12.05.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2102
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Qarori, 12.05.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2102
Кучга кириш санаси
22.05.2010
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YUQORI BUDJETDAN QUYI BUDJETLARGA OʻTKAZIB BERILADIGAN DAROMADLARNI REJALASHTIRISH, AJRATISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 12-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2102]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 30-oktabrdagi 297-son va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 15-oktabrdagi 2025-21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2102-1, 12.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2025-y., 10/25/2102-1/1050-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuqori budjetdan quyi budjetlarga oʻtkazib beriladigan daromadlarni rejalashtirish, ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 6-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 6-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-17-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 6-apreldagi 27, 2010-17-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori budjetdan quyi budjetlarga oʻtkazib beriladigan daromadlarni rejalashtirish, ajratish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom yuqori budjetdan quyi budjetlarga mazkur hududlarda shakllangan oʻtkazib beriladigan daromadlarni rejalashtirish, ajratish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 30-oktabrdagi 297-son va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 15-oktabrdagi 2025-21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2102-1, 12.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2025-y., 10/25/2102-1/1050-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tegishli hududlarda shakllangan daromadlar summasini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan tegishli budjetlarga oʻtkazib berilishi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan quyi budjetlarga esa, tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 30-oktabrdagi 297-son va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 15-oktabrdagi 2025-21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2102-1, 12.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2025-y., 10/25/2102-1/1050-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan mazkur hududlarda shakllangan daromadlar summasi beriladigan hududlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasining navbatdagi yil uchun “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 30-oktabrdagi 297-son va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 15-oktabrdagi 2025-21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2102-1, 12.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2025-y., 10/25/2102-1/1050-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan tegishli budjetlarga berilayotgan tushumlarni tushirayotgan korxonalar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan mazkur tuman (shahar)larda shakllangan daromadlar summasi beriladigan tuman (shahar)lar roʻyxati navbatdagi yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetini tasdiqlash jarayonida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 30-oktabrdagi 297-son va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 15-oktabrdagi 2025-21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2102-1, 12.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2025-y., 10/25/2102-1/1050-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻtkazib beriladigan daromadlar summasi tegishli tuman (shahar)larda shakllangan, meʼyoriy ajratmalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga ajratma qilinadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summalaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Koʻrsatilgan mablagʻlar tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan, viloyatlar budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladi. Bunda, oʻtkazib beriladigan daromadlar mazkur budjetlarda nazarda tutilgan barcha xarajatlarni qoplash uchun yetishmayotgan daromadlar hajmidan oshib ketishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agarda ushbu tuman (shahar)larda shakllanayotgan budjetga soliq va boshqa majburiy toʻlovlar summalarini yetishmasligi sababli tuman (shahar)lar budjetlari daromadlarining barcha yetishmayotgan qismini oʻtkazib beriladigan daromad koʻrinishida oʻtkazib berishning imkoniyati boʻlmasa, yetishmayotgan qismi rejali dotatsiyalar koʻrinishida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agarda, tegishli budjetlarga tushgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha prognoz koʻrsatkichlari ortigʻi bilan bajarilganda, rejadagi va haqiqatdagi tushumlar oʻrtasidagi farq tegishli budjetlar daromadi boʻlib hisoblanadi va taqsimlanmaydi hamda quyi budjetlarga berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan tegishli budjetlarga oʻtkazib beriladigan daromadlarni ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan respublika budjetining yagona gʻazna hisobvaragʻidan amalga oshiriladi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan, viloyatlar budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan quyi budjetlarga esa, tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va viloyatlar (Toshkent shahri) iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 30-oktabrdagi 297-son va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 15-oktabrdagi 2025-21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2102-1, 12.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2025-y., 10/25/2102-1/1050-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻtkazib beriladigan daromadlarni rejalashtirish va ularni respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar budjetlari va Toshkent shahar budjetiga ajratilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Barcha tushumlardan kelib chiqqan holda har yilgi natijalar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining shahar budjetlariga, shuningdek, tuman (shahar)lar budjetlariga oʻtkazib beriladigan daromadlarning tasdiqlangan rejasi kelib tushmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlov summalariga qayta koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, turli darajadagi budjetlar oʻrtasida vujudga kelgan oʻzaro munosabatlar belgilangan tartibda oʻzaro hisob-kitoblar bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti daromadlari va xarajatlarining oylar* (choraklar) boʻyicha taqsimlanishini tuzishda oʻtkazib beriladigan daromadlarning summasi budjetga kelib tushishi koʻzda tutilgan, ushbu hududlarda shakllangan, ammo Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga kelib tushayotgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summalarini hisobga olgan holda nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Oylar kesimidagi daromadlar va xarajatlar yoyilmasini taqdim etish meʼyori, tegishli budjetning daromadlari va xarajatlari gʻaznachilik ijrosi bilan toʻliq qamrab olinganidan soʻng kuchga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi har oy tasdiqlangan jadvalga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining shahar budjeti daromadlarining oylik (choraklik) rejasida koʻzda tutilgan mablagʻlarni tegishli hududiy gʻaznachilik hisobvaraqlariga oʻtkazadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi oʻtkazib beriladigan daromadlarni oʻtkazish bilan bir vaqtda har oy Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining shahar budjetlariga oʻtkazib beriladigan, respublika budjetiga haqiqatda kelib tushgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning tushumlari summalarini Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi tomonidan taqdim qilinadigan maʼlumotlar asosida tahlil qiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agarda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga oʻtkazib beriladigan, respublika budjetiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha tushumlar mavjud boʻlmaganda yoki yetishmaganda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobot oyidan keyingi ikkinchi oyida budjetga kelib tushmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasi miqdorida budjet ssudasini rasmiylashtiradi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, agar butun yil boʻyicha oʻtkazib beriladigan daromadlar rejasi bajarilishi yoki ortigʻi bilan bajarilishi taʼminlanganda, quyi budjetlarga oʻtkazib beriladigan daromadlar summasi oldin olingan budjet ssudalari summasiga koʻpayadi va yil oxirida yuqori budjet bilan oʻzaro hisob-kitoblar asosida qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Budjet ssudalarini berish va olingan budjet ssudalarini qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 140-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 30-oktabrdagi 297-son va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 15-oktabrdagi 2025-21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2102-1, 12.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2025-y., 10/25/2102-1/1050-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻtkazib beriladigan daromadlarni rejalashtirish va ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar (shaharlar) budjetlariga oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tuman (shahar) budjetlari daromadlari va xarajatlarining oylar (choraklar) boʻyicha taqsimlanishini tuzishda oʻtkazib beriladigan daromadlarning summasi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga ajratma qilinadigan, ammo ushbu tuman (shahar)larda shakllanadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summalarini hisobga olgan holda koʻzda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha Gʻaznachilik xizmati boshqarmalari har oyda iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan taqdim qilinadigan tasdiqlangan jadvalga asosan tegishli tumanlar (shaharlar) budjetlarining oylik (choraklik) daromadlari rejasida koʻzda tutilgan mablagʻlarni tegishli hududiy gʻaznachilik hisobvaraqlariga oʻtkazadilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 30-oktabrdagi 297-son va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 15-oktabrdagi 2025-21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2102-1, 12.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2025-y., 10/25/2102-1/1050-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari oʻtkazib beriladigan daromadlarni oʻtkazish bilan bir vaqtda har oy, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga ajratma qilingan va tegishli tumanlar (shaharlar) hududida shakllangan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning haqiqiy tushumlari summalarini tegishli hududlar soliq boshqarmalarining maʼlumotlari asosida tahlil qiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 30-oktabrdagi 297-son va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 15-oktabrdagi 2025-21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2102-1, 12.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2025-y., 10/25/2102-1/1050-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agarda, tumanlar (shaharlar) budjetlariga oʻtkazib beriladigan, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha tushumlar mavjud boʻlmaganda yoki yetishmaganda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari hisobot oyidan keyingi ikkinchi oyda budjetga kelib tushmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasi miqdorida budjet ssudasini rasmiylashtiradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 30-oktabrdagi 297-son va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 15-oktabrdagi 2025-21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2102-1, 12.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2025-y., 10/25/2102-1/1050-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, agar butun yil boʻyicha oʻtkazib beriladigan daromadlar rejasi bajarilishi yoki ortigʻi bilan bajarilishi taʼminlanganda, oʻtkazib beriladigan daromadlar summasi oldin olingan budjet ssudalari summasiga koʻpayadi va yil oxirida yuqori budjet bilan oʻzaro hisob-kitoblar asosida qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Budjet ssudalarini berish va olingan budjet ssudalarini qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 140-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 30-oktabrdagi 297-son va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 15-oktabrdagi 2025-21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2102-1, 12.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2025-y., 10/25/2102-1/1050-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining oʻtkazib beriladigan daromadlari ijrosi boʻyicha hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti hisobidan ajratilgan oʻtkazib beriladigan daromadlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlar tasnifining tegishli boʻlim va paragraflari boʻyicha aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va tuman (shahar)lar budjetlariga kelib tushgan oʻtkazib beriladigan daromadlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari tasnifining tegishli boʻlim va paragraflari boʻyicha aks ettiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 18-19-son, 143-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son; 14.11.2025-y., 10/25/2102-1/1050-son)