz (11 ta);
Jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan shaxslar uchun 0,3 foiz (6 ta);
Odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun 0,1foiz (1 ta) miqdorida ish oʻrinlari zahirasi belgilansin.
3. Quyidagi ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar etib belgilansin:
muhandis, iqtisodchi, hisobchi, huquqshunos, zootexnik, agronom, shifokor, hamshira, kichik tibbiy xodim, oʻqituvchi, tarozibon, elektrik, farrosh, obodonlashtirish ishchisi, omborchi, EHM operatori, yukchi, ishchi, bogʻbon, qorovul va boshqa lavozimlar.
4. Tumandagi mavjud korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq ushbu qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasin;
2026-yil boshlanishidan kamida 10 kun oldin, zaxiraga qoʻyiladigan umumiy ish oʻrinlari sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish uchun zaxiraga qoʻyilishini va tayyorligini taʼminlasin, shuningdek, bu haqda yil boshlangunga qadar tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimini xabardor qilsin;
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini zaxiraga qoʻyish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan 2026-yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlasin, bu haqda tuman Аholi bandligiga koʻmaklashish markaziga birinchi chorak tamom boʻlgandan keyin 10 kundan kechikmay xabardor qilsin;
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlari tayyorligi toʻgʻrisida axborot taqdim etilmasligi, teng darajada zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan soni hisobiga ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining amalda tayyor emasligi tuman Аholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan tuman hokimining qarori bajarilmasligi sifatida qaralishi lozimligi qayd etilsin.
5. Tuman hokimining ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash boʻyicha ushbu qarori bajarilmaganda, shuningdek, bunday shaxslarni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun tashkilot, korxona va muassasalarning mansabdor shaxslariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga asosan maʼmuriy javobgarlik belgilanganligi alohida qayd etilsin.
6. Tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi (N.Mamajonov) “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini taʼminlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizmini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (PQ-64, 2024-yil 14-fevral) qaroriga asosan subsidiyalar ajratib berish tartibi amaliyotga joriy etilganligini hisobga olib, ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga – har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida haq toʻlashni taʼminlasin.
7. Tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi (N.Mamajonov) mazkur qarorni besh kun muddatda qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan tashkilot, korxona va muassasalarning rahbarlari eʼtiboriga yetkazilishini taʼminlasin.
8. Mazkur qaror “Mingbuloq” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va tuman hokimligining rasmiy veb saytiga joylashtirilsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari– tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A.Abdusalomov zimmasiga yuklatilsin.
10. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Tuman hokimi A. MANSUROV
Namangan viloyati, Mingbuloq tumani,
2025-yil 5-noyabr,
506-6-81-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.