11.12.2025 yildagi 357-4-62-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QASHQADARYO VILOYATI KITOB TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Kitob tuman hokimining 2025-yil 4-avgustdagi 261-4-62-Q/25-sonli qarori ilovasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomning 39-bandi boʻyicha tumandagi maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish uchun umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining mikrohududlarini aniq belgilab olish maqsadida tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻining 2025-yil 7-noyabrdagi 1092-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni 27-moddasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻining 2025-yil 7-noyabrdagi 1092-sonli xati inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kitob tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish boʻyicha umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) roʻyxati ilovasiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin va tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining oʻrinbosari O. Sharopov, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi M. Joniyev, barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlariga maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish, darslarga qatnashishi holati yuzasidan monitoring olib borish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralarni koʻrish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2024-yil 4-avgustdagi 261-4-62-Q/25-sonli qarorining qolgan bandlari oʻz kuchida qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qabul qilinayotgan mazkur qaror "e-qaror.gov.uz" elektron tizimi orqali elektron roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab ijrochilarga yetib borishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari O. Sharopov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kitob tumani hokimi R. GʻAFUROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 11-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
357-4-62-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.