QASHQADARYO VILOYATI KITOB TUMANI HOKIMINING
QARORI
Kitob tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish uchun umumiy oʻrta taʼlim muassasalari mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomining 39-bandi boʻyicha tumandagi maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish uchun umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining mikrohududlarini aniq belgilab olish maqsadida tuman Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi boshligʼining 2025-yil 30-iyundagi 656-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni 27-moddasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi boshligʼining 2025-yil 30-iyundagi 656-sonli xati inobatga olinsin.
2. Kitob tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish boʻyicha umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining oʻrinbosari O. Sharopov, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshlig'i M. Joniyev, barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlariga maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish, darslarga qatnashishi holati yuzasidan monitoring olib borish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralarni koʻrish topshirilsin.
4. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblansin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2024-yil 21-iyundagi 184-4-62-Q/24-sonli qarori o'z kuchini yuqotgan, deb hisoblansin.
6. Qabul qilinayotgan mazkur qaror "e-qaror.gov.uz" elektron tizimi orqali elektron roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab ijrochilarga yetib borishi inobatga olinsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari O. Sharopov zimmasiga yuklatilsin.
Kitob tumani hokimi GʻAFUROV R. A
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani,
2025-yil 4-avgust,
261-4-62-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.