QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI BERUNIY TUMANI HOKIMINING
QARORI
Beruniy tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilalarni mustahkamlash va xotin qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-401-son qarorining 8.2-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 10-maydagi 19-2019-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163 ) ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shahslarni ishg a joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash yuzasidan berilgan taklifla rni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-642-sonli Qonuni (Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasi 20.10.2020-y. 03/20/642/1396-son) ning 39-moddasi, “Nogironligi bʻolgan shahslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-641-sonli Qonuni (Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasi 15.10.2020-y. 03/20/641/1389 -son) ning 14, 43-moddalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shahslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni 6-, 211-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Belgilanishi kerak boʻlgan ish oʻrinlarining eng kam sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash boʻyicha maxsus komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Beruniy tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam soni tashkilotlar kesimida 2-ilovaga muvofiq belgilansin.
3. Mazkur qarorning 2-bandida koʻrsatilgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar 2026-yilda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslar uchun quyidagi toifalar bo'yicha ish oʻrinlari zaxira qilib qoʻyishni taʼminlansin:
· nogironligi boʻlgan shaxslar uchun 6.8 foiz ( 3 kishi);
· oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar uchun 4.5 foiz (2 kishi);
· kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning aʼzolariuchun 79.5 foiz ( 35 kishi);
· jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun 9 foiz ( 4 kishi);
4. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2025-yil yakunlashidan 10 kun oldin kvota ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2026-yilning 10-aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan 75foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir kvota toifasi boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni va qaror boʻyicha chiqarilgan buyruq nusxalarini tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisidagi” Nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarining bir qismini tuman Kambagʻallikni qisqartirish va badlikka koʻmaklashish boʻlimi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
6. Muhtojlar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash boʻyicha tuman hokimining ushbu qarori bajarilmaganda, shuningdek, ularning ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlik belgilanadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 10-maydagi 19-2019-B-son buyrugʻi asosida Ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida haq toʻlash toʻgʻrisida subsidiyalar ajratilishi belgilansin.
8. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi raxbariga bir hafta muddatda mazkur qarorni tegishli korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga yetkazsin hamda uning bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratini taʼminlasin.
9. Tuman hokimining 2024 yil 7-noyabrdagi 265-13-182-Q/24-sonli “Beruniy tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi qarori (“Xalq minbari” gazetasi, 28.12.2024-y, №24(6481)-son) 2025-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
11.Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari zimmasiga yuklatilsin.
Beruniy tumani hokimi I. XIDIROV
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Beruniy tumani,
2025-yil 3-noyabr,
310-13-182-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.