XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMANI KENGASHINING
Qarori
Kogon tuman mahalliy budjetining 2025 yil qoʼshimcha manba mablagʼlari hisobidan mablagʻ yoʼnaltirish, 2025 yil 9 oylik yakunlari boʻyicha ijrosi va 2025 yil 9 oylik yakunlari boʼyicha tashabbusli byudjetlashtirishga oid jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar yuzasidan ochiq byudjet jarayonlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi “2025 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1011-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27, 143 va 148-moddalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 29 noyabrdagi KQ-5-V-sonli va 2024 yil 30 yanvardagi KQ-666-IV-sonli Qarorlariga asosan va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq tuman hokimligining Kogon tuman mahalliy budjetining 2025 yil qoʼshimcha manba mablagʻlari hisobidan mablagʻlarni qayta yoʻnaltirish, 2025 yil 03 yanvardagi PQ-1-sonli Qarorning ijrosini taʼminlash hamda 2025 yil 9 oylik yakunlari boʻyicha ijrosi va 2025 yil 9 oylik yakunlari boʼyicha tashabbusli byudjetlashtirishga oid jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar yuzasidan ochiq byudjet jarayonlari toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashi qaror qiladi:
1.Oʻzbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi “2025 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1011-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27, 143 va 148-moddalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 29 noyabrdagi KQ-5-V-sonli va 2024 yil 30 yanvardagi KQ-666-IV-sonli Qarorlariga asosan va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq tuman hokimligining Kogon tuman mahalliy budjetining 2025 yil qoʼshimcha manba mablagʻlari hisobidan mablagʻlarni qayta yoʻnaltirish hamda 2025 yil 9 oylik yakunlari boʻyicha ijrosi va 2025 yil 9 oylik yakunlari boʼyicha tashabbusli byudjetlashtirishga oid jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar yuzasidan ochiq byudjet jarayonlari toʻgʻrisidagi Kogon tuman Iqtisodioyt va moliya boʻlimining hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 01 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorlini yanada oshirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-sonli Qarorining ijrosini taʼminlashda samaradorlikka erishgan, tumanda tashkil etilgan shtabda yuqori koʼrsatkichlarga erishgan soha vakillaridan iborat bi qator faol aʼzolarni moddiy ragʼbatlantirish maqsadida, shularni inobatga olgan holda, Qaror talablaridan kelib chiqib, 2025 yil 26 avgustdagi VII-11-75-2-36-K/25-sonli xalq deputatlari tuman kengashi Qarori 2-ilovasi 5-bandiga muvofiq tumanda 2025 yil 2-chorak yakuni bilan shakllangan qoʼshimcha manba mablagʻlari hisobidan Hokimlikni qoʼriqlash xizmati qarzdorlik xarajatlari toʻlovi uchun ajratilgan 42,0 mln soʻm mablagʻning iqtisod qilingan qismi (iqtisod qilingan mablagʻi – 8,897 mln soʻm)dan jami 8,897 mln soʻmlik mablagʻlarni yuqorida taʼkidlangan moddiy ragʼbatlantirish toʻlovlari uchun qayta tqsimlangan holda tuman hokimligiga ajratilsin hamda hokimlik bosh hisobchisi D.Homidovga ajratilgan mablagʻlarni qonunchilikda belgilangan tartibda hisob-kitob qilish-toʻlovlarini amalga oshirish topshirilsin.
3. Kogon tumani mahalliy budjetining hududiy mablagʻlarni taqsimlovchilar kesimida kiritiladigan oʻzgartirishlar 1-ilovaga, mahalliy budjetining 2025 yil 9 oylik xarajatlari ijrosi 2-ilovaga, 2025 yil 9 oylik yakunlari boʼyicha jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar, tashabbusli byudjetlashtirish natijalari boʻyicha maʼlumotlar 3-ilovaga,fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasiga mablagʻlarini shakllantirish yuzasidan maʼlumotlar 4-ilovaga, fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasidan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan (gʻolib deb topilgan) tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan va iqtisod qilingan mablagʻlar yuzasidan maʼlumotlar 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Xalq deputatlari kengashi deputatlari mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan birgalikda qoʻshimcha manbalar asosida shakllantiriladigan tadbirlarga yoʻnaltirish uchun “Ochiq byudjet” tizimi toʻgʻrisida aholini xabardor qilish va ularning ushbu tadbirlarga faol ishtirokini taʼminlash maqsadida joylarda tushuntirish va targʻibot ishlarini olib borsin.
5. Kogon tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (Sh.Narziev) va Gʻaznachilik xizmati boshligʻi (A.Toʻqsanov)ga:
Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi talablari asosida mahalliy budjetning parametrlariga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish hamda parametrlarda koʻzda tutilgan xarajatlarni, xususan birinchi darajali toʻlovlarni oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlash;
budjet xarajatlari rejasiga oʻzgartirishlarni belgilangan tartibda hisobga olish, tegishli hududiy budjet mablagʻi oluvchilarning xarajatlar miqdoriga aniqlik kiritish;
budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi hamda budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni oʻrnatish topshirilsin.
6. Tuman soliq inspesiyasi boshligʻi (S.Axmedov)ga:
2025 yil uchun belgilangan daromadlar prognoz reja koʻrsatkichlarini barcha soliq turlari kesimida toʻliq bajarilishini taʼminlash;
budjet daromadlari bazasini kengaytirish hamda mahalliy budjetga qoʻshimcha soliq tushumlarini tushirish manbalarini aniqlash va mavjud imkoniyatlardan toʻliq, samarali foydalanish topshirilsin.
7. Mazkur qaror ijrosining nazorati Xalq deputatlari tumanKengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari zimmasiga yuklatilsin.
8. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi QAZOQOV OTABEK NODIROVICH
Buxoro viloyati, Kogon tumani,
2025-yil 28-oktabr,
VII-13-91-2-36-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.