31.07.2025 yildagi VII-13-108-6-0-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyatining viloyat budjeti daromadlarining 2025-yil ikkinchi hisobot chorak yakuni boʻyicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilishi hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasiga asosan, Namangan viloyati hokimining 2025-yil 30-iyuldagi 01/10-988-sonli taqdimnomasi hamda Namangan viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari M.Abdullayevning hisoboti asosida Namangan viloyatining viloyat budjeti daromadlarining 2025-yil ikkinchi hisobot chorak yakuni boʻyicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilishi hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6, 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 126-moddasiga asosan, viloyat hokimligining Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashiga taqdim etgan taklifiga muvofiq, Namangan viloyatining viloyat budjeti daromadlarining 2025-yil ikkinchi hisobot chorak yakuni boʻyicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilishi hisobidan ilovaga muvofiq, 21 464 278,0 (yigirma bir milliard toʻrt yuz oltmish toʻrt million ikki yuz yetmish sakkiz) ming soʻm mablagʻlar yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5084-sonli qaroriga asosan, “Qumtepa” kichik sanoat zonasi yoʻl infratuzilmasini yaxshilash uchun mablagʻ ajratilganligi, obyekt qiymati 1 487,5 mln.soʻmni tashkil etganligi hamda joriy yilning 1-yanvar holatiga buyurtmachi tomonidan qurilish-taʼmirlash ishlari va loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqish uchun 1 035,7 mln.soʻm moliyalashtirib berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5084-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamgʻarmasining qoldiq mablagʻlari hisobidan “Qumtepa” kichik sanoat zonasi yoʻl infratuzilmasini yaxshilash uchun Namangan mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasiga 373,0 (uch yuz yetmish uch) million soʻm mablagʻ yoʻnaltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xarajatlarni amalga oshirishga masʼul tashkilotlar rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan mablagʻlar doirasida belgilangan tartibda toʻlovlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish manbasini ochish uchun oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlarni viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi hamda viloyat gʻaznachilik xizmati boshqarmasiga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan maqsadli mablagʻlarni oʻz vaqtida va samarali sarflanishi yuzasidan moliyaviy hisobotlar asosida tizimli oʻrganish hamda oʻrganish natijalariga koʻra, ishlatilmagan va iqtisod qilingan mablagʻlarni viloyat mahalliy budjetiga qaytarish choralarini koʻrish taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (M. Abdullayev)ga budjet xarajatlariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritish hamda viloyat gʻaznachilik xizmati boshqarmasi (A. Toʻrayev)ga toʻlovlarni oʻrnatilgan tartibda va oʻz vaqtida amalga oshirish hamda Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi viloyat boshqarmasi (B. Xodjiyev)ga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ijrosining nazorati Xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi hamda viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Z. Baxriddinov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi MUMINOV SOLIJON DJALILOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 31-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-13-108-6-0-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.