FARGʻONA VILOYATI YOZYOVON TUMANI HOKIMINING
QARORI
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2026-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga asosan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida tumanda 2026-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 211-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Tumandagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
2026-yilda mazkur toifadagi shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori belgilangan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasiga asosan tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar (keyingi oʻrinlarda – ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar) uchun ish oʻrinlarining eng kam miqdori (2-ilova) xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha 256 nafar ish oʻrnini tashkil etadigan 3 foiz miqdorida, shu jumladan:
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun 88 kishi;
oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar uchun 17 kishi;
kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning aʼzolari uchun 137 kishi;
muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar uchun 4 kishi;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar uchun 9 kishi;
odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun 1 kishi miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin.
3. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish oʻrinlari sanitariya-gigiyena meʼyorlariga va xodim oʻz mehnat majburiyatlarini toʻsiqsiz bajarishini taʼminlaydigan mehnat qilish sharoitlariga, shu jumladan, quyidagilarga muvofiq boʻlishi kerak:
–14 yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun – bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha majburiyatlar bajarilishini birga qoʻshib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega;
– umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagandan keyin kasbni egallagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun – ularning kasbiy tayyorgarligiga muvofiq;
– safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun – ularning professional tayyorgarligiga mos;
– nogironlar uchun – mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan va xodimga ularning sogʻligʻi holatini va mehnat faoliyatiga toʻgʻri kelmaydigan belgilangan zidliklar hisobga olingan holda mehnat operatsiyalarini toʻsiqsiz bajarish imkonini beradigan;
– pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun – ularning kasbiy tayyorgarligiga mos boʻlgan yoki maxsus malakani talab etmaydigan;
– jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar uchun – ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ;
– odam savdosi qurbonlari uchun – ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan;
4. Quyidagi ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar etib belgilansin:
muhandis, iqtisodchi, hisobchi, huquqshunos, zootexnik, agronom, shifokor, hamshira, kichik tibbiy xodim, ish yurituvchi, oʻqituvchi, tarozibon, elektrik, farrosh, oʻtyoqar, obodonlashtirish ishchisi, omborchi, EHM operatori, yukchi, ishchi, bogʻbon, qorovul, oʻqituvchi.
5. Tumandagi mavjud korxona, tashkilot va tadbirkorlik subyektlari rahbarlari:
Nizomga muvofiq ushbu qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasin;
2026-yil boshlanishidan kamida 10 kun oldin, zaxiraga qoʻyiladigan umumiy ish oʻrinlari sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish uchun zaxiraga qoʻyilishini va tayyorligini taʼminlasin, shuningdek, bu haqda yil boshlangunga qadar tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimini xabardor qilsin;
– ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini zaxiraga qoʻyish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan 2026-yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlasin, bu haqda tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimiga birinchi chorak tamom boʻlgandan keyin 10 kundan kechikmay xabardor qilsin;
– har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha tuman kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boʻlimiga Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha axborot taqdim etsin;
– ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlari tayyorligi toʻgʻrisida axborot taqdim etilmasligi, teng darajada zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan soni hisobiga ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining amalda tayyor emasligi tuman kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi tomonidan tuman hokimining qarori bajarilmasligi sifatida qaralishi lozimligi qayd etilsin.
6. Tuman hokimining ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash boʻyicha ushbu qarori bajarilmaganda, shuningdek, bunday shaxslarni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun tashkilot, korxona va muassasalarning mansabdor shaxslariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga asosan maʼmuriy javobgarlik belgilanganligi alohida qayd etilsin.
7. Tuman kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan subsidiyalar ajratib berish tartibi amaliyotga joriy etilganligini hisobga olib, ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga – har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida haq toʻlashni taʼminlansin.
8. Tuman kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boʻlimini (O.Ergashev) mazkur qarorni besh kun muddatda qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan tashkilot, korxona va muassasalarning rahbarlari eʼtiboriga yetkazilishini taʼminlasin.
9. Mazkur qaror “Markaziy Fargʻona” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
10. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
11. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (D.Turdaliyev) zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi D. T. DJALILOV
Fargʻona viloyati, Yozyovon tumani,
2025-yil 29-oktabr,
312-11-165-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.