XALQ DEPUTATLARI YAKKABOGʼ TUMANI KENGASHINING
Qarori
Yakkabogʻ tuman mahalliy budjetining 2025-yil moliya yili mobaynidagi xarajatlar qismiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 27-moddasiga muvofiq, tuman hokimligi Iqtisodiyot va moliya boʻlimining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 10-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash yuzasidan 2025-yilda budjet intizomiga rioya qilish choralari toʻgʻrisida”gi 23-4-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash yaʼni samarasiz va past samarali xarajatlarni maqbullashtirish shuningdek, qarzdorliklarni oldini olish va budjet tashkilotlarining murojaatlariga asosan tuman mahalliy budjetining 2025-yil moliya yili mobaynidagi xarajatlar qismiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi aloqa xatini inobatga olib, tuman mahalliy budjetining 2025-yil moliya yili uchun rejalashtirilgan mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy Davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 24-moddasiga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Tuman hokimligi Iqtisodiyot va moliya boʻlimining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 10-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash yuzasidan 2025-yilda budjet intizomiga rioya qilish choralari toʻgʻrisida”gi 23-4-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash yaʼni samarasiz va past samarali xarajatlarni maqbullashtirish shuningdek, qarzdorliklarni oldini olish va budjet tashkilotlarining murojaatlariga asosan tuman mahalliy budjetining 2025-yil moliya yili mobaynidagi xarajatlar qismiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi aloqa xati va takliflari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman mahalliy budjetining 2025-yil moliya yili mobaynidagi xarajatlar qismiga oʻzgartirishlar kiritish 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Tuman hokimligi Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi birinchi oʻrinbosari (Sh.Eshmatov)ga;
Oʻzbekiston Respublikasining “2025 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi talablariga asosan tuman mahalliy budjetining 2025-yil moliya yili mobaynidagi xarajatlar qismiga belgilangan tartibda mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq koʻzda tutilgan oʻzgartirishlarni kiritish vazifasi yuklatilsin.
4. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Yakkabogʻ tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.Joʻrayev hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari-Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A.Latipovlar zimmasiga yuklatilsin.
5. Mazkur qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi GʻIYOSOV ABDINABI KAMOLOVICH
Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumani,
2025-yil 28-oktabr,
VII-15-123-4-68-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.