Oʻzbekiston Respublikasi IQTISODIYOT VA Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi soliq qoʻmitasining
Qarori
“Yuqori budjetdan quyi budjetlarga oʻtkazib beriladigan daromadlarni rejalashtirish, ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 12-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2102-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 6-apreldagi 27, 2010-17-son “Yuqori budjetdan quyi budjetlarga oʻtkazib beriladigan daromadlarni rejalashtirish, ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2102, 2010-yil 12-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 18-19-son, 143-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 30-oktabr,
297-son
Soliq qoʻmitasi raisi SH. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-oktabr,
2025-21-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 30-oktabrdagi 297-son va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 15-oktabrdagi 2025-21-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Yuqori budjetdan quyi budjetlarga oʻtkazib beriladigan daromadlarni rejalashtirish, ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning muqaddimasidagi “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 560-modda)” degan soʻzlar “Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
1) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom yuqori budjetdan quyi budjetlarga mazkur hududlarda shakllangan oʻtkazib beriladigan daromadlarni rejalashtirish, ajratish tartibini belgilaydi.”;
2) 1-banddagi “iqtisodiyot va moliya boshqarmalari” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “navbatdagi moliya yili uchun asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlash jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining navbatdagi yil uchun “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 3-banddagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyati vakillik organlari” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan tegishli budjetlarga oʻtkazib beriladigan daromadlarni ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan respublika budjetining yagona gʻazna hisobvaragʻidan amalga oshiriladi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan, viloyatlar budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan quyi budjetlarga esa, tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va viloyatlar (Toshkent shahri) iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi.”;
6) 13-banddagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetlarga budjet ssudalarini berish va olingan budjet ssudalarini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga (roʻyxat raqami 1052, 2001-yil 19-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 14-son)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 140-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 15-banddagi “moliya boshqarmalari” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari oʻtkazib beriladigan daromadlarni oʻtkazish bilan bir vaqtda har oy, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga ajratma qilingan va tegishli tumanlar (shaharlar) hududida shakllangan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning haqiqiy tushumlari summalarini tegishli hududlar soliq boshqarmalarining maʼlumotlari asosida tahlil qiladi.”;
9) 17-banddagi “iqtisodiyot va moliya boshqarmalari” degan soʻzlar “iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 18-banddagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetlarga budjet ssudalarini berish va olingan budjet ssudalarini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1052, 2001-yil 19-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 14-son)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 140-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2025 y., 10/25/2102-1/1050-son)