XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN VILOYATI KENGASHINING
Qarori
Namangan viloyatining viloyat budjeti daromadlarining 2025-yil uchinchi hisobot chorak yakuni boʻyicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilishi hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasiga asosan, Namangan viloyati hokimining 2025-yil 13-oktabrdagi 01/10-1296-sonli taqdimnomasi hamda Namangan viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari M.Abdullayevning hisoboti asosida, Namangan viloyatining viloyat budjeti daromadlarining 2025-yil uchinchi hisobot chorak yakuni boʻyicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilishi hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-, 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 126-moddasiga asosan, viloyat hokimligining Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashiga taqdim etgan taklifiga muvofiq, Namangan viloyatining viloyat budjeti daromadlarining 2025-yil uchinchi hisobot chorak yakuni boʻyicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilishi hisobidan ilovaga muvofiq, 29 440 016,0 (yigirma toʻqqiz milliard toʻrt yuz qirq million oʻn olti) ming soʻm mablagʻlar yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining 2025-yil 31-iyuldagi VII-13-108-6-0-K/25-son qarori 1-ilovasining “2-bandi-Namangan viloyati hokimligiga ajratilgan 170,0 (bir yuz yetmish) million soʻm” hamda “3-bandi bilan Namangan shahar mahalliy budjetiga ajratilgan 600,0 (olti yuz) million soʻm” mablagʻ ajratish qismi chiqarilsin.
3. Xarajatlarni amalga oshirishga masʼul tashkilotlar rahbarlariga:
ajratilgan mablagʻlar doirasida belgilangan tartibda toʻlovlarni amalga oshirish;
moliyalashtirish manbasini ochish uchun oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlarni viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi hamda viloyat gʻaznachilik xizmati boshqarmasiga taqdim etish;
ajratilgan maqsadli mablagʻlarni oʻz vaqtida va samarali sarflanishi yuzasidan moliyaviy hisobotlar asosida tizimli oʻrganish hamda oʻrganish natijalariga koʻra, ishlatilmagan va iqtisod qilingan mablagʻlarni viloyat mahalliy budjetiga qaytarish choralarini koʻrishni taʼminlansin.
4. Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (M.Abdullayev)ga budjet xarajatlariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritish hamda viloyat gʻaznachilik xizmati boshqarmasi (A.Toʻrayev)ga toʻlovlarni oʻrnatilgan tartibda va oʻz vaqtida amalga oshirish hamda Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi viloyat boshqarmasi (B.Xodjiyev)ga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish vazifalari topshirilsin.
5. Mazkur Kengash qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi raisi I.Ikromov, qaror ijrosini taʼminlash viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Z.Baxriddinov zimmalariga yuklatilsin.
Kengash raisi MUMINOV SOLIJON DJALILOVICH
Namangan viloyati,
2025-yil 3-noyabr,
VII-15-147-6-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.